Tikuchar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tikuchar 1922

Vertolyot yoki tikuchar gorizontal parraklar yordamida ko‘tariluvchi va harakat etuvchi havo kemasidir . Vertolyot atamasi ruscha вертолёт (aylanma uchoq) so‘zidan olingan.

Mi-8

Vertolyot ? tikka ko?tariladigan va qo?nadigan havodan og?ir uchish apparati; unda ko?tarish kuchini bitta yoki bir nechta (ko?pincha, ikkita) eltuvchi vint vujudga keltiradi. V. turgan joyidan ko?tariladi, tikkasiga pastlab qo?nadi, osmonda bir joyda muallaq turishi, vertikal o?q atrofida istalgan tomonga burilishi, xohlagan yo?nalishda to?g?ri uchishi mumkin. V.ni ninachiga qiyosan yasashga ko?p urinishlar bo?lgan. Dastlabki urinish 15-asrga to?g?ri keladi. V.ning birinchi rasmi italyan olimi Leonardo da Vinchi qo?lyozmalaridan birida topilgan. U gelikopter (yun. heliros ? spiral, vint va pteron ? qanot) yasash g?oyasini bergan, lekin uni amalga oshirolmagan. Yuqoriga ko?tarila oladigan dastlabki V. (gelikopter) modelini rus olimi M. V. Lomonosov 1754 yilda yasagan. Unda dvigatel rolini prujina o?tagan, uning ikki tomonga aylanadigan ikki vinti bo?lgan. Vint-qanotli apparatlar, ya?ni V.lar yasash g?oyasini Fransiyada 1835?65 yillarda P.d.’ Amerkur va G.de Landell rivojlantirishdi. Rus olimi B. N. Yurev 1912 yilda havo vinti nazariyasini rivojlantirib, V. sxemasini taklif qildi va 1930 yilda shu sxema bo?yicha, asosiy elementlari zamonaviy V.nikiga uxshash bir vintli, bir o?rinli SAGI 1?EA rusumli jahonda birinchi V.ning tajriba variantani yasadi. Shu bilan u vertolyotsozlikka asos soldi. 1941 yilda u I. P. Bratuxin bilan birga ikki vintli "Omega" vertolyotini yasadi va 1946 yilda uchirib namoyish qildi. Shundan keyin birin-ketin turli rusumdagi V.lar yasala boshladi. Rossiyada M. L. Mil va N. I. Kamov rahbarligidagi ilmiy-loyihalash muassasasi, AQShda "Sikorskiy". "Boing", "Bell", "Kaman", Fransiyada "Syudaviason", Angliyada "Uestlend", Italiyada "Agusta" firmalari V.sozlikka katta hissa qo?shishdi. V.larni ko?plab i.ch. sobiq Ittifoqda 1951 y. boshlandi. M. L. Milning "Mi4", "Mi-6", "Mi-8", "Mi-10", "Mi-12" V.lari, keyinchalik N. I. Kamovning "Ka-15", "Ka-18, "K-25", "K-26", "Ka-50" "Uchuvchi akula" harbiy V. va b. Rusumli V. ishlab chiqarila boshladi. Hozir turli-tuman rusumli V.larni i.ch. taraqqiy etgan.

V.ning tezligi 350 km/soat gacha yetadi (agar qo?shimcha dvigatel o?rnatilsa 500 km/soat dan oshadi), 50 t gacha yukni ko?tarib ucha oladi. V.ning bir vintli, ikki vintli va ko?p vintli, qanotli va qanotsiz xillari bo?ladi. Har qanday sxemadagi V. planer (fyuzelyaj, shassi, boshqarish organlari, elektr, radio va navigatsiya jihozlari), vintli eltuvchi tizim (eltuvchi vintlar), dvigatel (kuch) qurilmasi (qarang Vertolyot dvigateli) dan iborat. Mexanik yuritmali bir vintli V.da bulardan tashqari quyruq vinti va bu vintni boshqarish tizimi ham bo?ladi. V.lar xalq xo?jaligida (qarangx. zararkunandalari bilan kurashish, yo?lovchilar va yukni tashish), geol.-qidiruv ishlarini bajarish, gravimetrik suratga olish, muzliklarni kuzatish, o?rmondagi yong?inlarni o?chirish, yirik jihozlarni tashish va o?rnatishda, qurilishda, borish qiyin bo?lgan joylarga shifokorlarni olib borishda, qutqaruv ishlari va b. ishlarda keng qo?llaniladi. V.lardan harbiy ishda ham foydalaniladi (yana q. Aviatsiya) . [1]


Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil