한국   대만   중국   일본 
Bosmachilik - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Bosmachilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bosmachilik

Sanalar 1916?1934
Urush yeri Turkiston general-gubernatorligi
Natija Sovet - Afg?oniston g?alabasi
Qo?mondonlar
Mixail Frunze Anvar Posho
Turkiston istiqlol harakati bayrog‘i
Basmachi bilan muzokaralar (Farg‘ona, 1921 yil)
Buxoro Qizil Armiya qo?shinlari tomonidan qamalda va yondirilgan, ( 1920-yil 1 sentyabr)

Bosmachilik  ? Turkistonda sovet hokimiyati va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli harakatga sho?ro hukumati davrida berilgan rasmiy nom .

Etimologiya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

"Bosmachi" so?zi aslida turkiy ?bosmoq“ (hujum qilmoq) fe?lidan yasalgan. Xalq o?rtasida ?bosmachi“ deb harbiy birlikka aloqasi bo?lmagan jinoyatchi unsurlar, o?g?ri va bezorilar tushunilgan. Shuningdek birovlarning yurtini bosib olgan bosqinchilarni ham ?bosmachilar“ deyish mantiqan to?g?ri keladi. 1918-yilning boshidan 1919-yil o?rtalarigacha bo?lgan arxiv hujjatlarida ?bosmachi“ so?zi uchramasdan, uning o?rniga ?qaroqchi“, ?bosqinchi“ iboralari qo?llanilgan. 1919-yilning o?rtalaridan boshlab avval vaqtli matbuotda , so?ngra rasmiy hujjatlarda ?bosmachi“ va ?bosmachilik“ iboralari keng ishlatilgan. Bu iboralar milliy ozodlik harakatining mohiyatini soxtalashtirish, ajdodlarimizning sovet rejimi va bolsheviklar hukmronligi hamda qizil armiyaning bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan qurolli kurashlarini niqoblash uchun buyuk davlat shovinistlari tomonidan o?ylab topilgan hamda ?banditlik“, ?qaroqchilik“ degan so?zlar bilan asossiz ravishda bir qatorga qo?iilgan.

Afg?onistondagi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1979?89-yillarda SSSRning Afg?onistondagi intervensiyasiga qarshi afg?on xalqining olib borgan ozodlik kurashi qatnashchilarini ham dastlab sovet matbuoti ?bosmachilar“ deb nomladi. Keyinchalik o?z vatanining mustaqilligi uchun kurashgan afg?on mujohidlari ?dushmanlar“ deb ataldi.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil