Mongoliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mongoliya / Mo?g?uliston
mo?g?. : Mongol Uls
Klass.mo?. ?????? ???? Mongγol ulus
Shior Dayar Mongol
Madhiya :   Bugd Nairamdakh Mongol
Location of Mongoliya
Poytaxt Ulan-Bator
Rasmiy til(lar) mongolcha
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
Tsakhiagiin Elbegdorj
? Bosh vazir
Sukhbaataryn Batbold
Mustaqillik ( Xitoydan )
? Sana
11-iyul 1921
Maydon
? Butun
1 564 116 km 2 ( 19-o?rin )
? Suv (%)
0.43
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
2 791 272 ( 136-o?rin )
Zichlik 1.8/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 6,022 mil. ( 153-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 2,157
Pul birligi Tugrik ( MNT )
Vaqt mintaqasi UTC +8
? Yoz ( DST )
UTC +8
Qisqartma MG
Telefon prefiksi 976
Internet domeni .mn

Mongoliya (Ingliz tili: / m ? n ? ? o? l i ? /  ( tinglang ) ; mo?g?. : Монгол Улс , klass. mo? : [lower-alpha 1] Moŋ?ol ulus ; lit. "Mo?ul Millati" yoki "Mo?ul Davlati") yoki Mo?g?uliston ? Sharqiy Osiyoda joylashgan mamlakat. Maydoni 1565 ming km². Aholisi 2, 893 ming kishi (2013). Poytaxti ? Ulan-Bator shahri Ma?muriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga bo?linadi. Ulan-Bator, Darxan va Er-denet shaharlari mustakil ma?muriy birlik bo?lib, bevosita markaziy hokimiyat organlariga bo?ysunadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mongoliya ? parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan va 12-fevralda kuchga kirgan. Davlat boshlig?i ? prezident (1997-yildan Nadagiyn Bagabandi), u umumiy to?g?ri va yashirin ovoz berish yo?li bilan 4 yil muddatga saylanadi, ya na bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Buyuk davlat xurali (parlament) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni hukumat boshqaradi. Hukumat bosh vazirning taklifiga binoan, prezident bilan kelishilgan holda Buyuk davlat xurali tomonidan tuziladi. Vazirlar mahkamasi boshlig?ining nomzodini prezident Buyuk davlat xurali muhrkamasiga taqdim etadi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mongoliya hududi aksari qismining balandligi 1000?2000 m. Yirik tog? tizmalari: Mongoliya Oltoyi (balandligi 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Tog? tepalari, asosan, yasen. Janubiy va janubi-sharqida Gobi cho?lining bir kismi bor. Bu yerda vulkan tepalari qad ko?targan. Shimoliy va shimoli-g?arbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning sharqiy qismi Shimoli-sharq, janubiy va janubi-sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Ko?llar soyligi va Gobi cho?lida 30 ming km² yer kum bilan qoplangan. Mongoliya hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shimoliy qismi kaledon, janubiy qismi gersin burmalariga ajralgan.

Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?10°, ?35° (eng past temperatura ?50°), yozi iliq, qisqa, iyulning o?rtacha temperaturasi 18?26° (eng yuqori temperatura 40°). Yillik yog?in 100?300 mm, tog?aarda 500 mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzliklar bor. Yirik daryolari: Selenga, Kerulen, Onon, Dzab-xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va yezda to?lib oqadi. Yirik ko?llari: UbsuNur, Xirgis-Nur, Xubsugul va Hara-UsNur. Mongoliya hududining aksari qismi (60%)da kashtan, shuningdek, qo?ng?ir, tog?larda qora, vodiylarda o?tloqi tuproqlar tarqalgan. O?simliklarning 2 mingdan ziyod turi o?sadi. Mamlakatning shimoliy va Shimoli-sharqi dasht, janubiy va janubi-sharqi chala cho?l va cho?ldan iborat. Chala cho?lda saksovulzorlar uchraydi. Mongoliya hududining 10% o?rmon. Tog? yon bag?irlarida tilog?och, kedr, qarag?ay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchilarning 100 dan ortiq turi uchraydi. Qumsichqon, qo?shoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, maral, bo?ri, tulki va h.k. bor. Ba?zi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, gobi ayig?i) M.dan boshqa yerda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-O?la qo?riqxonasi tashkil etilgan.

