Jerome David Salinger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jerome David Salinger
Tavalludi 1-yanvar 1919 [1] [2] [3]
Vafoti 27-yanvar 2010 [4] [2] [3]
Ijod qilgan tillari Ingliz tili [1]
Fuqaroligi AQSh

Jerome David Salinger ( talaffuzi:  Jerom Devid Selinjer ; 1-yanvar , 1919 , New York [5]  ? 27-yanvar , 2010 , Kornish, New Hampshire ) ? amerikalik yozuvchi . Uning eng mashhur asari The Catcher in the Rye (?Javdarzordagi haloskor“).

Salinger Manhattanda o?sgan, o?rta sinflarda hikoyalar yoza boshlagan. Uning bir necha qisqa hikoyalari 1940-yillarning boshlarida nashr etilgan. Ular Whit Burnett asos solgan ?Story“ jurnalida chop etilgan. [6] Salinger Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1948-yilda u, tanqidchilar tomonidan baland baholangan ?A Perfect Day for Bananafish“ nomli asarini, The New Yorker jurnalida chop etadi. 1951-yilda Salinger ?The Catcher in the Rye“ nomli romanini nashr etadi. Bu roman dabdabali muvaffaqiyatga ega bo?ladi. Bu asar yosh avlodga katta ta?sir ko?rsatdi va haligacha eng ko?p o?qiladigan asarlardan biri hisoblanadi. Asar yiliga 250 ming nusxada chop etiladi.

Muallifning ?The Ocean Full of Bowling Balls“ nomli hikoyasi xech qayerda chop etilmagan. Ammo ushbu kitob Princeton universitetining kutubxonasida mavjud. Faqatgina universitet talabalari hikoyani o?qish imkoniyatiga egadir. Salingerning vafotidan 50 yil o?tgach, ya?ni 2060-yil 27-yanvar kuni ?The Ocean Full of Bowling Balls“ ommabop nashr etiladi.

Salinger 27-yanvar 2010-yilda New Hampshiredagi uyida 91 yoshida vafot etdi. [7]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. ?JD Salinger | Timeline of Major Events | American Masters | PBS“  (en-US). American Masters (2014-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
  6. "J. D. Salinger". EXPLORING Novels. Detroit: Gale, 2003. Web. November 9, 2010. Andoza:Vs
  7. Italie, Hillel ?'Catcher in the Rye' Author J.D. Salinger Dies“ . ABC News (2010-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 28-yanvar.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]