Vikipediya : Ensiklopedik ahamiyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vikipediya ensiklopediyadir , ya?ni unda insoniyatning barcha sohalariga oid bilimlar jamlanadi. Odatda, hamma mavzular ensiklopedik tavsifga loyiq hisoblanmaydi. Faqatgina ahamiyatga molik , umumiy turkumdan jiddiy ravishda farq qiluvchi mavzular ensiklopedik tavsifga loyiq hisoblanadi. Ahamiyatga moliklik tushunchasi muhimlik va taniqlilik tushunchalari bilan o?zaro bog?langan, lekin ular bilan bir xil emas.

Vikipediyada maqola mavzusi yoki predmeti ahamiyatga molik bo?lishning umumiy mezoniga yoki qaysidir mezonlaridan biriga mos kelsa, shu maqola shartli ravishda loyiq deb hisoblanadi. Bundan tashqari, agar amaldagi ahamiyatga moliklik mezoni umumiy mezon bilan o?zaro bo?liqligi yo?q bo?lsa, umumiy mezon qo?llamasdan, ahamiyatga moliklik faqatgina o?sha mezon bilan belgilanadi.

Ahamiyatga moliklik qoidalari va ko?rsatmalari mavzuning yetarlicha ahamiyatga ega yoki ega emasligini aniqlash imkonini beradi, lekin maqolalar mazmuniga bevosita dahl qilmaydi. Maqolalar mazmunini tartibga soluvchi qoidalar quyidagilardir: Neytral nuqtai nazar , Tekshirish mumkinligi , Original tadqiqotga yo?l qo?yilmasligi , Vikipediya nima emas .

Ahamiyatning umumiy mezoni [ manbasini tahrirlash ]

Mavzu yoki predmet mustaqil nufuzli manbalar tomonidan yetarlicha batafsil yoritilgan bo?lsagina ahamiyatga molik hisoblanadi.

Ushbu ta?rifda har bir so?z muhimdir:

  • ? taxminan “ deb keltirilgan ta?bir ahamiyatga molik bo?lishni kafolatlamaydi, faqat uning mavjudligini taxmin qiladi. Hamjamiyat ma?lum bir mavzuga bag?ishlangan maqolada manbalar ko?rsatilganligiga qaramay, (masalan, Vikipediya nima emas qoidasi yoki qo?llanmasiga mos kelmasligi sababli) ensiklopediya uchun munosib emas degan konsensusga kelishi mumkin. Boshqa tomondan, hamjamiyat ma?lum bir mavzudagi maqola, mustaqil manbalar yo?qligiga qaramay, ensiklopediya uchun munosib degan konsensusga kelishi mumkin.
  • "yetarlicha batafsil" deb keltirilgan ta?bir, mavzu to?g?ridan-to?g?ri manbalar bilan, mustaqil yoki original tadqiqsiz ensiklopedik maqsadlar uchun zarur bo?lgan ma?lumotlar uchun yetarlicha yoritilganligini anglatadi. Manbalardagi havolalar uning ahamiyatini isbotlash uchun yetarli emas, lekin manbalar berilgan mavzu bo?yicha to?liq ma?lumot berishi yoki faqat shu mavzuga bag?ishlangan bo?lishi shart emas.
  • ? mustaqil nufuzli manbalarda“ ta?biri, nashr manbasi maqola mavzusiga tegishli moddiy yoki boshqa manfaatlarga ega emasligini anglatadi. Reklama materiallari, press-relizlar, avtobiografiyalar, mavzu bo?yicha mustaqil ravishda nashr etilgan va shularga o?xshash manbalar ensiklopedik ahamiyat uchun asos bo?lolmaydi. Ikkilamchi manbalarning mavjudligi ensiklopedik ahamiyatning yaxshi ko?rsatkichidir.
  • ?mustaqil nufuzli manbalarda“, ulardagi faktlar Nufuzli manbalar qo?llanmasiga muvofiq ahamiyatliligi trkshirilgan bo?ladi. Har qanday axborot tarqatuvchi vositalarda barcha turdagi nashrlar va e?lonlar manba bo?lib xizmat qilishi mumkin.
  • ?mustaqil nufuzli manbalarda “, Vikipediya uchun ikkilamchi va uchlamchi darajali manbalar muhim ahamiyatga ega, ular ahamiyatning eng obyektiv dalillarini beradi. Manbalarning miqdori va sifati har xil bo?lishi mumkin. Bu ularning ko?lami va ishonchliligiga bog?liq.

Hamjamiyat konsensus (kelishuv)i asosida ushbu mezonga javob beradigan mavzu yoki predmet odatda muhim bo?ladi; ensiklopediyaning alohida maqolasini ularga bag?ishlab yaratish mumkin. Ushbu mezonga javob bermaydigan mavzular yoki predmetlar haqidagi tasdiqlangan ma?lumotlar Vikipediyadagi avvaldan mavjud maqolalarga kiritilishi mumkin.

Maqolalarning ahamiyatliligi ularning mazmuniga emas, balki mavzularga tegishli [ manbasini tahrirlash ]

Ahamiyatlilik qoidalari va ko?rsatmalari maqolada tekshirilishi uni yetarlicha ahamiyatli yoki yo?qligini aniqlash imkonini beradi. Maqolaga ma?lum bo?limlar va faktlarni kiritish imkoniyati boshqa qoidalar va ko?rsatmalar bilan tartibga solinadi, xususan: tekshirish imkoniyati , nufuzli manbalardan foydalanish , Vikipediya nima emasligi va boshqalar.

Shu bilan birga, maqolaning neytralligi talablarini va maqola mavzusiga tegishli ahamiyatsiz tafsilotlarni haddan tashqari ko?p hajmda yoritish yaxshi emasligini hisobga olish kerak. Mualliflar tavsif mavzuning ushbu jihatiga mos kelishini ta?minlashga harakat qilishlari kerak.

Maqolaning har bir jihati mavzuning yoritilishiga mos kelishiga qarab taroziga tortilishi kerak. Neytrallikning mumkin bo?lgan buzilishlariga e?tibor bering. Ahamiyatsiz tafsilotlarni haddan tashqari yoritish, maqola bo?limlarini notekis tavsiflash, maqolada tartibga solish orqali ba?zi jihatlarni asossiz ravishda ajratib ko?rsatish, bayonotlarni taqqoslashlardan saqlaning.

Xususiy hollar [ manbasini tahrirlash ]