Aholisining 90% dan ortig?i mongollar. Mamlakat shimolda buryatlar, shimoli-g?arbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili ? mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yo?nalishiga e?tiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

7-asrga tegishli artefaktlar. Ulan-Batordan 180 km (112 mil) uzoqlikdan topilgan.

Mongoliya hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yashab keladi. Ilk paleolit davrida matriarxal-urug?chilik, jez davrida patriarxal-urug?chilik tuzumlari shakllandi. Miloddan avvalgi 4? 3-asrlardan xususiy mulkchilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boshladi, qabilalar ittifoqi yuzaga keldi. Milodiy 4?10-asrlarda Jujan, Turk, Uy-g?ur, Qirg?iz xoqonliklari vujudga keldi. 10?12-asrlarda Mongoliya hududi Kidonlar saltanati tarkibiga kirdi. 13-asr boshida ko?pgina mo?g?ul qabilalari birlashib, Temuchin hukmronligidagi mo?g?ul davlatini tashkil etdi. 1206-yil mo?g?ul noyonlarining qurultoyida Temuchin buyuk xon ? Chingizxon deb e?lon qilindi. 1211-yildan Chingizxon va vorislarining bosqinchilik urushlari boshlandi. 13-asr o?rtalarida Shimoliy Xitoy, Tangut davlati, O?rta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Rossiyaning bir kismi Chingizxon qo?l ostiga o?tdi. Natijada yirik Mo?g?ullar davlati tashkil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi bo?lmagan saltanat bosqinchilik urushlari natijasida vujudga kelgan ichki ziddiyatlar oqibatida parchalanib ketdi. 1368-yil Xitoy, 1380-yilda Rossiya, 14-asrning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va O?rta Osiyo mo?g?ullar zulmidan ozod bo?ldi. 14-asrning oxirgi choragida Mo?g?ullar davlati batamom barham topdi. 15-asrda Esonxon (1440?55 yillarda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479?1543-yillarda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashgan Mo?g?ul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning o?limidan keyin mamlakat Janubiy Mo?g?uliston va Shimoliy Mo?g?ulistonga bo?linib ketdi. Shimoliy Mo?g?uliston ham o?z navbatida G?arbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-asrda M.ning uchala qismida jami 200 xonlik bo?lgan. 16-asr oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yo?nalishi yoyildi va 17-asr boshida davlat diniga aylandi. 1616-yilda Shimol-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634-yil Janubiy Mo?g?ulistonni bosib oldi va uni Ichki Mongoliya deb atadi. 1688-yilda Sharqiy Mo?g?uliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644? 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Mo?g?uliston (hozirgi Mongoliya xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi.

Mongoliyada yagona mustaqil davlat ? Oyrot xonligi ham 1758-yilda manjurlar tomonidan tugatildi va uning yarim milliondan ortiq aholisi qirib tashlandi. O?z hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Sin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini ko?rdi. 20-asr boshlarida Mongoliya Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19-asr oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati 20-asr boshlarida yanada kuchaydi. 1911-yil aratlarning yirik qo?zg?oloni bo?lib o?tdi. 1911-yil noyabrda Urga (hozirgi Ulan-Bator)da Sin sulolasi hokimiyati ag?darilib, mustaqil Mongoliya davlati tuzilganligi e?lon qilindi. Mamlakatdagi lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi ? Bo?g?dixon tuzgan hukumat Mongoliya suverenitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 yildan ortiqroq harakat qildi. 1915-yilda Rossiyaning Kyaxta shahrida chor Rossiyasi, Xitoy va Mongoliya vakillarining uch tomonlama konferensiyasi bo?ldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtoriyat bilan cheklandi. 1919-yilda Xitoy M.ga qo?shin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi.

1921-yil iyulda Urga shahrida Mongoliya mustaqilligi e?lon qilindi. 1924-yil 26-noyabrda mamlakat parlamenti ? Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) tuzilganligini ma?lum qildi va birinchi konstitutsiyani qabul etdi. 1992-yilgacha mamlakat shu nom bilan yuritildi. Shu yili qabul qilingan konstitutsiya kuchga kirgach, Mongoliya deb atala boshladi. 1990-yillarning boshlaridan Mongoliya taraqqiyotning yangi bosqichiga o?tdi ? markazlashgan rejali iqtisodiyot o?rniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boshladi, bir partiyali siyosiy tizimdan ko?p parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boshladi.

Mongoliya ? 1961-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Respublikasib-n diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 25-yanvarda o?rnatdi. Milliy bayrami ? 11-iyul ? Xalq Inqilobi kuni (1921).

Siyosiy partiya va tashkilotlari, kasaba uyushmalari Mongoliya xalq-inqilobiy partiyasi, 1921-yilda tuzilgan, 1999-yil martda Mongoliya xalq partiyasi uning tarkibiga kirgan; Mongoliya milliy demokratik partiyasi, 1992 i. oktyabrda tashkil etilgan; Mongoliya birlashgan konservativ partiyasi, 1993-yilda asos solingan; Mongoliya demokratik uyg?onish partiyasi, 1994-yilda tuzilgan; Mongoliya "ko?katparvarlar" partiyasi, 1990-yilda asos solingan; Mongoliya ishchi partiyasi, 1992-yilda tuzilgan; Mongoliya res-publikachilar partiyasi, 1992-yilda tashkil etilgan; Mongoliya sotsialdemokratik partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Mongoliya demokratik ittifoqi, partiyalar bloki, 1990-yilda asos solingan; "Vatan", koalitsiya, 1999-yilda tuzilgan, Yangi demokratik sotsialistik partiya bilan Mongoliya ishchi partiyasini birlashtiradi; To?rt ittifoq federatsiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan (Mongoliya demokratik ittifoqi, Yangi taraqqiyparvar ittifoq, Mongoliya yoshlari ittifoqi va Mongoliya talabalari ittifoqidan iborat). Mongoliya erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990-yil tuzilgan; Mongoliya kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1927-yil tashkil etilgan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mongoliya ? agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 34%, qishloq xo?jaligining ulushi 16%.

Ma?muriy bo?linishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mongoliya aymoqlariBayan-UlgiyArxangayBayanxongor (aymoq)Bulgan (aymoq)DornogovDornodGov-AltayGov-SumberDarxan-UulZavxanXovd (aymoq)Orxon (aymoq)SelengeDundgovSuxe-Bator (aymoq)UvsUverxangayXuvsgelXentiyUlan-BatorTuveUmnegov
Mongoliya aymoqlari

Qishloq xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

20-asrning 20-yillariga qadar iqtisodiyotning birdan bir tarmog?i mavjud bo?lib, u ham bo?lsa ko?chmanchi yaylov chorvachiligi edi. Astasekin qishloq xo?jaligining boshqa tarmoqlari, jumladan, dehqonchilik vujudga keltirildi. Bug?doy, kartoshka, sabzavot, yem-xashak yetishtirila boshladi. Chorvachilikda qo?ychilik yetakchi o?rinda; qoramol, echki, tuya, yilqi, mamlakatning ayrim joylarida qo?tos, bugu, shahar atrofida cho?chqa va parranda boqiladi. Aholi jon boshiga to?g?ri keladigan chorva mol jihatidan Mongoliya du-nyoda oldingi o?rinlardan birini egallaydi. 1991?92 yillarda sobiq 255 qishloq xo?jaligi birlashmasi (qishloq xo?jaligi kooperativlari) ak-siyadorlik kompaniyalariga (salkam 400 ta) aylantirildi. Mamlakatda chorvani xususiylashtirish asosan tugallandi. Chorva mollarning 90% xususiylashtirildi. Ilgari dehqonchilik hamda sof zotli va duragay chorva mollari yetishtirish bilan shug?ullanib kelgan ko?p davlat xo?jaliklari o?rniga ham aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

M.da dastlab yengil va oziqovqat sanoati, 20-asrning 40?60-yillarida og?ir sanoat (konchilik, energetika, yog?ochsozlik, qurilish ashyolari, metallsozlik) rivojlandi. Ke-yingi yillarda konchilikka ko?proq e?tibor qaratildi. Mongoliya yer ostida foydali qazilma xazinalari ko?p. Hozircha 30 dan ko?proq turdagi foydali kazilmalarning 500 dan ziyod koni aniqlangan, ular orasida toshko?mir, qo?ng?ir va kokslanuvchi kumir, uran, oltin, kumush, mis, molibden, kalay, flyuorit, temir rudasi, fosforit, qimmatbaho toshlar va boshqa konlar ochilgan. Turli qurilish ashyolari, keramzit va keramika gillari, ohaktosh, qum, shag?al, kaolin, ganch, alebastr, marmar, granit va shahrik.ning katta zaxiralari topilgan. Neft konlari qidirilmoqda. 400 dan ko?proq issiq va sovuq ma?danli suv manbalari topilgan va urganilgan. Ulardan foydalanish uchun ko?pgina qo?shma korxona va birlashmalar barpo etilgan. Elektr energiyasi GESlarda hosil qilinadi. Yiliga o?rtacha 2,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqariladi. Birlashgan energiya tizimi barpo etilgan. Mongoliya sanoatida gusht, un kombinatlari, non zavodi, gilam fabrikasi, po?stin-mo?yna, oyna va chinni korxonalari, bosmaxonalar bor. Sement, g?isht, uy bloklari, doridarmon, poyabzal, jun- gazlama ishlab chikariladi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ko?p yuklar temir yo?l va avtomobil transportida tashiladi. Transport yo?li uzunligi ? 1,8 ming, avtomobil yo?llari uzunligi ? 46 ming km. Xubsugul ko?li, Selenga va Orxon daryolarida kema qatnaydi. Havo floti 1956-yildan ishlaydi. Eng katta aeroporti Ulan-Batorda.

Tashqi savdosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1980-yillarning oxirigacha mamlakat savdosi bir tomonlama, faqat O?zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi mamlakatlariga yunaltirilgan edi. Asosiy mijozi sobiq SSSR bo?lgan. 1990-yillar boshida Mongoliya "ochiq eshik" siyosatini faol utkaza boshladi, boshqa mamlakatlar, chunonchi Yaponiya, AQSH, Germaniya, Jach. Koreya, Singapur, Gonkong va boshqa bilan munosabatlar rivojlandi. Ekspor-tda chorvachilik, konchilik, yengil va oziqovqat sanoati mahsulotlari mu-him urin tutadi. Chetdan mashina-uskunalar, neft mahsulotlari, qora metallar, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat, keng iste?mol mollari xarid qiladi. Tashqi savdodagi mijozlari: MDH davlatlari, Xitoy, Yaponiya. Pul birligi ? to'g'rik.

Maorifi, ilmiy va madaniy ma?rifiy muassasalari. 2000-yilda 660 umumiy ta?lim maktabida 381 ming bola, 47 oliy o?quv yurti, jumladan, 27 ta davlat universiteti, institut va kollejlarda 60 ixtisoslik buyicha bakalavr, 32 ixtisoslik bo?yicha magistr unvonini olish uchun 26265 talaba ta?lim oldi. Ulan-Bator shahrida Mongoliya Fanlar akademiyasi ish olib boradi. M.da bir qancha ilmiy tadqiqot muassasalari ham mavjud. M.da 424 ta ku-tubxona (4,2 mln. asar) bor. Yiriklari: Davlat xalq kutubxonasi, Fanlar akademiyasi va universitet kutubxonalari. Muzeylari: Davlat markaziy muzeyi, Nafis san?at muzeyi, Din tarixi muzeyi va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi. M.da bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: "Unen-uu?" ("Haqiqatmi?", haftada Z marta chiqadigan gaz., 1920-yildan; 1996-yil urtalarigacha "Unen" nomi bilan nashr etilgan; 1996-yil sentabrdan hozirgi nomda), "Zalgamjlagch" ("O?rinbosar", 2 oyda bir marta chiqadigan jurnal, 1926-yildan), "Xudulmur" ("Mehnat", haftada 3-marta chiqadigan gaz., 1928-yildan), "Xumuun" ("Inson", gaz., 1990-yildan), "Ardin tur" ("Xalq hokimiyati", yiliga 4-marta chiqadigan jurnal, 1950-yildan), "Mongolii duu xooloy" ("Mongoliya ovozi", gaz., 1992-yildan), "Mongolii xudoo" ("Mongol qishlog?i", haftalik gaz., 1970-yildan), "Ardchilal tayme" ("Demokratiya vaqti", gaz., 1993-yildan), "Yertons" ("Koinot" gaz., 1990-yildan), "Sog" ("Mash?ala", 2 oyda bir marta chiqadigan jurnal, 1994-yildan). Mongol telegraf agentligi (MONSAME), qukumat agentligi, 1921-yilda tuzilgan; Mongoliya ovozi, axborot agentligi, 1992-yilda tashkil etilgan; San-press, axborot agentligi, 1992-yilda asos solingan. Mongol radioasi 1934-yilda, Mongol teleko?rsatuvi 1967-yilda tashkil etilgan.

Aaabiyoti. Mongol xalq og?zaki ijodiyotida qo?shiq, doston, ertak, madhiya, pandnasihat, afsona, topishmoq, maqollar ko?p. Yozma adabiyoti 12? 13-asrlarda boshlangan. "Argasun xuurch qissasi", "Yetim bolaning to?qqiz chingiziy baxrdir bilan suhbati", "Togontemurning yig?isi" kabi asarlar keng tarqalgan. 17-asrda yilnomalar vujudga keldi. 19-asrda yaratilgan "Ko?k kitob" trilogiyasi (muallifi Injinash) va boshqa ko?pgina asarlar xalq orasida mashhur. 20-asrda Mongoliya adabiyoti folklorga, adabiy merosning eng yaxshi an?analariga tayanib, ilg?or jahon adabiyoti bilan aloqani kuchaytirib, rivoj topa boshladi. 1929-yilda adiblar to?garagi tashkil topdi, u 1930-yilda Mongoliya yozuvchilari uyushmasiga aylantirildi. D. Na-sagdorj, S. Damdinsuren kabi yozuvchilar pyesalari, she?rlari bilan mongol adabiyoti rivojida muhim rol o?ynadilar. 40? 50-yillarda S. Dashdendev, D. Sevegmid, Ch. Lhamsuren, D. Tarva, B. Baast kabi adiblar tarixiy mavzularda, xalqlar do?stligi va hamkorligi samaralari to?g?risida asarlar yaratdilar. 50? 60-yillarda yirik polotnoromanlar ijod qilindi. D. Sengee xalq qahramoni haqida "Ayushi" qissasini (1947), B. Rinchen "Cho?l tongi" romanini (1955), Ch. Lodoydam "Oltoyda" romanini (1949) yaratdilar. Bu asarlarda mongol xalqining hayoti yorqin aks ettirildi. B. Basst, Mongoliya Gaadamba, S. Ud v a l kabi adiblarning hikoyalari axloq masalalariga, mongol ayollari qismatiga bag?ishlandi. Hozirgi davr adabiyotida S. Gaytav, B. Yavuxulan, Ch. Chimid, D. Purevdorj va boshqa shoirlarning she?rlari alohida ajralib turadi. Ja-hon adabiyotining eng yaxshi asarlarini tarjima qilishga alohida ahamiyat berildi. Hamza, Oybek, G?. G?ulom, Mir-muhsin, Rahmat Fayziy, Turob To?la va boshqa o?zbek yozuvchilarining asarlari mongol tiliga, shuningdek, mongol yozuvchilarining bir qancha asarlari o?zbek tiliga tarjima qilingan (L. Tudevning "Suxe-Bator" qissasi, D. Na-sagdorjning "Tanlangan asarlari", "Mongol ertaklari" va boshqalar) hududidan jez davrining boshlariga oid qoyalarga o?yib tushirilgan yoki bo?yoq bilan ishlangan hayvon (ot, qulon, yovvoyi echki, bo?ri, ilon)larning tasvirlari topilgan. Xovd somoni (tumani)dagi qoya toshlariga ishlangan odamlar va to?rtta ot qo?shilgan to?rt g?ildirakli arava tasviri ayniqsa diqqatga sazovor. 6?8-asrlarda hunarmandchilik rivojlanib, matolar, kigiz, kuchmanchi chorvadorlar va jangchilarning ot abzallari va qurol-yarog?lari o?simliksimon naqshlar bilan bezatila boshlagan. 6?9-asrlardagi shahar vayronalaridan toshga ishlangan bo?rtma va bosma usulda naqshlangan sopol idishlar topilgan. M.ning turli joylarida g?isht va guvaladan tiklangan daxmalar tepasiga haykalchalar o?rnatilgan. 10-asrdagi mamlakat poytaxti O?rda Baliq (key-inroq Hara Balgas) harobalari orasida mudofaa istehkomlari, uylar, ibodatxonalar ko?zgatashlanadi. 10?12-asrlarda shaharlar jadal qurildi. Odatda, shahar imoratlari yorug?lik tushishiga qarab rejalangan, zovurlar va tepaliklar bilan o?ralgan, darvozalari va minoralari bo?lgan. Bir yoki bir necha ko?cha chetlaridagi ma?muriy binolar, ibodatxonalar va turar joylar atrofi devor bilan o?ralgan. Imoratsiz joylarda aholi va jangchilarning o?tov hamda chodirlari bo?lgan. Qadimgi Bars-Xot (10?12-asrlar) shahri kavlanganda budda ibodatxonasi va pagodalari qoldiqlari, ma?buda va hayvonlarning loydan ishlangan haykalchalari, o?yma yog?och bezaklar va me?moriy bo?laklar chiqqan. 16-asrdan 20-asr boshlarigacha shahar va qishloqlardagi asosiy turar joylar yog?och sinchli, surma panjara devorli, eshikli o?tovlardan iborat bo?lgan. Monastir va ibodatxonalar ko?plab qurilgan.

20-asrning 20-yillaridan eski shaharlar (Ulan-Bator) qayta qurilib, yangi shaharlar (Darxan, Nalayxa, SaynShand) barpo etildi. Binolar kurishda 20? 30-yillarda konstruktivizm ta?siri ko?rindi. 40?50-yillarda binolarning old tomonlari hashamli ? kolonnali, milliy bezakli qilib ishlandi (Ulan-Batordagi universitet). 50-yillarning o?rtalaridan boshlab iqlim hisobga olingan holda binolarni keng va qulay qilib qurishga ahamiyat berildi. 60?90 yillarda qurilishda industrial va yig?ma uysozlik usullaridan keng foydalanildi. Keyingi davrlarda metallsozlik, yog?och o?ymakorligi, kashtachilik kabi an?anaviy tarmoqlar bilan bir qatorda chinni pishirish, kulolchilik, gilamchilik, suyak o?ymakorligi rivoj topa boshladi.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Musiqasi qadimgi an?analarga boy. Qo?shiqchi, sozanda, xalq dostonlarini kuylovchi baxshilar azaliy xalq ijodiy merosini saqlab qolganlar. Qahramonlar haqidagi rivoyatlarni qo?shiq qilib aytish qadimdan odat bo?lgan. Xalq aytishuvlari (ikki xonanda basmabas aytadigan qo?shiqlar) ayniqsa keng ommalashgan. M.da tomoqdan ikki xil tovush chiqarib qo?shiq aytishning o?ziga xos usuli ham urf bo?lgan. Ishqiy, maishiy, inqilobiy, tarixiy, diniy qo?shiqlar, safarga chiqqanda aytiladigan va hazil-mutoyiba qo?shiklari ko?p. Xalq cholg?u asboblari: limba (nayning bir turi), morinxur va xuchir (torli kamoncha), shanz (chertib chalinadigan asbob), yoochin (changning bir turi) va boshqa

Zamonaviy Mongoliya musiqasi 20-asrning 20?30-yillarida vujudga kelib, rivojlana boshladi. "Shive Kyaxta" deb atalgan birinchi partizanlar qo?shig?i 1921-yilda ijod qilindi. S. Gonchiksumla, U. Lubsanxurchi va Mongoliya Dugorjav kabi kompozitorlar tanilgan. Turli musiqiy janrlar (xor, opera, simfoniya) rivojlana boshladi. Ulan-Batorda Opera va balet teatri o"childi, unda mahalliy va chet el mualliflarining asarlari sahnalashtirildi. Mongoliya xalq ashula va raqs ansambli, simfonik orkestr, duxovoy orkestr, aymoq markazlarida musiqali drama teatrlari, Ulan-Batorda musiqalixoreografiya bilim yurti bor.

Teatrning kelib chiqish ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Xalq tomoshalarining shakllari xilma-xil bo?lgan. Xonandalarni xurch, baxshilarni uligerch deb ataganlar. Yaxshi niyat tilaguvchi yorolch va magtalchlar baland ovozda gapirayotganda raqs ijro etib turilgan. Biyeleg raqslarida teatr unsurlari ko?zga tashlanadi. To?ylar, farzand tug?ilishiga bag?ishlangan marosimlar, hosil bayramlarida voqeiy tomoshalar ko?rsatilgan. 17-asrdabu joylarda buddaviylik yoyilishi munosabati bilan vujudga kelgan sam deb atalgan diniy teatrlarga va dunyoviy saroy teatrlariga ham ushbu teatr shakllari kirib keldi. Yangi yil bayrami kunlari ko?chalarda qo?g?irchoq spektakllari ko?rsatiladi. 20-asr boshlarida havaskorlik to?garaklari rivojlana boshladi. 20-yillarda Ulan-Batorda tashkil etilgan drama to?garaklari asosida professional teatrlar vujudga keldi. 1930-yil poytaxtda teatr studiyasi ochildi va o?sha yiliyoq uning negizida Davlat musiqali drama teatri tashkil etildi. 1948-yildan Ulan-Batorda qo?g?ir-choq teatri, 1950-yildan Markaziy bolalar teatri ishlaydi. Ularda mongol xalqining tarixi va hozirgi hayotini aks ettiruvchi pyesalar bilan bir qatorda jahon klassikasi durdonalari ham o?rin olgan.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1935-yil Ulan-Batorda " Mongolkino" studiyasi tashkil qilingach, kino san?ati rivoj topdi. 1936-yildan hujjatli filmlar chiqarila boshladi. "Norjmaning yo?li" birinchi badiiy filmi 1938-yilda suratga olindi. "Bo?ri galasi" (1939), "Birinchi saboq" (1940), "Ikki chorvador" (1955), "Yo?limizdagi to?g?anoqlar" (1956), "Qalb amri" (1966), "Toshqin" (1966) kabi filmlar mongol xalqining hayotini tasvirladi. Keyingi yillarda "Kuyov", "Visol", "Motor shovqini", "Dovon ketidan dovon" filmlari yaratildi. Yiliga bir necha badiiy film, 30 ga yaqin qisqa metrajli hujjatli film ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston Mongoliya munosabatlari

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found