1999

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ming yilliklar : 2-mingyillik
Asrlar :
O?n yilliklar :
Yillar :

1999-yil  ? XX asrning 99-yili. [1]

O?zbekistonda [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

"Ayollar yili"

  • 13-yanvar. O?zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo?mita tashkil etildi.
  • Yanvar  ? ?O?zbekiston tarixi“ jurnalining 1-soni chiqdi.
  • Yanvar ? Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida ?Kosonsoy-Tekmen“ O?zbekiston ? Turkiya to?qimachilik qo?shma korxonasi foydalanishga topshirildi.
  • Yanvar ? Xorazm viloyatida shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudning 750 yilligi keng nishonlandi.
  • 4-fevral  ? ?Fidokor“ gazetasi chop etila boshladi.
  • 6-fevral  ? O?zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ?Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to?g?risida“ qaror qabul qildi.
  • 16-fevral  ? Toshkent shahrida terrorchi kuchlar siyosiy va diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan terrorchilik harakati oqibatida 16 nafar inson o?ldirildi, 120 kishi tan jarohati oldi.
  • 18-fevral  ? ?Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma?naviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari“ davlat dasturi ishlab chiqildi.
  • 26-fevral  ? Prezident farmoni bilan ?O?zbekiston Respublikasida pasport tizimi to?g?risida“gi Nizom tasdiqlandi.
  • Fevral  ? Toshkentda O?zbekiston tarixchilari jamiyati tashkil etildi.
  • 2-mart  ? 9-may Xotira va qadrlash kuni deb e?lon qilindi.
  • 15-mart  ? Ibn Sino xalqaro jamg?armasi ro?yxatdan o?tkazildi.
  • 21-mart  ? Samarqand shahrida rus va o?zbek tillaridagi haftalik ?Darakchi“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 30-mart  ? ?Interkontinental“ mehmonxonasi har yili o?tkaziladigan Yevropa ?Interkontinental“ otellari ko?rik tanlovida birinchilikni oldi.
  • Mart  ? ?SamKochAvto“ qo?shma korxonasida shaharlararo va shahar ichida qatnashga mo?ljallangan dastlabki avtobuslar ishlab chiqarildi.
  • Mart. ?Teatr“ oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 7-aprel  ? Toshkent islom universiteti tashkil etildi.
  • 14? 15-aprel  ? 1-chaqiriq O?zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida ?Fuqarolarning o?zini o?zi boshqarish organlari to?g?risida“ (yangi tahrirda), ?O?rmon to?g?risida“, ?Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to?g?risida“, ?Xotinqizlarga qo?shimcha imtiyozlar berish to?g?risida“ qonunlar qabul qilindi.
  • 23-aprel  ? Toshkentda Ma?rifatchilar jamiyatining ta?sis majlisi bo?lib o?tdi. Majlisda jamiyat Nizomi tasdiqlandi.
  • Aprel  ? Brisben ( Avstraliya )da o?tkazilgan Xalqaro ?Gran pri“ turnirida o?zbek karatechilari 25 ta medalni qo?lga kiritdilar, ulardan 14 tasi oltin medallardir.
  • 1- 2-may  ? Toshkentda kurash bo?yicha birinchi jahon chempionati bo?lib o?tdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi.
  • 9-may  ? O?zbekiston Respublikasida birinchi bor 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi. Toshkentda Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida ?Xotira va qadrlash maydoni“ barpo etildi.
  • 17-may  ? Toshkent ? Samarqand yo?nalishida elektrpoyezd qatnovi yo?lga qo?yildi.
  • 17-may ? Sho?rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida uni umumiy temir yo?l tarmog?i bilan ulaydigan uzunligi 20 km bo?lgan Jiyron?Sho?rtan temir yo?l tarmog?i foydalanishga topshirildi.
  • 27-may  ? Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumani tashkil etildi.
  • May  ? Navoiy viloyatida Navbahor gidrouzeli foydalanishga topshirildi.
  • 10-iyun  ? Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta?sis etildi.
  • Iyun  ? Navoiy shahrida o?t o?chiruvchi mashinalarni yig?ish bo?yicha O?zbekiston? Ukraina qo?shma korxonasi ishga tushdi.
  • 1-iyul  ? O?zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o?rtasida sheriklik va hamkorlik to?g?risidagi Bitim ratifikatsiya qilindi.
  • 19- 20-iyul  ? Toshkentda Afg?oniston muammosini hal etish bo?yicha ?6+2“ guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi bo?lib o?tdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi kabul qilindi.
  • Iyul  ? Andijon viloyatining Marhamat tumanida O?zbekiston?Rossiya ?Ekomevalar“ qo?shma korxonasi faoliyat ko?rsata boshladi.
  • Iyul ? Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan ?Ilyushin Il-114“ samolyoti Toshkent? Nukus , Toshkent?Farg?ona yo?nalishlari bo?yicha doimiy parvozlarni amalga oshira boshladi.
  • 7-avgust  ? Toshkentda Ma?naviyat va ma?rifat respublika kengashining ta?sis konferensiyasi bo?lib o?tdi.
  • 18-avgust  ? Vazirlar Mahkamasining Yevropa  ? Osiyo transkontinental avtomagistralini loyihalash ishlari bo?yicha qarori chiqdi.
  • 19- 20-avgust  ? 1-chaqiriq O?zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida ?O?zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to?g?risida“, ?Turizm to?g?risida“, ?Yo?l harakati xavfsizligi to?g?risida“ qonunlar qabul qilindi.
  • 26-avgust  ? Samarqandda ?Sharq taronalari“ ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochildi.
  • Avgust  ? Farg?ona tumanida pillani qayta ishlaydigan Vodil pillakashlik fabrikasining birinchi navbati ishga tushdi.
  • 20? 21-sentabr  ? Toshkentda ?Buyuk ipak yo?li“ni tiklash bo?yicha xalqaro konferensiya bo?lib o?tdi. Unda O?rta Osiyo mamlakatlaridan tashqari Xitoy , Turkiya , Gruziya , Ozarbayjon , Suriya va boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilot vakillari qatnashdilar.
  • 21-sentabr ? Shahidlar xotirasi xayriya jamg?armasi tuzildi.
  • 27-sentabr  ? Toshkentda Amerikaning ?Motorola“ kompaniyasi vakolatxonasi va radiostansiyalar ishlab chiqaradigan ?O?zbekiston?Motorola?Telekom?Radio“ qo?shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo?lib o?tdi.
  • 12-oktabr  ? ?Oltin meros“ xalqaro xayriya jamg?armasi tuzildi.
  • 23? 30-oktabr  ? Toshkentda boks bo?yicha Osiyo chempionati o?tkazildi. Unda 20 mamlakatdan 210 sportchi qatnashdi.
  • 26-oktabr  ? ?Sharq ayoli“ xalqaro ayollar jamg?armasi tuzildi.
  • Oktabr  ? Samarqanddagi ?SamKochAvto“ O?zbekiston ? Turkiya qo?shma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtobuslarning dastlabki turkumi eksportga jo?natildi.
  • Oktabr ? Toshkentda Respublika ?Toshkent“ fond birjasi bilan Frankfurt fond birjasi o?rtasida o?zaro hamkorlik va hamjihatlik memorandumini imzolash marosimi bo?lib o?tdi.
  • Oktabr ? Nukusda Onkologiya ilmiy markazi ochildi.
  • Oktabr ? Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ?Anteks“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati to?qimachilik korxonasi ishga tushirildi. Oktabr ? ?Kurash“ jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 5-noyabr  ? Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi.
  • 6-noyabr  ? Termiz shahrida ?Alpomish“ dostonining 1000-yilligiga bag?ishlangan bayram tantanalari bo?lib o?tdi.
  • 1-dekabr  ? Toshkentda ?Kabul?O?zbek Ko“ O?zbekiston? Koreya to?qimachilik qo?shma korxonasi ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi bo?lib o?tdi.
  • 5 va 19-dekabr  ? Barcha viloyat, tuman va shaharlarda O?zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy Kengashlar deputatligiga erkin demokratik saylovlar bo?lib o?tdi.
  • 17-dekabr  ? Qoraqalpog?istonda 115 km uzunlikdagi Miskin ? Sulton Uvays magistralida temir yo?l izlarini tutashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
  • 17-dekabr ? Xorazmda o?zbek shoiri, tarixchi Ogahiyning 190 yilligi nishonlandi.
  • 18-dekabr  ? Nukusda Ajiniyoz Ko?siboy o?g?li tavalludining 175 yilligi nishonlandi.
  • 29-dekabr  ? O?zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ?Termiz shahrining 2500-yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko?rish va uni o?tkazish to?g?risida“gi qarori chiqdi.
  • 1999 ? Toshkentda ?Toshkent-plaza“ xalqaro savdo ko?rgazma majmuasi bunyod etildi.
  • 1999 ? O?zbekiston iste?molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tuzildi.

Voqealar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Vafot etgan [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Nobel mukofoti laureatlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]