Nobel mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nobel Mukofoti

Nobel mukofotining sohibiga taqdim etiladigan medal .
Mukofot sohasi Fizika , kimyo , adabiyot , tinchlik , fiziologiya yoki tibbiyot hamda iqtisodiyot sohalaridagi ulkan hissasi va ilmiy kashfiyotlari uchun
Tashkilotchi  Shvetsiya Akademiyasi , Shvetsiya Qirolligi Fanlar Akademiyasi , Karolinska Instituti , Norvegiya Nobel Qo`mitasi
Mamlakat Shvetsiya , Norvegiya
Birinchi berilgan yili 1901
Rasmiy vebsayti

Nobel mukofoti ( inglizcha : Nobel Prize ) ? buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qo?shganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri.

Nobel mukofotlari - har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Ta?sis etuvchisi A. B. Nobelning (k,. Nobellar) vasiyatiga ko?ra, undan keyin qolgan mablag? asosida Nobel jamg?armasi tashkil etildi; shu jamg?armaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng bo?linib, irqi, millati, jinsi va dinidan qat?i nazar, fizika , kimyo , fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar do?stligi va tinchlikni mustahkamlash yo?lida ko?rsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968-yilda Shvetsiya davlat banki o?zining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qo?shimcha Nobel mukofotini ta?sis etgan).

Nobel mukofoti Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal , diplom va miqdori Nobel jamg?armasidagi daromadga bog?liq 10,000,000 SEK (917,998.58 USD) bo?lgan mablag?dan iborat. Alfred Nobelning vasiyatiga ko?ra, Nobel mukofotini berish vazifasi Stokgolmdagi Qirollik Fanlar Akademiyasiga (fizika, kimyo, iqtisod fanlari bo?yicha), Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarroxlik institutiga (fiziologiya yoki tibbiyot bo?yicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasiga (badiiy asarlar bo?yicha) topshirilgan. Tinchlikni mustahkamlash 4 yo?lida ko?rsatilgan faoliyat uchun birinchi Nobel mukofotini Norvegiya parlamentining Nobel komiteti a?zolari beradi. Tinchlik mukofotidan tashqari hamma mukofotlar faqat individual tarzda beriladi. Vafot etganlarga Nobel mukofoti berilmaydi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10-dekabr) da o?tkaziladi. Birinchi mukofot 1901-yil topshirilgan. Nobel mukofotini 1901?2003-yilda 565 kishi olgan [1] .

Alfred Nobelning vasiyatiga ko?ra, moddiy tarafdan quvvatlanib, 1895 -yilda tadbiq etilgan quyidagi besh yo?nalish bo?yicha mukofotlar mavjud:

Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 mln shved kronasi (1,3 mln $ atrofida)ga teng.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil