한국   대만   중국   일본 
Eyjafjallajokull - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Eyjafjallajokull

Koordinatalari : 63°37′12″N 19°36′48″W  /  63.62000°N 19.61333°W  / 63.62000; -19.61333
Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eyjafjallajokull
(Guðnasteinn
Hamundur)

Gigjokull, Eyjafjallajokullning eng katta muzligi vulqon kuli bilan qoplangan
Turi Stratovulqon
Joylashuvi 63°37′12″N 19°36′48″W  /  63.62000°N 19.61333°W  / 63.62000; -19.61333
Islandiya
Ushbu maqolani tinglang ( 0 daqiqa )
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 12-dekabr, 2022-yil ( 2022-12-12 ) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan bo?lib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Eyjafjallajokull [1] [2] [3] ( talaffuzi:  Eyyafyadllayyokudll , islandcha talaffuzi: ?eiːja?fjatla?jœːk?tl?) ? Islandiyadagi oltinchi eng katta muzlikdir . Islandiya janubida, Reykyavikdan 125 km sharqda joylashgan. Bu muzlik ostida (va qisman qo?shni Mirdalsjokull muzligi ostida) xuddi shu nomdagi [4] konussimon [5] vulqon bor. Cho?qqining balandligi 1666 m, muzlik maydoni taxminan 100 km². Vulqon krateri 3-4 km diametrni tashkil qiladi (2010-yilgacha muzliklar bilan qoplangan) [6] . Muzlikning janubiy uchida unga eng yaqin bo?lgan Skogar qishlog?i joylashgan. Muzlikdan Skougau ko?lining ( isl. Skoga ) mashhur Skogafoss sharsharasi oqadi [7] .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Deyarli ikki yuz yil davomida vulqon harakatsiz deb hisoblangan. Vulqonning nofaol davridan oldin otilish sodir bo?lgan va bu holat 1821-yil 19-dekabrdan 1823-yil 1-yanvargacha taxminan bir yil davom etgan. Bu Eyjafjallajokull muzliklarining erishi xavfiga sabab bo?lgan. VEI shkalasi bo?yicha otilish kuchi 2 ball, tutun hajmi 4 ×106 m³ deb belgilangan. Oxirgi vulqon portlash holati 2010-yil 20-martda mahalliy vaqt bilan 22:30 dan 23:30 gacha [8] muzlikning sharqiy qismida taxminan 500 m uzunlikdagi yoriq shakllanishi bilan boshlangan. Bu vaqtda katta kul chiqindilari qayd etilmagan. 2010-yil 16-20-aprelda Yevropaning bir qismi havo hududining yopilishiga va o?sha yilning may oyida vaqti-vaqti bilan cheklovlarning o?rnatilishiga sabab bo?lgan (Rossiya fanlar akademiyasi geografiya instituti]] direktorining o?rinbosari Arkadiy Tishkovning so?zlariga ko?ra, ?Islandiyada havoga ko?tarilgan o?sha narsa hatto 1 km³ hajmga ham yetmagan edi“) [9] . VEI shkalasi bo?yicha otilish intensivligi 4 ball deb baholangan [10] .

Nomlanishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

?Eyjafjallajokull“ nomi ?eyja“ [???ja] ? orol, ?fjall“ [fjatl?] ? tog? va ?jokull“ [?jœk?tl?] ? muzlik ma?nosini anglatuvchi so?zlarning birlashmasidan hosil bo?lgan. Amerikalik tilshunoslarning tadqiqotiga ko?ra, muzlik nomini dunyo aholisining atigi 0,005 foizigina to?g?ri talaffuz qila oladi [11] . Islandiyalik qo?shiqchi Elisa Geirsdottir Numan "Eyjafjallajokull" so?zini o?rganishda yordam berish uchun qo?shiq yaratgan [12] [13] .

Eyjafjallajokull va Katla [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Eyjafjallajokull vulqoni faolroq bo?lgan boshqa bir muz osti vulqoni - Katladan 12 km g?arbda joylashgan. 920 , 1612 va 1821 ? 1823-yillardagi Eyjafjallajokull otilishi Katla vulqonining otilishidan oldin sodir bo?lgan. Ba?zi Islandiyalik geofiziklarning fikriga ko?ra, 2010-yildagi vulqon otilishi Katla vulqonining qo?zg?alishi uchun sabab bo?lishi mumkin.

Ommaviy madaniyatda [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

?Islandiya vulqon otilishi“ (Iceland Volcano Eruption) ? National Geographic hujjatli filmi (2010)

?Eyjafjallajokull“ (film) ? badiiy film ( Fransiya , 2013)

?The Secret Life of Walter Mitty“ ? badiiy filmi ( AQSh , 2013)

?AFC Eyjafjallajokull“ ? Estoniyadagi havaskor futbol jamoasi [14] .

?FC Eyjafjallajokull“ ? Islandiya futbol jamoasi [15] [16] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Atlas mira (? Prezidentskiy “). Izdano po zakazu Pravitelstva RF. Pod red. Drajnyuk A. A.; Котляков, Владимир Михайлович; Берлянт, Александр Михайлович Izdatelstvo: M.: Roskartografiya, 1999. ? ISBN 5-85120-055-3 . ? 3000 ekz
  2. Islandiya: Obщegeograficheskaya karta / sost. i podgot. k izd. Novosibirskoy kartogr. f-koy v 2003 g.; st. red. A. V. Molostova; red. Ye. G. Chirkova. ? 6-e izd. ? 1:1000000, 10 km v 1 sm. ? M., 2003 (Novosibirsk: kartogr. f-ka). ? ISBN 5-87663-008-X . ? 3000 ekz.
  3. ?Инструкция по русской передаче географических названий Исландии / Сост. Широкова В. С.; Ред. Берков В. П. ? М., 1974. ? 39 с.“  (ru). rosreestr.ru . 2020-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  4. Islandiya. Spravochnaya karta. Masshtab 1:1000000. ? M.: GUGK, 1981.
  5. ?Исландский вулкан Эйяфьятлайокудль, нарушивший авиасообщение в мире: история извержений и видео“  (ru).
  6. ?Вулкан Эйяфьятлайокудль в Исландии. Справка“  (ru). РИА Новости (2010-yil 15-aprel). Qaraldi: 2010-yil 16-aprel.
  7. ?Вулкан Эйяфьялайокуль // Всё о геологии“  (ru). wiki.web.ru . Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  8. ?Eruption on Fimmvorðuhals“  (en). Исландская метеорологическая служба (21 марта 2010). Qaraldi: 2010-yil 18-aprel.
  9. ?Масштаб извержения вулкана в Исландии резко уступает масштабу психоза, начавшегося в Европе, считают российские учёные“  (ru). Ами-ТАСС (16 апреля 2010). 2010-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan .
  10. Erica R. Hendry. ?What we kow from the icelandic volcano“  (en). www.smithsonianmag.com . 2010-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  11. ?Название исландского вулкана способны выговорить 0,005 процента людей“  (ru). lenta.ru . Qaraldi: 2020-yil 11-mart. . Lenta.ru
  12. ?Исландская певица сочинила песню об Эйяфьятлайокудле“  (ru). lenta.ru . Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  13. YouTube logotipi  Musician explains volcano's name YouTubeda (ingl.)
  14. ?AFC Eyjafjallajokull on Instagram“ . www.instagram.com . Qaraldi: 2021-yil 25-may.
  15. ?FC Eyjafjallajokull on Twitter“  (ru). Twitter . Qaraldi: 2021-yil 25-may.
  16. ?FC Eyjafjallajokull on Facebook“  (en). Facebook . Qaraldi: 2021-yil 25-may.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]