Afg?on urushi (1979?1989)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afg?on urushi

Sanalar 1979 - 1989 -yillar
Urush yeri Afg?oniston
Raqiblar
SSSR bayrogʻi SSSR
Afgʻoniston bayrogʻi Afg?oniston
Sunni Mujahideen :

Supported by:
Pokiston bayrogʻi Pokiston [1]
AQSH bayrogʻi AQSh [2] [3] [4] [5]
  United Kingdom [4] [6] [7]
  China [8]
  Saudi Arabia [3] [4] [9] [10] ---- Shia Mujahedeen :

Supported by:
Eron bayrogʻi Eron [1]

Qo?mondonlar
Sovet Ittifoqi Leonid Brejnev
Sovet Ittifoqi Yuriy Andropov
Sovet Ittifoqi Konstantin Chernenko
Sovet Ittifoqi Mixail Gorbachyov
Sovet Ittifoqi Dmitriy Ustinov
Sovet Ittifoqi Sergey Sokolov
Sovet Ittifoqi Dmitriy Yazov
Sovet Ittifoqi Valentin Varennikov
Sovet Ittifoqi Igor Rodionov
Sovet Ittifoqi Boris Gromov
Afgʻoniston bayrogʻi Afg?oniston Babrak Karmal
Afgʻoniston bayrogʻi Afg?oniston Muhammad Najibulloh
Afgʻoniston bayrogʻi Afg?oniston Abdul Rashid Do?stum
Afgʻoniston bayrogʻi Afg?oniston Abdulqodir Dagarval
Afgʻoniston bayrogʻi Afg?oniston Shohnavoz Tanay
Afgʻoniston bayrogʻi Afg?oniston Muhammad Rafiy
Ahmadshoh
Abdulhaq
Abdulloh A?zam
Ismoilxon
G?ulbuddin Hikmatyor
Jaloliddin Haqqoniy
Mulla Naqib
Abdul Rahim Vardak
Fazalhaq Mujohidiy
Burhoniddin Rabboniy

Muhammad Asif Muhsiniy
Asif Qandahoriy
Sayid Ali Behishtiy
Mosbah Sade

Yo?qotishlar
14,453* 9,500 killed in combat [11]
  • 4,000 died from wounds [11]
  • 1,000 died from disease and accidents [11]

53,753 Wounded [11]

265 Missing [12]

Mujahideen:

75,000-90,000 killed, 75,000+ wounded (tentative estimate) [13]

Afg?on urushi 1979-yil 25-dekabr-1989-yil 15-fevral oralig?ida bo?lib o?tgan.

Yangi hukumat Afg?onistondagi real hayotni hisobga olmay islohotlar o?tkazishga kirishdi. Bu islohotlar SSSRda o?tkazilgan islohotlar andozasiga o?tish edi. Shuning uchun ham Afg?oniston xalqi bu islohotlarni qabul qilmadi. Ruhoniylar hukumat siyosatini islom asoslaridan qaytish, deb baholadi. Ular aholini sovetparast hukumatga qarshi kurashga chaqirdi. Millionlab xalq Pokiston va Eron hududiga qochib o?tdi. Hukumatga qarshi kuchlar ittifoqi vujudga keldi. AXDPda birlik bo?lmadi. 1978-yil 17-avgustda B. Karmal, Abdulqodir va boshqalar fitnada ayblanib qamoqqa olindi. Bu omil mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishini muqarrar qilib qo?ydi. Bu e’lon qilinmagan urushni G?arb rag?batlantirdi. Buning ustiga AXDP ichida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Shunday sharoitda, 1979-yil sentabr oyida Taraqqiy o?ldirildi. Hokimiyatni uning o?rinbosari, suiqasd tashkilotchisi H. Amin egalladi. Mamlakatda terror va zo?ravonlik avj oldi. Aprel inqilobi shu bilan barham topdi. Aprel to?ntarishi va uning oqibatlari 271 Bu davrga kelib qurolli muxolifat kurashni kuchaytirdi. Ular Amin hukumatini qiyin ahvolga solib qo?ydi. Hukumat qo?shinlari nazorati ixtiyorida faqat Kobul va yana bir nechta shahar qoldi, xolos. Shunday sharoitda Afg?onistonning o?z strategik maqsadlari doirasidan chiqib ketishini istamagan SSSR avantyuraga qo?l urdi. 1979-yil 25-dekabrda SSSRning qo?li bilan Amin hukumati ag?darildi. SSSRga sodiq bo?lgan va Pragadagi elchilik vazifasidan Afg?onistonga kelgan B. Karmal prezidentlik lavozimiga o?tkazildi. 28-dekabrda SSSR o?z harbiy qismlarini Afg?onistonga kiritdi. Tez orada bu qo?shinlar soni 85 ming kishiga yetdi. Jahon jamoatchiligi SSSRning bu harakatini qattiq qoraladi. Ayni paytda sovet ? amerika munosabatlari yanada keskinlashdi. 1982-yildan Jenevada bu masalada BMT komissiyasi ishladi. Asosan Pokiston hududiga joylashgan muxolifatchi kuchlari AQSHning zamonaviy qurollari bilan qurollantirildi. SSSR qo?shinlari Afg?onistonda 10 yil turdi. Harbiy operatsiyalarda qatnashdi. Biroq u himoya qilgan rejim hech nimaga erisha olmadi. Xo?sh, nega shunday bo?ldi? Chunki Afg?oniston hukumati sovet nusxasidagi jamiyatni qurmoqchi bo?lgan edi. Afg?onistonda bunday jamiyatni qurishning esa iloji yo?q edi. Ikkinchidan, afg?on xalqi ko?z o?ngida yangi hukumat ateistik davlat armiyasini o?z davlati hududiga kiritib katta gunohga botgan edi. Bunday hukumatni qo?llash esa undan-da katta gunoh bo?lur edi. Shu tariqa SSSR Afg?onistonda harbiy muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buni yaxshi anglab yetgan M. S. Gorbachyov SSSR armiyasini Afg?onistondan olib chiqib ketishga qaror qildi. Va 1989-yilning fevral oyida bu vazifa amalda bajarildi. 15 mingdan ortiq sovet jangchilari halok bo?ldi.

Sovet o'z hududini janubga qarab kengaytirish ilinjida Afg?oniston yerlariga yana ko'z olaytira boshlagan edi. O'z siyosatini, mafkurasini Afg'on yerida majburlash kuch ishlatish yo'liga o'ta boshladilar. SSSR armiyasi tish tirnog'igacha qurollangan holda tank o'qotar qurollar zirhli texnika va aeroflot xizmatidan foydalangan holda ochiqchasiga Afg?oniston davlatiga Anneksiya harakatida bosqinchilikni boshladilar. Hatto BMT ham Gegamon davlatlar ham bunga qattiq raddiyalarini berishdilar. Afg?oniston mudofaasi dunyo ning Yirik qudratili armiyasining tajovuziga qarshi tura oldi. Ammo Million lab tinch aholisi qariyalar ayollar va bolalarni sovet bosqinchilari tomonidan vahshilarcha o'ldirilgan. SSSR ning dunyodagi mavqeyi tobora yomonlashib boraverdi va bu Sovet davlatini parchalanishiga olib keldi.

Halok bo?lganlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1988-yil Afg?oniston prezidenti Najibullo bergan statistikaga ko?ra urushda 243 ming 900 nafar odam vafot etgan. Shundan 35 ming 700 nafari ayol, 20 ming 700 nafari yosh bola. Qolganlari harbiy xizmatchilar va fuqaro erkaklar. 77 ming kishi esa yaralangan yoki nogiron bo?lgan.

AQSh manbalarida esa Sovet-Afg?on urushida bir million odam halok bo?lgani keltiradi. Ahmad Shoh Mas?ud esa bir yarim million odam halok bo?lgani, besh million odam mamlakatdan qochib chiqib ketgani haqida ma?lumot bergan. Biroq hozirda Afg?oniston hukumati o?n yillik urushda 330 ming afg?on halok bo?lganini aytmoqda.

O?n yillik urushda sobiq Ittifoq armiyasidan 14 ming 427 askar va ofitserlar, KGBning 576 ta xodimi, ichki ishlar Vazirligining 28 xodimi, o?sha paytda SSSR chegarasida turgan 514 ta chegarachi halok bo?ldi. 416 ming kishi esa kasallik (kontuziya, asab va b.) orttirib olishdi.

Afg?on urushida ishtirok etgan sovet armiyasi 650 ming harbiy xizmatchidan iborat edi. Eng ko?p halok bo?lish 1984-yilga to?g?ri keldi. O?sha yilning o?zida sovet armiyasidan 2 ming 343 ta askar va ofitserlar o?ldirildi. Sovet armiyasidan jami 417 ta harbiy xizmatchi asirga tushdi yoki bedarak yo?qoldi. Shundan 130 tasi urush vaqtida asirlikdan ozod qilindi. Asirlarni ozod qilishda AQSh ham ishtirok etdi. Taxminan 30 kishi asirlikdan keyin SSSRga qaytmay, Yevropa va Amerikada yashashga qaror qildi. Shulardan uch kishi keyinchalik vataniga qaytdi.

Qurol-aslahalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Urushda Afg?onistonning 362 ta tanki , 804 ta bronatransportyori , 120 ta samolyoti , 169 ta vertolyoti mujohidlar tomonidan yo?q qilindi. Shuningdek, mujohidlar SSSRning 147 tankini , 1 ming 314 ta bronamashinasi ( BTR , BMP va h.)ni, 510 ta injenerlik mashinasini, 11 ming 369 ta yuk va benzovoz mashinalarini, 433 ta artilleriya texnikasini, 118 ta samolyotini , 333 ta vertolyotini yakson etishdi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Goodson, P. L. Afghanistan?s Endless War: State Failure, Regional Politics, and the Rise of … . pp. 147, 165. [1]
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Oily
  3. 3,0 3,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Brzezinski
  4. 4,0 4,1 4,2 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Wilson
  5. ?"Reagan Doctrine, 1985," United States State Department“ . State.gov. 2007-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2011-yil 20-fevral.
  6. Interview with Dr. Zbigniew Brzezinski  ? (13-iyun 1997-yil). Part 2. Episode 17. Good Guys, Bad Guys. 13-iyun 1997-yil.
  7. Corera, Gordon . MI6: Life and Death in the British Secret Service . London: Phoenix, 2011. ISBN  978-0753828335 .  
  8. Shichor. pp157-158
  9. Crile, George . Charlie Wilson's War: The Extraordinary Story of the Largest Covert Operation in History . Atlantic Monthly Press, 2003. ISBN  0-87113-854-9 .  
  10. Saudi Arabia and the Future of Afghanistan , 2014-10-07da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2014-02-27
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named vfw.org
  12. Associated Press. ?Russia asks Afghanistan for help with over 200 Soviet troops missing since war in 1980s“ (15-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 10-iyul 2013-yil.
  13. Antonio Giustozzi . War, politics and society in Afghanistan, 1978?1992 . Hurst, 2000. ISBN  1-85065-396-8 . ?A tentative estimate for total mujahideen losses in 1980-02 may be in the 150?180,000 range, with maybe half of them killed.“