Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti
, qisqartmasi ?
OPEK
(
inglizcha
:
OPEC, The Organization of the Petroleum Exporting Countries
) ? neft narxini muqobil ushlab turish maqsadida neft qazib oluvchi derjavalar tomonidan yaratilgan kartel hisoblanadi. Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bog?liq bo?lgan davlatlar a?zo hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi ? dunyodagi neft narxlari ustidan nazorat olib borish.
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti
, OPEK (Organization of Petroleum Exporting Countres, OPEC) ? neft qazib olishni va a?zo mamlakatlarning neft eksporta siyosatini muvofiklashtiruvchi hamda a?zo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tovar tashkiloti. Tashkilot rasman 1960-yilda Venesuela tashabbusi bilan Bag?dod konferensiyasida tashkil etilgan. Nizomi Karakas (Venesuela)da 1961-yilda qabul qilingan va keyinchalik ko?pgina o?zgartirishlar kiritilgan. Eron, Iroq, Kuvayt, Liviya muassis mamlakatlar hisoblanadi. A?zo mamlakatlar Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Liviya, Katar, Kuvayt, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador (
2003
).
20-asrning 80-yillari 2-yarmida bu tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar va Saudiya Arabistonidan neft taklifining o?sishi natijasida OPEKning ta?siri keskin pasaydi. Hozirgi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ta?sir doirasi hamon kuchli. Tashkilotning oliy organi ? yiliga 2-marta chaqiriladigan konferensiya bo?lib, unda ishtirokchi mamlakatlar ishlab chiqarish strategiyasi va narxlar ko?rib chiqiladi va tasdiklanadi. Idorasi Avstriyada joylashgan.
[1]
OPEC ? nodavlat tashkilot sifatida
Bog?dod
dagi konferensiyada 10-14-sentabr 1960-yilda tashkil etilgan. Boshida tashkilot tarkibiga
Eron
,
Iroq
,
Quvayt
,
Saudiya Arabistoni
va
Venesuela
kirishgan. Ushbu tashkilotga asos solgan besh davlat tarkibiga keyinchalik yana besh davlat kelib qo?shildi bular :
Qatar
(1961),
Indoneziya
(1962),
Liviya
(1962),
Birlashgan Arab Amirligi
(1967),
Jozoir
(1969),
Nigeriya
(1971),
Ekvador
(1973?1992,2007),
Gabon
(1975?1994),
Angola
(2007).
Boshida OPEC bosh ofisi
Jeneva
(
Shveysariya
)da joylashgan edi, keyinchalik 1-sentabr 1965-yilda
Vena
(
Avstriya
) ga ko?chib o?tdi.
OPEC ga a?zo davlatlar 2/3 yaqin dunyo neft zahiralari ustidan nazorat olib borishadi. Ular ulushiga dunyo daromadlaring 40 % yoki dunyo nefti eksportining yarmi to?g?ri keladi.
OPEC ?Savati“ (OPEC Reference Basket of crudes) atamasi rasmiy ravishda 1987-yil 1-yanvarda kiritilgan. 2005-yil iyun oyi o?rtalarida ?savat“ narhi neft qazib oluvchi davlatlar tomonidan qazib olininuvchi 11 turdagi neftlar narhlari o?rtacha arifmetik ko?rsatkichi orqali aniqlanadi:
Saharan Blend
(
Aljir
),
Minas
(
Indoneziya
),
Iran Heavy
(
Eron
),
Basra Light
(
Iroq
),
Kuwait Export
(
Quvayt
),
Es Sider
(
Liviya
),
Bonny Light
(
Nigeriya
),
Qatar Marine
(
Qatar
),
Arab Light
(
Saudiya Arabistoni
),
Murban
(
BAA
) va
BCF 17
(
Venesuela
)
- ↑
O?zME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil