한국   대만   중국   일본 
Gretsiya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Gretsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Юнон dan yo?naltirildi)
Gretsiya Respublikasi
Ελληνικ? Δημοκρατ?α
Elliniki Dhimokratia
Shior Ελευθερ?α ? θ?νατο? (Eleutheria i thanatos)
(Yunoncha Ozodlik yo O?lim)
Madhiya :   ?μνο? ει? την Ελευθερ?αν
(Ymnos eis tin Eleftherian, yunoncha Ozodlikga madhiyasi)
Location of Gretsiya
Poytaxt Afina
Rasmiy til(lar) Yunoncha
Hukumat Parlamentlik Respublika
Katerina Sakellaropoulou
Kyriakos Mitsotakis
Mustaqillik ( Ottomon Imperiyadan )
? Sana
25-mart 1821
Maydon
? Butun
131,957 km 2 ( 97-o?rin )
? Suv (%)
0,86
Aholi
? 2011-yilgi ro?yxat
10,432,481 [1] ( 89-o?rin )
Zichlik 79,1/km 2
YIM   ( XQT ) 2021-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 182,830 mil. ( 52-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 18,584
Pul birligi Yevro ( EUR )
Vaqt mintaqasi UTC +2
? Yoz ( DST )
UTC +3
Qisqartma GR
Telefon prefiksi 30
Internet domeni .gr

Gretsiya yoki Gretsiya Respublikasi ( grekcha : Ελληνικ? Δημοκρατ?α, Ελλ?δα ) ? Janubi-Sharqiy Yevropada , Bolqon yarim orolning janubida va uning atrofidagi orollarda (yiriklari ? Krit , Evbeya , Rodos , Lesbos ) joylashgan davlat. Maydoni 131,9 ming km 2 . Aholisi 11,28 million kishi (2012). Poytaxti ? Afina shahri hisoblanadi. Ma?muriy jihatdan 52 nom (viloyat)ga, nomlar yeparxiyalarga bo?linadi. 10 tarixiy-geografik viloyatga bo?lish ham mavjud.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gretsiya ? parlamentam respublika. Davlat boshlig?i ? prezident. Amaldagi Konstitutsiya 1975-yilda qabul qilingan. Unga 1986-yil 7-martda kiritilgan tuzatishlarga binoan prezident parlamentda ochiq ovoz berish yo?li bilan 5 yil muddatga saylanadi. U yana bir marta shu lavozimga qayta saylanishi mumkin [2] . Prezident 10 kundan ortiq chet elda bo?lganida, vafot etganida, iste?foga chiqqanida yoki ishga layoqatsiz bo?lib qolganida uning vazifasini Deputatlar palatasining raisi bajarib turadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament) va respublika prezidenti amalga oshiradi. Parlament umumiy to?g?ri va yashirin ovoz berish asosida 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni va uning tavsiyasiga ko?ra hukumatning boshqa a?zolarini tayinlaydi [3] . Bosh vazir lavozimiga parlamentda ko?pchilik o?ringa ega bo?lgan partiyaning rahbari tayinlanadi [4] .

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Olimp tog?i.
Zakinf oroli, Buxta Navagio

Gretsiya quruq subtropik mintaqada joylashgan. Mamlakat hududining 80 % tog?lik. O?rtacha balandligi 1000-1800 metrli tog?lar ko?p, eng baland cho?qqisi ? Olimp tog?i (2911 metr). Tog?lar eroziya ta?sirida parchalanib ketgan va karst avj olgan. Peloponnes yarim orolning sharqida va Kiklada orollarida tez-tez zilzila bo?lib turadi.

Qazilma boyliklar, asosan, Gretsiya sharqidan topilgan: temir , marganes , xrom , nikel , qo?rg?oshin , rux , boksit , marmar , qum qayroq, qo?ng?ir ko?mir va boshqalar. Neft ham qazib olinadi.

Iqlimi O?rta dengizga xos subtropik, qishi sernam va yumshoq; yozi issiq va quruq. Afinada yanvarning o?rtacha harorati 4? 12 °C, iyulniki 25?27 °C. Yog?in shimoli-g?arbdan janubi-sharqqa kamayib boradi. O?rtacha yillik yog?in tog?larda 1500 mm gacha, tekisliklarda 400?700 mm (80 % i qishda yog?adi). Mamlakat shimolda iqlim sovuq, qishda harorat 0 °C dan past bo?ladi.

Daryolari ? Vardar , Maritsa , Strimon , Nestos (Mesta) va boshqalar. Tog? daryolari ko?p, ular yomg?ir va qordan suv oladi, yezda suvi kamayib qoladi. Karst ko?llari va mineral buloqlar ko?p. Ko?llari ? Prespa, Trixonis. Dengiz sohillaridagi va past tog?lik joylardagi butazor va quruq o?rmonlar tagida jigarrang va qo?ng?irjigarrang tuproqlar; balandroqda qo?ng?ir o?rmon-tog? tuproqlari uchraydi. Ko?p joylarda tuproq qatlami suv va shamol eroziyasiga uchraydi. Gretsiyaning 44 % maydoni o?rmon va 28 % butazorlar bilan band.

Dub, qora qayin, kashtan, shumtol, oq qarag?ay, zarang, yong?oq va b. o?sadi. Tog?larda bo?ri, ayiq va yovvoyi o?rmon mushugi yashaydi. Chiyabo?ri, ilon, kaltakesak va toshbaqa ko?p. Milliy bog?lari ? Vikos-Aoos, Mikra-Presna, Eta va boshqalar [5] .

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gretsiya aholisi

Aholisining 95 % yunonlar . Mamlakatning markaziy viloyatlarida albanlar va aromunlar , sharqida turklar yashaydi. Yahudiy, lo?li va bolgarlar Gretsiyaning hamma joyida bor. Rasmiy til ? yunon tili . Aholining aksariyati pravoslavlar; 5 % boshqa dinlarda. Aholining 59 % shaharlarda, 11 % shaharchalarda [6] , 30 % qishloq joylarda yashaydi. Uning o?rtacha zichligi ? 1 km 2 ga 75 kishi to?g?ri keladi. 5 mln.ga yaqin yunon mamlakat tashqarisida, asosan AQShda (2 mln. kishi), Kanada , Avstraliya , Olmoniyada istiqomat qiladi. Yirik shaharlari ? Afina , Saloniki , Patri [7] .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kaloniya davrida Gretsiya hududi Arxaiki .
Aleksandr Makedonskiy

Hozirgi Gretsiya hududida qadim zamonlarda antik sivilizatsiya mavjud bo?lgan. Mil. 4-asrda Gretsiya Vizantiya tarkibiga kirgan. 14?15-asrlarda Usmonli turk imperiyasi tomonidan istilo etilgan. Yunon xalqi xorijiy bosqinchilarga qarshi bir necha bor qo?zg?olon ko?tardi (1571, 1611-yillarda). Buyuk fransuz inqilobidan ta?sirlangan inqilobchi-demokrat Rigas Velestinlis Gretsiya va boshqa Bolqon davlatlari uchun konstitutsiya yozdi. 1814-yil Odesada ?Filiki Eteriya“ (?Axil jamiyat“) nomli maxfiy inqilobiy tashkilot tuzildi. Bu tashkilotga 1820-yilda rus armiyasi generali, yunon aristokrat oilasidan chiqqan A. Ipsilanti rahbar bo?ldi. ?Filiki Eteriya“ ozodlik harakati bayrog?ini ko?tardi va 1821-yil 25-martda Gretsiya mustaqillikka erishdi. 1822-yil yanvarda Epidvarda chaqirilgan Milliy majlis Gretsiyaning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi va Gretsiyani mustaqil deb e?lon qiddi. 1827-yil aprelda yunon siyosiy arbobi I. Kapodistriya prezident qilib saylandi. Rossiya-Turkiya urushi (1828?1829) dan so?ng 3 davlat ( Angliya , Fransa , Rossiya ) London konferensiyasi qarorlariga muvofiq, 1830-yilning 3-fevraldan boshlab Gretsiya mustaqilligi tan olindi. 1910-yilda Krit o. Gretsiya bilan qayta qo?shildi. 1910?1915-yillar mobaynida Liberallar partiyasi tashkilotchisi E. Venizelos Gretsiya Bosh vaziri lavozimida ishladi. U bir qator islohotlar o?tkazdi. Gretsiya 1912-yilgi Bolqon ittifoqini tuzishda, Bolqon urushlari (1912?1913)da qatnashdi.

Gretsiya birinchi jahon urushi davrida [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birinchi jahon urushining dastlabki yillarida Gretsiya betaraflik siyosatini tutdi. 1915-yilning noyabr oyidan e?tiboran ittifoqchi davlatlar Gretsiyai iqtisodiy jihatdan yakkalab qo?ya boshladilar. Natijada u ham Antanta davlatlari tomonida urushda qatnashdi. Urush Gretsiya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Turkiya bilan Gretsiya o?rtasida tuzilgan Sevr sulh shartnomasi (1920)ga muvofiq, Izmir, Sharqiy Frakiya hamda Imroz, Tenedos va boshqa orollar Gretsiyaga berilishi kerak edi. Pekin Turkiyaga qarshi Angliya va Fransiya tomonidan uyushtirilgan harbiy fitna (1919?1922)da Gretsiyaning mag?lubiyatga uchrashi uni Sharqiy Frakiya, Izmir va boshqa hududlardan mahrum qildi. 1924-yil 25-martda Gretsiya respublika deb e?lon qilindi. 1929?1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatda ishchilar va dehqonlar harakati avj oldi. Ikki yirik ? Liberallar (Angliya tarafdorlari) bilan Xalq partiyasi (Fransiya tarafdorlari) o?rtasida kurash kuchaydi. 1934-yil Gretsiya Rumuniya , Turkiya va Yugoslaviya bilan bitim tuzib, Bolkon Antantasi tarkibiga kirdi. Shu tariqa Gretsiya Fransiya rahbarligidagi harbiy-siyosiy ittifoqqa a?zo bo?ldi. 1935-yil soxta referendum asosida mamlakatda monarxiya tiklandi. 1936-yil 4-avgustda general I. Metaksas harbiy hokimiyati o?rnatildi.

Gretsiya ikkinchi jahon urushi davrida [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ikkinchi jahon urushining dastlabki paytida Gretsiya betaraflik yo?lini tutmoqchi bo?ldi. Lekin 1940-yil 28-oktabrda Italiya qo?shinlari Gretsiyaga bostirib kirib, hududining bir qismini egallab oldi. Yunon xalqi noyabr oyiga kelib, dushman askarlarini Gretsiyadan haydab chiqardi. 1941-yil 6-aprelda olmon askarlari Gretsiyaga kirdi va 2-iyungacha mamlakatni batamom egallab oldi. Hukmron partiya rahbarlari dushmanga qarshi kurashish o?rniga, murosasozlikka o?tdi. 1941-yil 27-sentyabrda Milliy ozodlik fronti tashkil qilinib, Gretsiya xalq, ozodlik armiyasi (ELAS) tuzildi (1941-yil dekabr). 1944-yil yozda Gretsiya hududining 2/3 qismi ozod qilindi.

1944-yil may oyida xorijda ?Milliy birdamlik“ deb atalgan hukumat tuzilib, u mamlakatdagi fashizmga qarshi harakatni bostirish maqsadida ingliz askarlarini taqlif qildi. Hukumat 1944-yil 12-oktabrda Afinaga ingliz qo?shinlari hamrohligida kelib, ELASni qurolsizlantirishga qarakat qildi. 5-dekabrda ingliz askarlari ELASga qarshi harakatgao?tdi. 1945-yil 12-fevralda da hukumat va Milliy ozodlik fronti Varkiz bitimini imzoladi. Bitimga muvofiq, harbiy holatni bekor qilib, afv umumiy (amnistiya) e?lon etish, barcha qurolli otryadlarni tarqatish, davlat tuzumi haqida plebissit o?tkazish va boshqa tadbirlarni ko?rish va?da qilingan edi.

Gretsiya urushdan keyingi yillarda [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Milliy ozodlik fronti o?z va?dasida turib, ELASni qurolsizlantirdi. Biroq hukumat munofiqona yo?l tutib, terror muhitida soxta saylov ( 1946-yil mart) va plebissit (1946-yil sentyabr) o?tkazdi hamda mamlakatda monarxiya tuzumini tikladi. Hukumat mamlakatdagi demokratik kuchlarni yo?qotish maqsadida fuqarolar urushini boshlab yubordi. 1946-yil oktabrda Gretsiya demokratik armiyasi tuzilib, bu armiya milliy mustaqillik, demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot uchun uch yil mobaynida kurash olib bordi. 1949-yil oktabrda demokratik armiya qurolli qarshilik ko?rsatishni to?xtatdi (ushbu armiya askarlaridan bir qismi O?zbekistonda boshpana topdi, shu yerda yashab, tinch mehnatda qatnashdi. O?z vatanida qulay siyosiy vaziyat vujudga kelgach, ko?chib ketdi). Taraqqiyparvar arboblar ta?qibga uchradi. 1952-yil noyabrda marshal A. Papagos boshchiligidagi Yunon yig?ini partiyasi hokimiyatni qo?lga oldi. Shu partiya, so?ngra 1956-yilda uning asosida tuzilgan Milliy radikal ittifoq (ERE) K. Karamanlis boshchiligida mamlakatdagi demokratik kuchlarni bostirishni davom ettirdi. Bu esa xalk, ommasining noroziligini kuchaytirdi. 1963-yil 22-mayda parlament so?l deputati G. Lambrakis o?ldirilganidan keyin Milliy radikal ittifoq (ERE) partiyasi hukumati iste?fo berishga majbur bo?ldi.

1963-yil noyabr ? 1964-yil fevral parlament saylovlari natijasida hokimiyat Markaz ittifoqi partiyasiga o?tdi. Hukumat rahbari G. Papandreu davlat apparatini qayta tashkil etish bilan bog?liq tadbirlar belgiladi, maktablarda bepul o?qitishni joriy qildi, dehqonlar to?laydigan soliqlarni birmuncha yengillashtirdi, ayrim toifadagi xizmatchilar maoshini oshirdi, siyosiy mahbuslarni ozod qildi va 1965-yil 15-iyulda qirolning siquvi natijasida Papandreu hukumati iste?fo berdi.

Markaz ittifoqi partiyasidan ajrab chiqqan o?ta o?ng qanot rahbari S. Stefanopulos 1965-yil 17-sentyabrda yangi hukumat tuzishga muvaffaq bo?ldi. U davlat apparati, politsiya va armiyada demokratik ruhdagi kishilarni qirol va oligarxiyaga sodiq shaxslar bilan almashtirdi. 1967-yil aprelda hokimiyatni P. Kanellopulos rahbarligidagi ERE partiyasi egalladi. Udarhol parlamentni tarqatib yubordi va 28-mayda yangi parlament saylovi o?tkazmoqchi bo?ldi. Biroq reaksion harbiy unsurlar 21-apreldayoq harbiy to?ntarish uyushtirdi va mamlakatda harbiy diktatura tartibini o?rnatishga erishdi. Konstitutsiya bekor qilinib, demokratik tashkilotlar tarqatib yuborildi, ilg?or kishilar esa qamoqqa olindi. Harbiy hokimiyatni K. Kollias boshqardi. 1967-yil 13-dekabrda Gretsiya qiroli Konstantin Harbin hukumatni ag?darishga harakat qilib ko?rdi. Lekin qirol mag?lubiyatga uchrab, Rimga qochdi. Shu kuni xunta rahbari G. Papadopulos bosh vazir, general-leytenant G. Zoitakis esa regent qilib tayinlandi. 1974-yil iyulida harbiy diktaturaning ichki va tashqi siyosati butunlay barbod bo?lganligi natijasida bosh vazir K. Karamanlis boshchiligidagi fuqaro xukumati hokimiyat tepasiga chiqdi. O?sha yili o?tkazilgan referendum monarxiya tugatilganligini tasdiqladi va Gretsiyai respublika deb e?lon qildi. Gretsiya prezidenti ? Konstantinos Stefanopulos (1995-yil martdan). Gretsiya 1945-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 16-martda o?rnatgan. Milliy bayrami ? 25 mart ? Mustaqillik kuni (1821).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Umumgresiya sotsialistik harakati (PASOK), 1974-yilda tuzilgan; Gretsiya so?l partiyasi, 1987-yilda tuzilgan; So?l va taraqqiyparvar kuchlar uyushmasi, 1989-yilda tuzilgan; Gretsiya kommunistik partiyasi, 1918-yilda asos solingan; Yangi demokratiya partiyasi, 1974-yilda tuzilgan; ?Siyosiy bahor“ partiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan. Gretsiya umummehnat konfederatsiyasi, 1918-yilda asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi [8] .

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gretsiya ? sanoatlashgan-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 18 %, qishloq xo?jaligining ulushi 16 %.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yiliga o?rtacha 30,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Elektr stansiyalarning ko?pi yoqilg?i bilan ishlaydi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo , neftni qayta ishlash, yog?ochsozlik, sement korxonalari bor. Yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Ip va jun gazlama, gilam to?qiladi [9] . Yog? (zaytun yog?i ishlan chiqarish bo?yicha dunyoda 3-o?rin), un-yorma [10] , meva konservalari, tamaki, vinochilik korxonalari bor. Oltingugurt kislotasi, sintetik materiallar, azotli va fosforli o?g?itlar, portlovchi moddalar ishlab chiqarish kimyo sanoatining asosini tashkil etadi. Asosan chetdan keltirilgan neftni qayta ishlab, turli mahsulotlar tayyorlanadi. Qazib olingan boksit, ferronikel va sh.k.ning anchagina qismi qayta ishlanmagan va konsentrat holida chet ellarga chiqariladi. Alyuminiy, po?lat , cho?yan , ba?zi turdagi rangli metallar eritib quyiladi. Kemasozlik, avtomobilsozlik, traktorsozlik, binokorlik materiallari korxonalari mavjud. Kichikroq ko?nchilik-poyabzal va yog?ochsozlik fabrikalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Afina , Saloniki [11] .

Qishloq xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qishloq xo?jaligining asosiy tarmog?i ? dehqonchilik bo?lib, qishloq xo?jaligi mahsuloti qiymatining 75 % ni beradi. Mayda dehqonchilik xonadonlari ham, yirik xo?jaliklar ham mavjud [12] . Yerlarni ijaraga berish keng tarqalgan. Mamlakat maydonining 30 % ga yaqini ? ekinzor. Gretsiyada zaytun daraxtining 31 turi usadi. Ular yiliga 2 marta gullab, hosil beradi [13] . Aholi jon boshiga 10 tup zaytun daraxti to?g?ri keladi. Mamlakat ekinzorlarining 1,9 % bog?dorchilik xo?jaliklari ko?lida. 6 mln. tup olma, 5 mln. tupdan ko?proq shaftoli, 19 mln. tupga yaqin boshqa mevali daraxtlar bor. Salkam 20 mln. tup apelsin , limon , mandarin , greypfrut , bergamot yozda va kuzda  ? 2 marta hosil beradi. Bug?doy yetishtiriladi [14] ; qand lavlagi, arpa , makkajo?xori , sabzavot , sholi va boshqalar ham ekiladi. Chorvachilik zaif. Qo?y , echki , qoramol , cho?chqa boqiladi. Dengiz sohillarida baliq ovlanadi [15] . Chet el sayyohligi anchagina daromad keltiradi (1 yilda 10 mln.ga yaqin kishi kelib ketadi) [16] .

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gretsiyada dengiz transporti asosiy o?rinni oladi. Savdo flotining salmogi jihatidan dunyoda oldingi o?rinlardan birida turadi. Gretsiyaning 2579 kemasidan 1000 ga yaqini boshqa mamlakatlar bayrog?i bilan suzadi [17] . Asosiy dengiz portlari: Pirey , Saloniki , Elefsis . Temir yo?llarning uzunligi ? 2,6 ming [18] , avtomobil yo?llarining uzunligi ? 130 ming km. Afina va Salonikida xalqaro aeroportlar bor [19] .

Afina tramvayi

Eksport va import [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gretsiya chetga asosan zaytun yog?i va mevasi, uzum, sitrus mevalar, tamaki va ma?dan xom ashyosi chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, yoqilg?i, metalurgiya va kimyo sanoati uchun xom ashyo xarid qiladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Almaniya , AQSh , Italiya , Fransa , Buyuk Britaniya va boshqalar [20] . Pul birligi ? draxma [21] .

Ijtimoiy soha [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gretsiyadagi kasalxonalarning aksariyati davlat qaramog?ida. Xususiy vrachlar ham tibbiy xizmat ko?rsatadi. Vrachlarni Afina va Salonikidagi universitetlarning tibbiyot fakultetlari tayyorlaydi. Mashhur kurortlari Delfa, Saloniki, Patri shaharlari va Kerkira orolida.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Afina universitetining tarixiy korpusi

Maorif tizimi 4 bosqichga bo?linadi: 6 yillik umumiy [22] , 3 yillik o?rta va 3 yillik o?rta maxsus, shuningdek, oliy ta?lim. Umumiy va o?rta ta?lim majburiydir. Gretsiyada 17 universitet va bir qancha texnika institutlari bor. Yiriklari: Afina, Saloniki universitetlari, Afina politexnika instituti. Ilmiy muassasalari [23] : Afina akademiyasi ( 1926-yil tashkil etilgan; unda bir qancha institutlari va komitetlar mavjud), 20 ga yaqin i.t [24] . instituti va bir qancha ilmiy jamiyatlar, Afina shahridagi Milliy rasadxona ( 1842-yil tashkil etilgan) va boshqalar. Gretsiyadagi Milliy kutubxona ( 1828-yil tashkil etilgan), Afina shahridagi Deputatlar palatasi kutubxonasi [25] , universitetlar kutubxonalari yirik kutubxonalardir [26] .

Asosiy muzeylari: Milliy arxeologiya muzeyi (1874-yil tashkil etilgan). Akropol (1878-yil ochilgan), Bizantiya muzeyi (1914), Milliy tarix muzeyi (1882), San?at asarlari milliy galereyasi (1900) ? hammasi Afina shahrida joylashgan [27] .

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gretsiyada bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: ?Avgi“ (?Tong“, kundalik gazetasi, 1952-yildan). ?Akropolis“ (?Akropol“, kundalik gazetasi, 1881-yildan ), ?Atenz nyus“ (?Afina yangiliklari“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazetasi, 1952-yildan), ?Katimerini“ (?Kun yangiliklari“, kundalik gazetasi, 1919-yildan ), ?Rizospastis“ (?Qat?iyat“, kundalik gazetasi, 1918-yildan ), ?Apogevmatini“ (?Oqshom yangiliklari“, kundalik kechki gazetasi, 1952-yildan ), ?Vima“ (?Minbar“, yakshanbaliq haftanoma, 1922-yildan ), ?Ikonomikos taxidromos“ (?Iqtisodiy xabarchi“, haftalik jurnali, 1926-yildan ). Afina axborot agentligi 1896-yilda tashkil etilgan. Radioeshittirishlar 1938-yildan , teleko?rsatuvlar 1966-yildan olib boriladi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Platon akademiyasi

Yangi yunon adabiyoti Vizantiya yemirilgandan keyin dastlabki asrlarda antik va Vizantiya madaniyati an?analari, Uyg?onish davri g?oyalari, xalq og?zaki ijodiyoti zaminida yuzaga kelgan [28] . 15?17-asrlar adabiyoti Kipr , Rodos , Dodekanes , Krit va boshqa orollarda taraqqiy etdi. Turli janrlarda baquvvat asarlar (?Qiz va yigit lapari“, ?Cho?pon“, ?Erofili“, ?Erotokritos“) yaratildi. Bularda asosan ijtimoiy tengsizlik asoslari fosh etildi. 18?19-asrlarda yunon tilida bayon tusidagi adabiyot rivojlandi: K. Dapontes, M. Ibannu, I. Pandzeles va Rigas Velestinlis she?riyati muhim ahamiyat kasb etdi. A. Kalvos, A. Valaoritis kabi adiblar xalqning inqilobiy jasoratini kuyladilar. A. Matesis ?Bazilik“ dramasi bilan milliy dramaturgiyaga asos soldi. Yunon milliy ozodlik qo?zg?oloni (1821?1829)ning yirik arboblari Ya. Makriyannis va F. Kolokotronis memuar (yodnoma) asarlar yaratdilar. D. Solomos, P. Sutsos, A. Rangavis kabi 1-Afina maktabining vakillari ijodida adabiyot an?analari o?z ifodasini topdi. 2-Afina maktabining asoschisi K. Palamas asarlari (?Qalbim nigohi“, 1892; ?Lo?lining o?n ikki qo?shig?i“, 1907; ?Hajviy etyudlar“, 1912)da milliy til va milliy mavzuga asos solindi. 20-asr boshlarida ijod qila boshlagan D. Vutiras, P. Pikros, F. Kornaros kabi adiblarning asarlarida oddiy kishilarning ayanchli hayoti tasvirlangan. A. Sikelyanosning ?Lirik hayot“ she?rlar to?plami, ?Iso Rimda“, ?Digenisning o?limi“ dramalari adabiyot rivojida yangi bosqich bo?ldi. Qarshilik ko?rsatish davrida taraqqiyparvar shoir va adiblardan A. Sikelyanos, F. Angules, G. Kodzyulas va b. ijodida antifashizm g?oyasi ilgari surildi. Urushdan keyingi yillar yunon adabiyoti rivojida Jahon Tinchlik Kengashi adabiy mukofotining laureati N. Kazandzakisning roli katta. U ?Kapitan Mixalis. Ozodlik yoki o?lim“ romani bilan shuhrat qozondi. 1967-yilgi davlat to?ntarishidan so?ng adabiyotda umidsizlik, tushkunlik kayfiyatlari paydo bo?ldi. A. Avgerisning ?Kesishgan va parallel yo?llar“, P. Korovesisning ?Sinov“ she?riy to?plamlarida erk va tinchlik g?oyalari aks etdi. Qadimgi yunon dramaturgi Sofoklning ?Shoh Edip“ asari O?zbekistan Milliy akademik drama teatrida zo?r muvaffaqiyat bilan ko?rsatildi. U teletasmaga yozib olinib zangori ekranda ham bir necha marta namoyish etildi [29] .

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Afina akademiyasining binosi
Neos Kosmos
Parfenon

Usmonli turklar hukmronligi davri (15-asr oxiri ? 19-asr boshlari)da xalq me?morligi asosiy o?rinni egalladi. Har bir vodiy va orolda uylar oddiy materiallardan o?ziga xos uslubda barpo etildi. Shimolda ko?proq yog?ochdan, orollarda toshdan foydalanildi. Tir orolidagi ravoqli va gumbazli, Andros, Mikonos va boshqa orollardagi yassi tomli uylar hozirgacha saqlangan. Yirik shaharlarda barpo etilgan turk mahallalari egri-bugri tor ko?chalardagi ikki qavatli uylardan iborat edi. Ibodatxonalar xochsimon-gumbazli tuzilishda bo?lgan (Afon va Metlor monastirlari). Mamlakat ozodlikka erishgach, 1830-yilda harobaga aylana-yozgan Afina poytaxt sifatida qayta tiklandi. Afina shahrining bosh qurilish loyihasi yaratilgach (1830), Gretsiya me?morligida yangi davr boshlandi. Yunon me?morlari S. Kleantis va L. Kavtadzoglu klassik uslubga asoslangan yangi xil turar joy binolarini yaratishdi. Jamoat binolari klassitsizm an?analari asosida, ibodatxonalar Vizantiya me?morligi ruhida barpo etildi [30] . Serhasham jamoat binolarini ko?pgina xorijiy me?morlar (Afinadagi Milliy kutubxona, 1832; universitet binosi, 1837; daniyalik me?mor X. K. Xansen) qurgan. 20-asr boshlarida mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan old tomoni bolxonali va lodjiyali ko?p xonali turar joylar (me?mor K. Kitsikis), shahar tashqarisida villalar (me?mor D. Pikionis, D. Tripodakis) qurildi. 50? 60-yillarda temir-beton va oynadan hamda mahalliy materiallardan foydalanib, xalq me?morligi asosida turli bino va mehmonxonalar (me?morlar P. Vasiliadis, P. Milonas va boshqalar) solindi. Ma?muriy binolar ko?proq xalqaro me?morlik andazalari asosida (me?mor K. Doksiadis), turar joylar (ko?p kvartirali arzon uylar, me?mor A. Konstantinidis va boshqa), sanoat binolari (Afinadagi ?Fiks“ fabrikasi, me?mor T. Zenetos) qad ko?tardi, muzey va qadimgi yodgorliklar ta?mirlandi [31] .

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

15-asr oxiri va 19-asr boshlarida Gretsiyada monastirlik (ibodatxonalarga liniy mavzudagi rasmlar ishlash) san?ati hukmronlik qilgan. So?nggi Vizantiya an?analari saqlangan, xalq ijodiyoti rivojlangan (bo?rtma tasvir, kashtachilik va boshqalar). 19-asrda sodda va aniq portretlar N. Kandunas, N. Kunelakis asarlarida namoyon bo?lgan. 19-asr 2-yarmida rassomlar Myunxen akademizmi usulini qo?llab, xalq milliy mavzuiga murojaat qilishgan (N. Litras, N. Gizis). Ya. Altamuras manzaralarida romantizm aks etgan. 1920-yildan rassomlar Yevropa san?atining yangi oqimi ta?siri singdirilgan milliy qiyofani yaratishga intildilar (rassom K. Partenis, haykaltarosh Ya. Xalepas). 20-asr o?rtalarida 19 va 20-asrlar realistik san?at an?analari qatorida (rassomlar A. Georgiadis, Ya. Moralis, Ya. Saruhis) milliy o?rta asr va xalq san?ati shakllaridan foydalanilgan (devoriy rassomlik F. Kondoglu, grafika S. Vasiliu). Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq ozodlik kurashi demokratik realistik san?atning paydo bo?lishiga ta?sir etdi (V. Semersidis, D. Katsikoyanis, X. Kapralos, V. Katraki va boshqalar). 20-asr o?rtalarida tarkib topgan modern oqimlari (N. Xajikiriakos-Gikas, A. Kondopulos va boshqalar) keyingi yillarda keng tarqaldi.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gretsiya musiqasi ? dunyodagi eng azaliy musiqiy madaniyatlardan biri. O?rta asr Gretsiya professional musiqasi Vizantiya musiqa madaniyatining taraqqiyot yo?lidan bordi. 15-asr Turkiya istilosi davridan boshlab Gretsiya musiqasining rivoji to?xtab qoldi. Milliy musiqa an?analari faqat xalq ijodi hamda cherkov musiqasida saqlanib qolgan. Xalq musiqasi turli shakl va janrlarga ega. Marosim, tarixiy, maishiy, lirik qo?shiqlar mavjud. Ayniqsa, 17?18-asrlarda ezuvchilarga qarshi kurashgan kishi (kleft)lar haqidagi qo?shiqlar mashxur bo?ldi. Qo?shiqlar jo?rligida ko?proq davra o?yinlar (sirtos, sirtaki va boshqalar) ham ijro etiladi. Sozlar orasida lyutnya, lira, svirel (cho?pon nay), volinka va boshqalar uchraydi. Buzuki, mandolina, skripka, 1830-yillardan boshlab klarnet, gitaralar mashhur. Kerkira Filarmoniya jamiyatining (1840) asoschisi N. Mandzaros yunon milliy madhiyasini yaratgan. Kompozitor S. Samarasning Olimpiya o?yinlari madhiyasi dastlab Afinada ijro etilgan (1896). Gretsiya milliy musika maktabi asoschilaridan biri M. Kalomiris Afinada Gretsiya milliy konservatoriyasini tashkil etdi; milliy opera va simfonik asarlari mashhur. 1940?1950-yillarda M. Xadzidakis va M. Teodorakis kabi ko?pgina qo?shiqchi-kompozitorlar shuhrat qozondi. Gretsiyada milliy opera teatri (1919, Afina), 5 simfonik orkestr bor. Yagona davlat konservatoriyasi Salonikida ( 1914-yil tashkil etilgan); xususiy jamiyatlar qaramog?idagi Afina (1871), Pirey (1904), yunon (1919) va Milliy konservatoriyalar (Afina, 1926) ham mavjud. Yil sayin ommaviy qo?shiqlar festivali o?tkaziladi [32] .

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Vizantiya imperiyasi davrida antik teatr san?ati an?anasi to?xtab qoldi. Zamonaviy teatr san?atining tashkil topishi yunon xalqining milliy ozodlik harakati, jumladan, yashirin vatanparvar jamiyat ?Filiki Eteriya“ faoliyati ta?sirida Odesa (1817) va Buharest (1821)da dastlabki havaskor teatr truppalari tuzildi. Davlat mustaqilligi e?lon qilingach, milliy teatr shakllana boshladi. G. Mandzuranis va G. Kalognomos boshchiligida Siroye orolida teatr tashkil qilindi. J. B. Molyer, K. Goldoni, I. Shiller, V. Gyugo, V. Shekspirlarning asarlari teatr repertuarini boyitdi. Afinada birinchi spektakl 1836-yil ko?rsatildi, lekin professional truppalar 60-yillardan paydo bo?ldi. 1901-yili Afinada Davlat ?Qirol teatri“ tashkil qilindi. Bu yerda ishlagan rejissor T. Ikonomu akterlik san?ati rivojiga katta hissa qo?shdi. 1910?20 yillarda Gretsiya teatr san?ati sezilarli darajada inqirozga yuz tutdi. Rejissor F. Politis teatrning inqiroz holatini yengib o?tishga intildi va 1925-yil Sofoklning ?Shoh Edip“, N. V. Gogolning ?Revizor“, F. M. Dostoyevskiyning ?Akauka Karamazovlar“ini sahnalashtirdi. Dramaturg va teatr arbobi V. Rotas 1930-yilda ?Xalq teatri“ni tashkil qildi (u 1934-yilga kadar faoliyat ko?rsatdi). 1945-yil ?Birlashgan artistlar“ teatri tashkil qilinib, bunda ko?proq yunon dramaturglarining pyesalari qo?yildi. 1955-yil ?Yunon xalq teatri“ yuzaga keldi (rahbari M. Katrakis). 1957-yil rejissor D. Rondiris va aktrisa A. Papatanasiu asos solgan Pirey teatrining sahna asarlari Gretsiya teatrida katta burilish yasadi. 80-yillarga kelib, Gretsiya teatrlari repertuari birmuncha kengaydi. Molyer, I. S. Turgenev, A. P. Chexov, G. Ibsen, F. M. Dostoyevski asarlari Gretsiya teatri sahnasidan keng o?rin oldi. Keyingi yillarda qo?yilayotgan spektakllarda ko?proq maishiy va ijtimoiy mavzular o?z aksini topdi, musiqali komediyalar ham sahnalashtirildi, eng aktual siyosiy voqealar yoritildi.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gretsiyada 1906-yil birinchi hujjatli film suratga olindi. 1911 ? 1912-yillarda bir necha kinokomediyalar yaratildi. 1914-yil asos solingan ?Afina-film“ firmasi to?la metrajli kinofilmlar muntazam ishlab chiqarishni yo?lga qo?ydi. 1914?1918-yillarda ko?proq harbiy kinoxronikalar ishlandi. 1927?1931-yillarda tarixiy va zamonaviy badiiy asarlarni ekranlashtiruvchi yirik kinofirma ? ?Dagfilm“ faoliyat ko?rsatdi. ?Sevgi va to?lqinlar“ (1927, rejissor D. Gaziadis), ?Dafnis va Xloya“ (1931, rejissor O. Laskos) va boshqalar shu firma mahsulotidir. 1932-yil birinchi ovozli film ekranlashtirildi (?Noto?g?ri yo?l“, rejissor D. Gaziadis). Metaksas diktaturasi va fashistlar bosib olgan davrda ?Qalb sadosi“ (1943, rejissor L. Ioanopulos), ?Qarsaqlar“ (1944, rejissor G. Dzavelas) kabi milliy filmlar namoyish qilindi. Gretsiya ozodlikka erishgandan so?ng, dastlabki paytlarda yiliga 8?10 film yaratilgan bo?lsa, 50?60-yillarga kelib 46 taga yetdi. ?Qonli Rojdestvo“ (rejissor G. Zervos), ?Sehrli shahar“ (rejissor N. Kunduros), ?Elektra“ (rejissor M. Kakoyanis), ?Paroxodga“ (rejissor D. Damianos) kabi filmlar o?zining mazmundorligi va ommaviyligi bilan ajralib turadi. A. Stavros, D. Konstandis, I. Dimopulos, I. Papas, P. Zervos, G. Kalogeratos, G. Arvinitis, A. Fonsu, O. Karlatos, T. Vengos, I. Liniku, N. Kurkulos, M. Merkuri, A. Vuyuklaki, D. Papamixail va boshqa Gretsiyaing yirik kinematografchilaridir. N. Kunduros va T. Kanellopuloslar esa hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar ishlab chiqarishda shuhrat qozondilar. Gretsiyada yiliga 100?120 film ekranlashtiriladi.

O?zbekiston ? Gretsiya munosabatlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2022-yilning 16-mart kuni O?zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Gretsiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias ikki mamlakat o?rtasida diplomatik munosabatlar o?rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o?zaro tabrik almashdilar.

Abdulaziz Kamilov maktubida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, madaniyat, ta?lim va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirish uchun yetarli salohiyatga ega ekani qayd etilgan.

O?zaro ishonchga asoslangan O?zbekiston ? Gretsiya sherikligi ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo?lida barcha sohalarda yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirildi.

O?z navbatida Nikos Dendias so?nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar teng huquqlilik va o?zaro hurmat tamoyillari asosida izchil rivojlanib borayotganini ta?kidladi.

Gretsiya O?zbekiston bilan xalqaro tuzilmalar doirasida, shuningdek, Yevropa Ittifoqi yo?nalishida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanlifi ma?lum qilindi.

Mashxur grekliklar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Domna Visvizi - Gretsiya mustaqillik urushi ishtirokchisi, kema qo?mondoning turmush o?rtog?i va undan keyingi kema rahbari.
  • Marika Ninou - arman-yunon rebetiko qo?shiqchisi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. http://www.tovima.gr/files/1/2011/07/22/apografh22.pdf
  2. Ancient Greek Theater Discovered ? Discovery Channel
  3. Reale Dj., Antiseri D. Zapadnaya filosofiya ot istokov do nashix dney.
  4. Leyst O. Istoriya politicheskix i pravovix ucheniy. Gl. 13.
  5. Mejdunarodnoe konsaltingovoe agentstvo , 2012-12-28da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2013-04-14
  6. ?Демографический кризис в Греции и других странах ЕС :: Греция от greek.ru“ . 2013-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 14-aprel.
  7. ?Total population“ . Eurostat (2010-yil 1-yanvar). 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 8-yanvar.
  8. Press Freedom Index 2009 , 2009-10-22da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2009-10-22
  9. Οι Ελληνε? 2οι πιο σκληρ? εργαζ?μενοι στον κ?σμο! ? Греки ? 2-е лучшие в мире работники! , 2010-11-29da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2013-04-14 {{ citation }} : no-break space character in |title= at position 50 ( yordam )
  10. [1]
  11. [2]
  12. Gretsiya: defolt neminuem
  13. V Gresii ob?yavili nalogovuyu amnistiyu [ sayt ishlamaydi ]
  14. ATHENS NEWS AGENCY , 2012-03-05da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2013-04-14
  15. V Gresii budut jit bedno, no v dolg | Delovoy portal BFM.ru
  16. Human Development Report 2009 (dannie na 2007 god vklyuchitelno)
  17. Attiki Odos S. A. ? Responsibility towards the environment, the society and the human being [ sayt ishlamaydi ]
  18. Attiki Odos Motorway, Greece
  19. Rio-Antirrio bridge//Concept & Construction ? Ofitsialnaya stranitsa
  20. Oι αργ?ε? των Eλλ?νων ? Yunonlar bayrami
  21. CIA Fact Book. Greece overview , 2016-08-25da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2013-04-14
  22. Ο ιστ?τοπο? του Εθνικο? Κ?ντρου ?ρευνα? Φυσικ?ν Επιστημ?ν ?Δημ?κριτο?“
  23. Eurybase ? Descriptions of National Education Systems and Policies (PDF) , 2010-05-25da asl nusxadan (PDF) arxivlandi , qaraldi: 2013-04-14 {{ citation }} : no-break space character in |title= at position 9 ( yordam )
  24. ?Δημ?τριο? Καραμπερ?πουλο?. Εγκυκλοπα?δεια Νεοελληνικο? Διαφωτισμο?, υπ? ?κδοση απ? το Κ?ντρο Νεοελληνικ?ν Ερευν?ν, Εθνικο? Ιδρ?ματο? Ερευν?ν“ . 2012-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 14-aprel.
  25. arxiv nusxasi , 2011-06-23da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2013-04-14
  26. ?Δημ?τριο? Καραμπερ?πουλο?. Ελληνικ? Παιδιατρικ?. Διαχρονικ? προσ?γγιση, 15 Νοεμβρ?ου 2008“ . 2012-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 14-aprel.
  27. ?Δημ?τριο? Καραμπερ?πουλο?. Η πρ?τη Ιστορ?α τη? Ιατρικ?? στην Ελληνικ? Γλ?σσα, 11 Ιουλ?ου 2008“ . 2012-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 14-aprel.
  28. Grecheskaya literatura // ?Literaturnaya ensiklopediya“ (M., 1929?1939. T. 1?11)
  29. Vizantiyskaya literatura // ?Literaturnaya ensiklopediya“ (M., 1929?1939. T. 1?11)
  30. Polevoy V. M. Gresiya (Korolevstvo Gresiya). Arxitektura i izobrazitelnoe iskusstvo.//Obщestvennie nauki. Bolshaya Sovetskaya Ensiklopediya. Gl. red. A. M. Proxorov, 3-e izd. T. 30. Ekslibris ? 1978. 632 str.
  31. Andoza:Из
  32. For Greece?s Economy, Geography Was Destiny (ingl.)