Internet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Internet ( lotincha : inter ? aro va net ? tarmoq ) ? standart minimal internet protokoli (IP) orqali ma?lumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq to?plamidir. Bu ma?lumotlarning asosiy tashuvchi protokoli ? TCP/IP .

Internet tarmog?ining tuzilishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

TCP/IP o?zaro bog?liq protokollar yig?indisi bo?lib, internetda ma?lumot tarqalishida asosiy o?rin egallaydi. Internet tarmog?ini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta , chat hamda o?zaro bog?langan sahifalar va boshqa Butunjahon o?rgimchak to?ri servislaridan tashkil topadi.

Internet tizimi va bog?lanish [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Internet ? katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o?zaro bog?lovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik o?rni, zamon va makondan qat?iy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar o?zaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda iste?molchilarga ma?lumotni saqlash, e?lon qilish, jo?natish, qabul qilish, izlash va ma?lum bo?lgan barcha variantlar ( matn , tovush , videotasvir , fotosurat , grafika , musiqa tarzida va boshqalar ko?rinishlar)da axborot almashinishga imkon yaratadi.

Internetning rivojlanish tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Internet tizimi XX asrning 60-yillarida paydo bo?ldi. O?sha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga to?g?ri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush bo?lib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek bo?lsa, o?rniga yangi qo?shimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shug?ullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda internet tarmog?i uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki o?n yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish sur?ati davlat, ta?lim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning o?ziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bog?liq bo?ldi.

XX asrning 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular o?zaro hamkorlikka doir qaydnomalar ? Internetworking protocols (IP) bo?lib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP o?rnatgan tartibga ko?ra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani ko?p tarmoqlar orqali ?birinchi punktdan to oxirgi punktgacha“ yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.

Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablag? bilan ta?minlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch ta?minlash manbai ajralib turdi: hukumat, universitetlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).

80-yillarda internet o?ziga xos tarzda universal ko?lamlargacha rivojlana boshladi. O?sha davrda internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning o?sishi ?oyiga 20 foizdan ko?paytirib borish“ shiori ostida bordi. Masalan, AQSHning asosiy tarmog?i bir sekundda 165 million bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu sur?at bir sekundda ?Brittanika“ ensiklopediyasini uzatish uchun yetarli. 80-yillar o?rtalarida internetni jamoat va tijorat tarmoqlariga ulash natijasida Internet tizimi ham ko?lam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda internet tizimini boshqarish borasida tub o?zgarishlar yuz berdi.

Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U o?z faoliyatida o?zini o?zi rostlab turish, o?zini o?zi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yo?q. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar Internet Architecture Board (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. XX asrning oxirgi o?n yilligida internet tizimi beqiyos darajada o?sdi. Agar 80-yillar oxirida internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat ko?rsatgan bo?lsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni o?nlarcha millionga yetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi bo?yicha 160 million kishini tashkil qildi (1999).

Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa ?bog?lash“ning ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U World Wide Web ( Jahon o?rgimchak to?r i) tizimida o?z aksini topdi. Bu tizim internetni o?ziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega bo?ldi. Endi internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan to?g?ridan-to?g?ri olib berishga ham qodir.

Internet barcha an?anaviy informatsiya tizimlari ? telekommunikatsiya , teleradioeshittirish , informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish kabilarning texnologik imkoniyatlarni uyg?unlashtirib qo?llanganligi uchun u bir necha vazifani ? informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, ta?lim-tarbiya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va hokazo) ga taalluqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kompaniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qo?shilish imkonini beradigan vosita vazifasini o?taydi.

Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (internet bilan aloqa o?rnatishga xizmat ko?rsatadigan kompaniyalar), internet informatsiyasi iste?molchilari soni ham ko?paymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida internet ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar , jurnalistlar , informatsiya agentliklari, i. ch. hamda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy ta?sir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmog?i yoki sun?iy yo?ldosh orqali internetga chiqish mumkin bo?ldi. Buning uchun internet bilan aloqa o?rnatishga xizmat ko?rsatadigan kompaniyalar ? provayderlar bo?lishi lozim. O?zbekistonda internetga ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997-yildan ko?rsatila boshladi. Dastlab Naytov ( http://www.naytov.com ), Uznet ( http://www.uznet.net ( Wayback Machine saytida 2013-02-16 sanasida arxivlangan )) yoki Istlink ( http://www.eastlink.uz ( Wayback Machine saytida 2020-06-12 sanasida arxivlangan )) kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). O?zbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari internet tarmog?ining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi ma?lumotlarni matn, surat yoki videotasvir ko?rinishida olishi mumkin. Bu ma?lumotlar internet tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular ?qidiruv dvigateli“ deb ataladi, ma?lumotlarning mundarijasini ma?lumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va o?sha ma?lumotlar joylashgan ?internet manzili“ni abonentga beradi. Mazkur manzil bo?yicha ma?lumotlar ?Internet varaqchalari“da saqlanadi. Abonent biror ma?lumotni, masalan, ?paxta“ so?zini qidiruv dvigateli orqali qidirsa, shu so?zga tegishli ma?lumotlarni, paxta bilan ish olib boradigan kompaniyalar ro?yxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. Internet varaqchalari shaxsiy va rasmiy bo?lishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi ma?lumotlarni o?z ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli bo?ladi, ularda hukumat idoralariga doir ma?lumotlar saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari, kompaniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yo?lga qo?yish, internet varaqchalarida suratlar bilan berilgan mahsulotlarni xarid qilish mumkin.

Xalqaro Internet tizimida O?zbekiston haqida ham ma?lumotlar bor. Rasmiy varaqchalardan O?zbekiston hukumati varaqchalari, O?zbekistonning AQSHdagi elchixonasi varaqchalari va boshqa ko?plab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda O?zbekiston Respublikasiga tegishli deyarli barcha ma?lumotlar bor. Bulardan tashqari, O?zbekistonga taalluqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: ?Umid“ varaqchasi, o?zbek estradasi haqidagi varaqcha va boshqa 2000-yil fevral oyidan boshlab internet efiriga O?zbekiston televideniyesi (O?z TV)ning ?Axborot“ dasturi chiqa boshladi, O?z TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. Informatsiya resurslariga oid ko?p masalalarni respublikadagi yirik kutubxonalar shu sohadagi internet tarmog?i ko?lamiga suyangan holda hal qiladi. Masalan, Tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, O?zbekiston fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi va boshqalar.

O?zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ?Internetning xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni ta?minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to?g?risida“gi qarori (2001) O?zbekistonning bu borada xalqaro miqyosda o?z mavqeiga ega bo?lishiga xizmat qiladi. O?zbekistonda ma?lumotlarni uzatish milliy tarmog?i O?zPAK Davlat kompaniyasi va O?zNET tarmog?idan iborat.

Internetdan foydalanuvchilar soni, masalan, AQSH da 55 million, Xitoyda 55 million, Yaponiyada 8 milliondan oshib ketdi. Keyingi o?rinlarni Angliya , Kanada , Germaniya davlatlari egallagan, Rossiya Federatsiyasi millionli chegarani egallamoqda. O?zbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro internet tarmog?iga ulanish O?z PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali ta?minlanadi. Respublikada 50 ga yaqin internet-provayder ro?yxatga olingan. O?zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida O?zbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat ko?rsatmoqda (2002). [1]

Internet yaratilish tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tug?ildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan to?r , navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo bo?lishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki bo?ldi.

Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo bo?la boshladi.

1991-yil CERN Butunjahon o?rgimchak to?ri loyihasini e?lon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML , HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo bo?lishidan 2 yil keyin sodir bo?ldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo bo?ldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tug?ila boshladi. 1996 yildan internet so?zidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon o?rgimchak to?rini anglatadi.

Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yo?qligi uni organik rivojlanishiga sabab bo?ldi. Hozirda internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil