Pxenyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pxenyan ? Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) poytaxti. Tedongan daryosi bo?yida, 300 m balandlikda. Iqlimi mussonli mo??tadil iqlim. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?8,2°, iyulniki 24°. Yillik yog?in 922 mm. Axrlisi 2,6 mln. (1990-yillar oxiri). Alohida ma?muriy birlik qilib ajratilgan.

P. ? Koreyaning qad. shaharlaridan. 4-asrda shahar o?rnida qal?a bo?lgan. 427? 668 yillarda Koguryo davlatining poytaxti. 10?14-asrlarda P. Sogyon deb atalgan. 1905?45 yillarda yaponlar qo?l os-tida bo?lgan. 1948-yil 9-sentabrda P.da KXDR tuzilganligi e?lon qilingan. 1950?53 yillardagi urush vaqtida bu-tunlay vayron bo?lgan. Urushdan keyin qayta tiklanib, zamonaviy shaharga aylangan.

P. mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Transport yo?llarining muhim tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Atrofidagi shaharlar bilan yirik sanoat rayonini tashkil qiladi. Qora va rangli metallurgiya, ko?p tarmoqli mashinasozlik, elektrotexnika, to?qimachilik (KXDR da eng yirik kombinat), oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Poyabzal, farmatsevtika, chinni-fayans, yog?ochsozlik korxonalari ishlab turibdi. Is-siqlik elektr styasi, metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, universitet, teatrlar, konservatoriya, muzeylar, badiiy galereya bor. Me?moriy yodgorliklaridan minora, qal?a darvozalari, maqbaralar, pago-dalar saqlangan, bog? ko?p. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil