Riga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Riga

latishcha : R?ga
Riga
Bayroq
Riga
Gerb
56°56′51″N 24°6′25″E  /  56.94750°N 24.10694°E  / 56.94750; 24.10694  G  O Koordinatalari : 56°56′51″N 24°6′25″E  /  56.94750°N 24.10694°E  / 56.94750; 24.10694  G  O
Mamlakat Latviya
Asos solingan 1201-yil
Aholisi
  (2022)
605 802 [1]
Zichligi 605802 kishi/km 2
Telefon kodi +371 66, +371 67
Pochta indeks(lar)i LV-1001 … LV-1084
Riga xaritada
Riga
Riga

Riga ( latishcha : R?ga ) ? Latviya Respublikasidagi shahar. Respublika poytaxti . Yirik industrial, ilmiy va madaniy markaz, temir yo?l tuguni, dengiz porti. Daugava daryosi sohilida, uning Riga qo?ltpig?ita quyilish joyida. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?4,5°, iyulniki 18°. Yillik yog?in miqdori ? 649 mm. Maydoni 307 km. Aholisi 764 ming kishidan ziyod (2000). Olti shahar tumanidan iborat.

Arxeologik ma?lumotlarga ko?ra, Riga 10?11-asrlarda vujudga kelgan. Shahar sifatida 1201-yilda tilga olingan. 13? 16-asrlarda Riga arxiyepiskopligiga bo?ysundirilgan. 14-asr boshida Ganzatarkibiga kirgan. 1561-yilgacha Livon ordeni tarkibida. 1561-yildan erkin shahar, savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. 1581-yilda Rech Pospolita xukmronligi ostiga o?tgan. 1621-yil shvedlar tomonidan bosib olingan. Rigani Shimoliy urush davrida 1710-yil 14 iyulda rus qo?shinlari egallagan. 1714-yildan Riga, 1796-yildan Liflyandiya gubernyasining markazi. 18-asr oxirida Riga Rossiyaning eng yirik porti va savdo markazi. 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida yirik sanoat markazlaridan biri. Riga 1919-yildan Latviya Respublikasi poytaxti, 1940?90 yillarda Latviya SSR poytaxti, 1990-yil maydan yana Latviya Respublikasi poytaxti.

Mashinasozlik va metallsozlik, shu jumladan, elektrotexnika va radioelektronika, kimyo, kimyofarmatsevtika, yog?ochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari bor. Parfyumeriyakosmetika zavodi faoliyat ko?rsatadi, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Riga ? baliqsanoatining yirik markazi. Konservakulinariya va sardina zavodlari, baliqchilik portida tral va refrijerator floti bazalari ishlab turibdi. Riga porti muqim ahamiyatga ega. Daugavada kemalar katnaydi. 2 aeroport bor.

Shahar eski va yangi qismlarga bo?linadi. Eski Riga hududida o?rta asr me?moriy yodgorliklaridan Dom cherkovi (13-asr), Yekaba (13-asr), Yan (manbalarda dastlab 1297-yilda tilga olingan) va Peter (13?15-asr boshlari) cherkovlari, Orden qasri (14?19-asrlar), 15?18-asrlar turar joylari, Birodarlik kabristoni memorial majmui (1924?36 yillar) va boshqa saqlanib qolgan. Rigada 7 oliy o?quv yurti (shu jumladan, Latviya universiteti , Riga texnika universiteti , konservatoriya), Riga Badiiyot akadimyasi (Yevropada eng ko?hna akademiyalardan), 21 muzey (shu jumladan, Latviya tarixi muzeyi , Shahar tarixi va dengiz sayyoxligi muzeyi, Tabiat muzeyi, Adabiyot va san?at tarixi muzeyi, Badiiy muzey, Etnografiya muzeyi va boshqalar), 9 teatr (shu jumladan, Latviya Milliy operasi teatri), filarmoniya, sirk, telemarkaz, kinostudiya bor. Shahar markazida 2004-yil aprelda Mirzo Ulug?bekka haykal o?rnatilgan. Riga yaqinida Yurmala kurorti faoliyat ko?rsatadi. [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]