2014-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2014-yilning 7-23-fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida XXII qishki Olimpiada o?yinlari o?tkazildi.

Dunyoning 88 davlati vakillari 17 kun davomida sportning 7 turi bo?yicha 98 komplekt medallar uchun bahs yuritdilar.

Mamlakatlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ishtirokchilar (sportchilar)
Qatnashmagan. Kiritilgan.

Umumjamoa hisobida 13 ta oltin, 11 ta kumush va 9 bronza, jami 33 ta medalini qo?lga kiritgan Rossiya jamoasi birinchi o?rinni egalladi. Bunga qadar 1932 -yili AQSh , 1952 -yilda Norvegiya , 2010 -yilgi musobaqada esa Kanada davlati vakillari o?z uylarida bo?lib o?tgan qishki Olimpiada o?yinlarida umumjamoa hisobida birinchi o?rinni egallashgan.

Ikkinchi o?rindagi Norvegiya terma jamoasi 11 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza medaliga ega bo?ldi. Musobaqaning so?nggi kuni xokkey musobaqasida Olimpiada chempioni bo?lgan Kanada terma jamoasi uyiga 10 ta oltin, shuncha kumush, 5 ta bronza medali bilan qaytdi. Medallar jamg?arish bo?yicha kuchli o?ntalikdan AQSh , Gollandiya , Germaniya , Belarus , Shveysariya , Avstriya hamda Fransiya terma jamoalari joy olishdi. Jami 26ta terma jamoa hisobida kamida bitta bronza medali bo?ldi. 21 ta terma jamoa tarkibida esa kamida bir nafar Olimpiada chempioni bor. [1]

Bu safargi qishki Olimpiada o?yinlarida 88 davlat vakillaridan 26 tasiga sovrinli o?rinlarni egallash nasib etdi.

Olimpida medallari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Olimpiada medallariga bezak berishda rus xalqining an?analari hamda naqshlaridan foydalanilgan. 1300 ta medalni yasash uchun 3 kg tilla, 2000 kg kumush, 700 kg bronza ketgan. Medaldagi naqshning o?rta qismi polikarbonatdan yasalgan. [2]

Medal lentasini ushlab turuvchi metal o?zakcha shu qadar chidamli qilib tayyorlanganki, hatoki 100 kg og?irlikni ham ko?tara oladi. Ha, aynan shunday. Olimpiada o?yinlari tarixida Sochidagi musobaqada rekord darajadagi medallar chiqarildi. Ularning soni hammasi bo?lib 1254 tani tashkil etadi.

Olimpiada timsoli [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sochidagi Qishki Olimpiada o?yinlarining timsoli sifatida oq Ayiqcha, Leopard va Quyoncha tanlangan.

Olimpiada mash?alasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Olimpiada o?yinlarining boshlanganidan darak beruvchi mayoq, qush pati shaklida tayyorlangan. Ushbu mayoqning asosi alyumindan tayyorlangan va chidamli polimer bilan qoplangan. Umumiy hisobda 14 mingta shunday mayoq tayyorlangan. Uning bo?yi 95 sm, eni 15.5 sm, og?irligi esa 1.8 kg.

2014 Qishki olimpiya o?yinlarida O?zbekiston [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?zbekiston sharafini himoya qilgan Misha Ge figurali uchish musobaqalarida 17 natijani qayd etdi. Tog? chang?ichilarimiz Kseniya Grigoreva gigant-slalomda 64-o?rinni, slalomda esa birinchi urinishda 54 natijani qayd etdi. Artem Voronov esa gigant-slalomda 67-o?rinni, slalomda esa 39-o?rinni band etdi. [3]

XXIII qishki Olimpiada o?yinlari 2018-yili Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o?tkaziladi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Хайр Сочи, салом Пхенчхан! , 2016-03-13da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2014-02-24
  2. Sochi-2014. Medallar, timsollar va mash?ala
  3. Sochi-2014. XXII qishki Olimpiada o?yinlari nihoyasiga etdi , 2014-02-28da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2014-02-24 ?arxiv nusxasi“ . 2014-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]