Suriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suriya Arab Respublikasi
Shior Y'o`q
Madhiya :   "???? ??????"
(Humot ad-Diyor)
Location of Suriya
Poytaxt Damashq
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Bitta-partiyalik davlat
Bashshor Asad
Husayn Arnus
Mustaqillik ( Millatlar Ligasi mandatidagi Fransiya ma'muriyatidan)
? Sana
17-aprel 1946
Maydon
? Butun
185,180 km 2 ( 88-o?rin )
? Suv (%)
1.1
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
18,448,752 ( 55-o?rin )
Zichlik 99/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 63,310 mil. ( 68-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 3,432
Pul birligi Suriya funti ( SYP )
Vaqt mintaqasi UTC +2
? Yoz ( DST )
UTC +3
Qisqartma SY
Telefon prefiksi 963
Internet domeni .sy

Suriya ( arabcha : ???????? , S?riy? ), Suriya Arab Respublikasi ( arabcha : ????????? ??????? ??????? , al-Jumh?riyya l-‘Arabiyya s-S?riyya ) ? G?arbiy Osiyodagi davlat. O?rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Maydoni 185,2 ming km². Aholisi 17,2 million kishi (2002). Poytaxti ? Damashq shahri . Ma?muriy jihatdan 14 viloyat (muhofaza)ga bo?linadi. 2011-yilda boshlangan Arab bahori natijasida mamlakatda siyosiy beqarorlik yuzaga keldi. Hozirgi kunda mamlakatda notinchlik hukum surmoqda.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Suriya ? respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1973-yil 12 martda qabul qilingan. Davlat boshlig?i ? prezident (2000-yildan Bashshor Asad ), u milliy referendumda 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Dengiz sohilining aksari qismi tepalik va toshloqli yassitog?likdan, ozrog?i pasttekislik (eni 20?30 km)dan iborat. G?arb va janubda Antilivan tog? tizmasi va balandligi 2814 m gacha bo?lgan Ash-Shayx tog?i joylashgan. Suriya hududining katta qismini g?arbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi plato egallagan. G?arbda Ansoriya va Az-Zaviya tog? tizmalari, janubi-g?arbda Ad-Duruz (eng baland joyi 1803 m) vulkan massivi joylashgan. Suriya hududining janubi-sharqini Suriya cho?lining bir qismi, shimol-sharqini Jazira platosi tashkil qiladi. Neft, temir, mis, marganets, xromit, oltingugurt va boshqa konlar bor. Iklimi O?rta dengizga xos subtropik iqlim. Qish va bahorda yog?ingarchilik ko?p, yozi quruq. O?rtacha tempatura yanvarda 12°, avgustda 27°; yillik yog?in 700 mm dan kam. Mamlakat sharqida quruq kontinental iqlim. Furot daryosining Suriya hududidagi uz. 675 km, uning asosiy irmoklari ? Xobur va Balix . Shimoli-sharqiy chegara bo?ylab Dajla daryosi o?tadi, shimoli-g?arbda O?rta dengiz havzasiga mansub bo?lgan Osi daryosi va shimolda Hims ko?li bor. Platoda bo?z tuproqli qumloqqumoq cho?llar, janubda toshloqshag?alli hamada anchagina maydonni egallagan. Pasttekisliklarda sho?rxok yerlar uchraydi. Sharqiy Tavr tog? oldi bo?z jigar rang va jigar rang tuproqdan iborat, dengiz bo?yida sariq tuproq, balandlashgan sari tog jigar rang va tog?o?rmon tuproqli yerlar boshlanadi. Ansoriya tog?ining sharqiy yon bag?rida tog? dashtlari uchraydi. Sohil va tog? yon bag?irlaridagi o?rmonlarda eman, qarag?ay, sarv daraxtlari o?sadi, lavr butazorlari bor. Hayvonot dunyosi sirtlon, bo?ri, chiyabo?ri, qoraquloq, jayran, yovvoyi eshak (onagr), kemiruvchi va sudraluvchilar, tog?larda suriya ayig?i, to?ng?iz, o?rmon mushugi va boshqalardan iborat.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisining 90% arablar (suriyaliklar); ulardan tashqari kurd, arman, turkman, turk, cherkas, falastinliklar ham yashaydi. Rasmiy til ? arab tili. Aholining aksariyati sunniy musulmonlar, shuningdek shialar, alaviylar, xristianlar, maroniylar ham bor. Shahar aholisi 52,4%. Yirik shaharlari: Damashq, Halab , Hims , Loziqiya .

Qadimgi Suriya Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Suriya hududida odam paleolit davridan yashab keladi. Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. av. 15-asrda Suriyaning ko?p qismini Misr, 14-asrda Xett podshoxligi egallab olgan, 12-asr boshlarida Suriya ozodlikka erishsada, 8-asr oxirida Ossuriyata, 7-asr oxirida esa Yangi Bobil podshoxligi, 6-asr o?rtalarida Axomaniylarga qaram bo?ldi. Mil. av. 333 yil Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat barbod bo?lgach, salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. av. 1-asrda Armaniston podshosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 yil Rim, mil. 4-asr oxiridan Vizantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633?40 yillarda Arab xalifaligi, 1516-yilda Usmonli turk imperiyasi zabt etdi va Suriya 1818-yilgacha Turkiya tarkibida bo?ldi. 1832?40 yillarda Misr qo?shinlari tomonidan bosib olindi. 1840-yil Suriyada Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918-yil okabrda Suriyani ingliz qo?shinlari bosib oldi. 1919-yil Angliya Fransiya kelishuviga binoan inglizlarning o?rnini fransuzlar egalladi. 20 yillarda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1928-yil Ta?sis majlisiga saylov o?tkazildi, 1930-yil mayda Suriya respublika deb e?lon qilindi, ammo Fransiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943-yil dekabrda bekor qilindi. 1946-yil 17 apreldagina to?la mustaqillikka erishdi. 1958-yil Suriya Misr bilan yagona davlat ? Birlashgan Arab Respublikasi (BAR)ga birlashdi, ammo 1961-yil 28 sentabrda uning tarkibidan ajralib chiqdi va o?zini Suriya Arab Respublikasi (SAR) deb e?lon qildi. 1963-yil 8 martda davlat to?ntarishi bo?lib, Suriya Arab sotsialistik uyg?onish partiyasi ( Ba?s ) hokimiyatni qo?lga oldi, 1971-yil 12 martdan Hofiz Asad prezident bo?ldi.

1967-yil iyunda Suriyaga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismini (G?ulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973-yil oktabrda Suriya boshqa arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnashib, Isroil tomonidan bosib oligan yerlarning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq bo?ldi. S? 1945-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 28 dekabrda tan olgan va 1992-yil 24 aprelda diplomatiya munosabatlari o?rnatgan. Milliy bayrami ? 17 apr, ? Chet el ko?shinlari chikarib yuborilgan kun (1946).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Arab sotsialistik uyg?onish partiyasi ( Ba?s ), 1947-yil aprelda Arab uygonish partiyasi sifatida tashkil etilgan, 1954-yildan xoz. nomda; Suriya kommunistik partiyasi, 1924-yil tuzilgan; SAR Taraqqiyparvar milliy fronta, 1972-yil asos solingan, 8 tashkilotni birlashtiradi. Suriya ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1938-yil tuzilgan.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Suriya ? agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda qishloq xo?jaligi.ning ulushi 26%, sanoatning ulushi 21%, xizmat ko?rsatish sohasining ulushi 53%.

Qishloq xo?jaligida mehnatga layoqatli aholining 50%ga yaqini shug?ullanadi. 3,7 mln. gektar yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 500 ming ga sug?oriladi. Asosiy qishloq xo?jaligi. ekinlari: bug?doy, arpa, paxta, tamaki, qand lavlagi; sholi, yer yong?oq, sabzavot, poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Vohalarda bog?dorchilik rivojlangan, tok, sitrus, xurmo va boshqa subtropik mevali o?simliklar o?stiriladi, zaytun yetishtiriladi. Qoramol, qo?y, echki, tuya, ot, xachir boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi.

Sanoatida konchilik ustun: neft, fosforit, toshtuz, tabiiy asfalt, oltingugurt qazib olinadi. Elektr styalarning aksariyati neft asosida ishlaydi (yiliga o?rtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Neft Baniyos va Himsdagi zavodlarda qayta ishlanadi. Kime (mineral o?g?it ishlab chiqarish.), to?qimachilik (jumladan, ip gazlama) va oziqovkat (un, yog?, vino, qandshakar, tamaki va boshqalar), elektr texnika sanoati rivojlangan. Traktor yig?uv, elektr motor, po?lat prokati, beton shpal zavodi, ko?nchilik, poyabzal, binokorlik materiallari va boshqa korxonalar bor. Hunarmandchilik (oltin, kumush, misdan turli buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari ? Damashq, Halab, Hims, Loziqiya, Tartus. Transport yo?li uzunligi ? 1,8 ming km, avtomobil yo?llari ?39,2 ming km, neft quvurlari ? 805 km. Asosiy dengiz portlari ? Loziqiya, Tartus, Baniyos Damashqda xalqaro aeroport bor. Iroq va Saudiya Arabistonidan O?rta dengiz sohiliga tortib kelingan ko?pgina neft quvurlari Suriya hududidan o?tadi. Suriya chetga neft va neft mahsulotlari, fosforit, paxta, qishloq xo?jaligi. mahsulotlari, teri, jun va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziqovqat, kimyo mahsulotlari va boshqa keltiradi. Germaniya , Fransiya, Italiya , Rossiya , Livan , Gretsiya bilan savdo qiladi. Suriyaning O?zbekiston Respublikasi bilan 2002-yildagi tovar aylanmasi 1,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Pul birligi ? suriya funti.

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Suriyada tibbiy xizmat pulli. Vrachlar tayyorlaydigan 3 ta maktab, stomatolog va farmatsevtlar maktabi, o?rta malakali tibbiyot xodimlari tayyorlaydigan 5 ta maktab bor. Halabdagi universitetda veterinariya fakulteti ochilgan.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

6 yoshdan 12 yoshgacha bo?lgan bolalar uchun boshlang?ich ta?lim majburiy. Maktab dindan ajratilgan, ammo diniy maktablar ham bor. Bir necha xususiy o?quv yurti mavjud. Darslar arab tilida olib boriladi. Suriyada 4 universitet va bir qancha davlat oliy o?quv yurtlari Damashq universiteti (1923), Halabdagi universitet (1960), Himsdagi universitet (1979), Loziqiyadagi universitet (1971), Damashq oliy texnologiya instituti va boshqa] ishlaydi, ularda pul to?lab o?qiladi. Arab akademiyasi (1919), Damashq akademiyasi (1919), qishloq xo?jaligi. ilmiy markazlari bor. Damashqda universitet kutubxonasi va Milliy kutubxona (1880), Halabda Milliy kutubxona (1924), Loziqiyada Milliy kutubxona (1944), Damashqda Milliy muzey (1919) va Arab tamadduni muzeyi (1976?77), Halabda Arxeologiya muzeyi (1960), Palmira muzeyi (1961), Hims, Tartus, Busroda muzeylar mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Asosiy gaz. va jurnalilari: "As-Savra" ("Inkilob", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1963-yildan), "Al-Ba?s" ("Uygonish", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1962-yildan), "Al-Jamohir al-Arabiya" ("Arablar ommasi", arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "Nizol ash-Sha?b" ("Xalq kurashi", arab tilida chiqadigan gazeta, 1934-yildan), "Siriya tayme" ("Suriya vaqti", ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1981-yildan), "Al-Fido" (arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "Al-Muhandis al-Arabiy" ("Arab muhandisi" arab tilida 2 oyda 1 marta chiqadigan jurnali, 1961-yildan), "Nizol al-Fallohin" ("Dehqonlar kurashi", arab tilida chiqadigan haftanoma, 1965-yildan). Suriya arab axborot agentligi (SANA), hukumat axborot mahkamasi, 1965-yil asos solingan. Radioeshittirish va teleko?rsatuv bosh direksiyasi, hukumat xizmati, 1946-yil tuzilgan.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Suriya xalqining og?zaki ijodida mil. av. 8?7-asrlar voqealarini eslatuvchi rivoyatlar uchraydi. Mil. 2?14-asrlar ga oid suriya (suryoniy) yozuvlari topilgan. 8-asrdan arab tili rayem bo?la boshladi va 14-asrga kelib dunyoviy adabiyetdan suriya tilini surib chiqardi. O?rta asrlarda Abu Tammom , Al-Buhturiy, Al-Mutanabbiy , Abu Firos she?rlari va Abul?alo al-Maarriyning falsafiy asarlari dunyoga keldi. 19-asrga kadar Suriya adabiyoti arab mumtoz adabiyoti an?analarini davom ettirdi. 19-asr o?rtalaridan Livan bilan Falastinni o?z ichiga olgan Suriya arab madaniy uyg?onish makonlaridan biri bo?ldi Fransis Marrosh , Rizqolloh Hassun, Abdurahmon al-Kavokibiy va Adib Ishoq bu harakatga bosh bo?ldilar. Birinchi jahon urushidan keyin vatanparvarlik kayfiyatidagi adabiy kuchlar (Muhammad Kurd Ali, Xalil Mardambek, Salim al-Jundiy va boshqalar) Damashqdagi Arab akademiyasiga birlashib, arab adabiy merosini batafeil o?rganish va ommalashtirishga kirihdilar. 20 yillarda realistik nasr (Subhi Ali G?anim, Sami alKiyoli, Fuad ashShaib, Shakib alJabri) yuzaga keldi. Xayriddin az-Zirikli, Muhammad alBizm, Muhammad Sulaymon al-Ahmad kabi shoirlar mustamlakachilikka qarshi, mustakillik uchun kurash ruhida she?rlar yozihdi. 1951-yil Suriya yozuvchilar uyushmasi tuzildi.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr adabiyotida milliy ruhni qaror toptirish harakati kuchaydi. 60 yillardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlikka tushgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlashga berildilar. So?nggi yillarda Isroilning arab mamlakatlariga bosqinini la?natlovchi she?rlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va nasriy asarlar ( Muto? Safadiy , Zakariyyo Tomir ) yaratildi.

Me?morligi va tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Suriyaning qad. san?at yodgorliklari neolit davriga mansub (DamirKapu qoyatosh rasmlari, SakcheGyozyu sopoli, tosh va loydan yasalgan haykalchalar). Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida shahardavlatlar (Mari, Ugarit, Yamxada ? hozirgi Halab) ravnaq topishi bilan birga me?morlik yuksak darajaga ko?tarildi: murakkab tarxli saroylar, hovlili ibodatxonalar qurildi. Mil. av. 16?14-asrlardagi san?at asarlarida Qad. Misr va Egey madaniyatining ta?siri seziladi. Mil. av. 9-asrda Ossuriya, mil. av. 4-asrdan mil. 4-asrgacha yunon me?morligi an?analari ruhida inshootlar yaratildi (Palmiradagi mahobatli kolonnalar va ibodatxonalar).

5?6-asrlarda Suriyada mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi shakllandi (Antioxiya, Apameya, Shahbo qadama naqqoshligi). Tosh va suyak o?ymakorligi, pol mozaikasi, kitob miniatyurasi rivojlandi. 7?8-asrlarda Suriya arab madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qo?shdi, naqqoshlik, haykaltaroshlikning yangi uslublari yaratildi. O?sha davrda o?rta asr shaharlarining qiyofasi shakllandi, mayejid, madrasa, tim, kasalxona, karvonsaroy, hammom va boshqa barpo etildi (Palmira yaqinidagi Qasr alXayr alG?arbi, 8-asr, Damashqdagi toqiravoqli jome masjid, 705?715 yillar). Salibchilar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning harobalari saqlangan (Hims shahri yaqinidagi Crac des Chevaliers qo?rg?oni, 12-asr). 13?15-asrlarda me?morlikda bezakka ko?p e?tibor berildi, rang-barang koshinlardan, toshlardan, naqshdan keng foydalanildi, yog?och o?ymakorligi rivojlandi. Kitob miniatyurasi san?ati yuqori bosqichga ko?tarildi.

Usmonli turk imperiyasi tarkibida bo?lgan yillar (1516?1918) da turk me?morligiga xos hasham ortdi. Tasviriy san?atda nakshni asliga yaqinlashtirish avj oldi. 20-asrning 60?90yillarida Vahbi alHaririy, Burhon Tayyor, Mahmud Nofal, TamimalKisraviy, Jozef Abduxdsid kabi me?morlarning loyihalari asosida zamonaviy binokorlik konstruksiyalaridan foydalanib, milliy shakldagi imoratlar qurila boshladi (Damashqdagi Kasaba uyushmalari binosi, Damashq va Halabdagi universitet korpuslari, Loziqiyadagi munitsipalitet binosi va boshqalar). Tasviriy san?atda modernizm unsurlari sezila boshlasada, ko?pgina rassomlar mahalliy badiiy an?analarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Ja?fariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va boshqalar). Xalq amaliy san?atida kashtachilik, kandakorlik, badiiy to?quvchilik rivojlangan.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Suriya xalq va an?anaviy musiqasida rivojlangan lad tizimi ? maqomlar ko?p. Cholg?u asboblari jo?rligida qo?shiq aytish yetakchi musiqiy janrdir. Ud, rubob, g?ijjak, qonun va boshqa cholg?u asboblari ko?p tarqalgan. Zamonaviy xalq orkestri tarkibiga yevropacha skripka, violonchel, kontrabas kabi cholg?u asboblari ham kiritila boshladi. 1870-yil bastakor Mustafo alBashnak tashabbusi bilan Halabda musiqa maktabi ochildi. Milliy bastakorlik maktabini Solhi Uadsi, Dik Sukkari kabilar rivojlantirdilar. Xalq qo?shiklari ijrochilaridan Shokir Brexan, Mutia Mafi, Saboh Faxriyni ko?rsatish mumkin. Musiqaning ommalashuvida radio va televideniyening xizmati katta. Milliy musiqa kadrlari Damashq (1962 i. tashkil etilgan) va Halab (1963) konservatoriyalarida tayyorlanadi.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Suriya teatr san?atining kurtaklari milliy marosim va bayramlardan boshlangan. Professional teatr 19-asr o?rtalarida Damashqda Abu Xalil al-Qabboniy teatr truppasini tashkil etish bilan vujudga keldi. 1930-yillar oxirigacha mamlakatga kelib turgan Misr truppalari Suriya professional teatrining shakllanishiga katta ta?sir ko?rsatdi. 40 yillarda Damashqda Abdullatif Fathiy rahbarligida teatr xodimlari jamoasi tashkil etilib, birinchi marta suriya lahjasida spektakllar qo?yildi (1945?46). 1952-yil Sayodiddin Baxdunis tashkil qilgan truppa Damashq va Halabda 1957-yilgacha tomosha ko?rsatdi. 1956-yil Damashqda yarim professional Erkin teatr, Halabda Xalq teatri ishlay boshladi. 1957-yil pantomima xalq truppasi tuziddi. Damashqda arab milliy drama teatrining ochilishi Suriya madaniy hayotida katta voqea bo?ldi. Mamlakatning eng iste?dodli aktyorlari Ali Aklya Arsan, Asad Fiddo, A. Kinni shu teatrda ishlay boshladi. Teatr repertuaridan xorijiy mumtoz va mahalliy dramaturgiya asarlari o?rin oddi. Bundan tashqari Damashqda "Ashshavq" ("Tikanak") satira teatri, Harbiy teatr, Dured Lyaham nomidagi satira va komediya teatri, Qo?g?irchoq teatri ham ishlaydi.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Suriyada birinchi kino seansi 1906-yilda bo?lgan. Birinchi to?la metrajli "Aybsiz sudlanuvchi" (rejissyor Ayyub Badri) badiiy filmi 1928-yil yaratildi. 30-yillarda "Damashq osmoni ostida" (rejissyor I. Anzur, 1932), "Burch amri bilan" va "Qahvaxona ashulachisi" (ikkala film rejissyor A. Badri, 1938, 1939) kabi filmlar yaratildi. Shundan keyingi salkam 30 yil mobaynida mustamlakachilar hukmronligi davrida kinofilmlar yaratish bilan havaskorlargina shug?ullandilar. 60 yillarning 2-yarmi va 70 yillarda ijtimoiy-siyosiy mavzudagi "Yuk mashina haydovchisi" (rejissyor B. Vuchinich, 1967, Toshkent 1 kinofestivalida faxriy diplom olgan), "Aldanganlar" (rejissyor T. Saloh), "Qoplon" (rejissyor N. Malex, 1972, KarloviVari, Lokarno va Damashq kinofestivallarida mukofot olgan) va boshqa filmlar yaratildi. Shundan so?ng Yaqin Sharq mojarosiga bag?ishlangan "Teskari yo?l" (rejissyor Haddad, 1975), "Qahramonlar ikki marta tug?iladi" (rejissyor S. Duxni) va "Qizil, oq, qora" (rejissyor B. Safiy, 1977) filmlari dunyoga keldi. Mervan Haddadning "Shirin muhabbatim" va Vadi Yusufning "Qopqon" (1980), N. Malexning "Eski suratlar" (1981) filmlari Suriya kinematografiyasining so?nggi yillardagi muvaffiqiyatidir.