Rio-de-Janeyro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rio-de-Janeyro
Bayrog?i Gerbi
Joylashishi
Tashkil qilinishi 1-mart , 1565
Shtat Rio-de-Janeyro shtati
Aholi
Zichlik
6,323,037
4,781 kishi/km²
Ona tillari Portugalcha
Shahar hokimi Marcelo Crivella
Web sayti www.rio.rj.gov.br

Rio-de-Janeyro (mahalliy to?liq nomi: Sao Sebastiao do Rio de Janeiro , talaffuzi: San Sebastyanu du Hiu de Janeyru [1] ; tarjimasi: yanvar daryosi ) yoki qisqacha Rio [2] Rio-de-Janeyro shtatining poytaxti bo?lib, Braziliyaning ikkinchi, Janubiy Amerikaning uchinchi, [3] [4] dunyoning 26-chi eng katta shahridir. [5]

Rio deyarli ikki asr Braziliyaning poytaxti bo?lgan: 1763?1815-yillarda portugal mustamlakasi paytida, 1815?1821-yillarda Portugaliya, Braziliya va Algarves Birlashgan Qirolligi paytida hamda 1822?1960-yillarda mustaqil Braziliyada. Shaharga Cidade Maravilhosa ("Ajabtovur Shahar") degan laqab qo?yilgan.

Rio-de-Janeyro ? Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar, Atlantika okeanining Guanabara buxtasining g?arbiy sohilida. RiodeJaneyro shtatining ma?muriy markazi. Iqlimi tropik iklim. Yanvarning o?rtacha temperaturasi 26°, iyulniki 2G. Yillik yog?in 1000 mm dan ortiq. Aholisi 5,85 mln. kishi (2000). Atrofidagi shaharlar bilan Katta R.deJ. aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Shaharga bu yerga ilk bor 1502-yil 1 yanvda kelgan portugallar tomonidan 1565-yilda asos solingan va R.deJ. ? Yanvar daryosi deb atalgan. Sababi ular Guanabara buxtasini noma?lum daryoning kuyilish joyi deb hisoblaganlar. 1531-yilda bu yerda fort qurilgan. Uzoq mudsat kichikroq qishloq bo?lgan. 17-asr oxiridan shahar tez o?sa boshladi. 18-asr o?rtalarigacha Janubiy Amerikaning qul savdosi markazi edi. 1763-yildan Portugaliya mustamlakasi bo?lgan Braziliya vitsekirolligi, 1822?89 yillarda Braziliya imperiyasi, 1889 ? 1960-yillarda Braziliya Federativ respublikasi poytaxti. R.deJ. ? mamlakatning yirik tashqi savdo portlaridan. Chetga kofe, shakarqand, teri, qimmatbaho yog?och, ruda, paxta, meva chiqariladi, chetdan kumir, neft, sement, mashinalar keltiriladi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Muhim temir yo?l va avtomobil yo?llari shaharni sohilbo?yi va ichki rnlar bilan bog?laydi. R.deJ. ? iqtisodiy ahamiyati bo?yicha mamlakatning SanPaulu shahridan keyin 2o?rindagi savdo-sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: oziqovqat, farmatsevtika, to?qimachilik, kimyo, metallurgiya, poligrafiya, elektrotexnika, mashinasozlik sanoatlari. Neft kimyosi, kemasozlik rivojlangan. Yogochsozlik, mebel, ko?npoyabzal, rezinatexnika, tikuvchilik, zargarlik buyumlari i.ch. korxonalari bor. R.deJ. mamlakatning yirik madaniy markazlaridan. Braziliya fanlar akademiyasi, Braziliya filologiya akademiyasi, Tibbiyot milliy akademiyasi, 6 unt, milliy kutubxona, rasadxona, teatrlar, muzeylar: milliy, nafis san?at, tarix, Braziliya geografiyasi va boshqa, botanika va hayvonot boglari bor. Me?moriy yodgorliklardan sobor, ratusha, cherkov, ibodatxona, saroylar saqlangan. Sohil bo?yida zamonaviy uslubda qurilgan otel va pansionat ko?p. Shaharda dunyoda eng katta Marakanya stadioni kurilgan. [6]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Larousse Concise Dictionary: Portuguese-English , 2008
  2. Rio de Janeiro Travel Guide , 2015-06-13da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2011-04-08
  3. R.L. Forstall, R.P. Greene, and J.B. Pick, "Which are the largest? Why published populations for major world urban areas vary so greatly" ( Wayback Machine saytida 2010-05-31 sanasida arxivlangan ), City Futures Conference, (University of Illinois at Chicago, July 2004) ? Table 5 (p.34)
  4. City Population agglomeration list . City Population. Retrieved 30-iyul 2009-yil.
  5. Rio 2016 [ sayt ishlamaydi ]
  6. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]