한국   대만   중국   일본 
Moskva - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Moskva

Koordinatalari : 55°45′21″N 37°37′04″E  /  55.75583°N 37.61778°E  / 55.75583; 37.61778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Moscow dan yo?naltirildi)
Moskva
Rossiya poytaxti
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
55°45′21″N 37°37′04″E  /  55.75583°N 37.61778°E  / 55.75583; 37.61778
Mamlakat Rossiya
Hukumat
 ?  Mer Sergey Sobyanin
Asos solingan 1147
Ilk eslatilishi 1147
Qachondan beri rossiya poytaxti 1340
Maydon 2,561.5 [1]  km 2 (989.0 kv mi)
Markazi balandligi 118?255 m
Rasmiy til(lar)i ruscha
Aholisi
  (2022)
12 635 466 [2]
Zichligi 4932,84 kishi/km 2
Milliy tarkib ruslar (91,65%)
ukrainlar (1,42%)
tatarlar (1,38%)
ozarbayjonlar (0,53%) [3]
Konfessiyaviy tarkib Xristianlar , Musulmonlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +7 495, 499
Pochta indeks(lar)i 101000?135999
Avtomobil kodi 77, 177, 777; 97, 197, 797; 99, 199, 799
Moskva xaritada
Moskva
Moskva

Moskva ( ruscha : Москва ) ? Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatdagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis , Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 ma?-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy, Janubiy, Jan.-G?arbiy, G?arbiy, Shim.-G?arbiy, Shimoliy, Shim.Sharqiy hamda Zelenograd shahri) bo?lingan. Shahar chegarasi, asosan, Moskva halqa avtomobil yo?lidan o?tadi. Maydoni (Moskva meriyasiga karashli bo?lgan Zelenograd va boshqa aholi punktlaridan tashkari) 994,0 km², shu jumladan, Moskva halqa avtomobil yo?li doirasida 878,7 km². Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; Moskva shahar ma?muriyatiga qarashli aholi punktlari bilan 8600 ming kishi)dan ziyod.

Geografik joylashuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Rossiyaning Yevropa qismida Smolensk-Moskva qirlari, Oka-Moskvoretsk tekisligi va Meshchyora pasttekisligi tutashgan joyda, Oka va Volga daryolari orasida, Moskva daryosi sohillarida joylashgan. Shahar hududining asosiy qismi 120 m balandlikda, keng tarqalgan qayirlar va qayir usti terrasalariga ega bo?lgan Moskva daryosi va uning irmoqlari (Yauza, Setuni va boshqalar)ning keng vodiyli morena va flyuvioglya-sial tekisliklari chegarasi ichida o?rnashgan. Suvayirg?ichlar (shu jumladan, "etti tepalik" ? Kreml , Sreten, Tver, Tryoxgorka, Tagan, Lefort, Vorobyov tepaliklari)ning bir oz ko?tarilgan qismlari daryo vodiylari va jarliklar bilan almashib boradi. Relyefning eng yuqori nuqtalari Teplostan qirlari (balandligi 254 m gacha) kirib borgan janubi-sharq va SmolenskMoskva qirlarining janubiy yon bag?ridagi Ximki suv havzasi xududida joylashgan. Shaharning sharqiy, janubi-sharqiy qismlari Meshchyora pasttekisligining g?arbiy chekkasida o?rnashgan. Moskvaning markaziy rayonlarida qayta ishlangan grunt, ko?chalar va hokazo qoldiqlaridan tarkib topgan madaniy qatlamning qalinligi 4?6 m (ko?milgan jarliklar, kichkina soylar, hovuz va botqoqliklar o?rnida 10?20 m)ga yetadi. 100 dan ziyod soy, shu jumladan, Neglinnaya yer osti quvurlari orqali o?tkazilgan. Moskva iqlimi mo'tadil kontinental. Qishi mo?tadil sovuq. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?10,2°. Yozi issiq, iyulning o?rtacha temperaturasi 18,1°. Shahar markazi temperaturasi chekkalarga nisbatan o?rta hisobda 1,5?2° yuqori. Yillik yog?in 540?650 mm (eng ko'pi iyul? avgustda). Rossiyada ilk bor barpo qilingan Los Oroli milliy bog?i Moskva hududida joylashgan.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Moskva to?g?risidagi dastlabki ma?lumot 1147-yildagi solnomada berilgan. Suzdal va Buyuk Kiyev knyazi Yuriy Dolgorukiy an?ana bo?yicha Moskvaning asoschisi hisoblanadi. 1156-yil chamasi Borovitsk tepaligida, Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida dastlabki qo?rg?oncha o?rnida keyinroq Kreml nomini olgan yog?och-tuproqdan istehkom qurilgan (qarang Kreml ). Vladimir-Suzdal Rusining chekka shahri hisoblangan. Moskva Chernigovdan Kiyevga boradigan yo?llar chorrahasida shakllangan. 1237-yilda, mo?g?ullar bosqini davrida, Botuxon qo?shinlarining bostirib kirishi natijasida Moskva vayron qilindi, lekin, tez orada qayta tiklanib kichikroq udel knyazligining markazi bo?ldi. Knyaz Yuriy Danilovich (1303?25 yillarda boshqargan) knyazlikka yorliq olgan birinchi Moskva knyazi bo?ldi. 14?15-asrlarda Moskva rus yerlarini birlashtirish, mo?g?ullar zulmidan ozod bo?lishga qaratilgan kurashning tashkilotchisi, markaziga aylandi. Moskva atrofida rus yerlarining astoydil birlashtirishni boshlagan knyaz I. D. Kalitaning (1325?40) faoliyati katta ahamiyatga ega bo?ldi. taxminan 1326-yilda Moskvaga Vladimir shahridan Rus pravo-slav cherkovi mitropolitlarining qarorgohi ko?chirildi. KnyazD. I.Donskoy (1359?89) davrida Moskva mo?g?ullar zulmiga qarshi kurash markaziga aylandi. 1380-yilda Kulikovo maydonida mo?g?ullar qo?shinini mag?lubiyatga uchratgan umumrus qo?shini Moskvada shakllandi. 15-asr oxirida ulug? knyaz Ivan III Vasilyevich (1462?1505) davrida Moskva yagona Rus davlatining poytaxti bo?ldi. 15-asr oxiri ? 16-asr boshlarida Kremlni qayta qurilishi, uning hududida Moskva davlatining bosh soborlari ? Uspeniye, Arxangelskiy va Blagoveshcheniye qad ko?tardi. 1547-yilda ulug? knyaz Ivan IV Grozniy (1533?84) podsho unvonini qabul qildi. Romanovlar sulolasining birinchi podsholari Mixail Fyodorovich va Aleksey Mixaylovichlarning hukmronligi davri ? notinch yillarda yoqib tashlangan Moskva yangidan qurildi. 1687-yilda Slavyan-grek lotin akademiyasi ochildi. 1708-yilda shahar Moskva gubernyasining markazi bo?ldi.

Rossiya poytaxtining Sankt-Peterburgga ko?chirilishi (1712) bilan Moskva birinchi poytaxt, muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini saqlab qoldi. Moskvada imperatorlarga toj kiygizish marosimlari o?tkazib kelingan. 1703-yildan boshlab podsho Petr-Ining tashabbusi bilan "Vedomosti" birinchi rus bosma gaz. nashr qilina boshlandi. 17-asr oxiridan shaharning o?zini o?zi boshqarish tizimi shakllandi. Izchillik bilan shahar bo-shqaruvi organi sifatida Burmistr palatasi, Ratusha, Magistrat, 1785-yildan ? Umumiy va Olti ovozli Duma, ke-yinroq (1870-yilda) shahar Dumasi tuzildi, 1812-yildagi urush davrida Moskva sentabr-oktabr oylarida Napoleon-Ining fransuz qo?shinlari qo?lida edi. Katta yong?in shahar binolarining 2/3 qismini yo?q qildi. Fransuzlar Moskvani tashlab chiqib ketdilar. Sanoat va temir yo?l qurilishining rivojlanishi bilan Moskva Rossiyaning iqtisodiy va transport markazlaridan biriga aylandi. 1917-yil noyabrda shaharda bolsheviklar xrkimiyati o?rnatildi. 1918-yil 12-martda poytaxt yana Moskvaga ko?chirildi. SSSR tashkil qilingandan keyin (1922-yil 30-dekabrda) Moskva uning poytaxti bo?ldi. 1929-yildan Moskva ? Moskva viloyati markazi. 1935-yilda Moskvani birinchi Bosh plani qabul qilindi. O?sha yili Moskvada metropoliten ishga tushirildi. 1941-yil dekabrda nemis qo?shinlari Moskva ostonalariga yetib keldi va shaharni bombardimon qila boshladi. Keyinroq nemislar chekinishga majbur bo?ldi. 1945-yil 24-iyunda Moskvada G?alaba Paradi bo?lib o?tdi. 1965-yil 8-mayda Moskvaga qaxramon shahar unvoni berildi. 1950-yillar o?rtalaridan shaharda keng miqyosda uy-joy va madaniy qurilish avj oldi. 1980-yilda Moskvada 22-olimpiada o?yini bo?lib o?tdi. SSSR qulagach, Moskva (1991-yil 25-dekabrdan) ? Rossiya Federatsiyasiga aylanadi

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Moskva Siti

Moskvada aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, priborsozlik sanoatlarining yetakchi korxonalari joylashgan. Shuningdek, mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan stanok-asbobsozlik (Moskvada Rossiya metall kesuvchi stanoklarning 9,3% hamda asboblar, temirchilikpress uskunalari, sanoat robotlari, avtomat va yarim avtomat liniyalar va boshqalar), turli elektronika, avtomobilsozlik (6,8% Rossiya yuk avtomobillari va 6,3% yengil avtomobillar) sanoati rivojlangan. Sovitkich, kompressor va ko?targich (Rossiya liftlarining 64%) uskunalar, podshipnik, soatlar va boshqa ishlab chiqariladi, kimyo sanoati (shu jumladan, avtomobil shinalari, texnik rezina mahsulotlari, bo?yoklar, maishiy kimyo mollari), neftni qayta ishlash zavodlari mavjud. Kora metallurgiya korxonalarida sifatli po?latdan turli xil mahsulotlar, quvurlar, metall buyumlar ishlab chiqariladi. Moskva ? yengil, asosan, to?qimachilik (Rossiya ip gazlama ishlab chiqarishning 5,9%, ipakning 9,4% hamda jun gazlamalar) va tikuvchilik sanoatining an?anaviy markazi. Poligrafiya, oziq-ovqat (Rossiya qandolatpazlik mahsulotlarining 22% hamda ko?pgina tamaki mahsulotlar) sanoatlari bor. AMO "ZIL", AZLK avtomobil zavodi, "Moskva podshipniki" va aviatsiya korxonasi ishlab turibdi.

Transport [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shahardan turli yo?nalishlarda temir yo?l liniyasi ketgan. Har kuni Moskvaning 9 ta temir yo?l vokzali orqali 2 mln. ga yaqin yo?lovchi kelib-ketadi. Moskvada 3 yirik dare porti (G?arbiy, Shimoliy va Jan.) bor. Moskva 13 avtoyo?l orqali Rossiyaning yirik shaharlari, uzoq va yaqin xorij davlatlari bilan bog?langan. Moskva mamlakat havo yo?llarining eng yirik tugunidir (Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo aeroportlari). Moskvada Rossiyaning to?ng?ich va eng katta masofaga cho?zilgan (1999-yilda 160 stansiya) metropoliteni mavjud.

O?quv yurtlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Poytaxtda Rossiya fanlar akademiyasi, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi, Rossiya qishloq xo?jaligi akademiyasi, Rossiya ta?lim akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi va boshqa faoliyat ko?rsatadi. 1000 dan ziyod ilmiy tadqiqotlar instituti va konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. 80 dan ziyod oliy o?quv yurti, shu jumladan, 13 universitet mavjud.

Tarixiy va arxitektura yodgorliklari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Katta teatr (2011)

Shaharda 140 dan ziyod professional teatr bor, shulardan: Katta teatr, K. S. Stanislavskiy va V. I. NemirovichDanchenko nomidagi, Operetta teatrlari; dramatik teatrlar ? Kichik teatr, Moskva Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik te-atri, Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, V. Mayakovskiy, Mossovet, M. N. Yermolova nomidagi, Rossiya Armiyasi Markaziy teatri, Tagankadagi, Kichik Bronniy, Satira, "Sovremennik", A. I. Raykin nomidagi "Satirikon", S. V. Obrazsov nomidagi Markaziy qo?g?ir-choq teatri va boshqa 2 sirk, konservatoriya, P. I. Chaykovskiyning konsert zali va boshqa bor. Moskvada "Mosfilm" kino-konserni va boshqa kinostudiyalar joylashgan. Moskva mamlakat tele- va radioeshittirish tizimining markazi, bu yerda mashhur Ostankino teleminorasi mavjud.

Moskvada 70 dan ziyod muzey bor. Ular orasida A. S. Pushkin nomidagi tasviriy san?at muzeyi, Tarixiy muzey, Politexnika muzeyi, Kremlning Qurol-aslaqa palatasi, A. V. Shchusev nomidagi me?morlik muzeyi, Moskva tarixi muzeyi, A. A. Baxrushin nomidagi Teatr muzeyi, Adabiyot muzeyi, V. M. Vasnetsov uymuzeyi, M. Gorkiy, M. Yu. Lermontov, A. N. Ostrovskiy, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. I. Svetayeva, A. P. Chexov, F. I. Shalyapin muzeylari va boshqa mavjud.

Moskvaning eski qismi radialhalqa shaklidagi tuzilishga ega. Moskvaning tarixiy markazi ? Moskva Kremli ansamblidir, uning yonida Kizil maydon, Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi joylashgan. Saqlanib qolgan yedgorliklar orasida ? Kolomenskoyedagi Vozneseniye cherkovi, monastirlar me?moriy majmuasi (Andronikov, Donskoy, Svyato-Danilov, Novodevichiy, Simonov va boshqalar), qo?rg?onlar ansambllari (Kuskovo, Ostankino, Kuzminki, Saritsino va boshqalar), 17-asr cherkov va ayrim binolari, 18-asr ? 19-asrlarning 1-yarmidagi klassitsizm uslubidagi turar joy va jamoat binolari ? Pashkov uyi (hozirgi Rossiya davlat kutubxonasi binosi), Oliy Majlis binosi, Moskva universitetining eski binosi, Katta teatr bor. 1920?70 yillarda Moskva markazi va yirik magistrallar qayta tiklandi (bu jarayon davomida ko?pgina nodir tarixiy va me?morii yedgorliklar buzib tashlandi). 50-yillar o?rtalaridan zamonaviy loyixa bo?yicha katta shahar rayonlari qurildi, yangi mikrorayon va yirik jamoat inshootlari, baland binolar (shu jumladan, Vorobyev te-paligidagi universitet), Lujnikidagi Markaziy stadion majmuasi, Kremldagi s?yezdlar saroyi, Yangi Arbat ansambli, olimpiya ob?yektlari barpo qilindi. 1990-yillar boshlaridan ko?pgina me?morii va tarixiy yedgorliklar (shu jumladan, Iso payg?ambar ibodatxonasi) ta?mirlanmoqda. Poklonnaya tepaligidagi Zafar bog?i memorial majmuasi va Manej maydonidagi savdo majmuasi qurildi, Lujnikidagi Markaziy stadion ta?mirlandi, shahar va uning atrofi transport infrastrukturam yaxshilandi. Moskva atrofida Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik shaqar aglomera-siyasi vujudga keldi. 2001-yilda Moskvadagi Dobrininsk maydonida Alisher Navoiyga haykal o?rnatildi (haykaltarosh J. Mirtojiyev). [4]

Aholi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]


Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Москва в 2000-2013 гг.: Краткий статистический справочник/ Мосгорстат- М., 2014. - 74 с. ISBN 978-5-904548-11-7 ( Wayback Machine saytida 2019-02-20 sanasida arxivlangan ) с.8
  2. ?arxiv nusxasi“ . 2022-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  3. ?Перепись 2002 года показала изменение национального состава населения Москвы“ . ≪Демоскоп≫ ? Электронная версия бюллетеня ≪Население и общество≫. Институт демографии Государственного университета ? Высшей школы экономики. 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 13-yanvar.
  4. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil