Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
朝鮮民主主義人民共和國
Shior Aegukka
Madhiya :  强盛大國
(Baquvvat va prosperirasha el)
Location of Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
Poytaxt Pxenyan
Eng katta shahar Pxenyan
Rasmiy til(lar) Koreyscha
Yetakchilar
Kim Chen Ir
Kim Chen Ir
Choe Ryong-hae
Pak Pon Dju
Maydon
? Butun
120,540 km 2 ( 97-o?rin )
? Suv (%)
4,87
Aholi
? 2011-yilgi ro?yxat
24,457,492 ( 49-o?rin )
Zichlik 193,54/km 2
YIM   ( XQT ) 2007-yil ro?yxati
? Butun
$ 40 milliard
? Jon boshiga
$ 1,715
Pul birligi Koreys voni W?n ( KPW )
Qisqartma kp
Telefon prefiksi 850
Internet domeni . kp

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi ( KXDR ) yoki Shimoliy Koreya  ? Koreys yarimorolida , Janubiy Koreya shimolida joylashgan mamlakatdir. Maydoni 120,54 ming km². Aholisi 23 486 550 kishi. Poytaxti ? Pxenyan . 9 ta ma?muriy provinsiyaga va 4 ta markazga bo?ysunuvchi shaharlar ( Pxenyan , Keson , Xamxin , Chxonjin ). Davlat boshlig?i ? prezident. Davlat hukumatining yuqori organi va qonun chiqaruvchi organi ? bir palatali Yuqori Xalq yig?ini hisoblanadi.

  • 1948 -yil Kim Ir San rahbarligida Mehnat partiyasi MK hukumati shakllandi.
  • 1958 -yilda qishloq va shaharlarda ijtimoiy shakllanish tugallandi.
  • 1972 -yil dekabrda KXDRning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Asosiy sanoat tarmoqlari: qora va rangli metallurgiya , mashinasozlik , kimyo sanoati . Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, yog?ochni qayta ishlovchi, kimyo va neft kimyosi, to?qimachilik, oziq-ovqat sanoat tarmoqlari bor. Qishloq xo?jaligida dehqonchilik ustun turadi. Yerlarga ishlov beriladi va sug?oriladi. Sholi, texnika ekinlari, dukkaklilar, paxta, tamaki va boshqalar yetishtiriladi. Plantatsiyalarda jenshen, bog?dorchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Yirik shoxli qoramollar, cho?chqachilik, parrandachilik, baliqchilik tarmoqlari bor. Temir yo?llarning uzunligi ? 4915 km dan ortiq, shundan 3500 km elekrtlashtirilgan, avtomobil yo?llari ? 31200 km dan ortiq. Dengiz portlari: Vonsan , Chxonjin , Nampxo , Xinnam . Tashqi aloqalar aylanmasining hissasi 80 % dan ortiq. Metallurgiya , kimyo , mashinasozlik , tog?-kon sanoati mahsulotlari, baliq mahsulotlari, mevalar eksport qilinadi. Hamkorlari: Xitoy , Yaponiya , Rossiya , Germaniya . Pul birligi- vona .KXDR xalq hukumati yillarida mustamlaka mamlakatdan industrial-agrar sotsialistik mamlakatga aylandi. Iqtisodiy rivojlanishi sotsialistik mamlakatlar bilan hamkorlikda olib borildi. Sanoat xissasiga sanoat mahsulotlari va qishloq xo?jalikning ¾ qismi to?g?ri keladi. Elektr energiyasi ishlab chiqariladi, ko?mir , temir , rux , molibden , volfram , qo?rg?oshin , mis , alyuminiy , magniy , oltin , grafit , pirit , tuz qazib chiqariladi.

Yadro dasturi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shimoliy Koreya uzoq yillardan buyon o?z qo?shnilari va AQSHga raketa sinovlari orqali po?pisa qilib keladi. Biroq bu yo?l bilan Shimoliy Koreya o?z maqsadiga erishadi deb bo?lmaydi. Pxenyan taxminiy yillik 28 milliard dollar daromadining asosiy qismini qurollanishga sarflaydi. Shu sababli mamlakat iqtisodiyoti boshi berk ko?chaga kirib qolganiga ancha bo?lgan. Agar qiynalib qolsa, AQSH , Janubiy Koreya , Yaponiya , Rossiya va Xitoy kabi davlatlar bilan muzokara stoliga o?tirib, ortiq qurollanishni davom ettirmaslikka so?z bergan holda, oziq-ovqat va boshqa ko?maklarni olib keladi. O?zini biroz tiklab olgandan so?ng, qurollar ustida ish olib borishni yana davom ettiradi. Shimoliy Koreya bu manevrdan ancha vaqtdan buyon foydalanib kelmoqda. Aslida esa Pxenyan biror qurol ustidagi tadqiqotlarni muvaffaqiyatli yakunlamagan. Mabodo, biror bir sinovi muvaqqiyatli chiqsa, bu raketalar AQSH yoki Janubiy Koreyaga qarshi qaratilganini da?vo qilib, ularni cho?chitishga harakat qiladi. Xaqiqatda esa bu sinovlar bilan o?z boshiga faqat tashvish orttiradi. [1]

Shimoliy Koreya bu strategiyani tanlashiga sabab, SSSR qulagandan so?ng pushti-panohidan ajralib qolgan shimolliklar iqtisodiyotida daxshatli jarlik paydo bo?ldi. Ko?pchilik bu inqiroz tez orada hukumatni qulatib, Koreya yarimorolini birlashishiga sabab bo?ladi deb taxmin qilgan edi. Hukumat esa, tabiiy ravishda, hokimiyatni o?z qo?lida saqlab qolish uchun har narsaga tayyor edi. Kim Chen Ir hukumati mavjud vaziyatda biror tashqi kuch mamlakat ichkarisiga suqilib kirib, inqilob ko?tarishidan doimo xavotirlanardi. Janob Kimga tashqi davlatlarni Shimoliy Koreya ichki ishlariga aralashishdan tiyilishiga sabab bo?ladigan o?zgacha strategiya zarur edi va hukumat hokimiyatdan ajrab qolmaslik uchun yadro quroli ustida ish boshlab yubordi. Mana 20 yildirki, Shimoliy Koreyaning o?zini qiynab bo?lsada yuritayotgan yovvoyi, ojiz va ahmoqona strategiyasi ish berib kelmoqda.

Koreya xalq demokratik respublikasi , KXDR (Choson Minjujuui Inmin Konghwaguk) ? Uzoq Sharkda, Koreya yarim orolning shimoliy va qisman materikda, 38-paralleldan shimolida joylashgan davlat. Maydoni 120,54 ming km 2 . Aholisi 21,96 mln. kishi (2001). Poytaxti ? Pxenyan shahri Ma?muriy jihatdan 9 viloyat (province)ra va viloyat maqomiga ega bo?lgan 2 shahar (Pxenyan va Keson)ga. bo?linadi. Rasmiy tili ? koreys tili. Yirik shaharlari: Pxenyan, Hamxin, Vonson, Xinnam.

Davlat tuzumi. KXDR ? sotsialistik davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1972-yil 27-dekabrda qabul qilingan. Unga keyinchalik o?zgartish va qo?shimchalar kiritilgan. Quyidagi hokimiyat organlari amal qiladi: Oliy xalq majlisi (OXM) va uning Doimiy kengashi, Mudofaa qo?mitasi, Vazirlar Mahkamasi (sobiq Ma?muriy kengash), joylardagi xalq majlislari va xalq qo?mitalari. Prezident lavozimi va Markaziy xalq qo?mitasi bekor qilingan. Ularning vakolatlari OXM va uning Doimiy kengashiga taqsimlandi va qisman Vazirlar Mahkamasiga topshirildi. Mudofaa qo?mitasining raisi (1993-yil 9-apreldan Kim Chen Ir) oliy davlat lavozimi bo?lib, KXDRning siyosiy, harbiy va iqtisodiy kuchlariga rahbarlik qiladi.

Tarixi. Konstitutsiyaga binoan, KXDR ? "Suveren sotsialistik davlat" bo?lib, o?z faoliyatida Chuchxe g?oyalariga amal qiladi ("Chuchxe" ? mustaqillik ma?nosini bildiradi hamda "inqilob va qurilishdagi" barcha masalalarni o?z kuchlariga tayanib, mamlakat voqeligiga monand ravishda mustaqillik mavqeida hal qilishni ko?zda tutadi). Xalqommasi "buyuk dohiy" Kim Ir Senga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalanib keldi, uning vafotidan so?ng o?g?li va vorisi Kim Chen Irga itoatgo?ylik ruhida tarbiyalana boshladi. KXDRda juda qattiq intizomga rioya etiladi, aholi har qanday tashqi ta?sirdan muhofaza qilinadi.

1945?48 yillarda Shimoliy Koreyada yer islohoti o?tkazildi, sanoat, transport, aloqa, banklar, tashqi savdo davlat ixtiyoriga olindi. 1950?53 yillardagi urush mamlakatga katta zarar yetkazdi, xo?jalik qurilishini to?xtatib qo?ydi. Urushdan keyingi yillarda Sharqiy Yevropa, sobiq SSSR, Xitoy ko?magi bilan 200 ga yaqin xalq xo?jaligi inshootlari qurildi. Shahar va qishloqsa sotsialistik islohotlar tugab (1958), industriyalash sohasidagi asosiy vazifalar hal etilgach (1970), mafko?raviy, texnikaviy va madaniy inqilobni jadallashtirish yo?li boshlandi. Janubiy bilan o?zaro kurash keskinlashgan sharoitda xo?jalik va mudofaa qurilishini bab-baravar olib borish, mustahkam moddiy-texnika bazasini vujudga keltirish vazifasi qo?yildi (1980). Milliy bayramlari ? 16-fevral ? Kim Chen Irning tug?ilgan kuni (1942); 15-aprel ? Quyosh bayrami (Kim Ir Senning tug?ilgan kuni, 1912); 9-sentyabr ? KXDR tashqil etilgan kun (1948). O?zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 7-fevralda o?rnatgan.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

K. Mehnat partiyasi, 1945-yilda asos solingan. 1946-yilgacha K. Kommunistik partiyasi. 1946-yilda Shim.dagi Yangi xalq partiyasi hamda Jan.dagi Xalq va Yangi xalq partiyalari bilan birlashib, Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi va Janubiy Koreya Mehnat partiyasi vujudga keldi. 1949-yilda ular yagona Koreya Mehnat partiyasi bo?lib birlashdi; K. Sotsial-demokratak partiyasi, 1945-yilda tuzilgan, K. Birlashgan demokratik vatan frontiga kiradi; Chxondogyo?Chxonudan partiyasi (Samoviy yo?l dini yosh do?stlari partiyasi),1946-yilda asos solingan, K. Birlashgan demokratax vatan frontiga kiradi; K. Birlashgan demokratik vatan fronti ? K. vatanparvar partiyalari va tashqilotlarining umummilliy fronti, mamlakat birligi va demokratik rivojlanishi uchun kurash shiori ostida 1949-yilda tuzilgan. K. birlashgan kasaba uyushmalari, 1945-yilda tuzilgan. Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

KXDR ? industrialagrar mamlakat. Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatda og?ir industriya asoslarini yaratish: metallurgiya, energetika, konchilik, kimyo, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, stanoksozlik korxonalarini barpo etish yo?li tutildi. Qishloq xo?jaligi sohasida davlat va kooperativ xo?jaliklari tashqil etildi.

Oziq-ovqat sanoati, hunarmandchilik va mahalliy sanoat korxonalari mavjud. Bu yerda rangli, qora, asl metallar, toshko?mir, temir rudasi, volfram, qo?rg?oshin-rux, molibden, alyuminiy rudalari, grafit, magnezit va boshqa foydali kazilmalarning zahiralari bor. Iqtisodiyotining asosi og?ir sanoat, yetakchi tarmoqlari ? elektr energetika, qora va rangli metallurgiya, konchilik va kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik; yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yiliga o?rtacha 53,5 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Lekin shunga karamay, 2000-yil arafasida xalq xo?jaligi tang ahvolga tushib qoldi: iqtisodiyot boshi berk ko?chaga kirib qolgan, sanoat notekis rivojlangan, texnikaning rivoji orqada qolgan, iste?mol mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi past, elektr energiya, yoqilgi, xom ashyo, oziq-ovqat tanqis.

Don yetishtirish qishloq xo?jaligi ishlab chiqarishining asosini tashqil etadi. Sholi (haydaladigan yerlarning 50%) va makkajo?xori ? asosiy qishloq xo?jaligi ekinlaridir. Bug?doy, arpa, soya, paxta, qand lavlagi, kartoshka, tamaki va boshqa ham ekiladi. Sabzavotchilik, bog?dorchilik, parrandachilik, baliqchilik, pillachilik mavjud. Kesonda jenshen plantatsiyalari bor. Chorvachilik unchalik rivojlanmagan. Mamlakat butun hududining 18%, ya?ni 2,27 mln. ga yerda dehqonchilik qilinadi, 9 mln. ga yer o?rmon bilan qoplangan.

Keyingi yillarda qishloq xo?jaligi ishlab chiqarishi surunkali inqirozga duchor bo?ddi. Donli ekinlar, avvalo asosiy mahsu-lot bo?lmish sholi hosili pasayishi aholini oziq-ovqat bilan ta?minlashni mushkullashtirdi. Mamlakatda aholini oziq-ovqat va xalq iste?mol mollari bilan belgilangan me?yorda ta?minlash tizimi saqlangan.

Yuklarning 90% yaqini temir yo?lda tashiladi. Transport yo?lilar uzunligi ? 9 ming km, avtomobil yo?llari uzunligi ? 23 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 951 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Vonsan, Chxonjin, Nampxo va boshqa Pxenyan yaqinidagi Sunan degan joyda xalqaro aeroport bor. Amnokkan, Chxonchxongan, Tedongan va Tumangan daryolarining quyi oqimida kema qatnaydi.

Tashqi savdosi unchalik rivojlanmagan. Chetga, asosan, xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, suyuq yoqilg?i, koks, prokat, paxta tolasi, o?g?it, xalq iste?mol mollari sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Xitoy, Rossiya va boshqa Pul birligi ? vona.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yaponiya hukmronligi davrida maktabda darslar yapon tilida o?qitilgan. 1945-yildan yangi 4 yillik maktablar ochildi. Darslar ona tilida yangi dastur asosida olib boriladigan bo?ldi. 1958-yildan o?qish bepul. 1975-yildan majburiy 11 yillik ta?lim joriy etilgan. KXDRda 10 mingdan ko?proq umumiy ta?lim maktabi, 600 texnika bilim yurti va 200 dan ortiq oliy o?quv yurti bor. Eng yirik oliy o?quv yurti ? Kim Ir Sen nomidagi Pxenyan universiteti. Pxenyanda KXDR Fanlar akademiyasi va Hamxinda uning filiali, Tibbiyot fanlari, Qishloq xo?jaligi fanlari, Ijtimoiy fanlar, O?rmon-tex-nika akademiyalari mavjud. Kutubxona va muzeylari: Davlat markaziy kutubxonasi (1947), Fanlar akademiyasi kutubxonasi (1952), Markaziy tarix muzeyi, K. inqilob muzeyi (1948), Ozodlik urushi muzeyi (1953), Etn. muzeyi (1956), Nafis san?at markaziy muzeyi. Vonsan, Hamxin, Sarivon va boshqa shaharlarda ham muzeylar bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Asosiy gazeta va jurnallari: "Koreya" (koreys, rus, xitoy, ingliz, fransuz va ispan tilida nashr etiladigan oylik jurnal, 1956-yildan), "Nodon Sinmun" ("Ishchi gazetasi", kundalik gazeta, 1945-yildan), "Minchju Choson" ("Demokratik Koreya", kundalik gazeta, 1946-yildan) "Choson inmingun" ("Koreya xalq, armiyasi", kundalik gazeta, 1948-yildan), "Chxollima" ("Qanotli ot", oylik jurnal, 1959-yildan), "Killochja" ("Mehnatkash", oylik jurnal, 1946-yildan), "Choson yesul" ("Koreys san?ati", oylik jurnal) va boshqa K. Markaziy telegraf agentligi 1946 i. tashqil etilgan. K. Markaziy radio qo?mitasi va Markaziy televideniyesi mavjud. Radioeshittirishlar koreys, shuningdek, rus, ingliz, fransuz, ispan, yapon, xitoy tillarida olib boriladi. Pxenyanda telemarkaz 1967-yildan ishlaydi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ikkinchi jahon urushidan keyin Shimoliy K.da adabiyotni sotsialistik realizm yo?lidan rivojlantirish rag?batlantirildi. 1946-yilda koreys yozuvchilari Shimoliy K. Adabiyot va san?at arboblari assotsiatsiyasiga birlashdi. Katta avlod bilan bir qatorda yosh shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular "yangi turmush"ni, "SSSR bilan do?stlik"ni madh etishdan boshqa ilojlari yo?q edi. Shunday sharoitda ham iste?dodli qalam sohiblari xalq tarixini haqqoniy yoritishga intildilar. Cho Gi Chxon "Pektusan tog?i" dostonida yaponiyalik bosqinchilarga qarshi xalq harakatini, Chxve Myon Ik, Chxon Se Bon hikoya va ocherklarida, Li Gi Yon "Yer" romanida qishloq turmushini aks ettirdi. Li Buk Myon, Xvan Gon va boshqa yozuvchilar ishchilar haqida asarlar yaratishdi. Shoirlar orasida Pak Phar Yan, Min Byon Gyun, Pak Se Yon, An Nyon Mon, Cho Gi Chxon 1950?53 yillar urushi haqida vatanparvarlik ruhidagi asarlar yozishdi. Urushdan keyin roman adabiyotning asosiy janri bo?lib qoldi. Yun Se Jun, Chxon Se Bon va boshqa dolzarb zamonaviy muammolarni ko?tarib chikdi. Li Gi Yon, Chxve Myon Ik, Pak Txe Von tarixiy romanlar yaratishdi. 60-yillardan esdalik adabiyoti keng yoyildi. Keyingi yillarda dunyo yuzini ko?rgan salmoqli asarlar orasida ko?pchilik bo?lib yozilgan "Qon dengizi", "Soqchining taqsiri" kabi asarlarni ko?rsatish mumkin.

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1940-yillar oxiridan shaharsozlik rivojlandi. Pxenyanning bosh rejasi ishlab chiqildi. 1950?53 yillardagi urushda vayron bo?lgan shaharlar (Hamxin, Vonsan, Sarivon, Keson, Nampxo va boshqalar) qayta tiklandi. Sanoat va gidrotexnika inshootlari, maktab, kasalxona, madaniyat saroylari qurishga kirishildi. Dastlabki paytlarda o?rta asr koreys me?morligi an?analaridan foydalanildi (Pxenyan Katta teatri). 60-yillarning 2-yarmidan yangi qurilish materiallari va konstruksiyalari joriy etildi, ixcham rejalangan, qulay va chiroyli binolar (Kim Ir Sen nomidagi universitet) qad ko?tardi, tipovoy loyihalar asosida ko?p qavatli turar joylar qurildi. Qishloq joylarda kottejlar, blokli va seksiyali uylar barpo etilgan. Kurortlar qurilishiga e?tibor berildi. Me?morlar orasida Kim Jon Xi, Li Xyon, Pak Ik Xvan. Sin Sun Gen va boshqalarlarni ko?rsatish mumkin. 1954-yilda K. me?morlar uyushmasi tuzilgan.

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1946-yilda tashqil etilgan Adabiyot va san?at arboblari assotsiatsiyasi milliy rangtasvirni tiklashni maqsad qilib olgan edi. 1950?53 yillardagi urush davrida rassomlar, asosan, tashviqot-targ?ibot ruhidagi varaqa va plakatlar yaratishdi. Milliy an?analarni davom ettirish bilan birga zamonaviy mavzularga murojaat etayotgan rassomlar orasida Li Chxon, Chxve Gen, Li Sok Xo, Kim Yon Jun, Chon Yon Man, haykaltaroshlardan Mun Sok O, Cho Gyu Bonlar bor. Qad. kulollik, chinnisozlik, suyak va yog?och o?ymakorligi, bambuk tolasidan to?quvchilik, kashtachilikda xalq amaliy san?ati saqlanib qolgan. 1953-yilda rassomlar uyushmasi tuzilgan.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

K. ozod etilgandan keyin (1945) dastlab ommaviy qo?shiqlar rivojlandi. Xalq qo?shiqlarini yig?ish, o?rganish va ommalashtirishga kirishildi. 1946-yil Musiqachilar uyushmasi tuzildi. Katta shaharlarda musiqa o?quv yurtlari (Pxenyanda konservatoriya), konsert zallari, musiqali teatrlar ochildi. Filarmoniya, katta simfonik orkestr va boshqa musiqa jamoalari tashqil etildi. Simfonik va kantata-oratoriya janrlari, xalq mu-siqiy dramasi (chxangik), zamonaviy opera (kagik) va balet rivoj topdi (kompozitorlar Li Myon San, Xvan Haq Kin, Li Gon U, Pak Ton Sil, Kim Yon Gyu).

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1947?49 yillarda Pxenyanda Davlat teatri (hozirgi "Chxollima" davlat drama teatri), Davlat xalq badiiy teatri (hozirgi Pxenyan shahri teatri), K. xalq armiyasi huzuridagi truppa ochildi. Viloyatlarda teatrlar ishlab turibdi. Maishiy, tarixiy asarlardan tashkari, Yaponiya mustamlaka hukmronligi yillaridagi ozodlik harakatiga ba-g?ishlangan pyesalar sahnalashtirilgan ("Pusan", "Pochxonbo mash?ali", "Onamiz" kabi spektakllar).

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1947-yil kinostudiya tashqil etildi, uning asosida badiiy va hujjatli filmlar studiyasi ochildi (1958). KXDRda birinchi badiiy film ? "Mening vatanim" 1949-yilda ishlab chiqarildi. 1950-yilda "Domna pechi", "Chegarachilar" filmlari yaratildi. Shimoliy ? Janubiy urushi yillarida "Yosh partizanlar", "Ona yurt himoyachilari" va boshqa filmlar suratga olindi. 1957-yil "Ogainilar" rangli filmi yaratildi. 1959-yil Pxenyan teatr va kino instituti ochildi. 1961-yil KXDR kinematografchilar uyushmasi tashqil etildi.

Keyingi yillardagi eng yaxshi koreys filmlari orasida "Sadoson qal?asi haqidagi rivoyat", "Ayriliqda yashab bo?larmi", "Humo qushi", "Qizil gul", "Besh aka-uka", "O?rmon shovqini" va boshqa bor.

O?zbekiston ? KXDR aloqalari. 1994-yildan buyon O?zbekiston Respublikasi bilan KXDR o?rtasida iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikka oid huquqiy negizni yaratish sohasidagi ish davom etayotir. 1995-yilda o?zbek va koreys tomonlari "Havo qatnovi sohasida hamkorlik to?g?risida bitim" va "Qishloq xo?jaligi sohasida hamkorlik haqida bitim" deb atalgan hujjatlarni kelishib oldilar.

Ikki mamlakat o?rtasida savdo-sotiq yo?lga qo?yila boshladi. Tovar aylanmasi 1998-yildagi 2,3 mln. AKSH dollaridan 1999-yilda 6,7 mln. dollarga yetdi. O?zbekiston Respublikasida KXDR sarmoyasi ishtirokida 2 ta sho??ba korxona va 2 ta qo?shma korxona ro?yxatga olingan. Chunonchi, "Rinrado", "K. U. Rinrado", "Choson-Sik-reksul" va "Safar" korxonalari xalq iste?mol mollari ishlab chiqarish, xarid qilish va sotish bilan shug?ullanadi. [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]