Henri Matisse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Henri Matisse

Haqiqiy ismi Henri Matisse
Tavalludi 31-dekabr 1869-yil
Le Cateau-Cambresis, Nord-Pas-de-Calais
Vafoti 3-noyabr 1954-yil ( 1954-11-03 )
(84 yoshda)
Nays , Fransiya
Millati Fransuz
Sohasi rassomlik , haykaltaroshlik
Oqim Fovizm , Modernizm
Mashhur suratlari Qizil rangdagi monandlik , 1908

Henri Matisse (talaffuzi: Anri Matiss ; 31-dekabr , 1869 ? 3-noyabr , 1954 ) ? o?zining ajoyib ranglar va ko?rinishlar orqali hissiyotlarini uzata olishi bilan mashhur fransuz rassomi . Rassom va haykaltarosh sifatida Matisse yigirmanchi asrning eng buyuk kishilaridan biri.

MATISS (Matisse) Anri Emil Be-nua (1869.31.12, Lekato, Pikardiya ? 1954.3.11, Simyez, Nitssa yaqinida) ? fransuz rassomi va haykaltaroshi; fovizmnmng yirik namoyandasi. Parijdagi Jyulian akademiyasida (1891-yildan), Bezak san?ati maktabi (1893-yildan) va Nafis san?at maktabi (1895?99)da ta?lim olgan. Sharqsan?-atidan ilhomlangan; ayniqsa, Kamoliddin Behzod miniatyura maktabita mansub miniatyura asarlari uning ijodiga katta ta?sir ko?rsatgan. M. ijodida hayot shavqi, quvonch baxsh etadigan narsalar anik, kompozitsiya va sof ranglarda tasvirlanadi: "Qizilxona" (1908), "Raqs", "Musiqa" (1910), "Rassomning ustaxonasi", "Qizil baliqchalar" (1911), "Musiqa darsi" (1916?17), "Chig?anoqli natyurmort" (1940) va boshqa M. 1900-yillardan haykaltaroshlik bilan shug?ullandi; grafik rassom sifatida gravyura, litografiya, ofort asarlari yaratdi ("Mavzu va variatsiyalar", 1941 va boshqalar), 1940-yillarda ko?proq rangli qog?oz bilan applikatsiya usulida asarlar ishladi ("Jaz" turkumi, 1944?47 va boshqalar). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil