Najib Mahfuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Najib Mahfuz
Tavalludi 11-dekabr 1911 [1] [2]
Vafoti 30-avgust 2006 [3] [1] [2]
Ijod qilgan tillari Arab tili [1]
Fuqaroligi Misr Xadivligi , Misr Sultonligi , Misr Qirolligi , Misr Respublikasi , Birlashgan Arab Respublikasi va Misr

Najib Mahfuz (1911.11.12, Qohira ) ? arab yozuvchisi (Misr). Qohira universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1934). "Bema?ni shivirshivir" (1936) novellalar to?plami jamiyatdagi boylik va qashshoqlik o?rtasidagi ziddiyat haqida. Romantiktarixiy romanlarini ("Taqdir o?yini", 1939; "Radobis", 1943; "Fiv kurashi", 1944) yozgach, M.N. yana ijtimoiy mavzuga murojaat qilgan. "Yangi Qohira" (1945) romanida Ikkinchi jahon urushidan avvalgi Misr yoshlarining hayoti aks ettirilgan. "Xon al-Xaliliy" (1946), "Midak tor ko?chasi" (1947), "Avvali va nihoyasi" (1949) romanlarida 1919-yil dagi inglizlarga qarshi qo?zg?olondan Ikkinchi jahon urushi tugaguncha bo?lgan davrdagi Misr jamiyati turli tabaqalari hayoti panoramasi chizilgan. M. N.ning 1956?57 yillarda nashr etilgan, eski Qohiraning dahalari nomi bilan atalgan mashhur romanlari ? "Bayn alkasrayn", "Kasr ash-Shouk" va "as-Sukkariya" 20-asrning 1-yarmidagi Misr oilalari hayoti haqida. "Nil ustidagi safsata" va "Miramor pansionat" (1966), "Yomg?ir ostidagi sevgi" (1975) romanlarida Misrdagi 1952-yildagi inqilob va undan keyin yuzaga kelgan muammolar tasvirlangan. "O?g?ri va it" (1961) romani hamda "Ilohiy dunyo" (1963), "Badnom xonadon" (1965), "Qora mushuk qovoqxonasi" (1968), "Shiypon ostida" (1969) novellalar to?plamlari muallifi. M. N.ning ko?pgina asarlari ekranlashtirilgan yoki sahnalashtirilgan. Asarlaridan parchalar o?zbek tilida e?lon qilingan. Nobel mukofoti laureati (1988). Ly.:Tashmuhamedova G. A., Ranniye sotsialno-bitovie romani Nagiba Maxfuza, T., 1970. [4]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]