Sovuq urush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sovuq urush
Sanalar 5-mart 1946 ? 26-dekabr 1991
Urush yeri Global qarama-qarshilik
Natija Yevropada " Baxmal to?ntarilishlari ",
GDRning GFRga qo?shilishi ,
Varshava bitimining bekor qilinishi, SSSR , Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning parchalanishi.
Raqiblar
VBT :

SSSR bayrogʻi SSSR
Albaniya ( 1968 -yilgacha)
1971-yildan 1990-yilgacha Bolgariya bayrogʻi Bolgariya
Vengriya bayrogʻi Vengriya
GDR bayrogʻi GDR ( 1955 ? 1990 )
Polsha bayrogʻi Polsha
1965-yildan 1989-yilgacha boʻlgan Ruminiya bayrogʻi Ruminiya
Chexoslovakiya bayrogʻi Chexoslovakiya


Kuba bayrogʻi Kuba
Xitoy bayrogʻi Xitoy (XXR)
KXDR bayrogʻi Shimoliy Koreya (KXDR)
Angola bayrogʻi Angola
Vyetnam bayrogʻi Vyetnam
Laos bayrogʻi Laos
Mogʻuliston bayrogʻi Mo?g?uliston
...

NATO :

AQSH bayrogʻi AQSh
Belgiya bayrogʻi Belgiya
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya
Olmoniya bayrogʻi GFR ( 1955 -yildan)
Yunoniston bayrogʻi Yunoniston
Daniya bayrogʻi Daniya
Islandiya bayrogʻi Islandiya
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Italiya bayrogʻi Italiya
Kanada bayrogʻi Kanada
Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar
Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
Turkiya bayrogʻi Turkiya
Fransiya bayrogʻi Fransiya ( 1966 -yilgacha)

1959 -yildagi ikki qutbli dunyo .
"Sovuq urush" apogeyidagi (1980-yil) ikki qutbli dunyo .

Sovuq urush ? bir tarafdan kapitalistik AQSh va uning kapitalistik ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan sotsialistik SSSR va uning sotsialistik ittifoqdoshlari orasidagi XX asrning 40-yillari o?rtalaridan 90 -yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy , iqtisodiy va g?oyaviy ziddiyat.

Qo?shma Shtatlar va SSSR to?g?ridan-to?g?ri harbiy ziddiyatga kirishmagan bo?lsa ham, ularning dunyoga ta?sir o?tkazish borasidagi raqobati ko?pincha butun dunyo bo?ylab lokal harbiy ziddiyatlarga olib kelar edi. AQSh va Sovet Ittifoqi o?zining ta?sir doirasini yaratdi hamda ularni harbiy-siyosiy bloklar ? NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamladilar.

Sovuq urush Uchinchi jahon urushi xavfi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962-yilgi Karib inqirozi bo?ldi. Shundan so?ng 1970-yillarda ikki tarafdan xalqaro tanglikni " yengillashtirish " va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.

SSSRning bora-bora texnologik jihatdan ortda qolishi sovet iqtisodiyotining stagnatsiyasi va 1970-yillar oxiri ? 1980-yillarning boshidagi juda katta harbiy xarajatlar bilan bir qatorda sovet hukumatining siyosiy va iqtisodiy reformalar o?tkazishiga majbur qildi. 1985-yilda Mixail Gorbachyov tomonidan e?lon qilingan qayta qurish va oshkoralik KPSSning boshliq rolini yo?qotishiga va og?ir iqtisodiy-ijtimoiy inqirozga, oqibatda esa - 1991-yili SSSRning parchalanishiga olib keldi.

Sharqiy Yevropada sovetlar qo?llovidan mahrum bo?lgan kommunistik hukumatlar undan ham oldin - 1989?1990-yillarda ag?dariladi. Varshava bitimi o?z faoliyatini rasman 1991 -yil 1-iyulda tugatdi va shu vaqtdan boshlab sovuq urushni tugagan deb hisoblashimiz mumkin.

Tarix [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sovuq urushning boshlanishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sovuq urushning boshlanishi rasman 1946-yil 5-mart kuni, Winston Churchill o'zining Fulton (AQSh)dagi mashhur nutqini so?zlagan payti hisoblanadi. Ittifoqdoshlar orasidagi munosabatlarning keskinlashuvi oldinroq boshlangan edi, ammo 1946-yilning martiga kelib bu holat SSSR ning Erondan okkupatsion qo?shinlarini olib chiqishiga noroziligidan kuchayadi. Churchill ning nutqi yangi reallikni ko?rsatdi:

Boltiqdagi Shtettindan Adriatikadagi Triestgacha temir parda qit?a bo?ylab cho?zildi. Tasavvurdagi chiziqning u tarafida ? Markaziy va Sharqiy Yevropa qadimiy davlatlarining barcha poytaxtlaridir. (…) Yevropaning barcha sharqiy davlatlarida juda kichik holda mavjud bo?lgan kommunistik partiyalar hukmronlikka o?tib, chegarasiz totalitar boshqaruvga o?tib oldilar. Politsiyali hukumatlar deyarli hamma yerda boshqaruvdalar va hozircha faqat Chexoslovakiyadan tashqari hech qayerda haqiqiy demokratiya yo?q.

Turkiya va Fors davlatlari ham Moskva hukumati ularga qo?yayotgan talablar bilan juda taajubga tushganlar. Ruslar Berlinda kvazi-kommunistik partiya yaratishga harakat qildilar. (…) Endi agar sovet hukumati o?z hududida prokommunistik Germaniyani yaratishga harakat qilsa, bu britan va amerika hududlarida yangi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi va mag?lub nemislarni Sovetlar hamda g?arbiy demokratik davlatlar orasida bo?lib yuboradi.

(…) Dalillar shunday: bu biz ozod bo?lishi uchun kurashgan Yevropa emas. Bu doimiy tinchlik o?rnatilishiga kerakli narsa ham emas.

Churchill 30-yillarning xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi va ozodlikning qimmat demokratiya va totalitarizmga qarshi "Xristian sivilizatsiyasi" uchun turishni, buning uchun esa anglo-sakson millatlarning ahilligi va birligi kerakligini aytdi.

Bir haftadan so?ng I.V.Stalin "Pravda"ga intervyusida Churchill ni Hitler bilan bir qatorga qo?ydi va uni o?z nutqida G?arbni SSSR bilan urushga chaqirganligida aybladi.

1945?1962 [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yevropa hududida bir-biriga qarshilik ko?rsatayotgan harbiy-siyosiy bloklar.

Vaqt o?tishi bilan bloklar qarshiligidagi tanglik o?zgarib borar edi. Uning eng keskin nuqtasi Koreya urushi yillariga to?g?ri keladi, uning oqibatida 1956-yili Polsha , Vengriyadagi voqealar va Suvaysh inqirozi kelib chiqadi; Xruschev "iliqligi" kelishi bilan tanglik ozgina yengillashadi, bu ayniqsa 1950-yillarning oxiriga xos; Amerika samolyot-ayg?oqchisi U-2 (1960) bilan bog?liq janjal yangi tanglikka olib keladi, uning cho?qqisi bo?lib Karib inqirozi (1962) bo?ldi; bu inqiroz taasurotida yana yengillashish keladi, ammo u " Praga bahori " bilan buziladi.

1962?1979 [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Brejnev Xruschevdan farqli ravishda qaltis avantyuralarga kirishmas, hech qanday "tinch" tadbirlarni o?tkazmas edi; 1970-yillar " xalqaro tanglikni yengillashtirish " deb ataluvchi g'oya ostida o?tdi, Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo?yicha majlis ( Helsinki ) va koinotga sovet-amerika birgalikdagi uchishi (" Soyuz-Apollon " dasturi) buning mahsullaridir; o?sha paytda strategik qurollanishni cheklash to?g?risidagi kelishuvlar imzolanadi. Ko?p tarafdan bu iqtisodiy sabablar bilan tushuntirildi, chunki SSSR o?sha paytdayoq iste?molchilik mahsulotlarini sotib olishda ehtiyojni sezdi (bunga esa valyuta kreditlari kerak edi), G?arb o?z navbatida Arab-Isroil ziddiyati keltirib chiqargan neft inqirozi yillarida sovet nefti bilan juda qiziqqan edi.

1979?1985 [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yangi keskinlashuv 1979 -yili, sovet qo?shinlarining Afg?onistonga kirishidan so?ng vujudga keldi, sovetlarning bu harakatini G?arbda geosiyosiy muvozanatning buzilishi va SSSR ning ekspansiya siyosatiga o?tishi deb qabul qilishdi. Keskinlashuv 1983-yilning kuzida, sovet kuchlari ichida 300 ga yaqin odam bo?lgan Janubiy Koreya ning fuqarolar avialaynerini urib tushirganida o?z cho?qqisiga yetdi. Aynan o?sha paytda AQSh prezidenti Ronald Reagan SSSR ga nisbatan " yovuzlik imperiyasi " iborasini qo?lladi. AQSh bu davr mobaynida o?z yadroviy raketalarini G?arbiy Yevropada joylashtirdi va kosmik raketalarga qarshi himoya dasturi ustida ishlashni boshladi; bu ikkala keng ko?lamli dasturlar sovet hukumati tinchini buzdi, SSSR ning koinotda qarshilik ko?rsatish uchun mablag?i yo?q edi.

1985?1991 [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

"Ijtimoiy plyuralizm" va "umuminsoniy qadriyatlarning sinfiylari ustidan muhimroqligini" e?lon qilgan Mixail Gorbachyovning hukumat tepasiga kelishi bilan g?oyaviy qarshilik tezda o?z keskinligini yo?qotdi. Harbiy-siyosiy masalada Gorbachyov avvaliga 1970-yillarning "yengillashtirish" xilidagi siyosatini o?tkazishga harakat qildi, qurollarda cheklashni taklif qildi, ammo kelishuv shartlari ustida qattiq savdolashdi (Reykyavikdagi uchrashuv).

Ammo sovetlar siyosiy tizimining o?sayotgan inqirozi va neft narhining keskin tushib ketishi tufayli SSSR iqtisodiyotining g?arbiy texnologiyalar va kreditlariga qarab qolganligi Gorbachyov ning tashqi siyosiy muhitda katta muammolarga duch kelishiga sabab bo?ldi. 1988-yilda sovet qo?shinlarining Afg?onistondan olib chiqilishi boshlandi. 1989-yil revolyutsiyalari natijasida Sharqiy Yevropada kommunistik tizimining qulashi sovet blokining likvidatsiyasiga va shuning bilan birga ? "sovuq urush"ning to?xtatilishiga olib keldi.

Bu vaqtni o?zida Sovet Ittifoqi halokat yoqasida edi. Dunyo sotsialistik tizimining parchalanishi neft narxlarining tushishi iqtisodiyot va sanoatning kolossal inqiroziga olib keldi. Mamlakatning chetlarida millatlararo nizolar kelib chiqa boshladi. Moskva ittifoqdosh respublikalar ustidan nazoratni yo?qota boshladi. 1990 -yil martidan 1991 -yil dekabrigacha o?n besh respublika ichidan o?n uchtasi Ittifoq tarkibidan chiqdi. 1991 -yil 26-dekabrda mustaqil Rossiyaning yangi hukumati Ittifoq shartnomasini denonsatsiya qilib, "sovuq urush" tarixida so?nggi nuqtani qo?ydi.

Tarix o?zi haqida eslatmoqda [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2007 -yilning boshida AQSh kongressining ikkala palatasiga sovuq urushda qatnashganlik uchun ( Cold War Service Medal ) yangi harbiy mukofotni tadqiq etish to?g?risida qonun taklif etildi, bu qonun Hillary Clinton boshchiligidagi demokratik partiyalik bir guruh senator va kongressmenlar tomonidan qo?llab quvvatlandi. Medal bilan 1945-yil 2-sentabridan 1991 -yil 26-dekabrigacha AQSh ning harbiy kuchlarida yoki davlat uyushmalarida ishlagan barchani taqdirlash ko?zlandi.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]