Xalqaro mehnatkashlar kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shved Ijtimoiy Demokratik Partiyasi a?zolari Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 1-may bayramini nishonlovchi namoyishda (2006).

Xalqaro mehnatkashlar kuni ishchilar bayrami bo?lib, har yili 1-may kuni nishonlanadi. Bayramda ishchilar va ularning kasaba uyushmalari ko?chada yurish, namoyishlar o?tkazishadi. 1-may 80 dan ortiq mamlakatda rasmiy milliy bayramdir, boshqa mamlakatlarda norasmiy nishonlanadi.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1886-yili Chikago , AQShda politsiya 8 soatlik ish kunini talab qilayotgan ishchilar mitingini o?qqa tutib, shafqatsizlik bilan tarqatdi (namoyishchilar olomonidan noma?lum kimsa politsiyaga qarata dinamit uloqtirganidan so?ng). O?nlab odamlar halok bo?ldi, shu jumladan politsiya xodimlari ham. [1] [2] Shu fojeani 1889-yili Parijda o?tayotgan qurultoyda xotirlab, 1890-yili xalqaro e?tirozlar o?tkazish taklifi o?rtaga tashlandi. Keyinchalik, 1904-yili Amsterdamda Xalqaro Ijtimoiy Konferensiyada 1-may kunida barcha proletariat ish tashlashi taklifi e?lon qilindi. Ko?p mamlakatlarda ishchilar sinfi 1-mayni dam olish kuni, deb tan olinishiga muvaffaqiyatli urindi.

O?ta o?ng-qanot siyosat yurituvchi partiya va hukumatlar ( Portugaliya , Uchinchi reyx , Franco Ispaniyasi va hk.) 1-mayni nishonlashni bekor qilishgan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ODMP Remembers... , Officer Down Memorial Page
  2. "Roots of May Day are in Chicago" [ sayt ishlamaydi ] , Chicago Tribune

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]