Xalqaro
kosmik stansiya
,
qisqartmasi?
XKS
(
inglizcha
:
International Space Station, qisqartmasi ? ISS
) ? ko?p maqsadli kosmik tadqiqot ob’ekti sifatida ishlatiladigan boshqariladigan kosmik stansiya;
1998-yil
oxiridan hozirga qadar faoliyat yuritib kelmoqda. (Uning faoliyati
2024-yilga
qadar amal qiladi. Mamlakatlar ish muddatini
2028
,
2030-yilgacha
uzaytirishga kelishib oldi).
XKS?14 davlat ishtirokidagi xalqaro qo?shma loyiha hisoblanadi: Rossiya, AQSH, Kanada va Yevropa kosmik agentligi a’zolari ? Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Norvegiya, Fransiya, Shveytsariya, Shvesiya
[1]
[2]
[3]
(dastlabki ishtirokchi davlatlar: Braziliya (Braziliya moliyaviy qiyinchiliklar tufayli bundan voz kechdi) va Buyuk Britaniya (?Kosmik stansiya haqidagi hukumatlararo bitim“ni imzolagan, biroq keyinchalik dasturda qatnashmadi) edi).
XKS inson qurgan eng qimmat obyekt sifatida
Ginnes rekordlar kitobiga
kiritilgan
[4]
. Stansiyaning umumiy qiymati 100 milliard dollardan oshadi.
XKS quyidagilar orqali nazorat qilinadi: Rossiya segmenti ? Korolevdagi kosmik parvozlarni boshqarish markazidan, Amerika segmenti ? Xyustondagi Lyndon Jonson missiyasini boshqarish markazidan. Laboratoriya modullari - Yevropaning ?Kolumb“ va Yaponiyaning ?Kibo“ ? Yevropa kosmik agentligi (
Oberpfaffenhofen
, Germaniya) va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi boshqaruv markazlari tomonidan nazorat qilinadi
[5]
. Markazlar o?rtasida doimiy axborot almashinuvi mavjud.
AQSHning aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (
NASA
) ?Axiom Space“ kompaniyasi bilan 2022-yilning yanvarida Xalqaro kosmik stansiyasiga sayyoh yuborish bilan bog?liq shartnoma imzoladi. Ushbu missiya ?Axiom Mission 1“ (Ax-1) deb nomlanadi va sakkiz kun davom etadi. Parvoz Florida shtatidagi Kanaveral kosmodromidan amalga oshiriladi
[6]
.
Amerikalik hamda
hindistonlik
tadqiqotchilar Xalqaro kosmik stansiyaning turli joylaridan namunalar olib, to?rtta
bakteriya
shtammini aniqladi. Mikroblarning uchtasi ilm-fan uchun mutlaqo noma’lum shtammlar bo?lib, barchasi ham tuproqda, ham toza suvda uchraydigan bakteriyalar oilasiga kiradi. Ular azotni qayta ishlash va o?simliklarning o?sishiga ko?maklashib, xavfli patogenlar bilan kurashadi. Namunalar tadqiqot stansiyasining yuqori paneldan, gumbazdan hamda ovqatlanish stoli yuzasidan olingan. O?rganish davomida bitta shtammning avval aniqlangan ≪Methylorubrum rhodesianum≫ ekanligi ma’lum bo?lgan. Ammo qolgan ? jarayon davomida IF7SW-B2T, IIF1SW-B5 va IIF4SW-B5 deb nom berilgan shtammlarni aniqlashning imkoni bo?lmagan. Ulardan birini mashhur hind olimi Ajmal Xon sharafiga ≪Methylobacterium ajmalii≫ deb atash taklif qilingan
[7]
.
1984-yilda
AQSh prezidenti
Ronald Reygan
xalqaro orbital stansiya yaratish bo?yicha ishlarning boshlanganini e?lon qildi
[8]
;
1988-yilda
loyihalashtirilgan stantsiya ?Ozodlik“ deb nomlandi. O?sha paytda bu AQSh, ESA,
Kanada
va
Yaponiya
qo?shma loyihasi edi. Stansiya katta o?lchamda boshqariladigan qilib rejalashtirilgan edi, modullar navbat bilan orbitaga 1981-yildan buyon ?Space Shuttle“ kemalari orqali yetkaziladi. Ammo 90-yillarning boshlariga kelib, loyihani ishlab chiqish qiymati juda yuqori bo?lib chiqdi va Rossiya bilan birgalikda stansiya yaratishga qaror qilindi.
Rossiyaga ?Salyut“ (1971-1991) orbital stansiyalarini yaratish va ishga tushirish tajribasi SSSRdan meros bo?lib o?tdi. 1990-yillarning boshlarida ?
Mir
“ stantsiyasi (1986-2001) ?Mir-2“ stantsiyasini tashkil etishni rejalashtirgan. Biroq iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli loyiha to?xtatildi.
1992-yil 17-iyunda Rossiya va AQSH kosmik tadqiqotlar sohasida hamkorlik to?g?risida bitim imzoladi. Bunga muvofiq, Rossiya kosmik agentligi (RSA) va NASA ?Mir-Shuttle“ qo?shma dasturini ishlab chiqdi. Bu dastur Amerikaning qayta ishlatiladigan ?Spacye Shuttle“ kosmik kemaslarini Rossiyaning ?Mir“ kosmik stansiyasiga joylab parvozlarini amalga oshirishni ko'zda tutadi.
Shuningdek, dastur rus kosmonavtlarini Amerika kemalari ekipajlari tarkibiga va Amerika kosmonavtlarini ?Soyuz“ kosmik kemasi va ?Mir“ stantsiyasiga kiritishni o?z ichiga oladi. Mir-Shuttle dasturini amalga oshirish jarayonida orbital stansiyalarni yaratish bo?yicha milliy dasturlarni birlashtirish g?oyasi tug?ildi.
1993-yil mart oyida Rossiya kosmik agentligi bosh direktori Yuriy Koptev va ?Energia“ bosh konstruktori Yuriy Semyonov NASA rahbari Daniyel Goldinga Xalqaro kosmik stansiyani yaratishni taklif qilishdi.
Shu bilan birga, 1993-yilda Qo?shma Shtatlarda ko?plab siyosatchilar kosmik orbital stansiya qurilishiga qarshi edi.
Iyun oyida AQSh Kongressi Xalqaro kosmik stansiyani yaratishni rad etish taklifini muhokama qildi. Bu taklif faqat bitta ovoz farqi bilan qabul qilinmadi: rad etish uchun 215 ovoz, stansiya qurilishiga 216 ovoz yig?ilgan.
1993-yil 2-sentabrda AQSH vitse-prezidenti Albert Gor va Rossiya bosh vaziri Viktor Chernomirdin ?haqiqiy xalqaro kosmik stansiya“ning yangi loyihasini e’lon qilishdi. Shu paytdan boshlab stansiyaning rasmiy nomi ?Xalqaro kosmik stansiya“ bo?ldi, norasmiy nomi ? ?Alfa“ kosmik stansiyasi ham parallel ravishda ishlatilgan
[9]
. 1993-yil 1 -noyabrda Rossiya kosmik agentligi va NASA ?Xalqaro kosmik stansiya uchun batafsil ish rejasi“ni imzoladi.
1994-yil 23-iyunda Y.Koptev va D.Goldin Vashingtonda ?Rossiya fuqarolik kosmik stansiyasida doimiy sheriklik olib boradigan ishlar to?g?risida vaqtinchalik bitim“ni imzoladi. Uning doirasida Rossiya XKS bo?yicha ishga rasman qo?shildi
[10]
. 1994-yil noyabr oyida Moskvada Rossiya va Amerika kosmik agentliklarining birinchi maslahatlashuv yig?ilishi bo?lib o?tdi; loyihada ishtirok etuvchi firmalar - ?The Boeing Company“ va ?Energia“ kompaniyasi bilan shartnomalar imzolandi.
1995-yil mart oyida Xyustondagi L.Jonson nomidagi kosmik markazda stansiyaning konseptual dizayni tasdiqlandi. 1996 yilda stansiya konfigurasiyasi tasdiqlandi, u ikki segmentdan iborat - ruscha (?Mir-2“ning modernizatsiya qilingan versiyasi) va amerikancha (Kanada, Yaponiya, Italiya, Evropa kosmik agentligi va Braziliya a’zolari ishtirokida).