James Clerk Maxwell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Clerk Maxwell
Tavalludi 13-iyun 1831 [1] [2] [3]
Vafoti 5-noyabr 1879 [1] [2] [3]
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland [4]
Otasi John Clerk-Maxwell of Middlebie
Onasi Frances Cay

Maksvell Jeyms Klerk (1831.13.6, Edinburg - 1879.5.11, Kembrij ) - ingliz fizigi , klassik elektrodinamika , statistik fizika asoschilaridan biri, gazlar kinetik nazariyasini yaratganlardan biri, radiotexnikaning vujudga kelishi uchun poydevor qo?ygan shaxs. London Qirollik jamiyatining a?zosi (1860). Edinburg (1847-50) va Kembrij (1850?54) universitetlarida o?qigan. Aberdin (Shotlandiya, 1856-60), London (1860?65), Kembrij (1871-yildan) universitetlari professori, 1871-yildan Kembrij universiteti qoshida o?zi tashkil etgan Kavendish lababaratoriyasi direktori. Ilmiy ishlari molekulyar fizika, optika , mexanika, elastiklik nazariyasi va boshqalarga oid. Gazlar kinetik nazariyasini rivojlantirgan holda statistik muvozanat holatidagi gaz molekulalarining tezliklar bo?yicha taqsimlanish qonunini topgan (1859). Faradey g?oyasini rivojlantirgan holda makroskopik elektrodinamikaning ma?lum omillarini umumlashtirib elektromagnit maydon nazariyasini yaratgan (1855?73). Bu nazariya asosida Maksvell tenglamalari deb ataluvchi to?rtta differensial tenglama yozadi. Tenglamalarni tahlil etib, Maksvell yorug?lik elektromagnit to?lqinlardan iborat ekanligi haqidagi muhim xulosalarga keldi. Maksvellning elektromagnetizm nazariyasi hozirgi zamon fizikasining klassik asosi hisoblanadi [5] .

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]