Chili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chili Respublikasi
Republica de Chile
Shior Por la razon o la fuerza
(Ispancha: Sabab orqali yoki Kuch bilan)
Madhiya :   Himno Nacional de Chile
(Chili Davlat Madhiyasi)
Location of Chili
Poytaxt Santiyago
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
Gabriel Borik Font
Mustaqillik ( Ispaniyadan )
? Sana
18-sentabr 1810
Maydon
? Butun
756,950 km 2 ( 38-o?rin )
? Suv (%)
1.07
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
16,136,137 ( 60-o?rin )
Zichlik 21/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 185,100 mil. ( 45-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 11,471
Pul birligi Unidades de formento ( CLF )
Vaqt mintaqasi UTC ?3
? Yoz ( DST )
UTC ?3
Qisqartma CI
Telefon prefiksi 56
Internet domeni .cl

Chili , Chili Respublikasi ( isp. Republica de Chile) ? Janubiy Amerikaning janubi-g?arbida joylashgan davlat. Maydoni 756,9 ming km². Aholisi 15,824 mln. kishi (2003). Poytaxti ? Santyago shahri. Ma?muriy jihatdan 13 viloyat (region), jumladan, Santyago poytaxt viloyatiga bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chili ? respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yilda kabul qilingan va 1981-yildan kuchga kirgan; 1989, 1994, 2004-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig?i ? prezident (2022-yildan Gabriel Borik Font), u umumiy to?g?ri va yashirin ovoz berish nuli bilan 4 yil mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va deputatlar palatasidan iborat Milliy kongress, ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi; prezident xukumatga ham boshchilik qiladi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chili shimolidan janubiga Tinch okean sohili bo?ylab 4300 km ga cho?zilgan, hududining katta qismini And tog?lari (balandligi 6880 m gacha), shimolini Atakama cho?li egallagan. Mamlakat janubida Patogoniya tekisligi joylashgan. Chili hududi tarkibiga qirg?oqqa yaqin bir necha orol, Olovli Yer o.ning garbiy qismi hamda Tinch okeandagi ba?zi orollar (Pasxa o. va boshqalar) kiradi. Relyefida 3 bo?ylama mintaqa yaqqol ko?rinadi: sharqda Andning Bosh Kordilyera tog?lari, g?arbda sohil bo?yi Kordilyera tizmasi va tog? oralig?i botig?ida Bo?ylama vodiy bor. Chilida vulkan ko?p; teztez zilzilalar bo?lib turadi. Chili hududida mis, tabiiy selitra, molibden, sof oltingugurt, temir rudasi, marganets, qo?rg?oshin, oltin, kumush, toshko?mir, rux, barit, neft, gaz konlari bor. Iqlimi shimoliy qismida tropik cho?l iklimi (yillik yog?in 50 mm dan kam). Subtropik O?rta Chilining shimolida iqlim quruq (yillik yog?in 100?200 mm), markazida o?rta dengiz iqlimi, qishda yomg?ir yog?adi (Santyago shahrida yiliga 350 mm), janubida nam subtropik ikdim (yillik yog?in 2000?2500 mm). Janubiy Chilida iklim mo??tadil okean iklimi, yog?in ko?p yog?adi (yiliga 3000?7000 mm). Tog?larda muzliklar bor. O?rtacha oylik tempatura shimolida 12?16° dan (iyulda) 18?22° gacha (yanvarda), markazida 8?20°, janubida 8?15°. Deyarli hamma daryolari juda qisqa va Tinch okean xavzasiga mansub. Shimoliy Chilida Loa daryosidan boshqa oqar suv yo?q. Janubida esa daryolar yil davomida sersuv. Shimoliy Chilida tuproq va o?simlik qoplami yaxshi rivojlanmagan. O?rta Chilining shimoliy chala cho?l, markazida sur jigarrang va jigarrang tuproklarda kserofil butalar usadi. And tog?larining o?rta yon bag?irlari qoraqayin o?rmonlari bilan qoplangan, undan yuqorisi tog? dashtlari. O?rta Chilining janubidagi qo?ng?ir o?rmon va botqoqli tuproqlarda qalin o?rmonlar, And tog?larida qoraqayinigna bargli o?rmonlar va alp o?tloklari bor. Janubida subantarktika aralash o?rmonlari, chekka janubida botqoqlashgan o?tloqlar va torfli yerlar uchraydi. hayvonot dunyosi xilmaxil. Chili shimolida aguarachay tulkisi, puma, sudralib yuruvchilar, janubida pudu va uemul bug?ulari, amerika sassiqko?zani, suvsar, magellan tulkisi va boshqa yashaydi. Chilida Vilyarrika, Bernardo O? Xiggins, Alberto Agostini, Los Paraguas, Peres Rosales va boshqa milliy bog?lar hamda qo?riqxonalar tashkil etilgan (jumladan, Pasxa va XuanFernandes o.larida).

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisining 90% chililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, kechua va aymara indeyslaridir. Rasmiy til ? ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 86%. Yirik shaharlari ? Santyago, Valparaiso, VinyadelMar.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chili hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan. 15-asrda mamlakatning shimoliy qismini inklar egallab oldi. 16-asrning 30-yillarida Chiliga ispan konkistadorlari bostirib kirdi. 16-asrning o?rtalarida Chili hududi Ispaniyaning Peru vitseqirolligi tarkibiga kirgan. 1810-yil iyulda ispanlar zulmiga qarshi xalq qo?zg?oloni boshlandi. 18-sentabrda milliy hukumat xuntasi tashkil topdi. Amerika qit?asidagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810?26) Chili mustaqilligi e?lon qilindi (1818-yil 12-fevral). 1823-yil qulchilik bekor qilindi. 19-asr o?rtalaridan Chiliga chet el sarmoyalari kirib kela boshladi. 1865?66 yillarda Chili Peru, Boliviya va Ekvador bilan birgalikda Ispaniyaga, 1879?84 yillarda Buyuk Britaniya yordamida Peru va Boliviyaga karshi urush olib bordi. Natijada bu davlatlarning selitra zaxiralariga boy hududlari Chiliga o?tdi. Bu mamlakatda konchilik sanoatining rivojlanishiga imkon yaratdi. ljahon urushi yillari (1914?18) Chili betaraflik e?lon qildi. 1927-yilgi davlat to?ntarishi natijasida mamlakatda harbiy diktatura o?rnatildi, siyosiy partiyalar, ishchi va kasaba uyushma tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. 1936-yil Chilida Kommunistik, Radikal va Sotsialistik partiyalar ishtirokida Xalq fronti tuzildi va uning nomzodi P. Agirre Serda 1938-yildagi prezident saylovida galaba qozondi. Hukumat bir qancha ijtimoiyiqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. 1941-yil o?ng sotsialistlarning sotqinligi tufayli Xalq fronti tarqalib ketdi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939?45) Chili Germaniya (1945-yil fevral) va Yaponiya (1945-yil aprel)ga karshi urush e?lon qilgan bo?lsa ham amalda urushda qatnashmadi. 1947?58 yillar hokimiyatni diktatorlik rejimi boshkardi. 1956-yil Chili KP (1922-yil tuzilgan) va Sotsialistik partiyasi (1933-yil asos solingan) Xalq harakati frontini, 1969-yil Kommunistik, Sotsialistik va boshqa so?l partiyalar Xalk, birligi blokini tashkil etdilar. Xalq birligi bloki nomzodi S. Alyende Gossens saylovlarda g?alaba qozonib, mamlakat prezidentligiga saylandi. 1973-yildagi harbiy to?ntarish paytida Alyende o?ldirildi va hokimiyat tepasiga A.Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. U 15 yildan ortiq vaqt davlatni boshqardi.

Bu davrda ommaviy repressiyalar avj oldirildi; shu bilan birga mamlakat iktisodiyoti Janubiy Amerikadagi davlatlar o?rtasida oldingi o?rinlardan birini egalladi. Bu Chiliga xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a?zo bo?lish imkoniyatini yaratdi. 1989-yilgi demokratik saylovlar natijasida Augusto Pinochet hokimiyatdan ketdi va 1990-yildan mamlakatni demokratik yo?l bilan boshqarish shakli o?rnatildi. Chili 1945-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 18-martda tan olgan va 1994-yil 16-sentabrda diplomatiya munosabatlari o?rnatgan. Milliy bayrami ? 18-sentabr ? Mustaqillik kuni (1810).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chili Kommunistik partiyasi, 1922-yil tuzilgan; Demokratiya uchun kurash partiyasi, 1988-yil tashkil etilgan; Milliy yangilanish partiyasi, 1987-yil tuzilgan; Chili radikal sotsialdemokratik partiyasi; Chili sotsialistik partiyasi, 1933-yil tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1957-yil tuzilgan; Chili birlashgan sotsialistik partiyasi. Chili mehnatkashlari birlashgan kasaba uyushma markazi, 1988-yil Chili mehnatkashlari yagona kasaba uyushmasi markazi (1953) negizida tashkil etilgan.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chili Lotin Amerikasidagi iktisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo?jaligi va baliq ovlash ulushi 6,4%, sanoatniki 38,8%, xizmat ko?rsatish tarmog?iniki 54,8% ni tashkil etadi. Qishloq xo?jaligining asosiy tarmog?i dehqonchilik. Bug?doy, arpa, makkajo?xori, kartoshka, dukkakli don ekinlari ekiladi. Bogdorchilik (olma, sitrus mevalar, shaftoli) va tokchilik rivojlangan. Qand lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qo?y, echki, cho?chqa, yilqi boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. O?rmonda yog?och tayyorlanadi.

Sanoat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chili mis qazib olish bo?yicha dunyoda oldingi o?rinlarda turadi (yiliga o?rtacha 2488 ming t). Shuningdek, tabiiy selitra, molibden, neft, temir rudasi, oltin, kumush, tabiiy gaz, toshko?mir qazib olinadi. Yiliga o?rtacha 25,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Sanoatning oziq-ovqat va yengil sanoat tarmog?i rivojlangan. Mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, sellyulozaqog?oz sanoati rivojlanmoqda.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mamlakat ichkarisida yuk tashishda avtomobil transporti yetakchi o?rinda. Avtomobil yo?llari uzunligi 79,8 ming km. Transport yo?lining uzunligi 6,6 ming km. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi dengiz transportiga to?g?ri keladi. Muhim dengiz portlari: Uasko, Valparaiso, Tokopilya. Santyago shahrida xalqaro aeroport bor. Chili chetga mis, baliq va dengiz mahsulotlari, qishloq xo?jaligi mahsulotlari, selitra, qog?oz, yod chiqaradi; chetdan neft, kimyo buyumlari, elektron va mashina jihozlari oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Argentina, Braziliya, Yaponiya,Meksika bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi ? chili pesosi.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniyma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chilida vrachlar universitetlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha bo?lgan bolalar uchun 8 yillik majburiy ta?lim joriy etilgan. Asosiy deb nomlangan boshlang?ich maktabda o?qish 8 yil, o?rta maktabda 4 yil Asosiy maktab negizida 4 yillik hunartexnika maktablari va ped. bilim yurtlari ishlaydi. Mamlakatda 8 universitet bor. Yiriklari: Chili universiteti (1843), Texnika davlat universiteti (1947), Katolik universitet (1888); hammasi Santyago shahrida. Shuningdek, 3 oliy kollej, konservatoriya va amaliy san?at maktabi mavjud. Ilmiy muassasalar, asosan, Santyago shahrida joylashgan.institutlar Chili bakteriologiya instituti (1929), meteorologiya xizmati (1894), harbiy geogr. instituti (1922), geogr., geodeziya va geofizika milliy qo?mitasi (1955), gidrografiya instituti (1874, Valparaiso), geol. instituti (1957), Antarktida instituti (1963), yadro energiyasini o?rganish milliy markazi, Okeanografiya instituti (1945, Valparaiso), Lebu ilmiy instituti (1945, araukanlar tarixini o?rganadi), Chili akademiyasi (1855), Chili Tabiiy fanlar akademiyasi (1926), Chili tarix akademiyasi (1940), Chili Fanlar akademiyasi (1964)da olib boriladi. Yirik kutubxonalari: Chili milliy kutubxonasi (1813), Chili universitetining markaziy kutubxonasi; ikkovi ham Santyago shahrida. Muzeylari ? Milliy tarix muzeyi, Nafis san?at milliy muzeyi, Ped. muzeyi, hozirgi zamon san?ati muzeyi, amerika xalqi san?ati muzeyi va boshqalar.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chilida bir kancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Analisis" ("Tahlil", haftalik jurnal, 1977-yildan), "Merkurio" ("Merkuriy", kundalik gazeta, 1827-yildan), "Nason" ("Millat", kundalik gazeta, 1917-yildan), "Oy" ("Bugun", haftalik jurnal, 1977-yildan), "Segunda" ("Sekunda", kundalik kechki gazeta, 1931-yildan), "Tersera" ("Chorak", kundalik gazeta, 1950-yildan), "Ultimas notisias" ("So?nggi axborot", kundalik gazeta, 1902-yildan).

Orbe Servisnoye Informatios (SA) hukumat axborot agentligi 1953-yil fevralda tuzilgan. Chili yangiliklar agentligi, 1993-yil asos solingan. Chili radiostya assotsiatsiyam 1936-yilda tashkil etilgan; 455 radiostyani birlashtiradi. Chili ? 7 kanal milliy televideniyesi hukumat mahkamasi bo?lib, 145 styani birlashtiradi. Bir qancha tijorat radio va televideniye styalari bor.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chilini Ispaniya bosib olgandan beri ispan tilida rivojlanmoqda. Ispaniyalik A. de ErsilyaiSuniga (1533?94)ning "Araukana" dostoni (1?3 qismlar, 1569?89) 16-asrda yaratilgan eng yirik asar hisoblanadi (unda araukanlarning ispan mustamlakachilarga qarshi kurashi aks ettirilgan). Bu davrda kreollar folklori ispan xalq she?riyati asosida rivojlandi. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun kurashi davri (1810?26)da publitsistika asosiy janr bo?lib qoldi. Birinchi Chili gazetasi ? "Aurora de Chile" ("Chilining tonggi shafag?i")ning asoschisi K.Enrikes bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Milliy dramaturgiya asosini M.Magalyanes yaratdi. 1818-yil Chili mustaqillikka erishgach, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi kup adiblar Chilida yashab ijod qildilar. Venesuela yozuvchisi, olim va davlat arbobi A.Belo, argentinalik yozuvchi, jamoat arbobi va ma?rifatparvar D.M.Sarmyanto va boshqa ijodi Chili madaniyati rivojida muhim rol o?ynaydi. Chili jamoat arbobi, olim va adib X.VLastarrin (1817?88) Chili adabiyot jamg?armasini tashkil etib (1842), milliy adabiyotni yaratish vazifasini qo?ydi. 19-asr 1yarmida she?riyat romantizm ruhida rivojlandi (S.Sanfuentos, E.Lilo va boshqalar). Nasrda kostumbrizm yetakchi yo?nalish bo?lib qoldi. 19-asr o?rtalarida tanqidiy realizm maydonga keldi. A.Bleyet Gana (1830?1920) uning yirik vakilidir. 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida P.A.Gonsales Bastias, M.Xara va boshqa she?riyatda yangi badiiy shakllarni izlay boshladilar. Bunga ma?lum darajada nikaragualik shoir R.Dario ijodi ta?sir ko?rsatdi. 1920-yillarda T.Mistral, V. Uydobro kabi shoirlar samarali ijod qildilar. 30-yillarda shoir P. Neruda ijodi chuqur evolyutsiyani boshidan kechirdi. Shu davrda ijod qilgan F. Gana, F.Santivan, L.Duran va boshqa o?z asarlarida dehqonlar hayotini aks ettirdilar. Dehqonlarning sinfiy kurashi R.Lomboy, M.Gerrero romanlarida, ishchilar hayoti, ularning farovon kelajak uchun kurashi N. Gusman, A.Sabeli, D.Munos, G.Senteno, V.Teytelboym romanlarida o?z ifodasini topdi. F. Koloan, M.Roxas, G.Atias nasriy asarlari ijtimoiy muammolarga bag?ishlandi. 1960?70 yillarda siyosiy qo?shiqlar janri keng tarqaldi. V. Xara bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), ko?p adib va shoirlar ta?qib ostita olindi. Mamlakatni tashlab ketishga majbur bo?lgan adiblar o?z asarlarida Chili fojiasini aks ettirdilar (A.Skarmet, V.Teytelboym romanlari va b,).

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chili hududida yashagan indeyslarning qad. san?atidan qal?alar, baland tosh devor bilan o?ralgan 1?2 qavatli uylardan iborat qishloq xarobalari saqlangan. 16-asrdan fort, shahar va cherkovlar, ichki hovlisi bo?lgan 1 qavatli uylar qurildi. 18?19-asrlarda barokko va klassitsizm uslubida shahar binolari, cherkov va saroylar barpo etildi (me?morlar X. ToeskaiRichi, M. de Xara Kemada). 19-asr Chili me?morligida eklektizm, 20-asr boshlarida modern uslubi karor topdi. 20-asrning o?rtalarida shaharlar qayta qurildi, zamonaviy me?moriy inshootlar, jumladan, "Gonsales Kortes" (1960?63, me?mor S.Gonsales va boshqalar), "Portales" (1961?63, me?mor K.Breshani va boshqalar) turar joy majmualari, Santyagoda Texnologiya instituti (1962?65, me?mor K.Breshani va boshqalar) bunyod etildi.

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Indeyslarning kad. madaniyati Peru madaniyati bilan bog?liq. Turli shakllarda yasalgan va rayem solingan sopol idishlar, metall taqinchoqlar, odam va ov manzaralarining qoyatoshlarga ishlangan tasviri saqlangan. Bu an?analar to?quvchilik, kulolchilik, yog?och o?ymakorligida o?z aksini topgan. 18?19-asrlarda manzara rassomligi va haykaltaroshligi, gravyura rivojlandi (A.Santelises). 19-asr o?rtalarida portretchilar F.X.Mandola, A.Gana, 19-asr 2yarmida rassomlar P.Lira va M.A.Kiro ijod qildilar. Rassomlar A.Valunsuela Lyanos, E.Plasa, haykaltaroshlar N.Plasa, V.Arias 19 va 20-asrning realist ustalari bo?lgan. 20-asrda Chilida turli modernistik oqimlar (kubizm, syurrealizm, abstraksionizm) keng tarqaldi. K.Ermosilya Alvares, G.Nunyes, P.Lbos, X.Eskames kabi rassomlar, L.Dominges, S. Roman Roxas kabi haykaltaroshlar realistik an?analarda ijod qildilar.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chilining qad. musiqa madaniyatini tub joy aholisi avlodlari, avvalo, araukanlar saqlab kelmoqdalar. Ularning asosiy musiqa asboblari: zarbli ? baraban (kultrun), shakildoq (uada); puflama ? trutruka, lolkin, pifyulka. Kreollar xalq musiqasi argentina xalq musiqasiga yaqin. Qo?shiqraqs janrlari ? kueka, kuando, qo?shiq janri ? tonada (yakka ijro etiladigan lirik qo?shiq). Musiqa cholg?u asboblari ? gitara, arfa, gi. tarron. 19-asr Santyagoda filarmoniya jamiyati tuzildi (1827), musiqa maktabi ochildi (1849; 1851-yildan konservatoriya). Kompozitorlardan M.Robles Ortis de Sarate (19-asr), K.Lavin, P.U. Alyende Saron, X.Urrutia Blondel, E.Soro, D.SantaKrus Vilson (20-asr), dirijyorlar A.Karvaxal, V.Teva, pianinochilar K.Arrou, X.Reyes, skripkachi P. d’ Andurayn mashhur. Santyagoda Chili simfonik orkestri (1941-yil tashkil etilgan), Munitsipal simfonik orkestri (1955), Torli kvartet (1954), Chili milliy baleti (1957), shuningdek, Milliy konservatoriya ishlaydi.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Professional teatr sarchashmalari Chili hududida yashagan indeyslarning xalq marosimlaridan boshlanadi. 17?18-asrlarda Santyago va Konsepson shaharlaridagi to?y marosimlarida spektakllar qo?yilgan. 1709-yil Santyagoda birinchi teatr binosi qurildi. Bu teatrda, asosan, ispan dramaturglari ? L one de Vega, A.Moreto, X. Ruis, L.Sagredo pyesalari sahnalashtirildi. 1791-yil Valparaiso shahrida teatr barpo etildi. 1815-yil Santyagoda "Kolisso" teatri ochildi. Chili mustaqillikka erishgach, 1818-yil Santyagoda "Romada" teatri ishlay boshladi va unda milliy dramaturg M.Magalyanes asarlari qo?yildi. 1842-yil Chili universiteti huzurida teatr (1857-yildan munitsipal teatr), 1848-yil "Respublika teatri" tashkil etildi. 19-asr Chili teatri taraqqiyotida argentinalik dramaturglar ? K.Belo, R. Minnyelelar muhim rol o?ynaydi. 20-asrning 1yarmida mamlakatning ko?p shaharlarida havaskorlik jamoalari paydo bo?ldi. 1939-yil Santyagoda Kichik universitet teatri, 1941-yil Chili universitetining tajriba teatri (hozirgi Chili universiteti huzuridagi teatr instituti) tuzildi. 1946-yil Santyagoda Sahna san?ati xalq maktabi ochildi. 50-yillarda R.Frontaur, V.Vargas, A.Flores rahbarligida teatr guruhlari yuzaga keldi. Shuningdek, "Teatro munisipal", "Atelye", "Teatro mimiko" teatrlari ishlaydi. 20-asrning 50?60-yillarida teatr repertuarlaridan X. Dias, I.Agirre, Ye.Bunster, D. Barros Gres va boshqa dramaturglarning pyesalari, jahon klassik yozuvchilarining asarlari o?rin oldi. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), ko?p teatr arboblari qamoqxonalarda halok bo?ldilar, xorijga ketishga majbur bo?ldilar va o?sha yerda teatr jamoalarini tuzdilar. Jumladan, 1976-yil Fransiyada "Alef" teatri, 1980-yil Shvetsiyada Sandino nomidagi Lotin Amerikasi teatri (chililik teatr arbobi I.Kontilyano rahbarligida) paydo bo?ldi.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chilida birinchi hujjatli xronikal film 1907-yil yaratildi. 20-asr boshlarida Santyago va Valparaiso shaharlarida "Jambastianifilm", "Chilefilm" va boshqa kinofirmalar ishlay boshladi. 1934-yil birinchi ovozli film ("Shimol va janub", rejissor X.Delano) yaratildi. 30-yillarning 2yarmida, asosan, qisqa metrajli, xronikal va hujjatli filmlar ekranga chikdi. 40-yillarda tijorat filmlari bilan birga rejissor XDelanoning "Krilonlik qiz" (1941), "Hollywood" (1944) filmlari namoyish etildi. 1957-yil Santyago universiteti huzurida kino instituti ochildi. 60-yillarning eng yaxshi filmlari: "Qonli selitra" (1969, rejissor E.Soto), "Viz yashaydigan uy" (1970, rejissor P.Kaulen) va boshqa 1970-yillar boshida Lotin Amerikasi kinosi oltin fondiga kirgan "O?rtoq prezident" (1970, rejissor M.Littin), "Ovoz va miltiq" (1971, rejissor E.Soto), "Guvoxlar" (1971, rejissor K.Elsesser) va boshqa filmlar yaratildi. Hokimiyat harbiy xunta qo?liga o?tgach, ilg?or kino arboblar ta?qibga uchradi. 70-yillarning oxirida Chilining taraqqiyparvar rejissorlari chet elda bir qancha filmlar yaratdilar ["Buni unutib bo?lmaydi" (1975, rejissor lar M.Malyet, X.Faxardo, R.Gonsales), "Marusiya konidagi voqea" (1976, rejissor M.Littin) va boshqa].

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]