Jahon sog?liqni saqlash tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jahon sog?liqni saqlash tashkiloti
Qisqartma JSST
Turi Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan tashkiloti
Ishga tushgan sanasi 7-aprel, 1948-yil (76 yil avval )  ( 1948-04-07 )
Joylashuvi Jeneva , Shveysariya
Direktori Tedros Adhanom
O?ziga tegishli tashkilotlar Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi
Vebsayti www.who.int
World Health Organization membership status map.png

Jahon sog?liqni saqlash tashkiloti ( JSST ) ? xalqaro tibbiy tashkiloti bo?lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning ixtisoslashgan maxsus muassasasi hisoblanadi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sog?liqni saqlash tashkilotini tuzish to?g?risida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sog?liqni saqlash bo?yicha New Yorkda o?tkazilgan Xalqaro konferensiyada BMTga a?zo 26 ta mamlakat tashkilot ustavini ratifikatsiya qilgach, 7-aprel 1948-yilda Jahon sog?liqni saqlash tashkiloti tuzildi.

7-aprel kuni butun dunyoda sihat-salomatlik kuni sifatida nishonlanadi. Tashkilot o?z oldiga "hamma xalqlarning iloji boricha sog?-salomat bo?lishiga erishish"ni maqsad qilib qo?ygan. Jahon sog?liqni saqlash tashkiloti kasalliklarga qarshi kurash olib boradi, ularni tugatish tadbirlarini ko?radi; atrof muhit muhofazasi, yuqumli va yuqumsiz ( sil , venerik va parazitar kasalliklar , yurak tomir kasalliklari , xavfli o?smalar va boshqalar) ga qarshi kurash uchun xalqaro standartlar belgilash, dori moddalar sifati va qo?shimcha ta?siri hamda narkotik moddalar ustidan xalqaro nazorat o?rnatish; tibbiyot fanining eng muhim masalalari (toksikologiya, farmakologiya, atrof muhit gigiyenasi va boshqalar) bo?yicha hamda sog?liqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarni koordinatsiyalash va ularni o?tkazishga ko?maklashish ham Jahon sog?liqni saqlash tashkilotining vazifasi. Jahon sog?liqni saqlash tashkiloti xalqaro karantin sohasida qator tadbirlarni amalga oshiradi: chechak , vabo va boshqa bilan kasallanish xollari to?g?risida mamlakatlarga o?z vaqtida xabar beradi.

Tashkilot tarkibiga 6 regional tashkilot kiradi. Ular har birining o?z ijroiya organlari va regional byurolari bor. Jahon sog?liqni saqlash tashkilotining oliy organi ? Jahon sog?liqni saqlash assambleyasini mamlakatlar saylaydi, uning sessiyasi yil sayin chaqirib turiladi. Jahon sog?liqni saqlash tashkilotining markaziy ma?muriy organi ? Sekretariatga (rasmiy idorasi Shveysariyaning Jenevada joylashgan) general direktor rahbarlik qiladi. Tashkilot mablag?ining asosiy manbai unga a?zo bo?lgan davlatlardan tushadigan badal pulidir. Jahon sog?liqni saqlash tashkiloti jurnallar, byulletenlar, nomuntazam nashrlar chop etadi. Jahon sog?liqni saqlash tashkilotining O?zbekistondagi vakolatxonasi O?zbekiston Respublikasi Sog?liqni saqlash vazirligi binosida faoliyat ko?rsatadi (1995-yildan). [1]

Bosh direktorlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Kanada Brock Chisholm
  • Braziliya Marcolino Gomes Candau
  • Daniya Halfdan T. Mahler
  • Yaponiya Hiroshi Nakajima
  • Norvegiya Gro Harlem Brundtland
  • Janubiy Koreya Lee Jong-wook
  • Shvetsiya Anders Nordstrom(acting)
  • Gonkong Margaret Chan
  • Ethiopia Tedros Adhanom

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]