Turkiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkiya Respublikasi
Turkiye Cumhuriyeti
Shior Yurtta Sulh, Cihanda Sulh
Madhiya :   ?stiklal Mar?ı
(Mustaqillik madhiyasi)
Location of Turkiya
Poytaxt Ankara
Rasmiy til(lar) Turk tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
Rajab Tayyip Erdo?g?on
Fuat Oktay
Mustaqillik (Respublikani e'lon qilish)
? Sana
29-oktabr, 1923-yil
Maydon
? Butun
783,562 km 2 ( 37-o?rin )
? Suv (%)
1.3
Aholi
? 2024-yilgi ro?yxat
86,099,039 ( 18-o?rin )
Zichlik 112/km 2
YIM   ( XQT ) 2024-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 906 mlrd ( 19-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 14,463
Pul birligi Turk Lirasi ( TL )
Vaqt mintaqasi UTC +3
? Yoz ( DST )
UTC +3
Qisqartma TR
Telefon prefiksi 90
Internet domeni .tr

Turkiya ( turkcha : Turkiye ), rasman ? Turkiya Respublikasi ( turkcha : Turkiye Cumhuriyeti ) ? G?arbiy Osiyo (97% i) va Janubiy Yevropa (3% i)dagi davlat. Turkiya ham Osiyo , ham Yevropa qit?asiga kiradi. Turkiyaning poytaxti  ? Anqara shahri. Davlat tili ? Turk tili . Maydoni ? 783,562 km². Aholi soni (2024) ? 86,099,039 kishi. Turkiya pul birligi ? lira . Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat. Turkiya 14 ta davlat bilan chegaradosh.

Zamonaviy Turkiya 1923-yilda Usmonli imperiyasining birinchi jahon urushidagi mag?lubiyati va turk xalqining milliy ozodlik urushi, monarxiyaning tugatilishi, parchalanishi va turk milliy davlatining barpo etilishi natijasida tashkil topgan.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiya ? respublika . Amaldagi konstitutsiyasi 1982-yilda qabul qilingan (bir necha marta tuzatish va qo?shimchalar kiritilgan). Davlat boshlig?i ? prezident (2014-yildan Rajab Tayyib Erdo?g?on), u Buyuk Millat Majlisi tomonidan yashirin ovoz berish yo?li bilan 7 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi oliy parlament ? Turkiya Buyuk Millat Majlisi . Oliy ijroiya hokimiyati xukumat bo?lib, uni Bosh vazir (Bosh boqon) boshqaradi. Bosh vazirni prezident deputatlar orasidan tayinlaydi.

1919?1939-yillarda turkiyasharqiy qismida joylashgan davlat. Hududining 97 % Kichik Osiyo yarim orol (Anadolu)da, 3 % Yevropa (Sharqiy Frakiya)da. Shimolidan Qora dengiz , g?arbdan Egey dengizi , janubdan O?rta dengiz bilan o?ralgan. Egey dengizidagi bir qancha orol ham Turkiyaga qarashli. Maydoni 814,578 km². Aholisi 86,099,039 kishi (2024). Poytaxti ? Anqara shahri Ma?muriy jihatdan 81 el (viloyat)ga, ellar elchalarga bo?linadi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiya tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. Barish O?zbek Relyefining aksari tog? va yassitog?lik; shimoliy va janubiy sohillarga parallel ravishda yastangan tog? tizmalari orasida keng va ochiq tekislik, qir, ko?l, plato va daryolar mavjud. Shimolida Qora dengiz sohiliga yondosh ravishda Shimoliy Anadolu yassitog?lari, janubda Toros tog?lari , Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutog? , Istranja va Tekirtog?lar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin tog?lari, O?rta Anadoluda Qiziltog?, Raman va So?f tog?lari, Sharqiy Anadoluda Ag?ri tog?lari (bu tog?da Turkiyaning eng baland nuqtasi bo?lgan Buyuk Ag?ri cho?qqisi ? 5137 m) qad ko?targan. Turkiya hududi seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. Turkiya yer ostida xromit , borat, boksit , volfram , simob , surma , mis , toshko?mir , neft , marganets , temir va boshqa bor . Iqlimi subtropik, g?arbiy va janubiy sohillari iliq, yog?in ko?p, ichki mintaqada yoz issiq va quruq, qish sovuq, qor ko?p yog?adi. Yanvarning o?rtacha temperaturasi pasttekisliklarda 5?10° dan ichki yassitog?liklarda ?15° gacha, sharqdagi tog?liklarda ?35° gacha sovuq bo?ladi. Iyulning o?rtacha temperaturasi dengiz sohillarida 22?32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yog?in o?rtacha 1000-3000 mm. Yirik ko?llari: Van, Tuz , Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq , Furot , Saqarya, Araks, Dajla , Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprog?i ichki yassitog?liklardagi cho?llarda asosan bo?z va och qo?ng?ir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa sho?rxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya tog?larida doim yashil va igna bargli o?rmonlar, tog?larning baland qismida all o?tloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli o?tlar o?sadigan chala cho?ldan iborat. Tog?larda yovvoyi qo?yechkilar, to?ng?iz, bo?ri, chiyabo?ri, ayiq va boshqalarlar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq ko?p. Turkiyada 12 milliy bog? bor. Yiriklari: Olimpos Beydaglari, Munzur Vodiysi, Kyopryulyu Kanon.

Aholisining 90 % ? turklar . Kurd, arab , O?zbeklar , adigey , ubix, chechen , osetin , lezgin , yunon , arman, laz, gurj, ozarbayjon , turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga e?tiqod qiladi. Rasmiy til ? turk tili. Shahar Aholisi 69 %. Yirik shaharlari: Istanbul , Anqara , Izmir , Ko?niya , Bursa , G?oziantep , Diyorbakir , Antaliya , Adana , Edirna .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Hozirgi Turkiya hududida juda qadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega bo?lgan davlatlar bo?lgan. Anadolu Xett qirolligi , Lidiya , Midiya , Axomaniylar davlati , makedoniyalik Aleksandr imperiyasi , Salavkiylar davlati , Pont podsholigi , Pergam, Qad , Rim , Vizantiya tarkibida bo?lgan. Turkiy elatlar bu hududga XI asrdan ko?chib kela boshlagan. O?g?uzturkman qabilalarining yo?lboshchilari bo?lgan To?g?rulbek va Chag?ribek boshchiligida Saljuqiylar davlatida asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071-yilda Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan so?ng, Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1072?1092) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning o?limidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo bo?ldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol o?ynadi. 1243-yilgi Ko?satog? jangi oqibatida mo?g?ullar bu davlatga barham berib, o?lkani istilo qildilar. 13-asrning oxirlariga kelib, mo?g?ullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-asrning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi ko?pgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa bo?lgan markazlashgan kuchli davlatni ? Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq bo?ldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga o?tib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp mag?lubiyatdan so?ng o?zini o?nglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ni egallab (1453-yil 29-may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Salim I Yovuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, XVII asrdan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari Turkiyaga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683-yilda Vena shahri yaqinidagi jangda turk qo?shini Polsha, Avstriya va Olmon qo?shinlaridan yengildi. 1684-yilda Turkiyaga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686-yildan Rossiya) ?Muqaddas ittifoq“ tuzdilar. Ittifoqchilar Turkiyaga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq Turkiya 1711-yilda Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qo?shinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I va?dalar evaziga qutulishga muvaffaq bo?ldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon , Dog?iston , Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yo?qotdi, g?arbda Dunay janubiga chekinishga, shimolda Astraxonga qadar bo?lgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur bo?ldi va jahon siyosatidagi mavqeini yo?qota boshladi. 18-asrda yanada ko?proq talofotlar berildi.

1768?1774-yillardagi Rossiya-Turkiya urushidan keyin Turkiya Qora dengiz va Bolqon yarim oroldagi mavqeini boy berdi. 1774-yilgi KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq Qrim xonligi Turkiyadan ajratib olinib, mustaqil deb e?lon kilindi. Biroq 1783-yil Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787?1791-yillardagi urushda Turkiya yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. Turkiya Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga o?tganligini tan olishga majbur bo?ldi.

Sultan Salim III (1789?1807-yillarda imperiyani boshqargan) davlat tashkilotlarini zamonaviylashtirish, eng avvalo, harbiy islohotlar o?tkazish harakatini boshladi. Yangi Nizom (?Nizomi jadid“) deb nomlangan bu islohotlar natijasida boshqaruv, moliya, savdo, qishloq xo?jaligi., ilmfan va boshqa sohalarda yangiliklar joriy etishga kirishildi. Biroq islohotlarga jaholatparast ulamolar, armiyadagi nufuzini yo?qotishdan qo?rqqan yanicharlar va boshqa qarshilik ko?rsatib, 1807-yil 15-mayda ko?tarilgan isyon natijasida Sulton Salim III ni taxtdan ag?darib tashladilar. Taxtga chiqqan Mustafo IVning faoliyati ?Nizomi jadid“ tufayli qo?lga kiritilgan yutuqlarni yo?q qilishga qaratildi. Biroq islohotchilar o?z tarafdorini ko?paytirishga muvaffaq bo?ldilar va 1808-yil 28-iyulda Sulton Mahmud II ni taxtga o?tqazdilar. Mahmud II yanicharlarni yo?q qildi va armiyani qayta tashkil etdi, boshqaruv, moliya, huquq va boshqa sohalarda ijobiy o?zgarishlarni amalga oshirdi. Biroq uning islohotlari Usmoniylar imperiyasi inqirozini to?xtata olmadi. Yunoniston va Serbiyada qo?zg?olonlar ko?tarildi. Bu orada Rossiya Turkiya o?rtasida 1806? 12 yillarda bo?lib o?tgan urush oqibatida Rossiya sarhadlari Prut daryosigacha kengaydi. 1828?1829-yilgi urushda ham Rossiya g?olib chikdi va Turkiya Yunonistonga muxtoriyat maqomini berishga majbur bo?ddi. Turkiyaning Yevropa kapitaliga iktisodiy karamligi ortdi. Qaramlikdan qutulish uchun Turkiya hukmron sinfi 1839-yil yangidan islohot (tanzimat) o?tkazib, turk ziyolilarining shakllanishiga imkon yaratdi. 1853?1856-yillarda Rossiyaga qarshi olib borilgan Kro?m urushida Turkiya galaba qozondi. Rossiya 1856-yil 30-martda Parij sulh shartnomasini imzolashga majbur bo?ldi. Ushbu shartnomaga ko?ra, Dunay daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun ochiq, betaraf deb e?lon qilindi, ?Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi“ tan olindi.

Bu davrda Turkiyada Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqish kuchaydi, banklar ochildi, sanoat rivojlana boshladi. Taraqqiyparvar ziyoli, jurnalist, yozuvchi, ma?mur va boshqa yetishib chikdi. Sulton Abdulaziz saltanati davri (1861?1876)da Tanzimat harakati qiyinchilik bilan bo?lsada, davom ettirildi. Bu davrda Usmoniylar davlati bironbir xalqaro urushda katnashmadi. Biroq imperiyaning Bolqon yarim oroldagi qududlarida isyonlar yuz berdi. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvolini yaxshilash, konstitutsiyaviy tuzum o?rnatish g?oyasi tarafdori bo?lgan Yosh usmoniylar harakati kengaydi. Bu davrga kelib kitob, jurnali va gazetalar chop etila boshlandi. Sulton Abdulhamid II (1876?1908-yillarda boshkargan) taxtga chiqqan yili ilk Asosiy Qonun e?lon qilindi (1876-yil 23-dekabr). Sulton hukumatni tanqid ostiga olgan parlamentni 1879-yil fevral.da tarqatib yubordi, yosh usmoniylarning ko?pchiligini ta?qib ostiga oldi. 1877?1878-yillardagi Rossiya-Turkiya urushida Turkiyaning yengilishi bilan Bolqon yarim orolda Turkiya hukmronligi tugatildi. 1881-yil Fransiya Tunisni, 1882-yilda Buyuk Britaniya Misrni bosib oldi. Mamlakatda yosh turklar harakati tobora kuchaydi, ular tomonidan tuzilgan yashirin ?Ittihod va taraqqiy“ tashkilotining kuchli ta?siri ostida Sulton 1908-yil 23-iyulda yana konstitutsiyaviy tuzum o?rnatishini e?lon qilishga majbur bo?ldi. 1914-yildan butun hokimiyat yosh turklarning yo?lboshchilari bo?lgan Mehmet Tal?at posho (1874? 1921), Ahmad Jamol posho (1872? 1922) va harbiy nozir Anvar posho (1881 ? 1922) qo?liga o?tdi. Birinchi jahon urushida Usmoniylar davlati Olmoniya tomonida turib urushdi. 1918-yil 30-oktabrda Turkiya Antanta davlatlariga taslim bo?ldi. Antanta davlatlari Turkiyani ishg?ol qildilar. Turk xalqi orasida milliy ozodlik harakati boshlandi. Turkiyada Ozodlik urushi (Kurtulish savashi) deb atalgan bu umummilliy harakatga Mustafo Kamol posho (Otaturk) boshchilik qildi. Ozodlik urushi avj oldi. 1921-yilgi Ino?no? va Saqariya janglari natijasida Yunoniston qo?shinlari ustidan g?alaba qozonildi. 1922-yil 9-sentabrda Izmir ozod qilindi. 1922-yil 1-noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) sultonlikni bekor qilish va xalifalikni saltanatdan ajratish to?g?risida qonun qabul qildi. Lozanna sulh shartnomasi (1923-yil 24-iyul) ga muvofiq, Turkiyaning chegaralari belgilandi, Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligi e?tirof etildi. 1923-yil 29-oktabrda Turkiya respublika deb e?lon etildi. 1924-yil 3-martda esa xalifalik bekor qilindi. 1924?1934-yillarda davlat qurilishi, huquqiy munosabatlar, madaniyat va turmushga oid qator islohotlar o?tkazildi, jumladan, Konstitutsiya qabul qilindi, arab alifbosidan lotin alifbosiga o?tildi. Eng avvalo, davlat va din birbiridan ajratildi, maktab va ta?limtarbiya ishlari davlat ixtiyoriga olindi, shariat sudlari bekor qilinib, yangi sud tizimi shakllantirildi, qonunlar yangidan ishlab chiqildi, ayollarga saylov huquqi berildi. Iqtisodiyot sohasida ham o?zgartirishlar amalga oshirildi.

Ikkinchi jahon urushi (1939?1945) davrida Turkiya Fransiya va Angliya bilan shartnoma tuzib, iqtisodiy yordam olishga muvaffaq bo?ldi. U Sovet Ittifoqining Turkiyaga qarshi hujum qilish xavfini oldini olib, 1941-yil 25-martda SSSR bilan shartnoma imzoladi. Olmoniya bilan ham u Sovet Ittifoqiga hujum qilishidan bir necha kun oldin xuddi shunday shartnoma tuzildi. 1945-yil fevralda Turkiya AQSH, Angliya va SSSRga qo?shilib, Olmoniya va Yaponiyaga qarshi urush e?lon qildi. 1945-yil 5-martda Turkiya San-Fransisko konferensiyasiga taklif etildi va BMT ni barpo etgan a?zolar qatoridan joy oldi.

Turkiya 1952-yil NATO ga a?zo bo?ldi. Bu davrda Turkiya Koreya urushida ishtirok etdi. 1954-yildan keyin iqtisodiy ahvol og?irlashib, inflyatsiya kuchaydi, talabalar namoyishlari bo?lib o?tdi, tanglik ortdi. Vaziyatdan xavfsiragan harbiylar 1960-yil 27-mayda davlat to?ntarishi qildi. 1961-yil 9-iyulda demokratik erkinliklarni ko?zda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1965-yilgi saylov natijasida Sulaymon Demirel hokimiyat tepasiga keldi. 1971-yildan koalitsion hukumatlar davri boshlandi, hukumatlar ketma-ket almashinib turdi. Mamlakatda iqtisodiy tanglik, oziq-ovqat, yonilg?i tanqisligi ro?y berdi, terror avj oldi. Bu vaziyatda general Kenan Evren boshchiligidagi harbiylar 1980-yil 12-sentabrda hokimiyatni egallab, TBMM va hukumatni tarqatib yubordi, qamal holati e?lon qildi, partiya rahbarlarini nazorat ostiga oldi. 1982-yil 7-noyabrdagi referendum natijasida yangi Konstitutsiya qabul qilindi, Kenan Evren prezident bo?ldi. 1983-yil 24-apreldan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. O?sha davrdan siyosiy faoliyatini boshlagan Turg?ut O?zal Ona vatan partiyasini tuzdi. Bu partiya 1983-yil 24-noyabrdagi saylovda muvaffaqiyat qozonib, hokimiyat tepasiga keldi. Turg?ut O?zal qat?iy islohotlar o?tkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yo?liga olib chiqdi. Eksport va import erkinlashtirildi, eksportni rag?batlantiruvchi ochiq iqtisodiy siyosat olib borildi. Natijada ishlab chiqarish. eksportga yo?naltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va Turkiya iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm misli ko?rilmagan darajada taraqqiy topdi. Turg?ut O?zal 1989-yil 9-noyabrda prezident etib saylandi. 1991-yil Sovet Ittifoqi tugatilgandan so?ng Kavkaz va O?rta Osiyoda tashkil topgan mustaqil davlatlar bilan yaqin va do?stona munosabatlar o?rnatildi. Turg?ut O?zal vafoti (1993)dan so?ng Sulaymon Demirel prezident etib saylandi. Turkiya O?zbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 16-dekabrda tan olgan va 1992-yil 4-martda diplomatiya munosabatlari o?rnatgan. Milliy bayrami ?29-oktabr ? Respublika kuni (1923).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adolat va rivojlanish partiyasi, 2001-yil tuzilgan; Ona vatan partiyasi, 1983-yil tashkil etilgan; Jumhuriyat xalq partiyasi, 1923-yil asos solingan; To?g?ri yo?l partiyasi, 1983-yil tuzilgan; Milliyotchi harakat partiyasi, 1983-yil kayta tashkil etilgan; Demokratik so?l partiya, 1985-yil asos solingan; Demokratik partiya, 1994-yil tuzilgan; Buyuk Birlik partiyasi, 1993-yil asos solingan; Demokratik Turkiya partiyasi, 1997-yil tashkil etilgan. Turkiya Ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (?TurkIsh“), 1952-yil tashkil etilgan; Turkiya Inqilobiy ishchilar kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1967-yil ?Tur.kIsh“dan ba?zi uyushmalarning ajralishi natijasida tuzilgan; Turkiya Haq ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (?HaqIsh“), 1976-yil barpo etilgan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiya ? industrialagrar mamlakat. 1980-yil iqtisodiyotda tub burilishni ko?zda tutgan keng qamrovli dastur joriy etila boshlandi. Eksportga mo?ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari paydo bo?la boshladi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida markazdan boshqaruv o?rniga bozor mexanizmiga o?tildi. Soliq masalasida bir qancha qulayliklar yaratildi, sarmoya jamg?armalari tez sur?atlar bilan ko?paydi, chet el sarmoyasi erkin kelishiga qulay imkoniyat yaratiddi. Chet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etishni tezlashtirish uchun 1985-yilda ?Erkin mintaqalar qonuni“ kuchga kirdi. Bunday mintaqalar 1987-yilda atigi 2 ta (Mersin va Antaliya) bo?lgan bo?lsa, 2002-yilga kelib ularning soni 21 taga yetdi. Ana shular natijasida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,7 %, qishloq xo?jaligi. niki 14,4 %, xizmat ko?rsatish sohasiniki 56,9 % bo?ldi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiya xromit ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda yetakchi (to?rtinchi) o?rinda turadi (40 million tonnalik xromit zaxirasi bor). Shuningdek, gaz, neft, toshko?mir, temir, marganets, mis va boshqa rangli metallar qazib olinadi. Sanoat korxonalari asosan mamlakatning g?arbiy va markaziy qismida joylashgan. Keyingi yillarda mamlakat sharqiy qismini rivojlantirish uchun choratadbirlar ko?rildi. Turkiya sanoatida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, to?qimachilik, ko?nchilik mahsulotlari, qurilish materiallari, o?simlik yog?i ishlab chiqarish. yetakchi o?rin tutadi. Avtomobil sanoatidagi 15 firma 2001-yil 270685 yengil avtomobil va yuk mashinasi ishlab chiqardi. Keyingi davrda Turkiyada elektronika sanoati jadal rivojlandi. Kimyo sanoatida 970 fabrika faoliyat ko?rsatadi. Turkiya to?qimachilik sanoati mollari eksportida dunyoda 15, tayyor kiyim eksportida esa 7-o?rinda turadi. Turkiyada elektr energiya ishlab chiqarishda an?anaviy o?tin, toshko?mir, neft, tabiiy gaz, gidro va issiqlik energiyasi singari manbalardan tashqari quyosh va shamol energiyasidan ham foydalaniladi. Yiliga o?rtacha 125 milliard kVt/soat elektr energiya hosil qilinadi.

Qishloq xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiya hududining 16 % ni o?tloq, 26 % ni o?rmonlar tashkil etadi, 35 % da, ya?ni jami hududning 1/3 qismida dehqonchilik qilinadi. Turkiyada g?alla, paxta, tamaki, qand lavlagi, zig?ir, kanop va boshqalarlar yetishtiriladi. Turkiya yong?oq (funduk), anjir va o?rik yetishtirishda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bug?doy va paxta yetishtirishda esa 7o?rinda turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. So?nggi yillarda sug?orma dehqonchilikka e?tibor kuchaydi. 2000-yil chorvachilikda 11 mln. qoramol, 28,4 mln. qo?y-echki, 250 mln. tovuq yetishtirilgan.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Avtomobil yo?llari uzunligi 63167 km, temir yo?l uzunligi 10940 km. Mamlakat ichkarisida yo?lovchilarning 95 % avtomobil transportida, mamlakat tashqarisiga yo?lovchilar, asosan, havo yo?llari, yuklar esa, asosan, dengiz yo?li orqali tashiladi. Turkiya dengiz savdo floti 3157 kemadan iborat bo?lib, u eksport yuklarning 72 %, import yuklarning 95 % ni tashiydi. Asosiy portlari: Istanbul, Mersin, Izmir, Trabzon, Iskandarun, Samsun. Ankara, Istanbul, Izmir shahrilarida xalqaro aeroportlar bor. Bosfor bo?g?ozi ustiga osma ko?prik qurilgan. Turkiyaning eng muhim neft quvuri tarmog?i yiliga 70,9 mln. tonna Iroq neftini Jeyxan dengiz terminaliga yetkazib beradi.

Tashqi savdosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiya chetga qora va rangli metall rudalari, po?lat, gazlama, ho?l meva, tamaki, charm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va ro?zg?or buyumlar chiqaradi, chetdan neft, mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va O?rta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. Turkiyada turizm rivojlangan. 2002-yil Turkiyani 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad 10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi ? turk lirasi.

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiyada o?rtacha umr 69 yoshni tashkil etadi. 1989?2002-yillarda kasalxonalardagi o?rinlar soni 133 mingdan 178315 ga, kasalxonalar soni 1156 taga yetdi. Vrach, hamshira va farmatsevtlar soni yildanyilga ko?paymoqda. 1995-yildan beri o?tkazilayotgan islohotlar natijasida oila vrachi modeliga o?tish, Turkiya sog?liqni saqlash xizmatini Yevropa darajasiga olib chiqish mo?ljallangan.

Maorifi, ilmiy va madaniyma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiyada bepul majburiy o?rta ta?lim joriy qilingan. Milliy ta?lim tizimi 3 qism (asosiy ta?lim, yordamchi ta?lim?kurslar va ochiq, ya?ni sirtqi ta?lim)dan iborat. Asosiy ta?lim maktabgacha tarbiya, boshlang?ich, o?rta va oliy ta?lim muassasalarini o?z ichiga oladi. Yordamchi ta?lim o?quv yurtlaridan tashqarida tashkil etiladigan kurslar faoliyatini qamrab oladi. 2002/03 o?quv yili asosiy ta?lim tizimida 52692 ta?limtarbiya muassasasi ishladi, jumladan maktabgacha ta?lim muassasalarida 320 ming bola tarbiyalandi, boshlang?ich maktablarda 10,3 mln., o?rta maktablarda 3 mln. o?quvchi, oliy o?quv yurtlarida 1,7 mln. talaba ta?lim oldi, Yordamchi, ya?ni keng xalk, ta?limi tizimida 3 mln. kishi mashg?ul bo?ldi.

Boshlang?ich ta?lim (6?14 yoshdagi bolalar uchun) 8 yil O?rta ta?lim kamida 3 yillik bo?lib, o?quvchilarga umumiy o?rta ta?lim, kasbhunar va texnika ta?limi berishga mo?ljallangan. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo?lgan bolalar xususiy tarbiya tizimida o?qiydilar. 2002-2003 o?quv yili bu tizimdagi 325 maktabda 19,4 ming o?quvchi ta?lim oldi. 2002-2003 o?quv yili Turkiya oliy ta?lim tizimidagi 76 universitet, yuzlab int, konservatoriya, kasb oliy o?quv yurtlarida 1 mln. 894 mingdan ziyod talaba o?qidi. Oliy o?quv yurtlarida o?qish pulli. Yirik untlari: Istanbul universiteti (1453), Anqara universiteti (1946), O?rta Sharq texnika universiteti (1956), Egey universiteti, Otaturk universiteti, Qora dengiz texnika universiteti, Bosfor universiteti, tibbiy mutaxassislar tayyorlanadigan Hojitepa universiteti.

Madaniyat vazirligi tizimida 1440 kutubxona va 92 muzey bor. Yirik kutubxonalar: Anqaradagi milliy kutubxona, Ankara va Istanbul untlari kutubxonalari, Anqaradagi TBMM kutubxonasi. Yirik muzeylar: Turk osori atiqa (arxeologiya va etn.) muzeyi (1923), Istanbuddagi To?pqopi saroyi (1927), Etn. muzeyi (1930), Ayo Sofiya ibodatxonasi muzeyi (1934).

Turkiyada ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiklashtirish uchun Ilm va Texnologiya oliy jamiyati tuzilgan. 1993-yil Fanlar akademiyasi va Turk Patent instituti barpo etildi. Standartlar (1960), Marmar dengizini ilmiy va texnologik tadqiq etish (1972) ilmiy tadqiqot institutlari, kimyo, biol., elektroradiografiya, mikrobiol., veterinariya, geol., tarix, tilshunoslik, iqtisodiyot, falsafa jamiyatlari bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2003-yil Turkiyada 3450 gazeta, jurnali va boshqa matbuot nashrlari chop etildi. Eng yirik kundalik gaz.lari: ?Hurriyat“ (1948-yildan), ?Milliyot“ (1950-yildan), ?Saboh“ (1985-yildan), ?Jumhuriyat“ (1923-yildan), ?Yangi nayel“ (1970-yildan). Eng yirik jurnalilari: haftanomalar ? ?Ekonomist“, ?Aktual“, ?Oto xabar“, ?Tempo“, ?Nuqta“; oynomalar ? ?So?fra“, ?Kosmopoliten“: ?Turkiya“, ?Kapital“, ?PC Magazin“ va boshqa Anadolu agentligi (AA) Turkiyaning yetakchi axborot agentligi; 1920-yil tashkil topgan. Bir necha xususiy agentlik ham bor. Turkiya Radio va teleko?rsatuv jamiyati 1964-yil 1-mayda tashkil etilgan. Radioeshittirishlar 1927-yildan, teleko?rsatuvlar 1968-yildan boshlangan. Mamlakatda 36 milliy, 103 mintaqaviy va 951 mahalliy radiostya, 16 xalqaro, 15 mintaqaviy va 227 mahalliy telemarkaz faoliyat ko?rsatadi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiya og?zaki ijodiga xos bo?lgan qahramonlik dostonlari, jumladan, ?O?g?uznoma“ turkumida dunyoning yaratilishi va odamning paydo bo?lishi haqidagi islomgacha bo?lgan afsonalar bayon etilgan. Tarixiy qahramonlik dostonlaridan ?Erganakon“, Ko?ro?g?li (Go?ro?gli) turkumi va Dada Qo?rkut kitobi mashhur. Anadoluda turk tilida yaratilgan dastlabki yozma asarlar tasavvuf mazmunida bo?lib, XIII asr o?rtalariga mansub. Saroy adabiyeti vakillari aruz vaznida ijod qilganlar. O?sha davr an?anasiga ko?ra, ko?pchilik shoirlar o?z asarlarini fors tilida yozganlar. Bu davr ijodkorlari orasida Jaloliddin Rumiy, Yunus Emra, Hoji Bektoshi Valiy ijodi ayniqsa ajralib turadi. Turk tilida birincha marta Oshiq Posho (1271 ? 1332) tasavvufona ruxda she?r va dostonlar bitdi. Uning 12 ming baytlik ?G?aribnoma“ dostoni va ?Faqirnoma“, ?Vasfi hol“ asarlari bor. 14-asrda Dehxrniy, Qozi Burhoniddin, Nasimiy va Ahmadiy kabi shoirlar ijod qiddi. XVasrdan turk she?riyati rivojlana boshladi. Bu taraqqiyot 17-asrgacha davom etdi. Hamdi Chalabiy (1449?1503) turk tilida ?Xamsa“ yaratdi. Axmad Doiy, Fuzuliy, Xayoliy, Zotiy, Boqiy, Umar Nafiy, Nadim kabi shoirlar yetishib chikdi. 18-asrdan saroy adabiyeti xalqqa yaqinlashdi. Shoirlarning kupi oddiy xalqqa soddaroq uslubda, ziyolilar uchun jimjimador va murakkab uslubda asarlar bitdilar. Oshiq Poshshozoda, Oshiq Chalabiy, Avliyo Chalabiy, Nayma, Qo?chibey va Marjimak Ahmad o?z davrining yetuk adiblaridir. 19-asrda G?arb adabiyeti ta?sirida yangi adabiyot shakllana boshladi, ilk roman, pyesa, tadqiqot ishlari paydo bo?ddi. Tanzimatdavri yozuvchilari adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Ibrohim Shinosiy (1826?1871), Nomiq Kamol (1840? 1888), Shamsiddin Sami (1850?1904), Rejaizoda Mahmud Akram va boshqa yangi realistik adabiyot asoschilari bo?ldilar. Turk romanchiligi asoschisi Xolid Ziyo Ushoqligilning ?Moviy va Qora“, ?Taqiklangan ishq“ romanlari, Mehmet Raufning ?Sentyabr“ nomli ilk psixologik romani dunyo yuzini ko?rdi.

Birinchi jahon urushidan so?ng Yoqub Qadri Qorausmono?g?li, Xolida Edip, Rashod Nuri Guntekin va Rafiq Xolid Qaray, Turkiya madhiyasi muallifi Mehmet Akif Erso?y, Najib Fozil Qisakurak singari yozuvchilar shuxrat qozondi. Nozim Hikmat Ran sarbast usulda she?rlar bitib, yangi oqimga asos soldi. 1940-yillarda Sabohiddin Ali, Said Foyiq Abasiyonik asarlarida jamiyat muammolarining shaxs ichki dunyosiga ta?sirini yoritishga harakat qilinganini ko?rish mumkin. Sabohiddin Alining ?Ichimizdagi shayton“ (1940) va ?Mo?yna po?stinli Madonna“ romanlarida madaniy o?zgarishlarning jamiyat turli toifalariga ko?rsatgan ta?siri psixologik taxlil qilingan. Tariq Bug?ro, O?qtoy Aqbal, Javod Shokir Qabaog?ochli, Xaldun Taner, Javdat Qudrat va Samim Xo?jako?z kabi yozuvchilar ham realistik yo?ldan bordilar.

Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo?lgan asarlarning ko?pida qishloq hayoti muammolari tilga olindi. Bu adabiyotga qishloqdan chiqqan bir guruh yozuvchilarning kirib kelishi bilan izoxlanadi. Yashar Kamolning ?Inja Mamad“ romanida qishloq axli tortayotgan mashaqqatlar tasvirlangan bo?lsa, Aziz Nesin asarlarida kundalik turmushda uchraydigan illat va nuqsonlar hajv qilindi. 1960-yillarda Yavuz Byulent Bakilar, Usmon Atilla, Ayxan I nal va boshqa shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular ijodida insonning o?z vijdoni, jamiyat oldidagi mas?uliyati kabi mavzular yoritildi. Bu davrda ijod qilgan Suot Darvishning ?Fosforli Javriya“ romani mashhur bo?ldi. Bu asar asosida kinofilm ham yaratildi. 1970-yillarda adabiyotga kirib kelgan Chetik Altan, Pinar Kur, Tomris Uyar, Aila Qutli va boshqa ijodida psixologik taxlil chuqurlashganligi ko?rinadi.

1980-yillardagi jamiyatda siyosatdan begonasirash kayfiyatlari kuchayishi adabiyotga ham ta?sir o?tkazdi. Bu davrda O?rxon Pamuq asarlari etibor qozondi. So?nggi yillarda Nadim Gursel, Murodxon Mungan, Parixon Mayden va Elif Shafaq oldingi safda turib ijod qilmoqdalar. Turkyozuvchilaridan Rashod Nuri Guntekinning ?Choliqushi“, Yashar Kamolning ?Inja Mamad“, Suot Darvishning ?Fosforli Javriya“ romanlari, Aziz Nesin hikoyalari, Nozim Hikmat she?rlari, Yavuz Bahodiro?g?lining ?Xorazm o?t ichida“ va ?Alvido, Xorazm“ tarixiy romanlari, Najib Fozil Qisakurak she?rlari va boshqa ko?plab asarlar o?zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Konya

Turkiya hududida mil. av. va milodning ilk davrlariga taallukli me?moriy yodgorliklar ko?p (qarang Sofiya ibodatxonasi ). Yunoniston, Vizantiya, Arab mamlakatlari, O?rta Osiyo davlatlarining me?moriy tajribalarini ijodiy o?zlashtirgan saljuqiylar va usmoniylar imperiyalari me?morlari muhtasham, go?zal binolar kurdilar. XII?XIX asrlarda imperiyaning turli shaharlarida hashamatli saroy, masjid, Madrasa, maqbara, gumbazli hammom, go?zal favvoralar (mas., Istanbuldagi Sulton Ahmad favvorasi) bunyod etilgan. XV?XVI asrlarda me?mor Xoja Sinon (1490 ? 1588) yangi kompozitsiyalar yaratib, hayratga sazovor 400 dan ziyod bino barpo etdi. Istanbuldagi Sulaymoniya mayejidi, Ahmadiya mayejidi, Salimiya mayejidi ular orasida eng mashhurlaridandir. Usmoniylar imperiyasining inqirozi davri me?morligi mahobatliligi bilan ajralib turadi. XX asrning 20-yillari oxiridan shahar qurilishini rejali tarzda olib borishga kirishildi, ayrim shaharlar (Ankara va boshqa shaharlar)ning bosh rejasi tasdiqlandi. 30-yillardan zamonaviy binolar qurish uchun xorijdan me?morlar jalb qilindi. Keyinchalik xalqaro tajribani milliy an?analar bilan uyg?unlashtirishga erishgan milliy kadrlar yetishdi. Mahalliy qurilish mahsulotlari industriyasi rivojlandi. Bu davrda tanikli me?morlardan Sedat Haqqi Eldan yaratgan imoratlarning loyihalari o?ziga xos me?moriy yechimi bilan ajralib turadi. Keyingi davrda butun jahonda ommalashayotgan me?moriy uslublar Turkiyaga ham kirib keldi. Ammo bu yerda uyjoylarni namunaviy loyihalari ommalashmadi. Katta shaharlarda mahobatli osmono?par binolar qurishga, me?morlikda turlituman uslub va yo?nalishlarni joriy etishga kirishildi. Jumladan, Anqaradagi Kamol Otaturk makbarasi (ma?morlari E. Onat, O. Arda), Turkiya tarix jamiyati binosi (me?mori T. Jonsevar), ?Stad“ mehmonxonasi (me?mori M. Xepgyuler), ?Odeon“ konsert zali, Xalk, banki, Istanbuldagi ?Xilton“ meqmonxonasi (me?mori Sedat Haqqi Eldan), Izmirdagi osmono?par binolar barpo etildi. Bahruz Chiniji, Chingiz Bektosh, Do?g?on Pekali, Affon Yatman va Shavki Vanli kabi me?morlar mashhurdir.

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiya hududida Qad. Sharq, Ellin, Rim, Vizantiya san?ati yodgorliklari saqlanib qolgan. Tasviriy san?at o?rta asrlarda miniatyura janrida rivoj topdi. 16-asrda bu san?at gullab yashnadi. Badiiy to?qish, gilamdo?zlik, kandakorlik, yog?och o?ymakorligi rivojlandi. 17?18-asrlarda dastgoh rangtasviri yuzaga keldi. Zamonaviy tasviriy san?at 19-asrdan boshlab shakllandi. 1910-yillarda bir guruh rassomlar ? Ibrohim Challi, Hikmat O?nat, Nomiq Ismoil, Avni Lifij, Fayxaman Duran Yevropada ta?lim oldilar hamda impressionizm va simvolizm yo?nalishida asarlar yaratdilar. 1929-yil rassomlarning ?Mustaqillar“ nomli jamiyati, 1933-yil ?D guruhi“ tuzildi. Rangtasvirchilar Zaki Faiq, Izer, Nurullan Berk, Elif Nasi, Kemal Tollu, Abidin Dino va haykaltarosh Zuxtu Muridog?li impressionizm yo?nalishini tark etgan holda, yangi yo?nalishni yaratdilar. Yangi usul an?anaviy madaniyatning muhim elementlarini 20-asr Yevropa san?atining g?oyalari bilan uygunlashtirishdan iborat edi. 1936-yil Istanbuldagi ?Sanoyi nafisa maktabi“ ?Nafis san?atlar akademiyasi“ga aylantirildi. Turkiya rassomlik san?atida turli oqim va yo?nalishlar rivojlangan. 1949?1950-yillarda ?Yangi guruh“ deb nomlangan ijodiy guruh tashkil qilindi. Bu guruh ?D guruhi“dan keyin eng mahoratli guruhga aylandi. Bu guruh rassomlari yangi usul va yangi texnik vositalar bilan eksperimentlar o?tkazdi. Guruh a?zolari 1955-yilgacha ijtimoiy hayot mavzularida ijod qildilar.

1950-yillarda Turkiya san?atida dastlabki abstrakt rassomlar ijod kila boshladi. Ular qatorida Adnan Koker, Lutfu Gunay, Semey Arel, Sabri Berkel kabi rassomlar bo?lgan. Murod Morova, Zohid Buyukishlayen, Ismat Do?g?on kabilar hozirgi davrning tanikli rassomlari hisoblanadi. Yangi asarlar 1977-yildan buyen har yili Istanbulda bo?lib o?tadigan ?Yangi tendensiyalar“ deb nomlangan San?at festivalida namoyish etiladi. Monumental haykaltaroshlik, grafika ham rivojlangan. Abstraksionizm yo?nalishida Quzgun Ajar xalqaro tanlovlarda sovrinlar olishga sazovor bo?ldi. Dastlabki haykaltaroshlik sohasidagi ta?lim chet el rassomlari tomonidan va chet el badiiy ta?lim institutlarida amalga oshirilgan. 1937-yilda olmon haykaltaroshi Rudolf Belling Turkiya Davlat Badiiy akademiyasining haykaltaroshlik bo?limini boshqargan, ko?p shogird tayyorlagan. U Istanbuldagi aksariyat mahobatli monumentlar muallifi. Haykaltaroshlik ko?rgazmalarining eng kattasi R. Belling boshchiligida Istanbul Texnika universitetida o?tkazilgan.

20-asrning 2yarmida R. Bellingning shogirdlaridan Haqqi Atamulu, Yavuz Gorey, Komil So?nad, Ilxan Ko?man, Husayin Gezer va Turgut Pura abstraksionizm yo?nalishida asarlar yaratishdi. Farid O?zshen, Salim Bugay, Merich Xizal, Ramzi Savash, Ayub O?z, Yunus To?nqush kabi haykaltaroshlar ham xalqaro ko?rgazmalarda qatnashib, Turkiya san?atini dunyoga tanitayotgan ijodkorlardir. Amaliy bezak san?ati sohasida kulolchilik, gilamdo?zlik, zargarlik, yog?och o?ymakorligi, kashtachilik g?oyat rivojlangan.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Anadoluda saljuqiylar davridan boshlab hozirgi davrga qadar turk musiqasi turli yo?nalishlarda rivojlangan. Turk an?anaviy musiqasi 2 qatlamga ? xalq va professional musiqa turlariga ajratiladi. Xalq musiqasida turkular (barmoq vaznidagi she?rlarga asoslangan xalq qo?shiqlari), shuningdek, turli mavzudagi laparlar keng o?rin tutadi. Ularning kuylariga asosiy pog?onalardan yuqori va pastga siljishlar, ritmikaga ? sinkopalar xosdir. Xalq qo?shiq kuylari ?uzun kuy“ va ?qisqa kuy“ shaklida bo?ladi. Keng diapazonli va erkin ritmga asoslangan uzun kuyli qo?shiklar asosan sevgi (bozlaq) va motam (ag?it) mavzularida bo?ladi. Aniq o?lchovli va qisqa hajmli ohang tuzilmalariga rioya qilingan qo?shiqlar asosan o?yin, raqs va aytishuv (mone)larda namoyon bo?ladi. Turli (marosim, mehnat, raqs) cholg?u kuylar bog?lama, kval (nay turlari), surnay, zambir (ko?shnayga o?xshagan), torli kamoncha va soz, urma dovul, daf, darbuka kabi cholg?ularda ijro etiladi. Turk mumtoz musiqasi 15-asrdan Anadoluda ijod eta boshlagan oshiqlar faoliyati bilan bogliq. Ular turk baxshi (o?zon) an?analarini davom ettirib, turli terma va qo?shiklarini soz, bog?lama, qo?biz jo?rligida badiha shaklida ijro etgan. Og?zaki an?anadagi professional musiqasida maqamlar asosiy o?rin tutadi. Shuningdek, turkum shakliga ega fasl (vokalcholg?u asar) janri keng tarqalgan. Sozlardan nay, tambur, ud, qonun keng qo?llaniladi. Diniy musiqa janrlaridan ilohiya, sharqiya, mavlaviya kabi aytim shakllari mavjud. Bastakorlardan Marokiy, Ismoildada afandi, Hofiz Po?st, Sulton Salim III (Usmoniylar hukmdori), Kvntemir o?g?li va boshqa mashhur.

Ko?p ovozli kompozitorlik musiqa Turkiyada respublika barpo etilgandan keyin qaror topdi. Ko?p ovozli musiqaning xalq musiqasiga, milliy ohanglarga asoslanishi borasida ko?p izlanishlar olib borgan Ahmad Adnan Saygun musiqani jahon miqyosida tanitishda katta xizmat qildi. Kompozitorlik musiqaning keng yoyilishida ?Prezident simfonik orkestri“ning roli katta. Bu orkestr AQSH, Yevropa va Janubiy Koreyada konsertlar bergan. Istanbul, Izmir, Antaliya va Chukurova davlat simfonik orkestrlari ham faoliyat yuritadi. Ulardan tashqari Bilkent simfonik orkestri, Borusan Istanbul filarmoniyasi orkestri, Oqbank orkestri singari xususiy jamoalar bor. Xalq musiqasi yo?lida ijod qilayotgan Narimon Oltintog? Tufakchi, Ahmad G?ozi Oyxon, Musa Ero?g?li, Belqis Oqqala xalq o?rtasida mashhur. 1960-yillardan rok musiqa yo?nalishlariga qiziqish paydo bo?ldi. Hozirgi paytda popmusiqasida Ibrohim Tatlisas, Sezan Aqsu, Nilufar, Teoman, jazda Karam Go?rsev, Ilxan Ershaxin, Nukhet Ruajan kabi san?atkorlar mashhur. Bastakor, musiqachilar Istanbul (1923), Anqara (1936), Izmir (1951) konservatoriyalarida tayyorlanadi. Ankara operetta teatri (1928), Opera teatri (1950) va Istanbul opera teatri (1960)ning ochilishi musiqa san?ati rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. 1948-yilda Istanbulda ochilgan akademik balet maktabi (1950-yildan Anqarada) milliy kadrlar tayyorlaydi. Davlat opera va balet bosh direksiyasi tomonidan 1998-yildan buyen har yili xalqaro festivallar, Istanbulda xalkaro musika festivallari o?tkazib kelinadi.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiyada teatr san?ati uzoqtarixga ega. Xalq ijodining an?anaviy shakllari ? qo?g?irchoq va chodirxayol teatri (qorago?z), maydonchalarda namoyish etiladigan o?rta o?yin tomoshalari professional turk teatrining tamali bo?ldi. Tanzimat davrida garb modelidagi teatr faoliyat boshladi. Bu davrda turk yozuvchilari ham pyesalar yozishga kirishdilar. Ibrohim Shinosiyning ?Shoirning uylanishi“ nomli komediyasi turk teatri uchun burilish nuqtasi bo?ldi. 1908-yildan so?ng professional va havaskorlik teatrlari tashkil qilina boshladi. Istanbul, Izmir, Bursa, Adana va Ankara shlarida teatr binolari kurildi. 1914-yil Istanbulda ?Dorulbadiyai usmoniya“ nomli teatr ochildi. U turk teatr san?atining rivojiga katta turtki berdi. 1927-yildan bu teatrga rahbar bo?lgan Muhsin Ertug?rul birinchi bolalar teatrini ham tuzdi. 1949-yil barpo etilgan Davlat teatrining Anqara, Istanbul, Izmir va Bursa sh.larida 18 ta doimiy sahnasi mavjud bo?lib, yiliga 100 ga yaqin asarni sahnalashtiradi. ?Kichik sahna“ nomli ilk xususiy teatr 1951-yilda ochilgan. Undan keyin Chiyir sahna, Cho?ntak teatri, Muammar Qoracha teatri, Istanbul operettasi singari xususiy teatrlar ish boshladi. 1982-yildan Istanbulda Hodi Chaman Yeditepa o?yinchilari, Enis Fosforo?g?li teatri, Xo?dri Maydon madaniyat markazi, Anqarada Anqara San?at teatri faoliyat ko?rsatadi.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1914-yil operator Fuad Uzqinay ?Ayastefonosdagi rus obidasinig yiqilishi“ nomli ilk hujjatli filmni suratga olgan. 1917-yil Sedad Simavi suratga olgan ?Panja“ filmi birinchi badiiy film hisoblanadi. 1919-yil Kamol va Shokir Sedanlar ?Kamolfilm“ kino studiyasini tashkil etdilar, 1922-yildan shu kinostudiyada rejissyorlik qila boshlagan Muhsin Ertug?rul ?Olovli ko?ylak“ (1923), ?Anqara pochtasi“ (1929), ?Istanbul ko?chalarida“ (1931), ?Bir millat uyg?onmoqda“ (1932), ?Fojiali yo?l“ (1933), ?Tosh parchasi“ (1939) filmlarini suratga oldi. 1950-yildan kino san?ati rivojlana boshladi. 1956-yil ?Gilamchi“ nomi bilan 1turk rangli filmi yaratildi. 1960-yil 60 kinofilm suratga olindi. Undan keyingi davrda turk kinosi yanada jonlandi. Metin Erksan, Xolid Rafig?, Ertem Go?rech, Lutfi Umar Akad, Atif Yilmaz, Usmon Sedan, Duygu Sayiro?g?li, Nevzat Pesen va Mamduh Un kabi rejissyorlar ijtimoiy muammolarni, insonning o?z qadrqimmati, sha?ni uchun kurashi mavzuini yoritdilar. Metin Erksanning qishloq hayoti muammolarini yoritgan ?Suvsiz yoz“ (1964) filmi Berlin xalqaro kinofestivalida bosh sovringa sazovor bo?ldi. 1970?1975-yillarda 1383 badiiy film suratga olindi. 1970-yillarda yetishgan Yilmaz Gyuney, Surayyo Duru, Zaki O?ktan, Sharif Gyoren va boshqa rejissyorlar davrning siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolarini aks ettirgan kinofilmlar yaratdilar. Y. Gyuneyning ?Ota“ (1972), ?Betoqatlik“ (1975) filmlari e?tibor qozondi. Turkon Sho?ray kabi taniqli artistlar xalkaro mukofotlar sohibi bo?ldilar. Rejissyor Y. Gyuneyning ?Poda“ filmi (1978) Lokarnodagi, rejissyor O. Kovurning ?Yusuf va Kenan“ filmi (1980) Milandagi, rejissyorlar Sh. Gyoren va Y. Gyuneyning ?Yo?l“ filmi (1981) Kanndagi kinofestivallarda bosh sovringa ega bo?ldi. 20-asrning 90-yillari turk kinosining sifat jihatidan eng muvaffaqiyatli davri hisoblanadi. Bu davrda kino san?atidan ta?lim beruvchi oliy o?quv yurtlarining ko?payishi, mohir rejissyor va kinoartistlarining yetishib chiqishi, kinoteleko?rsatuv raqobatining jadallashuvi va xalkaro maydonda erishilgan muvaffaqiyatlar Turkiya kinosini rivojlantirgan omillar bo?ldi. Turkiyada 650 kinoteatr mavjud (2003). Anqara, Istanbul, Izmirda xalqaro kinofestivallar, xalqaro Uzoq Sharq filmlari, Yevropa filmlari, Adanada Oltin ko?sak madaniyat va san?at festivallari, shuningdek, 1998-yildan buyen har yili Anqarada ?Uchar supurgi“ ayollar filmlari festivali ham o?tkazib kelinadi. ?Uchar supurgi“ festivalida ayol rejissyor, artist, kinochilar ijodiy uchrashuvlar o?tkazishadi.

O?zbekiston ? Turkiya munosabatlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Turkiya O?zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat o?rtasida diplomatiya munosabatlari o?rnatilgach, 1992 y aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993-yil yanvarda esa O?zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi o?z faoliyatini boshladi. Istanbulda O?zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi.

O?zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1991-yil dekabr, 1994-yil iyun va 1997-yil noyabrda rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo?ldi. 1998-yil oktabrda Turkiya Respublikasining 75 yilligiga bag?ishlangan tantanalarda ishtirok etdi. O?z navbatida, Turkiya Prezidentlari Turkiya O?zal, S. Demirel va boshqa davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan O?zbekistonda bo?ddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat o?rtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, O?zbekiston bilan Turkiya o?rtasida ?Abadiy do?stlik va hamkorlik to?g?risida“gi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sog?liqni saqlash, transport, sayyoxlik, madaniyat va boshqa sohalarda 78 hujjat imzolandi.

O?zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000-yil sentabrda Turkiya Prezidenti A. Sezer bilan BMTning ?Ming yillik“ sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003-yilda Turkiya Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdo?g?on O?zbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. O?zaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari o?rtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni o?zaro rag?batlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yo?l qo?ymaslik to?g?risidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon o?rtasida bojxona to?lovlariga nisbatan eng ko?p kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002-yil O?zbekiston bilan Turkiya o?rtasidagi tovar aylanmasi 1,7 % o?sib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo?lsa, 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 41,3 % oshdi, umuman O?zbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida Turkiyaning ulushi 4 % ni tashkil etadi. Turkiya O?zbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yong?oq) oladi va O?zbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng bo?lgan (bu mablag?ning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan ?KosonsoyTekmen“ qo?shma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. O?zbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va ta?mirlashda Turkiyaning ?AySel“, ?Ulus inshaat“, ?O?qan xolding“, ?Emesam“ firmalari ishtirok etdi. O?zbekiston Respublikasida Turkiya sarmoyasi ishtirokidagi 351 qo?shma korxona bor, ulardan 71 tasi 100 % turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qo?shma korxonalar orasida ?SamKochavto“ (avtobus va o?rta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), ?Papfen“ (paxta tolasidan ip yigirish), ?Koxis“ (savdovositachilik faoliyati, ?MetroMarket“ supermarketa), ?SharqMir LTD“ (chakana savdo), ?Mejik Plast“ (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa ?Beta Algoritm“ (choy qadoklash), ?Dilek Interprayzis“, ?Aylin gida sanai va anonim shirkati“ (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70 % ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq iste?mol mollari ishlab chiqarish hamda texnik maqsadga mo?ljallangan mahsulotlarni O?zbekistonga kiritish va sotish bilan shug?ullanadi. 25 % dan ziyod korxonalar esa to?qimachilik va ko?nchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat ko?rsatish bilan shug?ullanadi. Turkiyada o?zbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat ko?rsatadi.

Qishloq va suv xo?jaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida o?rmonchilikni tashkil etish va kengaytirish bo?yicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham o?zining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qo?shish uchun Turkiya 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik O?zbekiston va Turkiya o?rtasida madaniyat, ta?lim, sog?liqni saqlash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik to?g?risidagi bitim (1991-yil 19 dekabr), madaniy aloqalar to?g?risida hamkorlik bitimi (1993-yil 22-iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik to?g?risida bitim (1995-yil 9-iyul) asosida rivojlanib bormoqda.

1993-yil Turkiyada O?zbekiston madaniyat kunlari o?tkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va san?at vakillari ishtirok etdi. 1994-yil oktabrda 48 kishidan iborat turkiyalik san?atkorlar guruxi ?Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari“ doirasida O?zbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarqand shahrilarida konsertlar berdi. O?zbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent universiteti o?rtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qo?shma konsertlar tashkil etish borasida o?zaro hamkorlik o?rnatilgan. Samarqandda o?tkazilayottan ?Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivalida turkiyalik san?at ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. O?zbekistonda ?Uzbekistan? Turkiya“ do?stlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qo?shmoqda.

Fan va texnika sohasida O?zbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan Turkiyaning fan va texnik tadqiqotlar kengashi o?rtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda o?zbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xo?jaligi. kabi sohalarda Turkiya ilmiy markazlari tomonidan o?tkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.

Boboxon Muhammad Sharif.

Gallery [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]




Turkiya Davlat Bayrog`i

Adıyaman | Afyonkarahisar | A?rı | Aksaray | Amasya | Ankara | Antalya | Ardahan | Artvin | Aydın | Balıkesir | Bartın | Batman | Bayburt | Bilecik | Bingol | Bitlis | Bolu | Burdur | Bursa | Canakkale | Cankırı | Corum | Denizli | Diyarbakır | Duzce | Edirne | Elazı? | Erzincan | Erzurum | Eski?ehir | Gaziantep | Giresun | Gumu?hane | Hakkari | Hatay | I?dır | Isparta | Istanbul | Izmir | Kahramanmara? | Karabuk | Karaman | Kars | Kastamonu | Kayseri | Kırıkkale | Kırklareli | Kır?ehir | Kilis | Kocaeli | Konya | Kutahya | Malatya | Manisa | Mardin | Mersin | Mu?la | Mu? | Nev?ehir | Ni?de | Ordu | Osmaniye | Rize | Sakarya | Samsun | Siirt | Sinop | Sivas | ?ırnak | Tekirda? | Tokat | Trabzon | Tunceli | ?anlıurfa | U?ak | Van | Yalova | Yozgat | Zonguldak