Istanbul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Istanbul

turkcha : ?stanbul
shahar
41°0′36″N 28°57′37″E  /  41.01000°N 28.96028°E  / 41.01000; 28.96028  G  O Koordinatalari : 41°0′36″N 28°57′37″E  /  41.01000°N 28.96028°E  / 41.01000; 28.96028  G  O
Mamlakat Turkiya
il Istanbul
Hukumat
 ?  Mer Ekrem ?mamo?lu
Asos solingan mil. av. 667
Avvalgi nomlari

330-yilgacha ? Vizantiya
450-yilgacha Yangi Rim

1453-yilgacha ? Konstantinopol
Maydon 5,343 km 2 (2,063 mi²)
Markazi balandligi 100 m
Rasmiy til(lar)i turk tili
Aholisi
  (2012)
il ? 13 854 740 kishi (2 012) [1]
shahar ? 6 536 862 kishi (2 011) [2]
Zichligi 2480,9 kishi/km 2
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Telefon kodi +90 212 (Yevropa)
+90 216 (Osiyo)
Pochta indeks(lar)i 34010-34850
80000-81800
Avtomobil kodi 34
Istanbul xaritada
Istanbul
Istanbul

Istanbul ? Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul Turkiyaning 81 viloyatidan biridir. Aholisi 16 214 000 kishi (2022-yil). Istanbul Marmar ( Marmara )dengizi va Bosfor bo?g?ozining past-baland sohillarida joylashgan. Bo?g?oz shaharni ikkiga ? Osiyo va Yevropa qismiga bo?lib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox ( Halic ) qo?ltig?i sohillarida joylashgan. 1970?72 yillarda Bosfor bo?g?oziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan ko?prik qurilgan. Iqlimi subtropik o?rta dengiz iqdimi, yanvarning o?rtacha harorati 5,2 °C, avgustniki 23,6 °C, o?rtacha yillik yog?in 633 mm. [3]

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Istanbulga mil. av. 660 yilda Vizantii shahri sifatida asos solingan. 330-yildan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atalgan [4] [5] . 395-yilgacha Rim imperiyasi tarkibida, 395?1453-yillar Vizantiya poytaxti. 1453-yilda Istanbul turklar tasarrufiga o?tgan va Usmonli turklar saltanatining poytaxtiga aylantirilgan; o?sha vaqtdan shahar Istanbul deb atala boshladi. Usmonli turklar saltanatining kuchsizlanganidan foydalanib, 18-asr oxiridan Yevropa davlatlari shaharni va bo?g?ozlarnivbosib olishga harakat qilib keldilar. Turkiyaning birinchi jahon urushida harbiy qudrati kamaygach, Istanbulni Antanta davlatlarining qurolli kuchlari bosib oldi. 1923-yilda shahar bosqinchilardan ozod qilindi va o?sha yilning oktabrda Turkiya poytaxti Istanbuldan Anqaraga ko?chirildi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shahar qulay geografik o?rinda joylashgan. Istanbul ? mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakat sanoatining 60% i Istanbulda joylashgan. To?qimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, yog?ochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik, sement, ko?n poyabzal, tikuvchilik, harbiy va boshqa sanoat korxonalari, milliy va’chet el savdo firmalari, kompaniyalar, banklar, birjalar bor. Hunarmandchilik (yog?och, metall, teridan turli buyumlar yasaladi) rivojlangan. Turkiyadagi barcha savdo operatsiyalarining yarmi Istanbulga to?g?ri keladi.

Transport yo?llari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Istanbul ? dengiz, quruqlik va havo yo?llarining tuguni. Turkiyaning asosiy porti. Bu yerdan xalqaro kema yo?llari o?tgan. Temir yo?l orqali Yevropadagi ko?pgina poytaxt shaharlar va mamlakatning ichki rayonlari bilan bog?langan. Bosfor bo?g?ozi orqali Istanbulning har ikki tomoniga yo?lovchilar tashuvchi kemalar va yuk paromlari o?tib turadi. Xalqaro aeroport bor.

Ijtimoiy soha [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shaharni, ayniqsa, uning qadimgi qismini 500 ga yaqin masjid, shuningdek, ibodatxonalar, saroylar, favvoralar va o?rta asrlarda qurilgan hamda yangi davrga oid me?moriy inshootlar (mudofaa devorlari, ippodrom, saroylar, Ayo Sofiya ibodatxonasi, o?rta asr masjidlari va 15?16-asr saroy binolari) bezab turadi. Shaharga turistlar ko?p keladi. 3 ta universitet, institutlar, Badiiy akademiya, Iqtisodiyot va savdo akademiyasi, muzeylar, kutubxona, opera va boshqa teatrlar bor. [6]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?The Results of Address Based Population Registration System, 2012“ . The Turkish Statistical Institute (28 января 2013 г.). 2013-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 28 января 2013 г..
  2. ?Buyuk?ehir belediyeleri ve ba?lı belediyelerin nufusları ? 2011 Население илов (провинций) и ильче (районов-муниципалитетов)“ . ADRESE DAYALI NUFUS KAYIT S?STEM? (ADNKS) VER? TABANI . TURK?YE ?STAT?ST?K KURUMU (Турецкий институт статистики) (2011). 2012-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 9-may 2012-yil. ( WebCite saytida 2012-08-04 sanasida arxivlangan ) (turk.)
  3. World Weather Information Service ? Istanbul
  4. (turk.) ??stanbul Bolge Mudurlu?u'ne Ba?lı ?stasyonlarda Olculen Ekstrem De?erler (Extreme Values Measured in Istanbul Regional Directorate)“ . Meteor.gov.org. 2012-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 27 июля 2010. Page 2 Goztepe (Istanbul) Weather Station Data
  5. Extreme Temperature Records Worldwide ? Istanbul , 2007-10-08da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2013-07-03
  6. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil