Olimpiada o?yinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Olimpiada dan yo?naltirildi)

Olimpiya o?yinlari ? har to?rt yilda o?tkaziluvchi zamonamizning eng yirik xalqaro majmuaviy sport bellashuvlari. Olimpiya o?yinlari Xalqaro Olimpiya Qo?mitasi vasiyligi ostida 4 yilda bir marotaba o?tkaziladi. Olimpiya o?yinlarining Yozgi va qishki o?yinlari mavjud.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Olimpiada o?yinlari - 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari (2 g?ildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, san?at konkursi). Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab milodiy 394 yilgacha har 4 yilda Olimpiya shahrida xudo Zevs sharafiga o?tkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. O?yinlar 5 kun davom etgan;

2) Yunonistonning Olimpiya o?yinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 1896-yil (Olimpiadaning 1-yili)dan boshlab o?tkaziladi. Olimpiya o?yinlarini o?tkazish tartibi, qoidalari Olimpiya hartiyasida belgilab berilgan. Bu hartiyani zamonaviy olimpiya harakati asoschisi, fransiyalik jamoat arbobi Pyer de Kuberten (1863?1937) ishlab chiqqan. 1894-yil Parijda Xalqaro sport kongressi hartiyani tasdiqlagan (yangi tahriri 1999-yil qabul qilingan). O?yinlar Xalqaro Olimpiya Qo?mitasi (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. O?yinlarda musobaqalar sportning faqat olimpiya turlari bo?yicha o?tkaziladi. Olimpiya sport turi hartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi o?yinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qit?aning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qit?aning kamida 40 davlatida tarqalgan) bo?lishi kerak. Dasturga yengil atletika , gimnastika , suzish , og?ir atletika , kurash , boks , qilichbozlik , eshkak eshish , velosport , futbol , basketbol musobaqalari kiritilgan. 1968-yildan Olimpiya o?yinlari tashkiliy qo?mitasi XOQ tomonidan tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini o?tkazib keladi. Bu tadbirlar san?at vositasida olimpiadaning xalqlar o?rtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targ?ib qilishga qaratilgandir. 1924-yildan Olimpiya o?yinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida o?tkaziladi (qarang Qishki olimpiada ).

Shior [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Olimpiada shiori ?Tezroq, balandroq, kuchliroq“ ( lotincha : ?Citius, altius, Fortius“) 1920-yildan olimpiada emblemasiga kiradi.

Ramz [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Olimpiya o?yinlarining ramzi - besh qit?ani ifoda etuvchi beshta birikkan xalqadan iborat. 5 halqa ? olimpiada harakatiga birlashgan 5 ta qit?a ramzi. Yuqori qatordagi ranglar: havorang - Yevropa , qora - Afrika , qizil - Amerika , pastki qatorda: sariq - Osiyo , yashil - Avstraliya .

Beshta Olimpiya xalqasi 1913 -yilda yaratilib, 1914 -yili qabul qilingan va 1920 -yili Antverpendagi Yozgi Olimpiya o?yinlarida debyutlagan.

Bayroq [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Olimpiada bayrog?i ? Olimpiada timsoli (5 halqa) tushirilgan oq mato barcha Olimpiya o?yinlarida ko?tariladi. Olimpiya o?yinlarining an?anaviy atributa Olimpiada mash?alasidir. U Alfey daryosi vodiysidagi Kronos tog? yon bag?rida quyosh nurlaridan yondirilib, o?yinlarning tantanali ochilishiga estafeta bilan olib kelinadi va olimpiada stadionidagi maxsus mehrobda o?yinlar yopilguncha (16 kun) yonib turadi.

Olimpiya o?yinlarining vujudga kelishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tarixiy ma?lumotlarga ko?ra, birinchi Olimpiya o?yinlari eramizdan avvalgi 776 -yilda o?tkazilgan. O?yinlar antik olimpiya xudolariga bag?ishlangan bo?lib, o?yin musobaqalari qadimgi Olimpiya maydonlarida o?tkazilgan. Asrlar o?tib eramizning 393 -yili Olimpiya o?yinlari imperator Feodosiya buyrug?i bilan to?xtatilgan. Antik Olimpiya o?yinlari Pelopones g?arbiy qismida joylashgan qadimgi Olimpiyada o?tkazilib kelingan. Grek mifalogiyasiga ko?ra, Olimpik o?yinlar asosi Pelopsa orollarida vujudga kelgan. Qadimgi Olimpiya o?zining go?zal tabiati, maftunkorligi bilan, shuningdek, o?zining muhtasham ibodatxonalari va sport maydonlari bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi 10-asrlarda Olimpiyada madaniy marosimlarni hamda boshqa diniy va siyosiy tadbirlarni o?tkazishga xizmat qilgan joy hisoblangan. Olimpiyaning markazi qismida hashamatli Zevsa, uning tog?risida esa Geri ibodatxonasi qad ko?targan. Olimpiya o?yinlari Zevsga sig?inish, diniy marosimlar bilan chambarchars bog?liq edi. So?zsiz o?yinlar yuqori saviyada o?tkazilib, grek shaharlari o?rtasida o?zaro munosabatlarni yaxshilashga yo?naltirilgan edi. Qadimgi miflarda aytilishicha, Olimpiya o?yinlarining tug?ilishi yarimxudo Gerakl nomi bilan bog?liq.

12 asrdan buyon qadimgi Olimpiya o?zining qadimiy o?yinlar o?tkaziladigan maydoni va otchoparlarida muxlislar qalbidan joy olgan chaqqon hamda baquvvat sportchilarni namoyon qildi. Sportchilarning nomlari ularning Olimpiya g?alabalari tarix varoqlarida muxrladi. Qadimgi Olimpiada o?yinlarida barcha ozod erkaklar ? Gretsiyada yashovchilar qatnashish huquqiga ega bo?lgan. Megardan general Orsip, cho?pon Polimnist, Rodos orolidan qirol oilasi a?zosi Diagor, Makedoniya qiroli Aleksandr I, faylasuf Demokrit ? bularning barchasi qadimgi Olimpiya o?yinlari ishtirokchilari bo?lishgan.

Zamonaviy olimpiada o?yinlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yozgi Olimpiada o'yinlari o'tqazilgan mamlakatlar. Yashil rangda Olimpiada o'yinlariga mezbonlik qilgan mamlakatlar. Ko'k rangda olimpiya o'yinlariga ikki va undan ortiq mezbonlik qilgan mamlakatlar.

Olimpiya o?yinlari o?tkazilgan joylar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  Yozgi Olimpiya o?yinlari Qishki Olimpiya o?yinlari
O?tkazilish yili O?yinlar Shahar Davlat O?yinlar Shahar Davlat
1896 I Afina (1)   Greece Yunoniston (1)
1900 II Parij (1) Fransiya (1)
1904 III Sent-Luis , Missuri shtati (1) AQSh (1)
1906 navbatsiz Afina Yunoniston
1908 IV London (1) Buyuk Britaniya (1)
1912 V Stokgolm (1) Shvetsiya (1)
1916 VI (bekor qilingan) Berlin Olmoniya
1920 VII Antverpen (1) Belgiya (1)
1924 VIII Parij (2) Fransiya (2) I Shamoni (1) Fransiya (1)
1928 IX Amsterdam (1) Niderlandlar (1) II Sankt Moris (1) Shveysariya (1)
1932 X Los Anjeles (1) AQSh (2) III Leyk Plesid , Nyu York shtati (1) AQSh (1)
1936 XI Berlin (1) Olmoniya (1) IV Garmish Partenkirhen (1) Olmoniya (1)
1940 XII (bekor qilingan) Helsinki Finlandiya (V) (bekor qilingan) Garmish Partenkirhen Olmoniya
1944 XIII (bekor qilingan) London Buyuk Britaniya (V) (bekor qilingan) Kortina d'Ampesso Italiya
1948 XIV London (2) Buyuk Britaniya (2) V Sankt Moris (2) Shveysariya (2)
1952 XV Helsinki (1) Finlandiya (1) VI Oslo (1) Norvegiya (1)
1956 XVI Melburn (1) va Stokgolm 1 (2) Avstraliya (1) va Shvetsiya VII Kortina d'Ampesso (1) Italiya (1)
1960 XVII Rim (1) Italiya (1) VIII Skvo Velli (1) AQSh (2)
1964 XVIII Tokio (1) Yaponiya (1) IX Insbruk (1) Avstriya (1)
1968 XIX Mehiko (1) Meksika (1) X Grenobl (1) Fransiya (2)
1972 XX Myunhen (1) Olmoniya (2) XI Sapporo (1) Yaponiya (1)
1976 XXI Monreal (1) Kanada (1) XII Insbruk (2) Avstriya (2)
1980 XXII Moskva (1) SSSR (1) XIII Leyk Plesid , Nyu York shtati (2) AQSh (3)
1984 XXIII Los Anjeles (2) AQSh (3) XIV Sarayevo (1) Yugoslaviya (1)
1988 XXIV Seul (1) Janubiy Koreya (1) XV Kalgari (1) Kanada (1)
1992 XXV Barselona (1) Ispaniya (1) XVI Albervil (1) Fransiya (3)
1994 XVII Lillehammer (1) Norvegiya (2)
1996 XXVI Atlanta , Jorjiya shtati (1) AQSh (4)
1998 XVIII Nagano (1) Yaponiya (2)
2000 XXVII Sidney (1) Avstraliya (2)
2002 XIX Solt Leyk Siti , Yuta shtati (1) AQSh (4)
2004 XXVIII Afina (2) Yunoniston (2)
2006 XX Turin (1) Italiya (2)
2008 XXIX Pekin 2 (1) Xitoy (1)
2010 XXI Vankuver (1) Kanada (2)
2012 XXX London (3) Buyuk Britaniya (3)
2014 XXII Sochi (1) Rossiya (1)
2016 XXXI Rio-de-Janeyro (1) Braziliya (1)
2020 XXXII Tokio (1) Yaponiya (1)
1 Ot sporti bo?yicha bellashuvlar Stokgolm ( Shvetsiya )da o?tkazilgan.
2 Ot sporti bo?yicha bellashuvlar Gonkongda o?tkaziladi.
Xuan Antonio Samaranch Olimpiya Oltin ordenini Islom Karimovga topshirmoqda

Olimpiada o?yinlarida O?zbekiston [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?zbekiston sportchilari Olimpiya o?yinlarida 1952-yildan buyon ( 1992-yilgacha sobiq Ittifoq va MDH sportchilari jamoasi tarkibida, 1996-yildan buyon mustaqil davlat vakili sifatida) qatnashib keladi. Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun O?zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov XOQ tomonidan Olimpiada oltin ordeni bilan taqdirlangan (1996). [1]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil