Vikipediya : Maqolalarni nomlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O?zbekcha Vikipediya maqolalari iloji boricha o?zbek tilidagi nufuzli manbalar asosida nomlanishi kerak. Agar maqola mavzusiga bir necha nom to?g?ri kelsa, maqola nomi foydalanuvchilar orasidagi muhokama va kelishuvlar natijasida tanlanadi.

Maqola nomi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • taniqlilik (ya?ni nufuzli manbalarda eng ko?p uchraydigan),
  • tabiiylik (o?zbekzabon foydalanuvchilar uchun),
  • aniqlik (ya?ni bitta ma?noni bildiradigan),
  • qisqalik (maqola mavzusini anglash uchun yetarli darajada),
  • moslashtirilganlik (boshqa maqolalar nomlari bilan).

Vikipediya ishtirokchilari umumiy qoidalardan istisno tariqasida maxsus qoidalarni ishlab chiqishlari mumkin. Maxsus qoidalar konsensusga erishilgan holdagina qabul qilinadi va ushbu sahifada joylashtiriladi.

Maxsus qoidalar [ manbasini tahrirlash ]

Vikipediya maqolalarini nomlashda quyidagilarga e?tibor qilish zarur:

  • Faqatgina birinchi so?zni bosh harf bilan yozish kerak. Maqola nomi ikki yoki undan ko?p so?zdan iborat bo?lsa, faqat birinchi so?zni bosh harf bilan yozish kerak (masalan: ?Sharq falsafasi“ , ?Sharq Falsafasi“ emas). Istisno: atoqli otlar (masalan: Said Ahmad ).
  • Sifatlar otlarga yo?naltirilishi kerak. Maqola nomi faqat ot turkumida bo?lishi kerak. Sifat turkumidagi so?zlar ularning ot shakliga yo?naltirishi zarur (masalan, konservativ sahifasi konservatizm sahifasiga yo?naltiradi).
  • Geografik joy nomlarini imkon qadar o?zbekchada yozish kerak. Agarda biror joy nomi o?zbekcha adabiyotlarda qo?llanilmagan bo?lsa yoki aniq bir o?zbekcha yozilishi bo?lmasa va o?sha joyning asl nomi lotin yozuvini ishlatadigan tilda bo?lsa, asl nomini maqolaga nom qilish kerak (masalan: Parij , lekin Ceanuri ).

Kishilar ismlari [ manbasini tahrirlash ]

Shaxsiyat haqidagi maqolalarni nomlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

  • Shaxsiyat ismlari transliteratsiyaga muhtoj bo?lsa, fonetik qoidalar va/yoki mavjud an?analarga binoan lotin yozuviga o?giriladi.
  • Lotin yozuvidagi ismlar lotin yozuviga transliteratsiya qilinmaydi (masalan, Bill Gates yoziladi, Bill Geyts emas). Shu qoidaga rioya qilib nomlangan maqolalarda maqolaning eng boshida ismdan keyin qavs ichida shaxsiyat ismining talaffuzini yozish kerak. Transliteratsiya qilib yozilgan ismdan tegishli maqolaga yo?naltiruvchi ( inglizcha : redirect ) ham qo?yish zarur (masalan: Maykl Jekson Michael Jackson ).
  • Boshqa tillardagi ismlar o?zbekchalashtirilmaydi (masalan, Oliqsondir Po?shqin emas, balki Aleksandr Pushkin ).

Umumjahon Til Huquqlari Deklaratsiyasi 34-moddasiga binoan:

Har kim barcha jabhalarda o?z ismini o?zining tilida ishlatish, hamda lozim bo?lsa, boshqa yozuv tizimida o?z ismining eng mos fonetik transkripsiyasini ishlatish huquqiga ega. [1]

Jug?rofiy nomlar [ manbasini tahrirlash ]

Xorijiy so?zlar [ manbasini tahrirlash ]

Yana qarang [ manbasini tahrirlash ]

  1. ?Universal Declaration of Linguistic Rights“ ?( inglizcha ). unesco.org .?? ?Everyone has the right to the use of his/her own name in his/her own language in all spheres, as well as the right, only when necessary, to the most accurate possible phonetic transcription of his/her name in another writing system.“.