Germaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Olmoniya dan yo?naltirildi)
Germaniya Federativ Respublikasi
Bundesrepublik Deutschland
Shior Einigkeit und Recht und Freiheit
(Germancha: ?Birlik va Huquq va Ozodlik“)
Madhiya :   Das Lied der Deutschen, 3rd stanza
(Einigkeit und Recht und Freiheit)
Location of Germaniya
Poytaxt Berlin
Rasmiy til(lar) Nemis tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
Frank-Walter Steinmeier
Olaf Sholz
Mustaqillik
? Germaniya imperiyasi birlashishi
18-yanvar 1871
? Germaniya Federativ Respublikasi: G?arbiy Harbiy zonasidan
23-may 1949
GDR : Sharqiy Harbiy zonasidan
7-oktabr 1949
G?arbiy van Sharqiy Germaniya birlashishi
3-oktabr 1990
Maydon
? Butun
357,021 km 2 ( 62-o?rin )
? Suv (%)
2,24
Aholi
? 2018-yilgi ro?yxat
83,019,200 ( 17-o?rin )
Zichlik 232/km 2
YIM   ( XQT ) 2019-yil ro?yxati
? Butun
$4.117 trillion ( 4-o?rin )
? Jon boshiga
$49,692
Pul birligi Yevro ( EUR )
Vaqt mintaqasi UTC +1
? Yoz ( DST )
UTC +2
Qisqartma De
Telefon prefiksi 49
Internet domeni .de

Germaniya yoki Olmoniya ( nemischa : Deutschland ), Germaniya Federativ Respublikasi ( nemischa : Bundesrepublik Deutschland ) ? Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 098 ming km 2 . Aholisi 84 832 670 kishi (2024-yilga ko?ra). [1] Poytaxti ? Berlin shahri. Ma?muriy jihatdan 16 yer (shtat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniya
Reichstag (Reyhstag)

GFR ? federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qo?shimchalar kiritilgan. Davlat boshlig?i ? federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan a?zolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yo?qotsa yoki vafot etsa, bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari o?z orasidan 4 yil muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qo?lida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan ko?pchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning o?z konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.

Hududiy bo?linishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Federal Yerlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniya Yerlari
Germaniya Yerlari
Federal Yerlar Poytaxti Yuzasi (km²) Aholisi (2)
1 Baden-Vyurtemberg Stuttgart 35.751,65 10.717.000
2 Bavariya Myunhen 70.549,19 12.444.000
3 Berlin (1) 891,75 3.388.000
4 Brandenburg Potsdam 29.477,16 2.568.000
5 Bremen Bremen (1) 404,23 663.000
6 Hamburg (1) 755,16 1.735.000
7 Hessen Visbaden 21.114,72 6.098.000
8 Meklenburg-Old Pomeraniya Schwerin 23.174,17 1.720.000
9 Quyi Saksoniya Hannover 47.618,24 8.001.000
10 Shimoliy Reyn-Vestfaliya Dyusseldorf 34.042,52 18.075.000
11 Reynland-Pfalz Mains 19.847,39 4.061.000
12 Saarland Saarbrucken 2.568,65 1.056.000
13 Saksoniya Drezden 18.414,82 4.296.000
14 Saksoniya-Anhalt Magdeburg 20.445,26 2.494.000
15 Shlesvig-Holshtein Kiel 15.763,18 2.829.000
16 Turingiya Erfurt 16.172,14 2.355.000

(1) Berlin va Hamburg shaharlari ham yer, ham shahar hisoblanishadi; Bremen ham xutdi shunday va unga Bremenhaven ham kiradi.
(2) Stichtag: 31. Dezember 2004

Eng katta shaharlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

No Shahar Maydoni
(km²)
Aholisi Zichligi
(kishi / km²)
1 Myunhen 310,43 1 288 065 4 149
2 Berlin 891,75 3 389 579 3 801
3 Herne 51,41 171 325 3 333
4 Shtuttgart 207,36 591 114 2 848
5 Oberhauzen 77,04 219 147 2 845
6 Essen 210,37 588 084 2 802
7 Nyurnberg 186,38 495 546 2 657
8 Dyusseldorf 217,00 574 066 2 647
9 Boxum 154,40 382 087 2 628
10 Gelsenkirhen 104,85 272 445 2 598
11 Frankfurt Mayn 248,31 655 079 2 595
12 Hannover 204,01 520 100 2 530
13 Kyoln 405,15 965 954 2 384
14 Hamburg 755,16 1 737 000 2 300
15 Mannheim 144,96 324 940 2 241
16 Bonn 141,22 313 605 2 220
17 Duisburg 232,82 503 664 2 164
18 Wuppertal 168,41 363 502 2 150
19 Dortmund 280,30 587 272 2 095
20 Kiel 118,40 229 850 1 941
21 Mainz 97,75 186 061 1 903
22 Augsburg 146,78 261 208 1 880
23 Mulheim an der Ruhr 91,26 170 327 1 866
24 Kassel 106,77 198 503 1 820
25 Augsburg 146,93 260 407 1 772
26 Halle (Saale) 135,01 238 497 1 767
27 Krefeld 137,68 238 270 1 731
28 Leipzig 297,62 498 491 1 675
29 Bremen 326,72 544 746 1 667
30 Karlsruhe 173,46 283 227 1 633
31 Aachen 160,83 256 486 1 596
32 Monchengladbach 170,43 266 684 1 565
33 Castrop-Rauxel 51,66 78 619 1 514
34 Dresden 328,30 487 421 1 480
35 Wurzburg 87,65 129 050 1 470
36 Freiburg im Breisgau 153,06 213 998 1 398
37 Osnabruck 119,80 164 773 1 375
38 Wiesbaden 203,90 271 351 1 331
39 Braunschweig 192,09 245 872 1 280
40 Bielefeld 257,80 329 692 1 278
41 Hagen 160,36 198 780 1 239
42 Magdeburg 200,94 226 675 1 128
43 Chemnitz 220,85 248 365 1 125
44 Rostock 181,39 198 993 1 097
45 Saarbrucken 167,07 180 269 1 079
46 Koblenz 105,02 107 064 1 020
47 Lubeck 214,14 211 874 989
48 Munster (Westfalen) 302,83 269 579 890
49 Hamm 226,26 184 926 817
50 Erfurt 269,17 211 874 752
51 Berlin 278,12

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qadimgi german qabilalarining hududiy tarqalishi

Germaniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland tog? tizmalari oralarida yassitog?liklar, o?rqirlar, ko?llar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Germaniya 5 landshaft zonasiga bo?linadi: Shimoliy Germaniya pasttekisligi, o?rtacha balandlikdagi tog? ostonasi, Janubi-g?arbiy Germaniya burma poydevorli o?rta tog?ligi, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitog?ligi va Bavariya Alp tog?lari. Shimoldagi pasttekisliklarda ko?llar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaydoq yerlar va torfli botqoqlar ko?p. O?rta tog? ostonasidan shimoliy tomondagi yerlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil. Janubda Sharqiy Alp tog?lari qad ko?targan (eng baland nuqtasi SugShpitse tog?i, 2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oralig?idagi past-baland qirg?oqlarda ?Golshteyn Shvey-sariyasi“ joylashgan. Germaniya yer ostida tosh-ko?mir, qo?ng?ir ko?mir, tuzlar juda ko?p. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi mo?tadil, dengiz iqlimi, g?arb va shimoli-g?arbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi mo?tadil-kontinental iqlimga o?ta boradi. Yanvarning o?rtacha harorati pasttekislikda 1,5 °C dan tog?larda ? 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning o?rtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C gacha. Yillik yog?in miqdori 600-800 mm. Baland tog?larda yoz salqin, yog?in 1000-2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik ko?llari: Voden, Myurits. Tuprog?i asosan podzol, chimli podzol va qo?ng?ir o?rmon tuproqlaridan iborat. Gars tog?larining sharqiy va shimoliy tog? oldi joylarida unumdor qoramtir tuproq uchraydi. Tog?larda qoraqayin, dub, oq va qora qarag?ay o?sadi. Bug?u, elik, serna (tog? echkisi), ohu va boshqalar yashaydi. Milliy bog?lari ? Bavariya o?rmoni, Berxtesgaden.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisining 90 % dan ko?prog?i nemislar ; qisman dan (daniyalik)lar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85 % dan ortiq [2] . Rasmiy tili ? nemis tili [3] . Dindorlar ? protestantlar (lyuteranlar, 50 % dan ziyod) va katoliklar [4] . Aholi zichligi bir km 2 ga 229 kishi to?g?ri keladi [5] [6] . Mamlakatda 7,2 million chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 8,9 % ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: Berlin , Hamburg , Myunxen , Kyoln , Frankfurtmayn , Dortmund , Shtutgart , Dyusseldorf , Hannover , Nyurnberg , Leypsig , Drezden [7] .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1369-yilgi Sachsenspiegel (sakson oynasi)ning Berlin qo?lyozmasida (Quyi nemis tilida): "ievelk ?'dudesch lant“' hevet sinen palenzgreven" ' (?har bir nemis yerining Palatin soni bor“) deb yozilgan.

Arxeologiya ma?lumotlariga ko?ra, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo bo?lgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan to?qnashdi. Xalqlarning buyuk ko?chishi deb ataladigan davrdan so?ng Germaniyada alemanlar , bavarlar , sharqiy franklar, sakslar , tyuringlar va frizlar qolgai.

6?8-asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9-asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan so?ng mustaqil nemis davlatiga yo?l ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138?1268) davrida Germaniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi ?salib yurishi“ niqobi ostida Elba va Boltiqbo?yi xalqlarining yerlarini bosib oldi. 15-asr oxiri ? 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qo?zg?olonlari bo?lib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tug?ildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat ?reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori cho?qqisi 1524?26 yillardagi dehqonlar urushi bo?ldi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada o?z mahsulotini tashqi bozorga mo?ljallagan yirik xo?jaliklar paydo bo?ldi. 1618-yilga kelib katolik va protestantlarning o?zaro kurashlari Yevropadagi o?ttiz yillik urush (1618?48) kelib chiqishiga sabab bo?ldi. Urush oqibatida Germaniya katta talofat ko?rdi. 1648-yilgi Vestfaliya sulx. shartnomasiga ko?ra, Germaniya bir necha knyazliklarga bo?lindi. O?zining muhim geografik o?rni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi ( 1701-yildan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740?1786-yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevropada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik o?rnatish uchun Avstriya bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qo?shinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. Fransuz burjua inqilobi ta?sirida Germaniyada dehqonlar harakati avj oldi. nemis knyaz va feodallari Fransiyadagi inqilobni bo?g?ib tashlashni maqsad qilib olishdi. 1792-yil Avstriya bilan Fransiya o?rtasida urush chiqdi. Prussiya Avstriya tomonida turib urushdi. Urushda Germaniya armiyasi yengildi. 1793-yil 18-martda fransuzlar tomonidan ozod qilingan Mayns shahrida nemis tuprog?ida birinchi demokratik respublika e?lon qilindi. 1803?1804-yillarda Napoleon Germaniyadagi mayda davlatlarni tugatib, o?z hukmronligida Reyn ittifoqi tashkil qildi. 1812-yilgi urushda Rossiyaning g?alabasi Germaniyani Napoleon hukmronligidan xalos qildi. 1813-yilgi Leypsig urushu (xalqlar urushi)dan so?ng Germaniyaning barcha hududi ozod qilindi. 1814?1815 yillar Vena kongressi qaroriga ko?ra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya rahbarlik rolini o?ynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo?ldi. Ayniqsa temir yo?l qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qo?lga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi o?ringa chiqib oldi. 1848?49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi bo?lib o?tdi. Uning maqsadi ? mamlakatni birlashtirish, monarxiya tuzumini tugatish. agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qo?rqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob mag?lubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yo?li bilan emas, qurol kuchi va urushlar yo?li bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan so?ng Mayn daryosidan Shimolgacha bo?lgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan so?ng Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm 1 ni Germaniya imperatori deb e?lon qildi.

Germaniya birinchi jahon urushi davrida [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Filipp Sheyderman 1918-yil noyabrda respublikani e?lon qilmoqda

20-asr boshlariga kelganda sanoat rivoji bo?yicha Germaniya Yevropada birinchi o?rinni egalladi. Birinchi jahon urushiga tayyorgarlik ko?rayotgan Germaniya hukumati Fransiya-Rossiya ittifoqini buzib, Fransiyani yakkalab qo?ymoqchi bo?ldi. Bu narsa amalga oshmadi, aksincha, 1907-yil Fransiya , Rossiya va Angliya birlashib, Antanta deb ataladigan ittifoq tuzishdi. O?z harbiy qudratiga ishongan hamda Angliya Rossiyani qo?llamaydi deb o?ylagan Germaniya birinchi jahon urushini boshlab yubordi. 1914-yil 1-avgustda Germaniya Rossiyaga, 3-avgustda Fransiyaga urush e?lon qildi. 4-avgustda esa Angliya Germaniyaga qarshi urush e?lon qildi. 1917-yil AQSh Antanta tomonida turib Germaniyaga qarshi urushdi. 1918-yilning bahorida Germaniya armiyasi g?arbga yurish qildi, biroq mag?lubiyatga uchradi. Sentabrda esa ingliz-fransuz qo?shinlari tomonidan tor-mor etildi. Nihoyat, 1918-yil 5-oktabrda sulh so?rab, Antantaga murojaat qiddi. 1918-yil 11-noyabrda Kompyenda yarash ahdi tuzildi. 9-noyabrda Berlinda qo?zg?olon ko?tarilib, monarxiya tuzumi ag?darib tashlandi va Germaniya respublika bo?ldi. 1919-yil fevralda Veymar shahrida chaqirilgan ta?sis majlisida ishlab chiqilgan Germaniya Respublikasi (Veymar respublikasi) konstitutsiyasi 31-iyulda qabul qilindi. Germaniya burjuaziyasining mavqei mustahkamlana bordi. Chet el, ayniqsa AQSh sarmoyasi Germaniyaning harbiy va sanoat iqtisodiyotini qayta tiklash imkonini berdi. Veymar respublikasi reaksion tusga kira bordi. 1929-yilda boshlangan jahon iqtisodiy bo?hroni Germaniya iqtisodiyotiga katta ta?sir qildi. Bu sharoitda natsional-sotsialistik partiya (1919-yil tuzilgan) faollasha bordi. 1932-yil mart?apreldagi prezident saylovida Adolf Hitler 13 mln.dan ortiq ovoz oldi. O?sha yil noyabr oyida hokimiyat natsional-sotsialistlar qo?liga o?tdi. 1933-yilda fashistlar diktaturasi o?rnatildi. A. Hitler reyxskansler, keyinchalik esa davlat boshlig?i bo?lib oldi. Shu davrdan boshlab mamlakatda terror rejimi o?rnatiddi. Antifashistlar qattiq ta?qib ostiga olindi. 1935-yil umumiy harbiy xizmat joriy qilindi.

Germaniya ikkinchi jahon urushi davrida [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniya 1936?1939-yillarda Italiya bilan birgalikda Ispaniyaga qarshi intervensiya uyushtirdi. 1938-yil martda Avstriyani qo?shib oldi. 1939-yil 1-sentabrda Germaniya Polshaga hujum qilib, ikkinchi jahon urushi (1939?1945)ni boshlab berdi. 3-sentabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e?lon qildi. 1940-yil aprelda Germaniya Daniya va Norvegiyani , may?iyunda esa Belgiya , Gollandiya , Lyuksemburg va Fransiyani bosib oldi. 1940-yil sentabrda Berlinda Germaniya, Italiya va Yaponiya o?rtasida harbiy ittifoq tuzildi. 1941-yil aprelda Germaniya Yugoslaviya va Yunoninstanni bosib oldi. Shu yili 22-iyunda esa Germaniya urush e?lon qilmasdan SSSRga hujum qildi. Dastlabki muvaffaqiyatlariga qaramay, nemis fashistlari shiddatli zarbaga duch keldi. 1945-yil 2-mayda ittifoqchilar qo?shinlari Berlinni egalladi. 8-mayda Germaniya so?zsiz taslim bo?lganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi.

Germaniya urushdan keyingi yillarda [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Berlin devori

Germaniya to?rt okkupatsiya zonasiga bo?lindi. 1949-yil avgustda G?arbiy Germaniyada parlament saylovi o?tkazildi. O?sha yili 20-sentabrda GFR tuzildi. 1949-yil 7-oktabrda Xalq kengashi Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tuzilganligini e?lon qildi. Ikki suveren nemis davlati 1990-yil oktabrgacha alohida-alohida yashab keldi. Lekin sotsialistax jamiyat qurish yo?lini tutgan GDRning ijtimoiy turmush darajasi G?arbiy Germaniya darajasiga nisbatan ancha orqada qoldi ? G?arbiy Germaniya jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan o?rin oldi. nemis xalqining birlashish orzusi 1989-yilning so?ngida taqiq ramzi bo?lmish Berlin devorining buzilishi bilan ushaldi ( Berlin devorining qulatilishi ). 1990-yil 12-sentabrda Moskvada Germaniya masalasini uzil-kesil hal etish to?g?risidagi shartnoma imzolandi. GDR Xalq palatasining qaroriga binoan GDR OFRga qo?shildi. Natijada yagona Germaniya davlati tashkil topdi. 1999-yildan Germaniya federal prezidenta ? Yoxannes Pay. 1998-yildan federal kansler?Gerhard Shreder. Germaniya ? 1973-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Rerspublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 6-martda o?rnatgan. Milliy bayrami ? 3-oktabr, Germaniya birligi kuni (1990).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Angela Merkel va Dmitriy Medvedev . 2008-yil oktabrda

Germaniya kommunistik partiyasi, 1968-yilda tuzilgan; Demokratik sotsializm partiyasi, sobiq GDRda 1946-yilda tuzilgan Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP) negizida 1989-yilda tashkil etilgan; Germaniya sotsial-demokratik partiyasi [8] , 1946-yilda tuzilgan; Xristian-demokratik ittifoqi, 1945-yildan faoliyat kursatadi, 1950-yilda tashkiliy jihatdan yagona partiya sifatida rasmiylashgan; Xristian-sotsial ittifoqi, 1945-yilda Bavariyada asos solingan; Erkin demokratik partiya, 1990-yilda tuzilgan: ?Ittifoq-90“ ?ko?katparvarlar“ partiyasi. 1993-yilda ?Ko?katparvarlar“ bilan ?Ittifoq-90“ partiyasining birlashuvi natijasida barpo etilgan; Germaniya milliy demokratik partiyasi, 1964-yilda yangi natsistlar tomonidan tuzilgan; Respublikachilar partiyasi, 1983-yil asos solingan. nemis kasaba uyushmalari ittifoqi [9] , 1949-yilda tuzilgan, Germaniya birlashganidan so?ng sobiq GDRdagi kasaba uyushmalari unga qo?shildi. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi [10] .

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

OFR ? yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga ko?ra dunyoda uchinchi o?rinda, jahon savdosida ikkinchi o?rinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xo?jaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniya xaritasi shaharlari bilan

Mashinasozlik nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qo?ng?ir ko?mir (dunyoda birinchi o?rin), toshko?mir , neft , tabiiy gaz , polimetall rudalar , kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika , qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yog?ochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik g?oyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan o?rta korxonalardan iborat. Sanoatda band bo?lgan barcha xodimlarning 32 % dan ko?prog?i (2,2 million kishi) yirik firmalarda ishlaydi. ?Simens“ konserni, ?Folksvagen“, BMV va ?Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, ?Xyoxst“, ?Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, ?Rurkole AG“ ko?mir qazish firmasi, ?FEBA“ va ?RVE“ elektr texnika konserni yoki ?Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur bo?lib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar ko?pdan-ko?p mayda va o?rta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlarda boshqariladigan iqtisodiyotdan 1948-yilda bozor xo?jaligiga o?tilganligi hal qiluvchi omil bo?ldi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. Texnika taraqqiyoti sohasida Germaniya sanoati dunyoda oldingi o?rinlardan birini egallaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sun?iy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va o?lchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi o?rinda. Germaniyada qadimdan va go?zal an?-analarga ega bo?lgan hunarmandchilik rivoj topgan.

Qishloq xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniyada qishloq xo?jaligiga yaroqli 36 million ga yer bor. U mo?l-ko?l yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xo?jaligining asosiy mahsulotlari: bug?doy , arpa , qand lavlagi , kartoshka , shuningdek uzum , meva , sabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol go?shti, cho?chqa go?shti, tovuq go?shti va sut yetishtiriladi.

Germaniya hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 millionga) o?rmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30?40 million kub metr yog?och tayyorlanadi, bu hajm ichki ehgiyojning uchdan ikki qismini krplaydi. Germaniya yog?och eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

ICE tez yurar poezdi

Temir yo?l uzunligi ? 91,4 ming km, avtomobil yo?llari uzunligi ? 496,6 ming km. Eng katta aeroporti ? Frankfurtmayn shahrida. Boshqa yirik aeroportlari: Berlin  ? Tegel , Berlin ? Shenefeld , Bremen , Hamburg , Gannover , Drezden , Dyusseldorf , Kyoln /Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Shtutgart. Suv yo?llari uzunligi ? 7467 km. Asosiy dengiz portlari: Hamburg, Bre-menBremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok [11] .

Eksport va import [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniya dunyodagi tashki savdo aylanmasi hajmi bo?yicha AQShdan keyin ikkinchi o?rinda turadi. Germaniya chetga asosan avtomobillar , stanoklar , mashinalar , kimyo mahsulotlari va elektr texnika buyumlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, elektr texnika va to?qimachilik mahsulotlari oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya , Italiya , Buyuk Britaniya , Niderlandlar , Belgiya , AQSh, Rossiya , Lyuksemburg . Pul birligi ? nemis markasi.

Ijtimoiy soha [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

nemis kasalxonalari uchun xarajatlar 1993?2006

Germaniya 620 mingga yaqin o?rinli 2300 kasalxona, 267 ming vrach ishlaydi. Bundan tashqari 1300 sog?lomlashtirish muassasalari mavjud [12] .

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Konstitutsiyaga binoan davlat maorif tizimini umumiy nazorat qilish huquqini o?zida saqlab qoladi. Har bir yerda maorif masalalari bilan shug?ullanuvchi vazirlik bor. 6 yoshdan 18 yoshgacha bo?lgan bolalar uchun ta?lim majburiy. O?qish muddati ? 12 yil Jumladan, bolalar to?la o?quv haftasi dasturi bo?yicha maktabda 9 yil, so?nfa to?liqsiz o?quv haftasi dasturi bo?yicha hunartexnika bilim yurtida 3 yil o?qiydi. Maktablar bir necha bosqichga bo?linadi: boshlang?ich bosqich ? 1?4 sinflar (ba?zi yerlarda 1?6 sinflar). So?ng o?quvchilar umumiy ta?lim maktabining uch toifasiga ajratiladi; keyinchalik hunar ta?limi olish huquqini beradigan asosiy maktab (5?6 yil), kasbkor yo?nalishidagi to?liqsiz o?rta ta?lim huquqini va o?rta hunar-texnika o?quv yurtiga kirish va uni bitirgach, texnika oliy o?quv yurtiga kirish huquqini beradigan real maktab; to?liq o?rta ma?lumot beradigan va universitet hamda oliy o?quv yurtlariga kirish huquqini beradigan gimnaziya. Umumiy ta?lim beradigan maktabning yangi toifasi ? umumiy maktab ham mavjud. Unda bolalar 5sinfdan 10-sinfgacha o?qiydi. Ba?zi umumiy maktablarda gimnaziyalarning yuqori sinflari tarzida tashkil etilgan yuqori sinflar bor. Aqli zaif va nogiron bolalar uchun maxsus maktablar bor. Ularga ham majburiy ta?lim joriy etilgan.

Hunar-texnika ta?limi tizimida hunar maktablari, texnika va muhandislik bilim yurtlari, turli ixtisoslikdagi o?rta maxsus ta?lim maktablari hamda maxsus oliy maktablar bor. Oliy ta?lim tizimiga universitetlar, oliy o?quv yurtlari, oliy badiiy maktablar, texnika maktablari va boshqalar kiradi. Ularda o?qish pulli. Eng yirik va qadimgi oliy o?quv yurtlari: Geydelberg, Leypsig, Rostok, Berlin universitetlari. 1960-yildan keyin yana 20 ta universitet tashkil etildi. Ularning yonida texnika oliy bilim yurtlari va pedagogika institutlari mavjud. Maxsus oliy o?quv yurtlari oliy ta?limning eng yosh va hammaga manzur toifasi hisoblanadi. Ulardagi ta?lim ayniqsa muhandislik, iqtisodiyot, ijtimoiy ta?minot, dizayn va qishloq xo?jaligi sohalarida ko?proq amaliy tarzda olib boriladi. Germaniyada har yili 10 million fuqaro bilim saviyasini oshirish imkoniyatiga ega. Malaka oshirishning eng yaxshi va samarali shakli xalq universitetlaridir. Germaniyada 11 ta mintaqalararo iqtisodiyot o?quv markazi va 30 ta malaka oshirish instituti mavjud. Yirik firmalar o?z xodimlari uchun alohida kurslar tashkil etadi.

Mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlari oliy o?quv yurtlarida, davlat va xususiy ilmiy tadqiqot muassasalarida va iqtisodiyot ilmiy tadqiqot bo?limlarida olib boriladi. Tadqiqotlarda Dyusseldorf, Gyottingen, Geydelberg, Leypsig, Mayns va Myunxenda joylashadi Fanlar akademiyasilari va 1992-yil qayta tashkil etilgan Berlin-Brandenburg badiiy akademiyasi oliy o?quv yurtlari bilan uzviy hamkorlik qiladi. Mamlakatda 60 dan ortiq ilmiy muassasa va ularning filiallari mavjud. ?21-asr texnologiyalari“ deb atalgan ishlardan tashqari, jumladan, transport, ekologiya, sog?liqni saqlash, informatika, shuningdek mayda va o?rta korxonalarni qo?llab-quvvatlash sohalarida tadqiqotlar olib boriladi.

Germaniyada 3 mingdan ko?proq muzey bor. Yerlar, shaharlar, uyushmalarning muzeylari, o?lkashunoslik va xususiy muzeylar, ibodatxonalar, qasrlar, saroylardagi muzeylar, ochiq havo ostidagi muzeylar shular jumlasiga kiradi. Eng yirik muzeylari: Axendagi sobor xazinasi, Yangi galereya, Berlindagi ?Prussiya madaniy bisoti“ davlat muzeyi, Bonndagi shahar san?at asarlari majmuasi, Drezdendagi Eski va Yangi ustalarning rasmlar galereyasi, ?Kuk gumbaz“, Essendagi ?Folkvang“ muzeyi kabi san?at muzeylari, Bonndagi Reyn viloyat muzeyi, Kyolndagi Rim-Germaniya muzeyi, Myunxendagi Bavariya milliy muzeyi kabi madaniytarixiy muzeylar, Berlin, Frankfurtmayn, Gyottingen, Hamburg, Kil, Kyoln, Lyubeke, Myunxen va Shtutgartdagi etnografiya muzeylari va boshqalar. Yirik kutubxonalari: Myunxendagi Bavariya davlat kutubxonasi (6 milliondan ortiq asar saqlanadi). ?Prussiya madaniy bisoti“ning Berlindagi davlat kutubxonasi (4 million asar), Kyolndagi Markaziy kutubxona, Volfenbyuttedsagi gersog Avgust nomidagi kutubxona (660 mingdan ortiq asar) va boshqalar.

Matbuoti, radnoeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniyada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: "Algemayne saytung (?Umumiy gazeta“, kundalik gazeta, 1850-yildan ), ?Berliner morgenpost“ (?Berlin tonggi xabarlari“, kundalik gazeta, 1898-yildan ), ?Bonner rundshau“ (?Bonn sharhi“, kundalik gazeta, 1945-yildan ), "Generalansayger (?Hammabop xabarnoma“, kundalik gazeta, 1725-yildan ), ?Noyes Doychland“ (?Yangi Germaniya“, kundalik gazeta, 1946-yildan ), ?Shpigel“ (?Ko?zgu“, haftalik suratli jurnal, 1947-yildan ), ?Shtern“ (?Yulduz“, haftalik suratli jurnal, 1948-yildan ). Doycher Depeshendinst Algemayner Doycher Naxrixtendinst ? DDP/ ADN axborot agentligi; 1946-yilda sobiq GDRda tuzilgan ADN agentligining 1993-yilda G?arbiy Germaniyaning DDP agentligi bilan qo?shilishi natijasida vujudga kelgan. Doyche Presse-Agentur-DPA jahon axborot agentligi, aksiyadorlik jamiyati bo?lib, 1949-yilda tuzilgan. ?Arbaytsgemaynshaft der effentlix-rextlixen rundfunkanshtalgen der Bundesrespublik Doychland“ ? ARD OFR radio va televizion kompaniyalari birlashmasi, mamlakat radioeshittirish va teleko?rsatuvlarini nazorat qiladi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyotnning eng qadimgi namunalari 8?9-asrlarga mansub (?Gildebrand qo?shig?i“, ?Mazreburg sehri“). Ekkehardning lotin tilidagi ?Valtarius“ asari 11-asrda yaratilgan. Uyg?onish davri adabiyotiga Volfram fon Eshenbax, M. Lyuter, T. Myunser, G. Saks (16-asr) kabi shoir va adiblar salmoqli hissa qo?shdi. ?Til Eylenshpigel“, ?Reyneke Lis“, ?Faust“ kabi xalq kitoblari nashr qilindi. Klassitsizm namoyondasi shoir M. Opits mistik va dabdabali barokko she?riyatiga qarshi nemis tilining sofligi uchun kurashdi. ?Minna fon Barnxelm“, ?Emiliya Galotti“, ?Donishmand Natan“ pyesalari muallifi G. E. Lessing nemis milliy adabiyotiga asos soldi. I. V. Gyote (?Egmont“, ?nemis va Doroteya“, ?Faust“) va F. Shiller (?Qaroqchilar“, ?Makr va muhabbat“, ?Orlean qizi“, ?Vilgelm Tell“) ijodi 18-asr va 19-asr boshlari nemis adabiyotidagi taraqqiyparvar g?oyalarning rivojida yuksak bosqich bo?ldi. 18-asr 2-yarmi va 19-asr boshlarida romantizm paydo bo?ldi. Romantiklar (aka-uka A. va F. Shlegellar, L. Tik, L. Uland va boshqalar) o?rta asrni, din va xurofotni ideallashtirib, poeziyada subyektivizmni targ?ib etishdi. 19-asrning 30-yillaridagi siyosiy ko?tarilish adabiy hayotni ham jonlantirdi. Dramaturg G. Byuxner, L. Berne demokratiya uchun kurashdilar. Buyuk shoir G. Geyne ?Qo?shiqlar kitobi“ siyosiy lirikasi va boshqalar to?plamlarida feodal reaksiyani tanqid qildi. 1848-49 yillardagi nemis burjuademokratik inqilobi mag?lubiyatidan so?ng adabiy hayotda reaksion kayfiyat kuchaydi. 20-asr boshlarida dramaturgiyada naturalistik oqim paydo bo?ldi (G. Gauptman, A. Gols va boshqalar), tanqidiy realizm yuksak bosqichga ko?tarildi. Birinchi jahon urushi davrida va undan so?ng A. Sveyg, B. Kellerman, K. Tuxolski, E. M. Remark kabi tanqidiy realistlar ijtimoiy tuzumning reaksion mohiyatini fosh etdilar. Fashistlar hokimiyat tepasiga kelgach, ko?pchilik taraqqiyparvar yozuvchilar vatanni tark etishdi va chet ellarda fashizmni fosh etuvchi asarlar yozishdi. 1945-yilda mamlakat ikkiga bo?lingach, nemis adabiyoti turli yo?llardan rivojlandi. Sharqiy G. (sobiq GDR)da yashagan taniqli yozuvchilar T. Mann, G. Mann, L. Feyxtvanger kabilar adabiy oqimdagi ilg?or an?analarni ijodiy davom ettirdilar. Eski ziyolilardan B. Kellerman, A. Sveyg, G. Fallada yangicha adabiy hayotga faol qo?shildilar. I. R. Bexer, B. Brext, A. Zegers, F. Volf, F. Fyuman fashizmning jirkanch qiyofasini fosh etuvchi, insonning jamiyat oldidagi mas?uliyatini ifodalovchi asarlar yozishdi. Ammo bu yerda axborot imkoniyati va fikrlar erkinligi bo?lmagan sharoitda ularning ijodiy imkoniyatlari cheklangan edi.

Germaniyaning g?arbi (OFR)da yashagan va fashizm qabohatlarining shohidi bo?lgan V. Borxert, X. V. Rixter, G. Byoll kabi adiblar o?zlarining ko?rgan-kechirganlari haqida ta?sirchan asarlar yaratishdi. Xans Verner Rixterning tashabbusi bilan tuzilgan ?47lar guruhi“ katta rol o?ynadi. Shu guruh har yili o?tkazib turgan yozuvchilarning uchrashuvlari adabiy doiradan chiqib, siyosiy voqeaga ham aylana bordi. Bir qator adiblar (Yu. Bekker, R. Brinkman, A. Kluge, D. Vellersxof) ijtimoiy voqelikni talqin etmay, shunchaki tasvirlash yo?lidan bordilar. 70 va 80-yillarda esa ko?pgina yozuvchilar ijtimoiy va iqtisodiy faollikka intildilar. Mamlakat birlashishi bilan nemis adabiyoti yangi rivojlanish bosqichiga kirdi. Yangi voqelikni badiiy idrok qilish va aks ettirish uchun vaqt kerak bo?ladi.

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Berlin

nemis qabilalarining qadimgi me?moriy yodgorliklari (yog?ochdan ishlangan) saqlanmagan. Toshdan ishlangan me?moriy yodgorliklari (Axendagi saroy kapellasi, 790?805: Fulddagi muqaddas Mixail cherkovi, 822) keyingi antik va Vizantiya me?morligi ta?sirida paydo bo?lgan. 9?10-asrlarda bazilika xilidagi bezaksiz cherkovlar qurildi. 11-12-asrlarda roman uslubidagi cherkov va soborlar (Mariya Lax cherkovi, 1093?1230; Maynsdagi sobor, 1100-1230 va boshqalar) qad ko?tardi. 13-14-asrlarda Germaniyada gotika uslubiga xos binolarni yangi konstruksiyalar asosida qurish avj oldi. Uyg?onish davrida ham gotika uslubi o?z mavqeini yo?qotmadi. 17-asrda me?morlik va tasviriy san?atda dabdabali barokko uslubi keng tarqaldi. 18-asrning 1-yarmida saroy va cherkovlar qurilishi yanada rivojlandi va ba?zan barokko bilan rokoko qisman birlashtirildi, 2-yarmida esa klassitsizm uslubida teatr, muzey va o?quv muassasalari qurildi. 19-asrda yangi qurilish materiallari ? temir va beton konstruksiyalari paydo bo?lishi tufayli modern uslubi urf bo?ldi. 20-asrda texnika taraqqiyoti bilan konstruktivizm va funksionalizm qonunlari asosida (P. Berens, B. Taut, V. Gropius, L. Mis van der Roe va boshqalar) sanoat va turar joy binolari barpo etilib, shaharlar loyihasi tuzildi. Fashistlar diktaturasi davrida Germaniyada dag?al va beso?naqay ko?rinishli, klassitsizmga yot binolar qurildi. Bu davrda ko?pgina atoqdi me?morlar chet ellarga ketib qoldilar. Urushdan keyin ayniqsa GDRda bir qolipdagi ko?rimsiz binolar qad ko?tardi. Keyingi yillarda ko?rkam jamoat binolari, qulay turar joylar qurila boshladi, shaharlarni obod qilishga kirishildi. Germaniyada insonning ehtiyojlarini har tomonlama nazarda tutgan zamonaviy yangi me?morlik namunalari tobora ko?payib bormoqda. Me?morlikdagi yangi yo?nalishlar go?zal va qulay inshootlar yaratilishiga olib kelmoqda. Turli ranglarga bo?yalgan liftlar , eskalatorlar , bino tashqarisiga o?rnatilgan kommunikatsiyalar me?moriy bezak vazifasini ham o?taydi. Ustunning qoshi, karniz va naqshlar esa bino husniga husn qo?shib, kishi ko?zini quvontiradi. Shtutgartdagi yangi davlat galereyasi binosi (me?morlar J. Sterling, M. Uilford). Frankfurtmayndagi 256 metrlik yarmarka minorasi (me?mor X. Yan) shu jumlaga kiradi.

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniya hududida paleolit va neolit, jez va temir davrlari san?ati yodgorliklari topilgan. Mil. boshlarida nemis qabilalarining ibtidoiy san?ati paydo bo?lgan. 8?9-asrlarda karolinglar san?ati (suyak o?ymakorligi, miniatyura)ga Vizantiya, qadimgi dunyo madaniyati ta?sir etdi. 11-13-asrlar san?ati (Xildesxeym soborining bronza eshiklari, 1015, Reyxenau orolidagi Obersel cherkovining devoriy rasmlari, miniatyuralar) diniy harakterdagi roman uslubiga o?tish davri bo?ldi. 13?14-asrlarda nemis gotikasi taraqqiy etib, saroyritsarlik madaniyati elementlari o?sayotgan shaharlar madaniyati bilan qo?shilib ketdi. Uyg?onish davrida insonparvarlik g?oyalari bilan sug?orilgan realistik san?at vujudga keldi. 15-asrda paydo bo?lgan bu san?at (S. Loxner, L. Mozer, G. Mulcher, M. Shongauer) 16-asrning 30-yillarida A. Dyurer, X. Xolbeyn asarlarida yuksak cho?qqiga ko?tarildi. San?atda 16-asrning 2-yarmidan manyerizm, 17-asrdan barokko hukmron bo?lib, 18-asr o?rtalarida klassitsizm paydo bo?ldi (R. Mengs, A. Kaufman, A. Ya. Karstens va boshqalar). 1848?49 yillardagi inqilob davrida jangovar demokratik ruhdagi kartinalar yaratildi (I. P. Gazenklever, K. Gyubner, K. F. Lesing). 19-asrning yirik realist rassomi A. Mensel ijodida nemis hayoti o?zining to?la aksini topdi. 20-asr boshlarida Germaniya mayda burjuaziya oqimi?ekspressionizm vatani bo?lib qoldi (haykaltarosh V. Lembruk va boshqalar). Fashistlar hokimiyat tepasiga kelgach, quvg?in va ta?qiblarga qaramay, ba?zi rassomlar (Barlax, Kolvits, O. Nagel) insonparvarlik ideallariga sodiq qoldilar. Urushdan keyin utmish an?analariii tiklashga kirishildi va Yevropa hamda Amerika san?atidagi yangi oqimlardan foydalanildi. Hozirgi vaqtda yo?nalishlar naqadar xilma-xil bo?lmasin, mutanosiblik yo?liga intilish seziladi.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Teatr san?ati tarixi xalq urf-odatlari va o?yinlaridan iborat. 11?15-asrlarda xalq sayyor aktyorlari?shpilmanlar san?ati avj oldi (yengil, sho?x, kichik pyesalar quyilgan). 16-asr oxirlarida maktab dramalari keng tarkaldi. nemis aktyorlarining birinchi truppalari yuzaga keldi. 18-asrda aktrisa K. F. Neyber nemis teatri sahnasiga fransuz klassitsizmi badiiy tamoyillarini olib chiqdi, teatrning tarbiyaviy roli uchun kurashdi. 19-asrda Berlin, Braunshveyg, Drezden, Dyusseldorf, Hamburg va boshqa shaharlar teatr markaziga aylandi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida E. Possart, L. Barnay, Y. Kayns kabi yirik aktyorlar yetishib chikdi. l-jahon urushi yillarida Germaniya teatri realistik an?analardan chekindi. 1927-yilda ochilgan ?Piskator teatri“ publitsistik yo?nalishdan bordi. Dramaturglardan B. Brext, F. Volf, E. Toller, aktyorlardan A. Moisei, G. Otto, E. Bush, rejissorlardan M. Reyngardt, E. Piskator, G. Vangenxeym, K. X. Martinlar teatr san?atining rivojlanishiga katta hissa qo?shdilar. Fashizm davrida teatr san?ati natsistlarning targ?ibot quroliga aylandi. Fashizm tor-mor etilgach, natsizmga qarshi ruxdagi pyesalar paydo bo?ldi. Berlinda 150 ta teatr va sahna bor. Boshka shaharlardagi teatrlarning ham repertuarlari xilma-xil. Klassiklarning pyesalari ham katta muvaffaqiyat qozonmoqda. Shiller, Lessing va Kleystdan keyin B. Brext asarlari paydo bo?ldi. Zamonaviy dramaturglardan ba?zilari muvaffaqiyatga erishdi. Rolf Xokxut, Harald Myuller, Tankred Dorst, Klau Pol shu jumlaga kirdi.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?rta asrlarda ritsarlar san?ati paydo bo?ldi, minnezingerlar maktabi shakllandi (Volfram fon Eshenbax va boshqalar); 14-asrda meysterzingerlar san?ati, 16-asrdan cholg?u (ayniqsa organ) musiqasi (K. Pauman singari kompozitorlar ijodida) rivojlandi. Islohot davrida xalq qo?shiqlari zaminida protesta ntxorali paydo bo?ldi. Germaniya Shyuts nemis musiqasida oratoriya va kantata janrlarini ishlab chiqdi, birinchi nemis operasi ?Dafna“ (1627)ni yezdi. 1723-yildan I. S. Bax faoliyati boshlangap Leypsig yirik musiqa markaziga aylandi. 18-asr 2-yarmida musiqali sahna janri?zingshpil paydo bo?ldi (I. Xiller va boshqalar). Asosan chet ellarda ishlagan Germaniya Gendel, X. Glyuk kabi kompozitorlar Angliya , Fransiya va boshqa mamlakatlar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qo?shdi. Y. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven singari Vena klassik maktabi ustalari nemis musiqasi rivojiga kuchli ta?sir o?tkazdi. L. Betxoven ijodi nemis musiqasining cho?qqisidir. 19-asr boshida musiqiyromantizm namoyandalari F. Shubert, K. Veber, F. MendelsonBartoldi, R. Shuman, 19-asr 2-yarmida R. Vagner. I. Brams, M. Regerlar ijod qildi. 20-asr boshidan Germaniyada ekspressionizm (R. Shtraus, A. Shyonberg), neoklassitsizm (P. Xindemit), atonalizm kabi musiqiy avangardizm oqimlari tarqaldi. Fashistlar rejimi mamlakat musiqiy madaniyatiga halokatli ta?sir qildi. Ilg?or kayfiyatdagi musiqa arboblari xorijdan boshpana topdi. Urushdan keyin keksa avlodga mansub kompzitorlarning ijodi va faoliyati (K. Orf va boshqalar) yetakchilik qildi. 60-yillardan keyingina yosh kompozitorlar (X. Xense, K. Shtokxauzen) ko?zga ko?rina boshladi. Berlin, Hamburg, Myunxen, Frankfurtmayn, Shtutgart, Leypsig, Drezden va boshqa shaharlarda opera va balet teatrlari, simfonik orkestrlar, Oliy musiqa maktablari bor.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Germaniyada kinematografiya 1895-yil yuzaga kelgan. Birinchi jahon urushi arafasida badiiy filmlar ishlab chiqarila boshlandi. 1916?1917-yillar UFA deb atalgan yirik ishlab chiqarish firmasi tuzildi. F. F. Murnau, G. V. Pabst, E. Lyubich kabi rejissorlarning filmlarida zamonasining ijtimoiy mavzulari aks ettirildi. 20-yillarda nemis kinosida ekspressionizmning kuchli ta?siri sezilib turadi. 20-yillar oxiri va 30-yillar boshida ?Krauzen buvining baxt tomon safari“ (rejissor P. Yutsi) va boshqa realistik filmlar yaratildi. 1933-yil yuzaga kelgan siyosiy reaksiya nemis kinematografiyasi rivojlanishini to?xtatib qo?ydi. Ikkinchi jahon urushi davrida kino natsizm targ?ibotining quroliga aylantirildi. OFRda 1949-yildan tijorat va ko?ngilochar filmlar chiqarila boshladi. 60-yillardan e?tiboran yosh rejissorlar badiiy yetuk ekran asarlari yaratishdi. Keyinchalik zamonaviy voqelik va axloq mavzulariga e?tibor berila boshladi. Doris Durrining ?Erkaklar“ komediyasi, Volfgang Petersonning urush haqidagi ?Suv osti kemasi“ filmi kabi badiiy puxta kartinalar yuzaga keldi. 1984-yilda yaratilgan ?Parij, Texas“, 1988-yilda suratga olingan ?Berlin osmoni“, 1986-yilda dunyo yuzini ko?rgan ?Roza Lyuksemburg“ filmlari tomoshabinlarga manzur bo?ldi. Tarixiy va zamonaviy mavzudagi adabiy asarlarni ekranlashtirishga kirishildi. [13]

O?zbekiston ? Germaniya munosabatlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Germaniya Statistika Vazirligi, 22. April 2015 , 21?dekabr 2018?yilda asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 30?iyul 2015?yil {{ citation }} : CS1 maint: date format ()
  2. Germaniya turi, otdix, seni, ekskursionnie turi v Germaniyu , 9?iyul 2009?yilda asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 18?aprel 2013?yil {{ citation }} : CS1 maint: date format ()
  3. Nemeskie dialekti ? karta raspredeleniya
  4. Marshem na Berlin. V Germanii bejensi razvernuli borbu za svoi prava
  5. DSW: Landerdatenbank [ sayt ishlamaydi ]
  6. Stiftung Weltbevolkerung: Home ( Wayback Machine saytida 2009-11-22 sanasida arxivlangan )
  7. Gemeinsames Datenangebot der Statistischen Amter des Bundes und der Lander ( Wayback Machine saytida 6-iyul 2017-yil sanasida arxivlangan )
  8. Dmitriev V. A. ?Rol sovremennoy Germanii v mirovoy politike“. Gorchakovskie chteniya
  9. A. I. Patrushev ?Germaniya v XX veke“
  10. Yeryuxin A. A. ?Yevropeyskaya politika FRG pri Adenauere“
  11. Eisenbahnatlas Deutschlandf , 2007/2008, Кёльн: Verlag Schweers + Wall GmbH, 2007.  
  12. Istochnik: Statya ?Meditsina v Germanii“ na veb sayte Lechenie v Myunxene ( Wayback Machine saytida 21-mart 2012-yil sanasida arxivlangan )
  13. O?zME . G-harfi, 232 [ sayt ishlamaydi ] . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil