Iroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iroq Respublikasi

Aj-Jumhuriyah Al-'Iraqiyah
?????? ?????
Komara Iraqe
Shior _???? ???? (Allohu Akbar)
(Arabcha: Alloh Buyukdir)
Madhiya :   ?????
( Mawtini )
Location of Iroq
Poytaxt Bag?dod
Rasmiy til(lar) Arab tili
Kurd tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
Barham Solih
Mustafo al-Kozimiy
Mustaqillik ( Millatlar Ligasi mandatidagi Britanniya ma'muriyatidan)
? Sana
3-oktabr 1932
Maydon
? Butun
437,072 km 2 ( 58-o?rin )
? Suv (%)
1.1
Aholi
? 2015-yilgi ro?yxat
37,056,169 ( 45-o?rin )
Zichlik 82,7/km 2
YIM   ( XQT ) 2015-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 240,006 mlrd. ( 38-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 6,490
Pul birligi Iraqi Dinar ( IQD )
Vaqt mintaqasi UTC +3
? Yoz ( DST )
UTC +3
Qisqartma IZ
Telefon prefiksi 964
Internet domeni .iq

Iroq , Iroq Respublikasi (Al-Jumhuriyah al-lraqiyah) ? Janubi-g?arbiy Osiyoda, Dajla va Furot daryolari oralig?ida joylashgan davlat. Maydoni ? 435,052 km 2 . Aholisi ?37,056 mln. kishi (2015). Poytaxti ? Bag?dod shahri. Ma?muriy jihatdan 18 muhofaza (viloyat)ga bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iroq ? respublika. 1970-yil 16-iyulda kuchga kirgan Muvaqqat konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshlig?i ? prezident (1979-yil iyulidan Saddam Husayn , ayni vaqtda u bosh vazir, Inqilobiy qo?mondonlik kengashi raisi va qurolli kuchlar oliy bosh qo?mondoni). Prezidentning vakolat muddati ? 7 yil. 2002-yil 15-oktabrdagi referendumda S. Husaynning prezidentlik vakolati yana 7 yilga uzaytirildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ? Milliy Kengash (parlament); u 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iroq hududining ko?p qismi Yuqori va Quyi Mesopotamiya tekisliklaridan iborat. Shimoliy va shimoli-sharqida Armaniston va Eron tog?lari (bal. 3000 m dan yuqori), janubiy va janubi-g?arbida Suriya Arabiston yassitog?ligining chekka qismi (bal. 900 m gacha) joylashgan. Yuqori Mesopotamiya (yoki Jazira) bal. 300?450 m tekis platodan iborat. Quyi Mesopotamiya esa bal. 100 m dan oshmaydigan al-lyuvial pasttekislikdir. Asosiy foydali qazilmalari ? neft va gaz. Fosforit va oltingugurt konlari ham bor.

Iqlimi

Iroqning shimoliy qismida kontinental O?rta dengiz iqlimi, yozi issiq va quruq, qishi iliq va seryomg?ir, janubida tropik iqlim. Mosulda iyulning o?rtacha harorati 34°, yanvarniki 7°. Qishda tog?larda qor yog?adi. Eng past harorat ? 18° gacha. Basrada yanvarning o?rtacha harorati 11°, avgust niki 34°, ba?zan 50° ga yetadi. Yillik yog?in tog?larda 500 mm gacha, mamlakatning janubi-sharqida 60?100 mmgacha yetadi. Iroq hududidan o?tgan Dajla va Furot duryolaridan sug'orishda keng foydalaniladi. Alkurn shahri yonida bu daryolar qo?shilib, yagona Shatt ul-Arab daryosini hosil qiladi va Fors qo?ltig?iga quyiladi. Quyi Mesopotamiyada kichik ko?llar ko?p. Cho?llarida suv vaqtincha oqadigan soyliklar bor. Tuproqlari ? daryo vodiylarida sug?oriladigan unumdor allyuvial tuproq. Iroqning kalgan qismida dasht va chala cho?lga xos kashtan va bo?z tuproqlar tarqalgan. Tog?li hududlarda tog?-o?tloq tuproqlari uchraydi. Hududining ko?p qismi dasht, janubi-g?arbi cho?l va chala cho?l. Tog? yonbag?irlarida siyrak butazorlar, daryo vodiylarida terak va tolzorlar bor. Shatt ul-Arab vodiysida xurmozorlar ko?p.

Hayvonot dunyosi xilma-xil. Tekisliklarda g?izol (ohu, kiyik), yovvoyi eshak (xachir), ola sirtlon, chiyabo?ri, qoplon yashaydi. Kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar (jumladan, zaharli ko?lvorilon) va zararli hasharotlar (chigirtka, falanga, chayon) ko?p. Daryo qirg?oqlarida qo?ton, qizilg?oz, saqoqush uchraydi.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisi, asosan, arablar (75%) va kurdlar (20%). Shuningdek, turkmanlar, ossuriy (aysor)lar, eroniylar, armanlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili ? arab va kurd tillari. Asosiy dini ? Islom. Aholisining 96%i musulmonlar (62%i shialar va 34%i sunniylar). Xristianlar ham bor. Aholining 70,4% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bag?dod, Basra, Mosul, Karkuk, Najaf.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iroq hududi (Mesopotamiya) ? dunyodagi eng qadimgi madaniy markazlardan biri. Mil. avv. 7mingyillikda ilk sug?orma deqqonchilik, chorvachilik rivojlangan. Mil. avv. 3 mingyillikda shaharlar paydo bo?lgan, bir necha mayda quldorlik davlatlari vujudga kelgan. Mil. avv. 2 ming yillikda ular Bobil podsholigiga birlashgan. Mil. avv. VI asrda Iroq hududi Ahamoniylar, keyinchalik Salavkiylar (mil. avv. IV ? II asrlar) va Parfiya (mil. avv. II asr ? mil. III asr) davlatlarining xo?jalik, savdo markazi bo?lgan. Sosoniylar hukmronligi davrida bu yerda xristianlik, yahudiylik va boshqa dinlar bilan birga zardushtiylik ham tarqalgan.

VII asrning 30-yillarida Mesopotamiyani arablar egallagan. 661-yil Umaviylar xalifaligiga qo?shib olindi. Aholi orasida Islom dini va arab tili keng tarqala boshladi. 750?1055 yillar bu yerda Abbosiylar hukmronlik qildi. Keyinchalik saljuqiylar, XIII asr 2-yarmida mo?g?ullar bostirib kirdi. XIV asr oxiri ? XV asr boshida Amir Temur saltanati tarkibiga kirgan. XVI asr 30-yillarida Iroqni turklar, XVII asr boshida Safaviylar egalladi. XVII asr 2-choragidan Birinchi jahon urushi oxirigacha Usmonli turk imperiyasi tarkibida bo?ldi. Birinchi jahon urushidan keyin Iroqni inglizlar bosib oldi va talon-toroj qildi. 1920-yil Iroq ustidan Buyuk Britaniya mandati o?rnatildi. Shu paytdan e?tiboran mustamlakachilikka Qarshi butun mamlakat bo?ylab milliy ozodlik qo?zg?oloni boshlanib ketdi. Bu qo?zg?olon shafqatsizlik bilan bostirilgan bo?lsa ham, inglizlar milliy hukumat tuzishga rozilik berdi. Iroq amir Faysal boshchiligidagi qirollik deb e?lon qilindi, ammo u inglizlar nazoratida edi. Angliya Iroq qirolligini og?ir shartnomalar tuzishga majbur qildi (1922, 1923). Iroq nefti Angliya boshliq monopoliyalar, asosan "Irak petroleum kompani" (1929 yilgacha "Turkish petroleum") ixtiyorida qoldi. 1932-yil Buyuk Britaniya Iroqqa rasmiy jihatdan mustaqillik berdi, ammo harbiy-siyosiy nazorat qilib turish huquqini oldi. Iroq hukumatining Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni kuchaytirish, qishloqlarda zamindorlar hukmronligini mustahkamlashni ko?zda tutgan siyosati xalqni ochlikka olib keldi va siyosiy huquqlardan mahrum etdi. Bu siyosatga qarshi dehqonlarning qo?zg?olonlari bo?lib o?tdi (1930?36). Ishchilar o?z huquqlari uchun kurash boshladi. Bir necha kasaba uyushmalari tuzildi. Iroq hukumatining siyosatidan mayda milliy ziyoli va zobitlarning bir qismi ham norozi bo?ldi. Hukumat rahbarlari bir necha marta o?zgartirildi. 1941-yil oktyabrda Nuri Said rahbarligida yangi hukumat tuzildi. Ikkinchi jahon urushi davrida mehnatkashlar ahvoli og?irlashib, xalq harakatlari kuchaydi. Natijada, siyosiy mahbuslar ozod qilindi.

Urushdan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. Arab-Isroil urushi davri (1948?49)da hukumat mamlakatda qatag?on va ta?qib qilish siyosatini olib bordi. Parlament tarqatildi, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiqlandi. AQSH bilan Iroq o?rtasida "Texnika yordami" (1953), "Harbiy yordam" (1954) to?g?risida shartno-malar tuzildi. 1955 yil Iroq-Turkiya harbiy shartnomasi imzolandi. Bu esa Bag?dod paktining tuzilishiga asos bo?ldi. Mamlakatdagi vatanparvar kuchlar ozodlik va demokratiya uchun kurashni to?xtatmadilar. 1956-yilda Iroq armiyasida "Ozod zobitlar" nomli yashirin inqilobiy tashkilot tuzildi. 1957-yil Iroq Kompartiyasi, Milliy demokratik partiya, Mustaqillik partiyasi ("Istiqlol") va Arab sotsialistik uyg?onish partiyasi ( Baas partiyasi )ning birlashuvidan Milliy Birlik Fronti (MBF) tashkil topdi.

1958-yil 14-iyulda MBF, "Ozod zobitlar" tashkiloti hamda mehnatkashlarning birgalikdagi harakati natijasida podshohlik ag?darildi va Iroq respublika deb e?lon qilindi. Abdulkarim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi. Respublika hukumati Iroqning Bag?dod paktidan chiqqanini e?lon qildi. Iroqdagi ingliz harbiy bazalari tugatildi (1959-yilning 30-mayida).

1958-yil 26-iyulda qabul qilingan konstitutsiyada barcha fuqarolar qonun oldida teng huquqlar va demokratik erkinliklar bilan ta?minlanajagi qayd etildi. Shundan so?ng kasaba uyushma tashkilotlari va siyosiy partiyalar ochiq ishlay boshladi. Hukumat siyosiy mahbuslarga umumiy afv e?lon qildi. Ayollar erkaklar bilan teng huquqqa ega bo?ldi. Chet el firmalarining Iroq yerlariga egaligi cheklandi.

Hukumatning xalqparvarlik siyosati ichki xurofiy kuchlarning qarshiligiga uchradi. A. Qosim vatanparvar tashkilotlar faoliyatini cheklashga majbur bo?ldi. 1961-yil sentyabrda kurd xalqiga qarshi urush boshladi. 1963-yil fevralda davlat to?ntarishi bo?lib, hokimiyat Baasning ekstremist rahbarlari qo'liga o?tdi. Ular demokratlarni jismonan yo?q qilishga kirishdi. Minglab vatanparvarlar o?ldirildi va qamoqqa olindi. Bunday zulmkor siyosatga nisbatan xalq g?azabi kuchayishi natijasida Baas rahbarlari ikki qarama-qarshi guruhga bo?lindi. 1963-yil noyabrda hokimiyatni A. S Orif boshliq harbiylar qo?lga oldi. 1963-68-yillar turli siyosiy guruhlarning hokimiyat uchun kurashi bilan o?tdi. Hukumatga qarshi namoyishlar bo?ldi. 1968-yil iyuldagi davlat to?ntarishi natijasida hokimiyat general Ahmad Hasan al-Bakr boshchiligidagi Baas rahbarlari qo?liga o?tdi. Hukumat siyosiy mahbuslarni ozod qilib, oldingi vazifalariga qayta tayinladi. Kam haq oladigan mehnatkashlar "mudofaa solig?i" dan ozod bo?ldi. Mehnat, nafaqa, ishchilarning ijtimoiy ta?minoti, yer islohoti haqida yangi qonun qabul qilindi (1970). Inqilobiy qo?mondonlik kengashi Iroq davlati doirasida kurdlarning milliy muxtoriyatini tan oldi. Iroq Kurdistonidagi harbiy harakatlar to?xtatildi. Kurd taraqqiyparvar tashkilotlariga erkinlik berildi. Kurd tili ikkinchi rasmiy til deb e?lon qilindi. Hukumat vakillari safiga kurd millatiga mansub 5 nafar siyosatchi kiritildi. Kurdistonni rivojlantirish dasturi amalga oshirila boshlandi. 1974-yil 11-martda Iroq Kurdistoni muxtoriyati e?lon qilindi.

1979-yil S. Husayn mamlakat prezidenti bo?lgach, 1980-yil sentyabrda Iroq bilan Eron o?rtasida Shatt ul-arab daryosi bo?ylab o?tgan chegara xususidagi janjal qurolli to?qnashuvga aylanib ketdi. 8 yil davom etgan bu mojaro Yaqin Sharq va Fors ko?rfazi atrofidagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Nihoyat 1990-yil 15-avgustda Iroq prezidenti Saddam Husayn Eron prezidenti A. A. Hoshimiy Rafsanjoniyga maktub yo?llab, darhol sulh tuzishni taklif etdi. Eron bu taklifni qabul qildi. Ammo bu urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi.

1990-yil 1-avgustdan 2-avgustga o?tar kechasi Iroq qo?shinlari Kuvayt hududiga bostirib kirdi va bir necha kun davomida uni qamal qilib turdi. Bag?dod Kuvaytning Iroq bilan "to?la-to?kis va abadiy birlashganini" e?lon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashi Kuvaytning Iroq tomonidan bosib olinishini qoraladi va Iroq qo?shinlari Kuvaytdan darhol olib chiqib ketilishini talab qildi. Iroqqa qarshi qattiq iqtisodiy jazo choralari joriy etdi. Ammo Iroq rahbariyati bu talabni bajarmadi. Natijada BMT Xavfsizlik Kengashining "Mazkur regionda tinchlik va xavfsizlikni tiklash uchun barcha zarur vositalardan foydalanish" to?g?risidagi qaroriga binoan, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, bir qator arab davlatlari harbiy qismlaridan iborat ko?p millatli kuchlarning qo?shinlari 1991-yil 16-yanvardan 17-yanvarga o?tar kechasi Iroqqa qarshi urush harakatlari boshladi. "Cho?ldagi bo?ron" deb atalgan bu jangda Iroq qo?shinlari mag?lubiyatga uchradi. 1994-yil noyabrda Iroq Kuvaytning suvereniteti, hududiy butunligi va xalqaro chegaralarini to?la-to?kis va uzil-kesil tan olishini bildirdi. BMT xavfsizlik kengashi qarorlariga muvofiq Iroqning ommaviy qirg?in qurollari zaxiralari, ularni eltuvchi vositalar va ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlab, yo?q qilib tashlash uchun maxsus komissiya tuzildi. Iroqdan barcha turdagi xomashyo, shu jumladan, neft, tayyor mahsulotlar sotib olish hamda unga barcha turdagi xomashyo va tayyor mahsulotlar, qurol-yarog?, harbiy texnika sotish, boshqa tarzda harbiy yordam ko?rsatish taqiqlandi. Oziq-ovqat va dori-darmon bundan mustasno. Harbiy mojarolar va iqtisodiy qamal natijasida Iroq ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda haddan tashqari og?ir ahvolga tushib qoldi.

Iroq 1945-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Respublikasi bilan diplomatik munosabatlarini 1993-yil 19-iyunda o?rnatdi. Milliy bayrami ? 17 iyul ? Inqilob kuni (1968).

Asosiy siyosiy partiyalari, tashkilotlari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Arab sotsialistik uyg?onish partiyasi ? Ba?s, 1947 yilda tuzilgan Umumarab Base partiyasi tarkibiga kiradi, Iroqda 1954 yil shakllangan; Kurdiston demokratik partiyasi, 1946 yilda tuzilgan; Kurdiston inqilobiy partiyasi, 1974 yil tashkil topgan; Iroq kommunistax partiyasi, 1934 yilda asos solingan; Demokratik milliy vatanparvar fronti, 1980 yil tuzilgan; Ilg?or milliy vatanparvar fronti, 1973 yil tashkil etilgan. Iroq ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi 1959 yilda tashkil etilgan bo?lib, Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi a?zosi.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iroq ? agrar-industrial mamlakat. Iroq baquvvat iqtisodiy salohiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, qishloq xo?jaligining ulushi 20,3% ni tashkil etadi.

Neft (zaxirasi 65 mlrd. tonnadan ziyod), gaz, oltingugurt, marmar va fosfatlarning katta zaxiralari bor. Iroq-Eron urushi boshlanishidan avval neft eksport qilishdan har yili 21?26 mlrd. dollar daromad olinar edi. Sanoatning neft, gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, sement, elektr energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlari rivojlangan. Mayda hunarmandchilik korxonasi va ustaxonalari ko?p. To?qimachilik, poaybzal, oziq-ovqat sanoati ham birmuncha rivojlangan. Al-Iskandariyada mashinasozlik zavodi, Samarrada antibiotik va b. dori-darmonlar zavodi, Qut al-Amarada ip gazlama kombinati, Bag?dodda elektronika asbob-uskunalari zavodi va tikuvchilik fabrikasi, Ramodida oyna zavodi va b. korxonalar mavjud. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining iqtisodiy jazo choralari natijasida moliyaviy resur-slar, xom ashyo, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar yetishmasligi har sohada sezilib turadi.

Qishloq xo?jaligiga yaroqli yerlar 12 mln. ga, shundan 8 mln. ga yer ishlanadi. Ekin maydonining ak-sar qismiga bug?doy, qolgan qismiga paxta, tamaki, sabzavot ekiladi; bog?dorchilikham rivojlangan. 1990-yillargacha Iroq hurmo daraxtining soni jihatidan dunyoda 1-o?rinda turar, dunyo bo-zoriga chiqarib sotiladigan hurmo me-vasining 4/5 qismi uning hissasiga to?g?ri kelar edi. Biroq Iroq qa qarshi jazo choralari qishloq xo?jaligi ga ham asoratli ta?sir qildi. Jumladan, 1990 yilga nisbatan 2000 yilda ekin maydonlari qisqarib, yalpi hosil kamaydi. Chunonchi bug?doy hosili 1055 ming t dan 800 ming t ga, arpa 1095 ming t dan 500 ming t ga, makkajo?xori 171 ming t dan 100 ming t ga, uzum 428 ming t dan 290 ming t ga tushib qoldi. Chorvachilikdagi qo?y, echki, qoramol, tuya, ot soni ham kamaydi.

Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, qora metall, kimyoviy ashyolar keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Iordaniya, Italiya, Germaniya va boshqalar. Pul birligi ? Iroq dinori.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Temir yo?l uz. 3 ming km, avtomobil yo?llari uzunligi 30 ming km, neft quvurlari uz. 4,2 ming km, gaz quvurlari uz. 2,6 ming km. Asosiy dengiz portlari ? Basra, Fao, Umm-Kasr, daryo porti ? Bag?dod. Bag?dodda zamonaviy xalqaro aeroport bor. Iroq chetga hurmo, teri, jun, sement, neft, neft mahsulotlari, oltingugurt chikaradi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1970 yilda 6 yoshdan 12 yoshgacha bo?lgan bolalarning majburiy boshlang?ich ta?limi to?g?risida qonun qabul qilingan. Boshlang?ich mak-tabda ham, o?rta maktabda ham o?qish muddati 6 yil Universitetlar, institutlar, kollej lar, jumladan, Bag?dod universiteti, Bag?dodda al-Mustansuriya universiteti, Basra, Mosul va Sulaymoniyada universitetlar, Bag?dodda texnologiya instituti bor. 1947 yilda Iroq Fanlar akademiyasiga asos solingan. Bag?dodda Kurd Fanlar akademiyasi, Ilmiy tadqiqotlar tashkiloti mavjud. Yirik kutubxonalari: Bag?dod universitetining markaziy kutubxonasi, Milliy kutubxona, Iroq muzeyi kutubxonasi, Mosuldagi Ommaviy kutubxona va b. Muzeylari: Bag?doddagi Iroq muzeyi, Arab osori atiqalari muzeyi, Mosul muzeyi, Basradagi universitet muzeyi, ko?qna Bobil harobalaridagi Bobil muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Uvi- Eng muhim gaz. va jurnal lari: "As-Savra" ("Inqilob", arab tilidagi kundalik gazeta, 1968 yildan), "Al-Iroq" ("Iroq", arab va kurd tillaridagi kundalik gazeta, 1976 yildan), "AlJumhuriya", ("Respublika", arab tilidagi kundalik hukumat gazeta, 1963 yildan), "Bagdad observer" ("Bag?dod kuzatuvchisi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1967 yildan), "Bag?dod" (fransuz tilida 2 oyda 1 marta chikadigan siyosiy va madaniy jurnal), "Al-Afak al-Arabiyya" ("Arabiston ufqlari", arab tilidagi oylik siyosiy-adabiy jurnal, 1975 yildan). Iroq axborot agentligi 1959 yilda tashkil etilgan. Davlat radioeshittirish va televideniye tashkiloti hukumat tashkilotidir. 1936 yildan radioeshittirish, 1956 yildan teleko?rsatuv olib boriladi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?rta asrlarda Iroq poytaxti ? Bag?dod umumiy arab madaniyati, fani va adabiyotining markazlaridan biri bo?lganligi bois Iroq yozma adabiyoti ham umumarab o?zanida ravnaq topdi. Umuman arab badiiy adabiyoti 5?7-asrlarda og?zaki xalq ijodiyoti boy manbalari asosida vujudga keldi. Avvaliga proza (afsonalar, ertaklar), so?ng poeziya (g?azal, qasida va hokazo) paydo bo?lib, rivojlana boshladi. 16-asr dan adabiyot tushkunlikka tushdi. 19-asrda Abd alMuhsin alkozimiy, Jamol Sid-qiy az-Zaxaviy va Ma?ruf Rusafiy kabi mashhur shoirlar o?z asarlarida ma?rifatchilik va milliy ozodlik kurashi g?oyalarini aks ettirdilar. 19-asr va 20-asr boshlarida Iroq adabiyotida she?riyat yetakchi janr bo?lgan. Mahmud Ahmad assayid Iroq adabiyotida birinchi bo?lib hikoya va qissalar yozdi. Ularda insonparvarlik g?oyalarini ilgari surdi. Zunnun Ayyub va b. hajvchilarning ijodi ZO-yillar mamlakat ijtimoiy hayotiga katta ta?sir ko?rsatdi. Shu dav-rda ilg?or shoirlardan Muhammad Mah-mud al-Javohiriy va Muhammad Solih Bahr ul-Ulum barakali ijod qildilar.

50-yillarda Iroq adabiyotida romanchilik va dramaturgiya shakllandi. Bu davrdagi Iroq she?riyati voqelikni to?g?ri aks ettira boshladi. Inqilob (1968 yil) dan keyin Iroq adabiyoti gurkirab o?sdi. Bosqinchilikka qarshi kurash va adolatli jamiyat qurish madhini kuylash asosiy mavzu bo?lib qoldi. Abu al-Vahhob alBayotiy, Hasan al-Bayotiy va b. ijo-dida siyosiy va ijtimoiy ohanglar yan-gradi. Iroq she?riyatini isloh qilgan No-zik alMaloika va b. shoiralar hamda shoirlar lirik she?rlar yaratdilar. Kurd tilidagi adabiyot ham rivojlangan.

Me?morligi juda qad. an?analarga ega bo?lib, bu yerda Bobil-Ossuriya madaniyati va Parfiya yodgorliklari saqlanib qolgan. 7-asr dan boshlab arab mada-niyati ta?siri kuchaygan. 7-asr 30-yillarida Kufa, Basra, 8-asr boshlarida Va-sit shahri lariga asos solindi. 762 yildan doirasimon reja asosida Madinat as-Salom (Tinchlik shaqri, hozirgi Bag?dod) kurila boshladi. 9-asrda o?rta asrlar me?morligi ravnaq topdi (salobatli saroy inshootlari, baland minorali masjidlar, jumladan, Samarradagi 450 ustunli Mutavakkil masjidi). 12-asr va 13-asr 1-yarmidan Bag?doddagi (Mu-stansuriya Madrasa majmuasi, Bobal-Vastani shahar darvozasi) va Mosuldagi (Nuriddin jome masjidi) yodgorliklar saqlangan. 16?17-asrlarda sirkorlik, naqqoshlik va o?ymakorlik san?ati namunalari bo?lmish Bag?doddagi Muso al-Qadim (oltin masjid) maqbaramasjidi, Karboladagi Imom Husayn maqbara-masjidi va b. barpo etildi. Turar joylar ichki hovlili, peshayvonli, derazalari jimjimador yog?och panjarali qilib qurildi.

Zamonaviy me?morlikda turli yevropacha uslublar ta?siri seziladi. Basra, Mosul, Karbalo, Samarra shahrilari loyihasi ishlab chiqildi (1959?60). Bag?dod, Mosul, Basra va b. shaharlardagi zamonaviy jamoat va uy-joy bi-nolari tarhi va qurilishida mahalliy iqlim va turmush sharoitlari e?ti-borga olindi, xalq an?analariga rioya etildi. Iroq me?morlari orasida N. Javdod, R. alChodirchi, X. Munif va b. mashhur.

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iroq hududida mil. av. 8?7ming yillikka oid qo?hna madaniyat manzilgohlarida qad. san?at asarlari (alebastr va loydan yasalgan haykalchalar, tamg?a-tumorlar, sopol idishlar) topilgan. Mil. av. 4?1ming yillikda Shumer, Akkad, Bobil, Ossuriya badiiy madaniyati izchil rivojlandi. Yunon, Parfiya, Sosoniylar san?ati yodgorliklari uchraydi. O?rta asrlarda Iroq san?ati umumarab madaniyati tarkibida ravnaqtopdi. 8?13-asrlardagi ganch va yog?och o?ymakorligi, devor musavvirligi, miniatyura, kulollik, kandakorlik san?ati gullab-yashnadi. Naqqoshlik va xattotlik rivoj topib, hozirgi bezak san?atida ham davom etmoqda.

20-asr boshlarida rangtasvir san?ati yuzaga keldi (Abdulqodir Rassom, Muhammad Solih Sakiy va boshqalar). Rassom va haykaltarosh Javod Salim, musavvirlardan Ata Sabriy, Xolid al-Jadr, haykaltaroshlardan Xolid ar-Raxxal, Muhammad G?ani nom chiqargan. Ular qad. Iroq san?ati an?analarini rivojlantirishga katta hissa qo?shdilar. Keyingi yillarda Ismoil ash-Shayxli, Nuri ar-Ravi, Diya al-Azavi va b. ularning ishlarini davom ettirdilar. So?nggi avlodga mansub musavvirlardan Hafiz ad-Durubiy va Mahmud Ahmad Iroq tasviriy san?atini yuqori darajaga ko?tardi. Iroq hu-dudida bir necha asrlar davomida kurdlar san?ati rivojlanib kelayotir.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Musiqasi arab musiqa san?atining bir shoxobchasini tashkil qiladi. Iroqda ud, rubob, qonun, nay, daff va b. cholg?u asboblari qadimdan ma?lum. Abbosiylar xalifaligi davri (750? 1258)da Bag?dod O?rta va Yaqin Sharq xalq/1ari musiqa markazlaridan biri hisoblanib, bu yerda mashhur bastakorlar ? Ishoq alMavsiliy, Safiud-din al-Urmaviylar ijod qilishgan. Usmonli turk imperiyasi tarkibida bo?lgan davri (16-asrning 30-yillari ? 1918)da turk musiqasining ta?siri kuchli bo?lgan. Iroq xalq va professional musiqasi keng rivojlangan makom tizimiga asoslanadi. Maqomlar yirik shakldagi vokal-cholg?u turkumlarning lad asosini hamda kuy-ohang mazmunini belgilaydi. Har bir asar muayyan maqom nomi bilan ataladi. Iroq xalq qo?shiqlari ichida ataba, xuda, muashshax kabi aytim janrlari keng tarqalgan. Zamonaviy Iroq musiqasi*da Yevropa musiqa an?analarining ta?siri mavjud. Bag?dod radiosida Sharq musiqasi orkestri (rahbari kompozitor Salim al-Shalabiy), xor, yakkaxon xonandalari bor. 1929 yil Bag?dod o?rta maktab o?quvchilari tomonidan "Iroqmilliy teatri", 1931 yil birinchi proffesional ansambl, 1971 yil simfonik orkestr tashkil qilingan.

Iroq musiqa kadrlari, asosan, Nafis san?at akademiyasi (1940, musiqa, tasviriy san?at va haykaltaroshlik, teatr san?ati bo?limlari bor)da tayyorlanadi. 1968 yil bolalar musiqa mak-tabi ochilgan. Davlat o?quv yurtlaridan tashqari xususiy musiqa maktablari mavjud. Iroqda kompozitor Ahmad al-Xalil (qo?shiq, cholg?u asarlar muallifi), xalq va zamonaviy ko?shiq ijrochilari Lomia Tavfiq, Vahida Halim, Dahlil Hasan, Zuhur Husayn, Foruh Hilol, Rizo Ali, sozandalar Hasan Rajab, Shuayb Ibrohim, Xudayr Shibli, Jalil Bashir, Munir Bashir va b. tanilgan. Iroq davlat folklor ansambli 1985 yil Toshkentda gas-trolda bo?lgan. Kompozitor va sozanda (ud) Salmon Shukur 1987 yil Samarqandsa bo?lib o?tgan Z-Xalqaro musiqashunoslik simpoziumida qatnashgan.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iroq professional teatri o?z faoliyatini 20-asrning 20-yillaridan boshlagan. 1929 yil o?rta maktab o?quvchilari Bag?dodda millim teatr guruhini tuzib, maktab va ko?chalarda qo?shiqlar, raqslar ijro etganlar, kichik hajviy pyesalar namoyish qilishgan. 1931 yil havaskor rejissor Haqqi ash-Shibliy 50 ga yaqin irokdik, misrlik, suriyalik va livanlik xonandalar va xalq cholg?u or-kestridan iborat birinchi professional ansambl tuzgan.

Ansambl tomonidan Muso Shohbanderning "Vaxda" spektakli, arab adabiyoti va folklori asosida yaratilgan spektakllar sahnalashtirildi. Shunday ansambllar Bag?dod, Basra, Mosudda ham tashkil qilindi Iroqda xalq-cholg?u asboblari jo?rligida doston yoki she?r aytuvchi maqomchilar (badiiy o?qish ustalari) dan Muhammad Kubbanchi, Salima Murod, Sa-biha Ibrohim va b. mashhur. Aktyorlar nafis san?at akademiyasi uyushtiradigan konsertlarda, radio va tele-ko?rsatuv orqali o?z san?atlarini namoyish etadilar.

Kinosi 1940-yillar o?rtalaridan rivojlana boshladi. 1945?46 yillarda misrlik rejissorlar iroqlik aktyorlar ishtirokida "Qohira-Bag?dod", "Sharq o?g?loni" filmlarini suratga oldi. 1948 yil Bag?dodda kinostudiya ochilgach, "Aliya va Issam", "Sharq bolalari", "Laylo Iroqda" va b. filmlar yaratildi. 1958 yilda Iroq kinosida yangi rivojlanish davri boshlandi va "Sayd Afan-di" (rejissor K. Husni) filminingsuratga olinishi bilan Iroq kinematografiyasida yangi realistik yo?nalishga asos solindi. 1960 yil Iroqda tuzilgan Teatr va kinoishlari bosh boshqarmasi qujjatli xronika filmlarini muntazam ishlab chiqarish ni yo?lga qo?ydi. 60-yillarda "Kim aybdor" (rejissor A. Vali), "Kuzgi yarpoqlar" (rejissor X. Labib), "Tungi soqchi" (rejissor X. Shavqiy) filmlari shuhrat qozondi. 70-yillarda Iroq kinematografiyachilari ijti-moiysiyosiy mavzuga murojaat etdilar, shu davrda qurg?oqchilik muammolari haqida "Chanqaganlar" (rejissor Shukri Jamil), qishloqdagi o?zgarishlar haqida "Tajriba" (rejissor F. at-Tuhami), xalq ongining o?sishi haqida "Burilish" (rejissor D. Ali) filmlari yuzaga keldi. Shundan keyingi "Daryo" (rejissor F. al-Yasiriy), "Devorlar" (rejissor Shukri Jamil) filmlarida ilg?or realistik an?analar ifodalandi. Ayni vaqtda mamlakatning dolzarb muammolarini ko?tarib chiquvchi hujjatli kino rivojlanib, "Yerga qaytish", "Avlodlar mehnati", "Yo?qolsin sukunat", "So?nmas nur" lentalari yuzaga keldi. Iroqda yiliga 3?4 ta badiiy, salkam 30 ta hujjatli film ishlab chiqariladi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil