Boliviya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boliviya Respublikasi
ispancha : Estado Plurinacional de Bolivia
kechua. Buliwya Achka nasyunkunap Mama llaqta
aymara. Wuliwya Suyu
guarancha : Teta Volivia
Shior La Union es la Fuerza
(Ispancha: Birlik Kuchdir)
Madhiya :   Himno Nacional de la Republica de Bolivia
(Boliviya Jumhuriyati Milliy Madhiyasi)
Location of Boliviya
Poytaxt Sukre , La-Pas
Rasmiy til(lar) ispancha , kechua , aymara , guarani va yana 33 ta tillar.
Hukumat Prezidentlik Respublika
Luis Arce
Mustaqillik ( Ispaniyadan )
? Sana
6-avgust 1825
Maydon
? Butun
1,098,581 km 2 ( 28-o?rin )
? Suv (%)
1,29
Aholi
? 2013-yilgi ro?yxat
10 461 053 [1] ( 82-o?rin )
Zichlik 9,9/km 2
YIM   ( XQT ) 2013-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ $59,195 milliard [2] ( 106-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 5,364
Pul birligi Mvdol ( BOV )
Vaqt mintaqasi UTC ?4
? Yoz ( DST )
UTC ?4
Qisqartma BL
Telefon prefiksi 591
Internet domeni .bo
Uyuni

Boliviya (Bolivia), Boliviya Respublikasi (Republica de Bolivia) -Jan. Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 1098581 km². Aholisi 7,5 mln. kishi (1996). Rasmiy poytaxti ? Sukre, hukumati joylashgan amaldagi poytaxti ? LaPas. Ma?muriy jihatdan 9 departamentga, departamentlar 98 viloyatga bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boliviya ? unitar respublika. 1967-yil 2-fevralda qabul qilingan konstitutsiyaga ko?ra davlat boshligi ? prezident. U 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati ? Milliy kongress bo?lib, u ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Deputatlar va senatorlar umumiy to?g?ri ovoz berish yo?li bilan 4 yil muddatda saylanadi. Ijroiya hokimiyatini prezident va hukumat amalga oshiradi. Hukumatni prezident tayinlaydi va unga boshchilik qiladi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boliviyaning g?arbini And tog?lari va baland tog?li Puna platosi egallaydi. Punaning shimoli-g?arbida lava platolari, janubi-sharida balandligi 3800 m gacha bo?lgan tog? havzalari bor; qoldiq ko?llar (Poopo) va sho?rxoklar uchraydi. Titikaka ko?lining bir qismi ham B. hududida. Shimoli-sharqidagi tekisliklar Amazonka pasttekisligiga tomon astasekin pasaya boradi va bu yerda Beni va Mamore daryolari tizimiga kiradigan soyjilg?alar oqib yotadi. B.da qalay, volfram, molibden, surma, mis, rux, qo?rg?oshin va kumush konlari bor.

Boliviya g?arbida yiliga 150 mm gacha, sharqida 500?600 mm, And tog?lari yon bag?rida 2000 mm gacha yog?in yog?adi. Punada iyulning o?rtacha temperaturasi 3?7°, yanvarniki 9?11°. Sharqiy tekisliklarda (shim. da) 4?5 oydan (jan.da) 9 oygacha qurg?okchilik bo?ladi. Iyulning o?rtacha temperaturasi 17?22°, yanvarniki 24?28°. Iiliga shimoliy da 1300?1600 mm, janubida 800 mm gacha yog?in tushadi. B.da tezoqar, kichik tog? daryolari ham bor. Mamlakat shimolidagi daryolar tropik yomg?irlar davrida toshadi va 120 ming km² gacha maydonini suv bosadi. Boliviya g?arbida chala cho?l o?simliklari, sharqida baland tog? tropik dasht o?simliklari o?sadi. And tog?larining sharqiy yon bag?rida tropik o?rmonlar, sharqiy tekisliklarda asosan savanna o?simliklari o?sadi; shimolida gileya, janubiy da siyrak tropik o?rmonlar ham uchraydi. Hayvonlardan maymun, zirhaor, tapir, kemiruvchilar, qushlar, sudraluvchilar, hasharotlar va boshqa bor. Milliy bog?lari: IsiboroSekurs, Uanchaka, PilonLaxas va boshqa

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boliviya aholisining 2/3 qismi kechua va aymara nomli indeys xalqlari; qolganlari ispan tilida gaplashadigan boliviyaliklar, aksari duragaylar, kisman ispanlardan tarqalgan kreollardir. B.ning sharqidagi tropik o?rmonlarda turli qabilalarga mansub indeyslar yashaydi. Rasmiy tillari ? ispan, kechua va aymara tillari. Aholisining yarmisi kechua, aymara, guarani tillarida gaplashadi. Shahar aholisi 58%. Dindorlar ? asosan katoliklar. Eng yirik shaharlari: LaPas, Kochabamba, SantaKrus, Oruro, Sukre.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boliviya hududida qadimdan ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichidagi indeys qabilalari yashab kelgan. 14-asr boshlarida Boliviya hududi Ink davlati tarkibiga kirgan. 1532?38 yillarga kelib, ispanlar zabt etdi va mahalliy xalqdan bir necha o?n ming kishi qirib tashlandi. Boliviya 300 yil mobaynida Ispaniya imperiyasi tarkibida bo?lib (1542-yildan Boliviya hududi Peru, 1776-yildan LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kirgan), Yuqori Peru deb atalgan. 1809?25 yillar mobaynida ispanlar istibdodiga qarshi milliy ozodlik urushlari bo?lib turdi. 1824-yil 9-dekabrda Simon Bolivarning safdoshi general Sukre ispan qo?shinlarini tormor keltirdi. 1825-yil 8-avgustda Yuqori Peru mustaqil deb e?lon qilindi va Bolivar sharafiga Boliviya deb ataddi. Bolivar mamlakat prezidenta qilib saylandi, lekin u mamlakatni idora qilishni Sukrega topshirdi. 1836?39 yillarda Boliviya Peru bilan yagona konfederatsiya tashkil etdi. 1879?83 yillarda Boliviya bilan Peruning Chiliga karshi, 1932?35 yillarda Paragvayga qarshi urushida Boliviya o?zining qalay va selitraga boy dastlabki hududining 2/3 qismini yo?qotdi. Birinchi jahon urushida Boliviya betaraflik siyosatini tutgan bo?lsada, mamlakat iqtisodiy resurslari Antanta davlatlari manfaatiga xizmat qildi. 1943-yil aprelda B. Germaniya, Italiya va Yaponiyaga urush e?lon qildi, ammo urush harakatlarida qatnashgani yo?q. 1952-yilda B.da harbiy diktatura rejimiga qarshi qo?zg?olonda "Milliy inqilobiy harakat" partiyasi armiyani tormor keltirdi. Qalay sanoati davlat ixtiyoriga olindi va agrar islohotlar o?tkazila boshladi. 1964-yil 4-noyabrda Boliviya reaksionerlari mamlakatda harbiyfashistik diktatura o?rnatdi. Agrar islohotlar to?xtatildi, korxonalar amerikaliklarga qaytarib berila boshladi. 1967-yilda mamlakatning ko?pgina joylarida partizanlar harakati boshlandi. Yirik kasaba uyushmasi ? Boliviya ishchilar markazi demokratik tuzumni qayta tiklash, mehnatkashlarning turmushini yaxshilash va qishloq xo?jaligi da islohotlar o?tkazish uchun kurashdi. 1970-yil 4-oktabrda vatanparvar kuchlar rahbari general Xuan Xose Torres prezidentlik lavozimini egallab, mustaqil tashqi siyosat yurita boshladi. Biroq 1974-yilda hokimiyatni qo?lga olgan harbiy hukumat demokratik kuchlarni ta?qib qilish yo?lini tutdi. 80- yillarda mamlakatning ichki siyosiy ahvoli beqaror bo?lib turdi. 1985-yilgi saylovdan keyin B. prezidentlik boshqaruviga o?tdi. 1997-yil 2-avgustda B. Milliy kongressi tomonidan saylangan prezident Ugo Banser Suares hukumati mamlakatni mustaqil idora qila boshladi. 1945-yildan BMT a?zosi. Milliy bayrami ? 6-avgust ? Mustaqillik e?lon qilingan kun (1825).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Fuqarolar "Birdamlik" ittifoqi, partiya, 1989-yilda tashkil etilgan; So?l millatparvar inqilobiy partiya, 1964-yilda tuzilgan; So?l millatparvar inqilobiy harakat, 1979-yilda rasmiylashgan; Boliviya Kommunistik partiyasi, 1950-yilda tuzilgan; So?l inqilobiy harakat, 1971-yilda asos solingan; Millatparvar demokratik harakat, 1979-yilda tuzilgan; Millatparvar inqilobiy harakat, 1942-yilda asos solingan; Sotsialistik partiya1, 1971-yilda asos solingan; Tupak Katari nomidagi ozodlik uchun inqilobiy harakat, 1978-yil tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1954-yil asos solingan. Boliviya ishchilar markazi kasaba uyushmasi, 1952-yilda tuzilgan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boliviya iqtisodiyotining asosini konchilik sanoati tashkil etadi. Boliviya zaif rivojlangan va mamlakatni oziq-ovqat bilan ta?minlay olmaydi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boliviya qalay qazib olish va eksport qilishda dunyoda oldingi o?rinlardan birida turadi. Surma, volfram, mis, rux, qo?rg?oshin va vismut rudalari, oltin, k’umush, oltingugurt ham qazib chiqariladi (asosiy konchilik markazlari ? Oruro, Potosi, Tupisa, Korokoro va boshqalar). Asosiy neft konlari Chukisoka, Tarixa departamentlarida joylashgan. Elektr energetika, rangli metallurgiya, neft kimyosi, to?qimachilik (ip va jun gazlama), oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. 1,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan GESlarda).

Qishloq xo?jaligi ningasosiy tarmog?i ? dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekinlari ? kartoshka va makkajo?xori. Bundan tashqari sholi, bug?doy, paxta, shakarqamish, kofe, banan, kakao va boshqa ham yetishtiriladi. Qo?y, qoramol, lama, cho?chqa boqiladi. O?rmonlarda geveya sharbati, xin daraxtining po?stlog?i va koka barglari yig?ib olinadi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

T.ylarninguz. ? 3,9 ming km, avtomobil yo?llari ? 38,9 ming km (1996). Titikaka ko?lida kemalar qatnaydi. Daryo yo?llari ? salkam 20 ming km. Neft quvurlari ko?p. Tog?li hududlarda otulovning ahamiyati katta. Mamlakatning 30 shaharida aeroport bor. Asosiy aeroport - La-Pasdagi El-Alto.

Tashqi savdo uchun B. Molyendo (Peru) va Antofagasta (Chili) portlaridan foydalanadi. Chetga asosan konchilikruda sanoati mahsulotlari, neft, tabiiy gaz, paxta, kofe chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat mahsulotlari, mashinalar, asbobuskunalar, binokorlik materiallari, xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar oladi. Savdo sohasidagi asosiy mijozlari: AQSH, Braziliya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Argentina, Germaniya, Chili, Peru. Pul birligi ? boliviano.

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boliviyada davlatning ba?zi kasalxona, ambulatoriya va tibbiy yordam postlaridan tashqari barcha tibbiy muassasalarda tibbiy yordam pulli. Shifokorlar turli universitetlarning tibbiyot maktablari tomonidan tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniyma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boliviyada 15 yoshdan oshgan aholining atigi 3 foizi savodsiz. Mamlakatda 7 yoshdan 14 yoshgacha bo?lgan bolalarning umumiy majburiy ta?limi haqida qonun qabul qilingan. Yoshlar umumiy o?rta, hunartexnika va ped. maktablarida, oliy o?quv yurtlarida ta?lim oladilar. Yirik oliy o?quv yurtlari: LaPas, Kochabamba, Potosi, Sukre untlari. Ilmiy markazlari: Milliy Fanlar akademiyasi, Tarix akademiyasi, B. akademiyasi. Kutubxonalari: untlarning kutubxonalari, Madaniyat departamentining kutubxonasi, LaPasdagi Munitsipal kutubxona. Muzeylari: LaPasdagi "Tiaunako" milliy muzeyi, Potosidagi zarbxona milliy muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi, teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yirik ommaviy kundalik gaz.lari: "Diario" ("Gazeta", 1904-yildan), "Deber" ("Burch", 1953-yildan), "Oy ("Bugun", 1968-yildan), "Ultima ora" ("So?nggi soat", 1929-yildan), "Rason" ("Idrok", 1990-yildan). Axensia de Notisias Fides?ANF axborot agentligi 1979-yilda tashkil etilgan. Bosh aloqa boshqarmasi ? hukumat radioeshittirish xizmati mavjud. Mamlakatda 158 radiostansiya bo?lib, ularning ko?pchiligi tijorat asosida ishlaydi. Teleko?rsatuv 1969-yildan olib boriladi, uning bir kanalini hukumat nazorat qiladi.

Adabiyoti asosan ispan tilida. Boliviyada qad. indeys madaniyati namunalaridan "Olyantay" nomli boliviyaperu dramasi saqlangan. Mustamlaka davri (16?18-asrlar) adabiyotida F. Guaman Pom, A. de Kalanchaning tarixiy xronikalari diqqatga sazovor. 18-asr oxiridan boshlab mustaqillik uchun kurash davrida vatanparvarlik publiiistikasi va she?riyati yaratildi. 19-asr Boliviya adabiyotida romantizm hukmronlik qildi. Uning yirik namoyandalari: R. X. Bustamante, N. Galindo, M. X. Muxia, B. Lens va boshqa Bu davrda romantizm bilan bog?liq holda indeyslar hayotiga qiziqish kuchaydi. N. Agirrening "Xuan de la Rosa", L. Ansoategi de Kamperoning "Ualparrimachlar", A. Argedasning "Bronza rangli irq" romanlari shu mavzuga bag?ishlandi. "Olov oqim" (1935, O. Serruto), "Iblis metall" (1946, A. Sespedes), "Ajal shaxtalari" (1962, F. Ramires Velarde) romanlarida konchilarning og?ir hayoti, inqilobiy kayfiyatlari tasvirlandi. B.ning yirik yozuvchilaridan M. Mendosa Lopes, X. Felman Velarde asarlarida, mashhur yozuvchi X. Laraning "Surumi" (1945), "Yanakuna" (1952), "Qonimiz" (1959) romanlarida ijtimoiy tenglik uchun kurash masalalari o?z ifodasini topdi.

Me?morligi va tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

5? 8-asrlarda B. tog?li joylari me?morligida tiauanako madaniyati gullab yashnadi (katta yaxlit toshlardan yasalgan inshootlar, afsonalardagi qahramonlarni aks ettiruvchi tosh haykallar va boshqalar). 16?18-asrlarda B.da Potosi, Sukre, LaPas, Kochabamba, Oruro kabi shaharlar qurildi. Bu shaharlarda mahalliy aholi ustalari ishtirokida ibodatxonalar, saroylar va boshqa binolar barpo etildi. Ularda indeyslarning qad. san?at va me?morligi bezaklaridan foydalanilgan. 19?20-asrlarda B.da sanoat va jamoat binolari qurila boshladi. Bu binolar Yevropa va Amerika me?morligi uslubida, turar joy binolari qad. B. me?morligi uslubida kurilgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida rassomlardan A. Nogales, X. Garsia Mesa, S. Iturralde ijod qildilar. 20-asr boshlarida B. san?atida modernizm oqimi keng tarqaldi. 20- yillarga kelib, millim rassomlik maktabi tarkib topdi. Keyingi yillarda rassomlardan S. Gusman de Roxas, B. Berdesio, V. S. Romero, M. Exido, haykaltarosh M. Nunyes del Prado o?z asarlarida xalq tarixi va hayotini, zamondoshlar obrazini, tabiat go?zalligini aks ettirdilar. 20-asr o?rtalaridan Ko?p qavatli temirbeton binolar qurila boshladi, shaharlar ta?mirlandi, sanoat korxonalari qurildi.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

B.da indeyslar musiqasi ? beguala, vidala, uanka kabi lirik qo?shiqlar, uayno, uaynito, nombo kabi cholg?u asboblari, qamish nay, do?mbirani eslatuvchi putunka keng tarqalgan. Ispaniyadan o?tgan olti torli gitara boliviyaliklarning sevimli sozi hisoblanadi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridagi yirik kompozitorlar E. Kabo, T. Vargas, X. Maydanadir. LaPasda milliy konservatoriya va milliy simfonik orkestr bor.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

16?17-asrlarda missionerlar Potosidagi bayram va sayillarda teatrlashtirilgan tomoshalarni tashkil etishgan. 1617?19 yillarda LaPasda ikkita teatr ochildi. Bayram kunlaridagi karnavallar milliy madaniyatning o?ziga xos xususiyati bo?lib qolgan. Ashula va raqslar orasida diablados deb atalgan va yaxshilik bilan yomonlikning kurashi tasvirlanadigan tomoshalar ko?rsatilgan. Professional teatr san?ati suyet rivojlangan. Sukre shahridagi yozgi teatr ahyonahyonda ishlaydi, unda yarim professional truppalar qatnashadi. Mahalliy dramaturglardan R. Muxia, X. Berrios, M. Flores, A. Saavedra Peres va boshqalarlarning pyesalari sahnalashtirilgan. LaPasda Sahna san?ati va deklamatsiya akademiyasi bor. 1949-yil Teatr va radio arboblari jamiyati tashkil etilgan.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1943-yilda tashkil etilgan B. kino instituti asosan hujjatli filmlar tayyorlaydi; yiliga bir nechagina badiiy film chiqaradi. Mashhur filmlari: "Ukamau", "Kondor qoni" (rejissyor X. Sanximes).

1996-yilda O?zbekiston Respublikasi bilan Boliviya o?rtasida savdoiqtisodiy munosabatlardagi tovar aylanmasi 4,84 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, mamlakatimizga rux rudalari va konsentratlari keltirildi. [3]

Boliviya (Boliviya Respublikasi, ispancha Republica de Bolivia , kechua Bulibiya , aymara Wuliwya ) ? Janubiy Amerikaning markaziy qismidagi davlat . Simon Bolivar sharafiga shunday nomlangan. Boliviya shimol-shimoli-sharqdan Braziliya , janubi-sarqdan Paragvay , janubdan Argentina , janubi-g?arb va g?arbdan esa Chili va Peru bilan chegaradosh.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Census.gov. ?Country Rank. Countries and Areas Ranked by Population: 2013“ . U.S. Department of Commerce (2013). 2013-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 9-may.
  2. ?Report for Selected Countries and Subjects“ . International Monetary Fund . Qaraldi: 28-yanvar 2014-yil.
  3. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil