Koreys tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koreys tili
Milliy nomi 韓國語, (韓國말) 朝鮮末
Mamlakatlar KXDR , Janubiy Koreya , Xitoy , Yaponiya , AQSh , Kanada
Rasmiylik holati KXDR , Janubiy Koreya , Xitoy ( Szilin )
So?zlashuvchilarning umumiy soni 66,3 million [1]
Turkumlanishi
Til oilasi Oltoy
Alifbosi hangul , hanja
Til kodlari
ISO 639-1 ko
ISO 639-2 kor

Koreys tili ? koreyslarning tili. Oltoy tillariga , ba?zan to?ngusmanjur tillariga kiradi, deb taxmin qilinadi. KXDRning hamda Koreya Respublikasining rasmiy tili. Bu tilda 60 mln. kishi so?zlashadi (1992). Uning genetik jihatdan boshqa tillar bilan bog?liqligi aniqlanmagan. Koreys tilining shim.-sharqiy, shim.-g?arbiy, markaziy, jan.-sharqiy, shim. va jan. shevalari bor. Koreys tilida 40 fonema (19 undosh, 21 unli) mavjud. Morfologik jihatdan agglyutinatsiya rivojlangan. Fe?l zamonlari hozirgi, 2 o?tgan va 2 kelasi zamon shakllaridan iborat. Son kategoriyasida birlik va ko?plik shakllari farqlanmaydi. Nisbat kategoriyasi hamma fe?llarga xos emas. Leksikasida xitoy tilidan, sanskrit, mo?g?ul va ba?zan Yevropa tillaridan o?zlashgan so?zlar bor. Koreys tili 1993-yilgacha "standart til", 1966-yilda "madaniy til" (munxvao) deb atalgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya Respublikasida qo?llanib kelinadi. KXDRda koreys yozuvi, Koreya Respublikasida xitoykoreys aralash yozuvi qo?llanadi.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Zamonaviy koreys tili o?rta koreys tilidan kelib chiqqan bo?lib, u o?z navbatida eski koreys tilidan kelib chiqqan bo?lib, u odatda o?zining til vataniga ega bo?lgan eng qadimgi koreys tili ya'ni protokoreys tilidan kelib chiqqan. Shimoliy Koreyada mavjud bo?lgan protokoreyslar miloddan avvalgi 300-yillarda Koreya yarim orolining janubiy qismiga tarqalib , yaponlar mumun kultivatorlarining avlodlari bilan birga yashagan (yoki ularni o?zlashtirgan deb taxmin qiladi). Ikkala til ham bir-biriga ta'sir ko?rsatdi va keyinchalik asoschi ta'siri ikkala til oilasining ichki xilma-xilligini kamaytirdi. Koreya urushidan beri , 70 yillik ajralish davomida, Shimoliy va Janub o?rtasidagi farqlar standart koreys tilida, jumladan, talaffuz va tanlangan lug'atdagi o?zgarishlarni keltirib chiqardi, ammo bu kichik farqlarni koreys lahjalarining har birida topish mumkin , ular hali ham asosan o?zaro o?xshash tomonlari bor. [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Ethnologue ? Languages of the World
  2. "Koreys tili" O?zME . K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil