Rene Descartes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rene Descartes
Tavalludi 31-mart 1596 [1] [2] [3]
Vafoti 11-fevral 1650 [1] [2] [3] [4]
Fuqaroligi Fransiya
Bolalari Francine Descartes
Otasi maricoel que lo lea
Onasi Jeanne Brochard
Principia philosophiae , 1685

Rene Descartes ( fransuzcha : Rene Descartes ; 1596-yil 31-mart, Lae, Turen ? 1650-yil 11-fevral, Stokgolm ) ? fransuz faylasufi , olimi , matematigi , fizigi , fiziologi . Rene Descartes La-Flesh iyezuit kollejida ta?lim oldi, yunon tili va lotin tillarini, matematika va falsafani o?rgandi. 1629-yilda Niderlandiyaga ko?chib borib, fan bilan mashg?ul bo?lgan. Qirolicha Kristina taklifi bilan 1649-yilda Shvetsiyaga boradi va o?sha joyda vafot etadi. Descartes falsafasi uning matematikasi , kosmogoniyasi , fizikasi bilan bog?liq. Matematikada analitik geometriya asoschilaridan biri (to?g?ri burchakli koordinatalar tizimi uning nomi bilan ataladi), o?zgaruvchi miqdor va funksiya tushunchasini bergan (? Geometriya , 1637-yil ), bir qancha algebra belgilarini joriy qilgan. Descartes ? Dioptrika ( 1637-yil ) asarida yorug?lik nurining ikki muhit chegarasida sinishi haqidagi qonunni bayon qilgan. Harakat miqdorining saqlanish qonunini ta?riflagan. Osmon jismlarining yuzaga kelishi va harakati materiya zarralarining uyurma harakatidan deb tushuntiruvchi nazariya (Descartes uyurmalari) muallifi. Descartes fiziologiyaga oid bir qancha tajribalar o?tkazdi va birinchi bo?lib shartsiz refleks haqidagi tasavvurni yaratdi. Rene Descartes Dordrext maktabining direktori Isaac Beeckman bilan tanishdi va Isaac Beeckman uchun musiqa to?plamini 1618-yilda yozdi, 1650-yilda nashr etdi [5] .

Falsafasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Descartes fazo materiya bilan to?la, materiyasiz fazo yo?q, deb bilgan. Descartes falsafasi asosida jon va tana, ?fikrlovchi“ va ?ko?lamli“ substansiya dualizmi yotadi. Materiyani ko?lam (yoki fazo) ga tenglashtirgan, harakatni jismlarning o?z joyini o?zgartirishidan iborat deb bilgan. Descartes fikricha, harakatning umumiy sababchisi xudo bo?lib, xudo materiya, harakat va osoyishtalikni yaratgan. Insonning jonsiz a?zoi badani tafakkurga va irodaga ega jon bog?lab turadi. Descartes falsafasi xudo, jism va jondan iborat uchta tug?ma g?oya bor degan qoidaga asoslanadi. Descartes xudoning mavjudligini, tashqi olamning realligini isbotlashga harakat qilgan. Descartes g?oyasiga ko?ra, insonning mohiyati uning fikrlashidadir. ?Fikrlayapman, demak mavjudman“ degan fikri shundan kelib chiqqan. Descartesning fikricha, ilmda ishonchli, isbotlangan, tajribada tekshirilgan dastlabki asosiy ikki yo?l bilan ? birinchisi induksiya va analiz orqali, ikkinchisi ? deduksiya va sintez orqali izlab topiladi. Descartes ikkinchi yo?lni ma?qul yo?l deb hisoblaydi. Descartes inson aql-idrokining bilish jarayonidagi o?rniga yuksak baho beradi. Descartes: ?Har bir xulosaga shubha bilan qarash kerak“, ? deydi. Descartes har jihatdan ratsional-faylasuf bo?lib, 17?18-asr falsafasi va fani taraqqiyotiga salmoqli hissa qo?shdi. Descartesning falsafa va tabiatshunoslikka oid ta?limotlari ta?sirida vujudga kelgan ilmiy maktablar majmuasi karteziychilik falsafasi nomi bilan mashhur bo?ldi.

Harbiy faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Descartes 1618-yilda professional harbiy ofitser bo?lishni xohlaydi. Descartes yollanma askar sifatida Moris Nassau qo?mondonligi ostida Bredadagi protestant Gollandiya shtatlari armiyasiga qo?shildi. Keyinchalik Simon Stevindan harbiy muhandislikni o?rganishni boshlaydi [6] . Descartes 1619-yildan boshlab Bavariya katolik gersogi Maksimilian xizmatida bo?lgan [7] . Descartes 1620-yil noyabrida Praga yaqinidagi Oq tog? jangida qatnashgan [8] [9] .

O?limi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Descartes qirolicha Kristina tug?ilgan kunidan so?ng haftasiga uch marta ertalab soat 5 da uning sovuq va qurg?oqchil qal’asida dars berishni tashkil qildi. 1650-yil 1-fevralda u pnevmoniyaga chalindi va 11-fevralda Chanutda vafot etdi [10] .

Asarlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Asosiy asarlari: ? Geometriya “ (1637-yil), ? Metod haqida mulohazalar “ (1637-yil), ? Falsafa asoslari “ (1644-yil) va boshqa asarlar.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. McQuillan, J. C. 2016. Early Modern Aesthetics . Lanham, MD: Rowman & Littlefield . p. 45 ( Wayback Machine saytida 1 August 2020 sanasida arxivlangan ).
  6. Gaukroger 1995 , s. 66.
  7. ?Rene Descartes ? Biography“  (en). Maths History . 2017-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  8. Parker, N. Geoffrey. 2007. ? Battle of White Mountain ( Wayback Machine saytida 9 May 2015 sanasida arxivlangan )“ (revised). Encyclopædia Britannica .
  9. Jeffery, R. 2018. Princess Elisabeth of Bohemia: The Philosopher Princess . Lanham, MD: Lexington Books . p. 68 ( Wayback Machine saytida 8 November 2020 sanasida arxivlangan ).
  10. Bruno, Leonard C. . Math and mathematicians: the history of math discoveries around the world , Baker, Lawrence W., Detroit, MI: U X L, 2003 — 104 bet. ISBN  978-0-7876-3813-9 . OCLC 41497065 .  

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]