Norvegiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Norvegiya Qirolligi
Shior Alt for Norge
(Norveg: Everything for Norway)
Madhiya :   Civil: Ja, vi elsker dette landet
(Yes, We Love This Country)
Location of Norvegiya
Poytaxt Oslo
Rasmiy til(lar) Norveg tili
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
Rohib
Qirol Harald V
Jonas Gahr Støre ( Ap ) (2021?)
Mustaqillik
Daniyadan mustaqil bo?lgan
17-may 1814
Shvetsiya bilan shaxsiy birlashish buzishi
7-iyun 1905
Maydon
? Butun
324,220 km 2 ( 67-o?rin )
? Suv (%)
5.2
Aholi
? 2024-yilgi ro?yxat
5,550,203 [1] ( 120-o?rin )
Zichlik 14/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 194,700 million ( 42-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 42,390
Pul birligi Norwegian Krone ( NOK )
Vaqt mintaqasi UTC +1
? Yoz ( DST )
UTC +2
Qisqartma NO
Telefon prefiksi 47
Internet domeni .no

Norvegiya , Norvegiya Qirolligi (bukmolcha: Kongeriket Norge , nyunorskcha: Kongeriket Noreg ) ? Shimoliy Yevropadagi davlat. BMT a?zosi. Skandinaviya yarim orolining g?arbiy va shimoliy qismida. Maydoni 385 [2] ming km 2. Aholisi 5404844 kishi (2023) [3] . Poytaxti Oslo shahri. Ma?muriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga bo?linadi. Shpitsbergen arxipelagi, Aiyq oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham Norvegiyaga qaraydi.Norvegiya katta neft va sanoat davlati hisoblanadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Norvegiya ? konstitutsiyali monarxiya. 1814-yil 17-mayda qabul qilingan Norvegiya Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig?i ? qirol ( 1991-yil 21-yanvardan Harald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi palatasi odelsting) parlament ? storting amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qo?lida bo?lib, u Davlat kengashi (hukumat)ni tayinlaydi. Bosh Vazir 2013: Erna Solberg

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Norvegiya ? tog?li o?lka. Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland; dengiz sohilidagina pasttekislik bor. G?arbiy qirg?og?ida tik yon bag?irli tor qo?ltiq (ford) ko?p. Yirik orollari ? Lofoten, Vesterolen, Senya, Mageryo va boshqalar. Hududining katta qismini Skandinaviya tog?lari ishg?ol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen tog?i ? 2470 m). Foydali qazilmalari: temir , nikel , mis , titan , uran , molibden , kobalt va kumush rudalari. Shimoliy dengizning quruqlikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. Iqlimi mo?tadil, shimoliy chekkasida subarktika, sohilida okean iqlimi yanvarning o?rtacha harorati shimolda ?2?4 °C, janubda 2 °C. Yozi salqin, tez-tez yomg?ir yog?adi. Yillik yog?in 1000?3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km 2 ga yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari ? Glomma, Logen (Gudbransdal), Logen (Numedal). Katta gidroenergiya salohiyatiga ega bo?lgan bu daryolar qor, yomg?ir va muzliklardan to?yinadi. Eng katta ko?li ? Myosa. Asosiy tuprog?i ? yupqa tundra tuprog?i, janubda tog? podzol tuprog?i uchraydi. Mamlakat hududining 27 % o?rmon. Yovvoyi hayvonlardan tulki , silovsin , rosomaxa , suvsar , los , bug?u , quyon , tiyin , lemming va boshqalar bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va tyulen ko?p.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisining 97 % norveglar . Saamlar kvenlar shvedlar danlar nemislar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til ? norveg tili . Rasmiy din ? lyuteranlik . Shahar aholisi 50 %. Yirik shaharlari ? Oslo Bergen Tronxeym va boshqalar.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Norvegiya hududida odam muzlik davridan keyingi asrlardan beri yashaydi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik o?rtalarida saam va german qabilalari yashagan. Norveglarning hayoti azaldan dengiz bilan bog?liq: mamlakatning nomi ham ?norveg“ ? ?shimoliy yo?l“, ?dengiz yo?li“ ma?nosini bildiradi. 872-yil birinchi norveg qiroli taxtga o?tirdi. 8?11-asrlarda mohir dengizchi bo?lgan norveg vikinglari Islandiyaga , Grenlandiya sohillari va Shimoliy Atlantikadagi orollarga yetib borib, ularni mustamlakaga aylantirdilar. 11-asrda xristianlik joriy etildi, markazlashgan monarxiya qaror topdi. 14-asr o?rtalarida tarqalgan vabo mamlakat xo?jaligini, ijtimoiy va siyosiy xayotni izdan chiqardi, asta-sekin mustaqillik barbod bo?lishiga olib bordi. 1319-yil Shvetsiya , 1380-yil Daniya bilan ittifoq tuzdi. 1397-yil Kalmar ittifoqiga ko?ra, Norvegiya Daniyaga tobe bo?lib qoldi, 1537-yil Daniyaning viloyatiga aylandi.

1805?14 yillardagi Angliya-daniya urushi va hosilsizlik Norvegiyani halokat yoqasiga keltirib qo?ydi, o?n minglab kishi ochlikdan o?ldi. 1814-yil Kil sulh shartnomasiga ko?ra, Norvegiya shvedlar mulki bo?lib qoldi. Bundan norozi bo?lgan norveg xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi. O?sha yil 17-mayda birinchi parlament (ta?sis majlisi) chaqirilib, konstitutsiya qabul qilindi va qirol saylandi. Shvetsiya-Norvegiya ittifoqi 1905-yilgacha amal qildi, Norvegiya ichki mustakillikdan foydalandi. 1905-yil 7-iyunda storting Shvetsiya-Norvegiya ittifoqini bekor qildi.

Birinchi jahon urushida Norvegiya betaraflik e?lon qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilanoq Norvegiya betaraf ekanini bildirgan bo?lsa ham, 1940-yilda gitlerchilar Germaniyasi unga bostirib kirdi, Norvegiya hukumati Londonga ko?chdi. 1942-yil fashistlar Norvegiyada V. Kvisling boshchiligida sotqin hukumat tuzdi. Mamlakatda Qarshilik ko?rsatish harakati avj oldi. 1945-yil 8-mayda Norvegiya ozodlikka erishdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va rivojlantirishga kirishildi. 1945-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 10-iyunda o?rnatgan. Milliy bayrami ? 17-may Konstitutsiya kuni (1814).
Madhiya: Civil:

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Norvegiya ishchi partiyasi, 1887-yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973-yil tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884-yil asos solingan; Sotsialistik so?l partiya, 1975-yil tashkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933-yil tuzilgan. Xeyre, konservativ partiya, 1884-yil asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1899-yil tashkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Norvegiya ? rivojlangan indo?strial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq xo?jaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli katta.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sanoatning yetakchi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo, sellyuloza-qog?oz, baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi. Ichki bozorga xizmat qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birga mashinasozlik va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konchilikda temir va titan rudasi, kumir, neft va gaz qazib olish katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99 % GESlarda hosil qilinadi (yiliga o?rtacha 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, elektrotexnika, radiotexnika va yog?ochsozlik sanoati ko?proq rivojlangan. Axrli jon boshiga elektr energiyasi, sellyulozaqog?oz mahsulotlari, ferroqotishma, alyuminiy ishlab chiqarish va kemasozlikda Norvegiya dunyoda oldingi o?rinlarda turadi.

Qishloq xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xo?jaligi uchun juda noqulay. Tog?-tosh ko?pligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi. Qishloq xo?jaligi, asosan, go?sht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-xashak ekinlari, bir oz miqdorda g?alla ( suli va arpa ), kartoshka ekiladi. Chorvachilikda yilqi , qoramol , qo?y , cho?chqa , parranda boqiladi. Qishloq xo?jaligi mamlakatning oziq-ovqatga bo?lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Mo?yna hayvonotchiligi, baliqchilik rivojlangan, o?rmonlarda ko?p miqdorda yog?och tayyorlanadi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ichki yuklar va tashqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger. Temir yo?l uzunligi ? 4 ming km, avtomobil yo?llari 89,7 ming km. Asosiy aeroportlari ? Gardermoen (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo.

Eksport va import [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qog?oz va kimyo sanoati mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina, mineral xom ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya , Shvetsiya , Germaniya , Niderlandlar . Pul birligi ? krona .

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Norvegiyada sog?liqni saqlash yuqori darajada tashkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80 % ijtimoiy sug?urta hisobidan qoplanadi. Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Sankt ? Olafs ? Kille, Sanneford, Larvik, Xanke balneologik kurortlari, g?arbiy sohilida Bergen dengiz bo?yi iqlimiy shifoxonasi bor.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Dastlabki maktablar 12-asr boshlarida ochilgan. 1848-yil 7 yoshdan 13?14 yoshgacha bo?lgan bolalar uchun majburiy ta?lim joriy etildi, 1968-yil 16 yoshgacha yetkazildi. Hozir ta?lim tizimi maktabgacha tarbiya muassasalari, 6 yillik kichik va 3 yillik yuqori majburiy maktablar, o?rta umumiy ta?lim maktabi ? gimnaziyalar, hunar-texnikalar o?rta maxsus o?quv yurtlarini o?z ichiga oladi. Oslo , Bergen , Tronxeym , Tromsyodagi universitetlar, 10 ta institut oliy ta?lim beradi.

Mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlarni Fan va texnika davlat qo?mitasi hamda ilmiy tadqiqotlar maslahat kengashi muvofiklashtiradi. Norvegiya fan va adabiyot akademiyasi (1857), 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituti, sanoat va savdo firmalarining 300 laboratoriya, 40 ga yaqin ilmiy jamiyat va boshqalar bor. Bundan tashqari, Oslo universitetida 90, Tronxeym universitetida 50 ilmiy tadqiqot institut va laboratoriya ish olib boradi. Universitetlar huzurida yirik kutubxonalar va Oslo shahri kutubxonasi, Norvegiya xalq muzeyi (1894), universitet milliy osori atiqalar muzeyi, Milliy galereya, Amaliy san?at muzeyi, Zool. muzeyi va boshqalar bor. Norveg vikinglarining kemalari, T.Xeyerdalning ?Kon-Tiki“ soli muzeyda saqlanayotir.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Eng yirik gazeta va jurnallari: ?Adresseavisen“ (?Manzilli gazeta“, kundalik gazeta, 1767-yildan ), ?Arbeyderbladet“ (?Ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 1884-yildan ), ?Bergene arbeyderblad“ (?Bergen ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 1927-yildan ), ?Verdene gang“ (?Harakatdagi dunyo“, kundalik gazeta, 1945-yildan ), ?Vort land“ (?Bizning mamlakat“, kundalik gazeta, 1945-yildan), ?Dagbladet“ (?Kundalik gazeta“, 1969-yildan ), ?Morgenbladet“ (?Tonggi gazeta“, kundalik gazeta, 1819-yildan ), ?Nashunen“ (?Millat“, kundalik gazeta, 1896-yildan ), ?Norges indo?stri“ (?Norvegiya sanoati“, 2 haftada chiqadigan jurnali, 1920-yildan ), ?Fremover“ (?Olg?a“, kundalik gazeta, 1903-yildan), ?Harstad tidende“ (?Harstad gazetasi“, kundalik gazeta, 1887-yildan ), ?Aktuelt perspektiv“ (?Dolzarb istiqbol“, jurnal, 1963-yildan ), ?Fri fagbevegelse“ (?Erkin kasaba harakati“, 2 haftada chiqadigan jurnal, 1906-yildan ) va boshqa Norvegiya telegraf byurosi (NTB) ? norveg gazetalarining aksiyadorlik jamiyati, 1867-yilda tuzilgan. Norvegiya davlat radioeshittirish mahkamasi ( 1933-yilda asos solingan) mamlakatdagi radioeshitirish va teleko?rsatuvlarni nazorat qiladi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qadimgi norveg adabiyoti yodgorliklari deyarli saqlanib qolmagan. Og?zaki xalq afsonalari va qahramonlik qo?shiqlari yozma adabiyotning ilk manbalari bo?lgan. ?Tushdagi sharpa“ dostoni va ?Qirol ko?zgusi“ aytishuvi (dialogi) 13-asrga oid adabiy namunalardir. 14?15-asrlarda ballada paydo bo?ldi. Daniya hukmronligi davrida adabiyot tushkunlikka uchradi, dan tili ko?p vaqt Norvegiyaning adabiy tili bo?lib turdi. 18-asrda milliy tuyg?u kuchayishi bilan norveg adabiyoti yuksala bordi, dramaturgiya va lirika rivoj topdi. Norveg va dan madaniyatlarining atoqli namoyandalari ? Skandinaviya teatrining ijodkori ? L.Xolberg va shoir K.Tullin shu davrda faoliyat ko?rsatdi. 1772-yil Kopengagenda norveg adabiyotini tiklash maqsadida ?Norveg jamiyati“ tuzildi. Shu yili Yu.N.Brun birinchi milliy drama va Norvegiya madhiyasini yaratdi, K.Fasting, K. Friman milliy vatanparvarlik ruhidagi she?rlarini yozdi. 19-asr 1-yarmida tarix va folklorga qiziqish kuchaydi, P.K.Asbyornsen va Y.E.Mu norveg xalq ertaklarini yig?ib nashr etdilar, xalq qo?shiklari va balladalarini yozib olishga kirishildi. Dramaturgiya va lirika rivojlandi. 50-yillarning 2-yarmida realizm xususiyatlari paydo bo?ldi (B.M.Byornsonning ?Badjaxl Segurd“ dramatik trilogiyasi, Ya.K.Kolletning ?Amtmann qizlari“ romani va boshqalar). 70?90-yillarda tanqidiy realizm ustunlikka erishib, norveg adabiyotini jahon darajasiga ko?tardi. (G.Ibsen, B.M.Byornson, Yu.Li, A.Xyellann ijodi). 20-asr boshlarida Yu.Boyer, U.Duun, S.Unset kabi yozuvchilar adabiyotga kirib keldilar. S.Xyol, A.Omre, A.Sandemuse, T.Vesos, Yu.Borgen inson ruxiyatini teran aks ettirdilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida Norvegiya yozuvchilari fashizmga qarshi kurashda qatnashdilar, 300 ga yaqin yashirin gazeta chiqarib turildi. Urushdan keyin yaratilgan ko?pgina asarlar Qarshilik ko?rsatish harakatiga bag?ishlandi. 70?90-yillarda ijod qilgan shoirlar R.Yakobsen, Ya.Bryuxeym, A.Andersen atrof dunyo chigalliklarini tasvirladilar. G.Lyunde, E.Xovardsxolm va boshqa jamiyat illatlarini tanqid qildilar.

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?rta asrlarda Norvegiyada yogoch me?morligi rivoj topdi, qo?sh sinchli cherkov (?stavkirka“)larning o?ziga xos toifasi vujudga keldi (Urnes va Borgunnadagi cherkovlar). 12?16-asrlardagi g?ishtli imoratlarda roman va gotika me?morligining ta?siri seziladi. Bergendagi 16-asr 2-yarmi va 17-asrga mansub Rozenkrans minorasida Uyg?onish davri, Ser-Frundagi 18-asrga oid cherkovda barokko va rokoko, Tronxeymdagi 19-asrga mansub qirol qarorgohida klassitsizm me?morligi unsurlaridan foydalanildi. 19-asr me?morligida eklektizm (Byugdyo yarim orolidagi Oskarsxoll qasri, me?mor Yu.Nebelong), 20-asr boshlarida funksionalizm (Oslodagi ?Skansen“ restorani, me?mor L.Bakker) usullari ustunlik qildi. Keyingi o?n yilliklarda Oslodagi ratusha (me?morlar A.Arneberg va M.Poulson), ?Viking“ mehmonxonasi (me?mor K. Knutsen), Hukumat uyi (me?mor E.Vikshe), Xovikaddendagi muzey (me?morlar I.Eykvar, S.Engebretsen) binolari qurilishida o?ziga xos milliy me?moriy shakllar paydo bo?ldi. Mahalliy xalq me?morligi an?analariga murojaat qilinib, mehmonxona, xususiy villalar, hovlili koshona uylar qurila boshlandi.

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Neolit va jez davrlarida qoyalarga ishlangan rasmlar N. hududidagi eng qad. san?at yodgorliklaridir. 8-asr oxirida o?rta asr san?ati (yog?och, fil suyagi o?ymakorligi va hokazo) tarkib topgan. 13?14-asrlarda gotika uslubidagi tasviriy san?at rivojlandi. Haqiqiy norveg san?ati 19-asrda yuzaga keldi. Atoqli rassom Yu.Dal go?zal manzaralar chizdi, A.Tidemann, X.Gude, F.Kollett, X.Bakker xalq hayotini tasvirladilar. 20-asr 1-yarmida monumental-bezak san?atining roli kuchaydi. Haykaltaroshlardan R. Lunne, G. Yanson mashhur bo?ldi. 20-asrning 2-yarmida abstraksionizm va turli modern oqimlari vujudga keldi. Amaliy san?at (metall buyumlar, jimjimador yog?och anjomlar yasash, gazlama, to?r to?qish, kashtachilik, kulollik) xalq orasida keng tarqalgan.

Musiqasi qadimda yuzaga kelgan. O?ziga xos norveg xalq qo?shiqlari (qahramonlik va muhabbat qo?shiqlari, qissa-qo?shiklar, cho?pon va baliqchi qo?shiklari), raqslar (xalling, springtar va boshqalar), cholg?u kuylari (lyuarslott va boshqalar) keng yoyilgan. Azaliy cholg?u asboblari ? buk-kexorn (echki shoxi), prillar (buqa shoxi), selye (nayning bir turi), har-tingfele (g?ijjakning bir turi) va boshqa 16-asrda sayyor baxshi (zingmeyster)lar, mohir skripkachilar, organchilar bo?lgan. 18-asr oxiri ? 19-asr boshlarida F.Grot, AFlintenberg, F.Fogel, L.M.Linneman kabi kompozitor, dirijyor va musiqa nazariyotchilari ijod qilgan. 1850? 60 yillarda X.Xyerulf, U.Bull, R.Nurdrok va boshqa milliy musiqa maktabini yaratdilar. E.Grig ijodi va ijtimoiy fa-oliyati musiqa madaniyati yuksalishiga katta ta?sir qildi. Kompozitor F. U. Valen zamonaviy norveg musiqasiga asos soldi. 20-asr o?rtalarida X.Severud, K.Egge, E.Tveyt, L.Yensen, A.Yanson, L.Nilsen kabi kompozitorlar ijod qildilar. Osloda Norvegiya operasi (balet truppasi bilan), Oslo va Bergenda konservatoriya, Tronxeymda Oliy musiqa maktabi va boshqa bor.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Milliy teatr faoliyati diniy va maishiy udumlarni sahnalashtirishdan boshlangan. 18-asr o?rtalarida Kristi-aniya (hozirgi Oslo) va Bergenda havaskor teatr truppalari tuzildi. 1780-yil do-imiy teatr ochildi. 1899-yil Kristia-niyada barpo etilgan Milliy teatrda G.Ibsen, B. M. Byornson, U. Shekspir, F.Shiller, B.Shou asarlari qo?yildi. 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida Kristianiya, Bergen, Tronxeym, Stavangerda yangi teatrlar barpo etildi. X.Krog, N.Grig va boshqa yozuvchilarning pyesalari sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi (1939?45) davrida N. teatrlari inqirozga uchradi. Mamlakat ozod etilgach, teatrlarda jahon va milliy mumtoz dramaturgiyasining asarlari ko?rsatildi. Osloda aktyor va rejissorlar tayyorlaydigan Davlat teatr maktabi (1953) bor.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1908-yildan kinofilmlar chikarila boshlandi. 20-yillarda chet el filmlariga taklidiy filmlar yaratilgan bo?lsa, 30-yillarda o?tkir ijtimoiy va tarbiyaviy mavzularga murojaat etildi (?Sayoq“, ?Torres Sner-tevold“, rejissor T.Ibsen). 40?60-yillarda Qarshilik ko?rsatish x, arakatiga bag?ishlangan filmlar ? ?Yashashni xohlaymiz“ (rejissor U. Dalgar), ?Qochoqlar“ (rejissor T. San ne), ?To?qqiz hayot“ (rejissor A.Skouen) N. kinosining katta yutug?i bo?ldi. Keyingi yillarda rejissorlardan N.Myuller, N. Kristensen, T.Vibe-Myuller va boshqa riyokorona axloqni fosh etuvchi filmlar yaratishdi. N.da huj-jatli, ilmiy ommabop (rejissor P.Xest, A.Berg, T.Xeyerdal) va multiplikatsiya (rejissor I. Kaprino) kinosi ham rivojlangan. [4]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Population, 2024-01-01“  (en). Statistics Norway (2024-yil 21-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  2. ?Arealstatistics for Norway 2019“ . Kartverket, mapping directory for Norway (2019). 2019-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 26-mart.
  3. Population, january 1 2019, Statistics Norway
  4. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil