한국   대만   중국   일본 
Fransiya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Fransiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Франция dan yo?naltirildi)
Fransuz Respublikasi
Republique francaise
Shior Liberte, Egalite, Fraternite
Madhiya :   La Marseillaise
Location of Fransiya
Poytaxt Parij
48°51′N 2°21′E  /  48.850°N 2.350°E  / 48.850; 2.350
Rasmiy til(lar) fransuz
Din
(2020)
Hukumat Prezidentlik respublika
Emmanuel Macron
Jean Castex
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Parlament
? Yuqori palata
Senat
Respublika (22-sentabr 1792-yil)
Maydon
? Butun
547,030 km 2 ( 48-o?rin )
? Suv (%)
0.86 ( 2015 ) [2]
Aholi
? 2019-yilgi ro?yxat
67 413 000 [3] ( 20-o?rin )
Zichlik 116/km 2
YIM   ( XQT ) 2019-yil ro?yxati
? Butun
$3.232 trillion [4] ( 9-o?rin )
? Jon boshiga
$49 492 [4] (24-o?rin)
YIM   (nominal) 2021-yil ro?yxati
? Jon boshiga
$44 995 [4] (24-o?rin)
Pul birligi Yevro (€) ( EUR )
Vaqt mintaqasi UTC +1
? Yoz ( DST )
UTC +2
Qisqartma FR
Telefon prefiksi 33
Internet domeni .fr

Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [f???s] tingla), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi ( fransuzcha : Republique francaise ) [5]  ? G?arbiy Yevropadagi davlat. G?arbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh bo?g?ozi, janubida O?rta dengiz bilan o?ralgan. Maydoni: 674687 ming km². Aholisi: 70 002 974kishi (2024). Poytaxti ? Parij shahri.

Pul birligi (EUR) Parij eng katta shahri va poytaxti hisoblanadi. Ma?muriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga bo?lingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari ( Gvadelupa , Martinika , Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari ( Taiti , Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Fransiya ? respublika, tarixda xonlik bolgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1958-yil referendumda qabul qilingan (bir necha marta o?zgartishlar kiritilgan). Davlat boshlig?i ? prezident. U umumiy va to?g?ridan to?g?ri ovoz berish yo?li bilan 5yil muddatga saylanadi va yana 1marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ? parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Fransuz Polineziyasidagi Bora Bora

Fransiyaning sharq va janubida tog? tizmalari, markazining janubiy qismida tog? va keng tekisliklar bor. Alp tog?lari bilan Yura tog?lari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. Fransiyadagi Alp tog?larining ko?p cho?qqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi ? Monblan tog?i (4807 m). Balandligi 1700 m gacha bo?lgan Yura tog?lari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shimoli- sharqiy tomonidan Reyn bo?ylab, Fransiya Germaniya chegarasi o?tadi. Bu joyda balandligi 1424 m bo?lgan Vogez tog? tizmasi mavjud. Fransiya va Ispaniya o?rtasida tabiiy chegara bo?lgan Pirenei tog?larining balandligi Fransiya tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. Fransiyada foydali qazilmalardan ko?mir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xomashyosi, qo?rg?oshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam miqdorda.

Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz iqlimi. Fransiya iqlimi qishloq xo?jaligi uchun qulay. Mamlakatning ko?p qismida okean iqlimi. G?arb va shimolida Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, mo?tadil iqlimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil bo?yi yomg?ir yog?ib turadi. O?rta dengiz sohillari, Yura, Rona pasttekisliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shimoli-sharqdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvar -fevralda o?rtacha temperatura 13°, g?arb va janubi-g?arbda 5?7°, mamlakat janubida 8?10°. Iyul va avgustda tekisliklarda 16?18°, shimolida 20?22°, janubi-g?arbda 23?24". Yillik yog?inning eng ko?pi (1500-2000 mm) Alp , Vogez, Sevenn va Pirenei tog?larining g?arbiy qismiga to?g?ri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna. Mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi o?tgan. Fransiyada ko?l kam, Jeneva ko?lining ko?p qismi Shveysariya hududida joylashgan. Tuprog?i qo?ng?ir o?rmon tuproqlari, sho?rxok kulrang, chimli kulrang, qo?ng?ir rendzin, kulrang hamda ?terra rossa“ deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. O?rmonlar mamlakat hududining 20 % ni tashkil etadi. Shimolda keng bargli o?rmonlar (dub, qayin, shumtol), O?rta dengiz sohilida dub va qarag?ay o?sadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi o?rmon mushugi, tulki, bo?rsiq, bug?u, kiyik, to?ng?iz, olmaxon, quyon; tog? tepalarida tog? echkisi, olmaxon, alp sug?uri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxo?rak, yakantovuq, olaqarg?a, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, janubda qizil g?oz yashaydi. Daryolarda turli baliq

lar bor. Mamlakat hududining 10 % himoya ostiga olingan. Ular: milliy bog? (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bog? va kichik tabiiy qo?riqxonalar. Ko?p qo?riqxonalar tog?larda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bog?lari, Pireneydagi Neuvyel qo?riqxonasi).

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisining 90 % dan ko?prog?ini fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili ? fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73 %. Aholining 80 % xristian (katolik), 5 % ga yaqini musulmon, 2 % protestant, 1 % yahudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Lascaux rasmlaridan biri: Ot ? taxminan miloddan avvalgi 17000 yil
Jan d’Ark Yuz yillik urush (1337-1453) davrida fransuz armiyasini bir qancha muhim g‘alabalarga erishtirdi, bu esa yakuniy g‘alabaga yo‘l ochdi.
Francia , 1703

Fransiya hududida odam juda qadim zamondan, taxminan 1 mln. yildan buyon yashab keladi. Miloddan avvalgi 6?5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri ? 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2?4-asrlarda aholi o?rtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3?6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi (?Fransiya“ franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida G?arbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat bo?lib qoldi. 10-asrdan mamlakat ?Fransiya“ deb atala boshladi. 1302-yil dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya o?rnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida bo?lgan Yuz yillik urush ( 1337 ? 1453 ) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli og?irlashib, Jakeriya ( 1358 ) va xalq qo?zg?olonlari bo?lib o?tdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16? 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari G?arbiy Yevropada o?z siyosiy ta?sirini o?rnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (qarang O?ttiz yillik urush ). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida Fransiya G?arbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun bo?lib o?tgan urush ( 1701  ? 1714 ) va nihoyat Yetti yillik urush ( 1756 ? 1763 ) natijasida Fransiyaning Shimoliy Amerika ( Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga o?tdi. 16? 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shimoliy fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida o?tgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning cho?qqisi bo?lgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792-yil 22-sentabrda Fransiyada respublika tuzumini o?rnatdi. Konvent 1793-yil 24-iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent ( 1794 ? 1795 ) va Direktoriya rejimi ( 1795 ? 1799 ) dan so?ng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804-yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo bo?ldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada o?z hukmronligini o?rnatishga bo?lgan intilishi mag?lubiyatga uchradi. 1814 ? 1815 va 1815 ? 1830-yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815-yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda ( 1815-yil 18-iyun ) u mag?lubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830-yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi ag?darib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb e?lon qilindi.

1848-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851-yil 2-dekabrda bo?lib o?tgan davlat to?ntarishidan so?ng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi o?rnatildi. 1852-yil 2-dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb e?lon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852? 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya to?xtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870 ? 1771-yillardagi Fransiya ? Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda ( 1870 ) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb e?lon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qo?rqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871-yil 18-martda qo?zg?olon ko?tarib, Parij: kommunasini e?lon qildilar. 1871-yil Frankfurt sulh shartnomasiga ko?ra, Fransiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum bo?lib, Olmoniyaga katta tovon to?ladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875-yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika ( 1870 ? 1940 ) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi ko?lami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan so?ng 2o?ringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez sur?atda rivojlandi, lekin u Birinchi jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat bo?lib qolaverdi. Fransiya bilan Olmoniya o?rtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891 ? 1893-yillarda Fransiya ? Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 y.gi Fransiya? Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol o?ynadi. Fransiya Birinchi jahon urushi ( 1914 ? 1918 )da qatnashdi. Olmoniyaning urushdagi harbiy mag?lubiyatidan foydalanib, Fransiya Yevropada o?zining hukmronligini o?rnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy bo?hroni Fransiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi Fransiyadagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936-yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938-yil boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq bo?ldilar. 1939-yil 3-sentabrda Fransiya Olmoniyaning Fransiya ittifoqchisi bo?lgan Polshaga hujumidan so?ng unga qarshi urush e?lon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir ko?rilmadi. 1940-yil may oyida Olmoniya qo?shinlari Fransiya hududiga bostirib kirdi. 10-iyunda Fransiyaga Italiya urush e?lon qildi. 14-iyunda esa Olmoniya qo?shinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22-iyunda Fransiya hukumati taslim bo?lish shartlariga rozi bo?ldi. Olmoniya qo?shinlari Fransiya hududining 2/3 qismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qo?g?irchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942-yil 11-noyabrda Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishg?ol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk ko?rsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940-yil general Sh. de Goll boshchiligida ?Ozod Fransiya“ harakati (1942-yildan ?Kurashayotgan Fransiya“) tuzildi. Bu harakatga Fransiyaning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, O?rta Kongo , Gabon va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va ma?murlari ham qo?shildi. 1941-yil 24-sentabrda de Goll fransuz milliy qo?mitasini tashkil etdi, bu qo?mita keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningo?zagi bo?ldi. 1943-yil 3-iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida Fransiya Milliy ozodlik qo?mitasi (FMOQ) tuzildi. 1944-yil 2-iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Fransiya respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944-yil oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qo?shinlari tomonidan ozod etildi.

Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar ko?rdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946-yil 24-dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.

To?rtinchi respublika davri ( 1946 ? 1958 ) boshlandi. 1949-yil Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga a?zo bo?ldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958-yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon ko?tardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qo?mondonligi de Goll boshchiligida ?milliy najot“ hukumatini tuzishni talab qildi. 1-iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu-yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya Afrikadagi mustamlakalari ? Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirg?og?i (hozirgi Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur bo?ldi. 1966-yil martda Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, o?z hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965-yil 19-dekabrda Sh. de Goll qaytadan 7-yilga prezident etib saylandi. 1968-yilgi talabalar g?alayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik Fransiyani larzaga keltirdi. 1968-yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. Fransiya o?z oltin valyuta rezervlarining yarmini yo?qotdi, frankning kursi beqaror bo?lib qoldi. 1969-yil de Goll ma?muriyhududiy boshqarish tizimini o?zgartirish va Senatni isloh qilish to?g?risida referendum o?tkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll iste?foga chiqsi. 1969-yil ?Respublika uchun demokratlar ittifoqi“ partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974-yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981-yil so?l kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986? 88-yillar o?ng va so?l kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988-yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995-yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000-yil 25-sentyabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7-yildan 5-yilga o?zgartirildi. 2002-yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya ? 1945-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1992-yil 3-yanvar [[da tan olgan va 1992-yil 1-martdan diplomatiya munosabatlari o?rnatgan. Milliy bayrami ? 14-iyul  ? Bastiliya ishg'ol qilingan kun (1789).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Fransiya sotsialistik partiyasi, 1971-yil tashkil etilgan; Respublikani qo?llabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962-yil tuzilgan, 1976-yilgacha turli nomda bo?lgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978-yil asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965-yil tashkil etilgan, 1995-yildan hozirgi nomda; Fransiya kommunistik partiyasi, 1920-yiltuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972-yil asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi Fransiyadagi eng katta kasaba uyushmasi bo?lib, 1895-yil tuzilgan; Fransiya demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919-yil asos solingan; Fransiya xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919-yil asos solingan; ?Fors uvriyer“, kasaba uyushma markazi, 1947-yil tuzilgan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Fransiya ? yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 16,9 %, qishloq xo?jaligi, o?rmon, baliq xo?jaligining ulushi 2,7 %., xizmat ko?rsatish sohasining ulushi 80,4 % ni tashkil etadi (2022).

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Belleville atom elektr stantsiyasi. Fransiya elektr energiyasining katta qismini atom energiyasidan oladi.
Grenobldagi Yevropa sinxrotron radiatsiya inshooti.

Fransiya sanoat ishlab chiqarish bo?yicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan so?ng dunyoda 4o?rinni egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, to?qimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. Fransiyada temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va boshqa konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib chiqarishning an?anaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va janubida kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qo?rg?oshin, pyx va kumush qazib chiqariladi. Fransiyaning janubi-g?arbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya kombinatlarida po?lat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qo?rg?oshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqa eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shag?al, tosh butun Fransiya hududida qazib olinadi. ?Reno“ va ?Pejo“ kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari ? Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, qishloq xo?jaligi mashinalari va boshqa ishlab chiqariladi. Fransiya kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda o?zining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga o?rtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari ? LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral o?g?it, doridarmon, upaelik va boshqa mahsulotlar ishlab chikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmog?i ? to?qimachilik bo?lib, Parij, Lill, Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. To?qimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan.

Qishloq xo?jaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6 % ni tashkil qiladi, shundan 40 % yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xo?jaligining yetakchi tarmog?i (mahsulot qiymatining 55 %). Qoramol, qo?y, cho?chqa, parranda boqiladi. Asosiy qishloq xo?jaligi ekini bo?lgan bug?doy Shimoliy Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajo?xori katta ahamiyatga ega. Markaziy Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zig?ir, xmel va tamaki muhim o?rin oladi.

Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bog?dorchilik, gulchilik rivojlangan. O?rmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va O?rta dengizda baliq ovlanadi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Dunyodagi eng baland ko?prik ? Millau Viaduct.

Temir yo?l uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yo?l bosadigan tez yurar poyezd Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bog?laydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yo?llari uzunligi 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena?Sevr, Marna?Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yo?llari uzunligi 8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.

Tashqi savdosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va po?lat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, go?sht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilg?i, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, iste?mol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan:-yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi ? frank.

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Parijdagi Pitie-Salpetrier kasalxonasi Yevropadagi eng yirik shifoxonalardan biridir.

Sog?liqni saqlash sohasi kasalxonalardan va ?shahar tibbiyoti“ deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmog?ida 2 mln.ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sog?liqni saqlash tizimi rivojlangan. Fransiyada profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu ? tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim ko?p tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va hokazo) bo?yicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va hokazolardir. Shu tufayli Fransiyada bolalar o?limi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 universitetning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va boshqa; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-asr boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy ta?lim tizimi 19-asr oxirlarida qabul qilingan. 1905-yildan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959-yildan majburiy ta?lim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha bo?lgan bolalar uchun ta?lim majburiy va universitet darajasiga barcha o?rta maktablarda o?qish bepul. Maktabgacha ta?lim muassasalari hamda o?rta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va ta?lim oladi (2002). O?smirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri ? 99 %. 2?3-yil maktabgacha tarbiyadan so?ng 6 yoshdan 11 yoshgacha bo?lgan bolalar boshlang?ich maktabda o?qiydilar. O?rta maktabdagi ta?lim 2 bosqichdan iborat bo?lib, o?quvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, so?ng umumiy litsey, akademik kurslarda o?qiydilar yoki hunar litseylarida texnika ta?limi oladilar va hunar o?rganadilar.

Oliy ta?lim tizimiga universitetlar, oliy o?quv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3600 oliy o?quv yurtida 2 mln. 129 ming talaba ta?lim oladi (2003). Eng yirik oliy ta?lim muassasalari ? Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy maktab, Milliy ma?muriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va boshqa

Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya instituti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi san?at va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy san?ati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy san?at muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If oroldagi muzey va boshqa Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan.institutlarning asosiy kismi oliy ta?lim maktablarida olib boriladi. Davlat ilmiy tadqiqot muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi bo?yicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sog?liqni saqlash milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik ilmiy tadqiqot markazlari: ?Noraviasion“, ?Elektrisite de Frans“, ?Sharbonaj de Frans“, ?Gaz de Frans“, ?SenGoben“, ?FransAtom“, ?MerlenJeren“, ?Krezo“ va ?Shneyder“ kompaniyalari.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Le Figaro gazeta tahririyati. Gazeta 1826-yilda tashkil etilgan.

Fransiyada matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. Fransiyada nashr etiladigan yirik gaz. va jurnallar: ?Figaro“ (kundalik gazeta, 1826-yildan), ?Le Pariziyen“ (?Parijlik“, kundalik gazeta, 1944-yildan), ?Mond“ (?Tinchlik“, kundalik gazeta, 1944-yildan), ?Frans Suar“ (?Fransiya oqshomi“, kundalik kechki gazeta, 1941-yildan), ?Oror“ (kundalik gazeta, 1944-yildan), ?Krua“ (?Xoch“, kundalik kechki katolik gazeta, 1880-yildan), ?Yumanite“ (?Insoniyat“, kundalik gazeta, 1904-yildan), ?Uest?Frans“ (?G?arbiy Fransiya“, kundalik gazeta, 1944-yildan), ?Syud?Uest“ (?JanubiG?arb“, kundalik gazeta, 1944-yildan), ?L ekspress“ (haftalik ijtimoiysiyosiy jurnal, 1953-yildan), ?Pari match“ (?Parij matchi“, haftalik bezakli jurnal, 1949-yildan), ?MariKler“ (oylik jurnal, 1954-yildan) va boshqa

Frans Press agentligi ? muxtor tijorat agentligi (1944-yilda tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835-yil tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan ta?minlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Teleko?rsatuvlar mustaqil komissiya ? Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq teleko?rsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yo?ldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: ?Radio Frans“, 1975-yil tuzilgan, Televizion fransez? 1, ?Antenn?2“, ?Frans rejone“ davlat televideniye kompaniyalari, 1975-yil tashkil etilgan.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Eng qad. adabiyot namunalari 9-asrning 2yarmiga to?g?ri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda bo?lgan (mas, ?Avliyo Yevlaliya haqida kantilena“). 10?11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo bo?lgan. ?Roland haqida qo?shiq“ asari Buyuk Karl nomi bilan bog?liq. ?Russilonli Jirar“ asari ham o?sha davrga mansub. Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201?53). 12-asr o?rtalaridan ritsarlik romanlari paydo bo?la boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning ?Aleksandr haqida roman“, ?Fiva haqida roman“, ?Eney“, ?Troya haqida roman“ (barchasi 1140?65-yillarda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxminan IZO?taxminan 1191) ?Erek va Enida“, ?Iveyn“, ?Perseval“ va boshqa romanlari kiradi. 12-asrning oxirlarida"Tristan va Izolda" afsonasi, ?Fluar va Blansheflor“, ?Okassen va Nikolet“ kabi sevgi romanlari yozilgan. 14?15-asrlar Fransiya adabiyoti uchun o?tish davri hisoblanadi. O?sha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxminan 1300?77), Estash Deshan (taxminan 1346? taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363?taxminan 1431), Alen Shartye (1385? taxminan 1434), orleanlik Karl (1394?1465)lar o?z asarlarida davr ruhiyatini ? 1337?1453-yilgi 100 yillik urush fojeasini aks ettirdilar.

15-asr oxirlarida Fransiyada uyg?onish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uyg?onish davri adabiyotining Fransiyadagi yirik vakili Fransiya Rable (1494?1553) ?Gargantyua va Pantagryuel“ asari bilan mashhur bo?ldi. 16-asr 1yarmida Fransiya lirikasi italyan neopetrarkizmi ta?siri ostiga tushib qoldi va asr o?rtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot o?tkazildi. ?Pleyada“ deb nomlangan fransuz she?riy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm g?oyalarini olg?a surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va boshqalar) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. ?Pleyada“ she?riy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522? 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532?73) va boshqadir. 16-asrning oxirida shoirlar T. A. d’Obinye (1552? 1630), J. Voklen de la Frene (1535? 1606), F. Deport (1546?1606) ?Pleyada“ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qo?lladilar. 17-asr boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597?1654), F. d’Obinyak (1604?76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635-yil tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596? 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga ko?proq ta?sir o?tkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U o?zining ?Tartyuf“, ?Mizantrop“, ?Xasis“, ?Don Juan“ va boshqa asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxo?rligini zo?r iste?dod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali ta?sir kursatdi.

17-asr 2yarmida klassitsizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda F. Fenelonning ?Telemakning sarguzashtlari“ romani, Sh. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639? 99)ning ?Andromaxa“, ?Britannik“, ?Fedra“ asarlari yaratildi. 18-asrning boshida rokoko adabiyoti paydo bo?ldi. U o?zining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo o?ynoqi rokokoni klassitsizm me?yorlari bilan uygunlashtirishga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro kabi ma?rifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-asr 1yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Molyer, A. R. Lesaj, P. K. Marivo, F. N. Detush, Sh. L. Monteskye (?Fors maktublari“) bu janrning yetuk namoyandalari bo?lsa, unda Volter yetakchi rol o?ynadi. 1751-yildan D. Didro, J. L. D’Alamber va boshqa ma?rifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya nashr etila boshlandi.

18-asr 2yarmi ? 19-asr boshida Fransiya adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo bo?ldi. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari ko?rina boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J. B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P. A. F. Shoderlo de Lakloning ?Xavfli aloqalar“ romani, Bomarshening ?Figaroning uylanishi“ komediyasida namoyon bo?ldi. K. J. Ruje de Lillning ?Marselyeza“ qo?shig?i, Robespyer, Maratlarning publitsistik maqolalari o?sha davrda keng tarqaddi. 19-asr boshlarida Fransiya adabiyotida romantizm yetakchi oqim bo?ldi, uning 2bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida o?zining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta mahorat bilan ko?rsatilgan romanlarida, P. J. Beranje (1780?1857)ning satirik she?r va qo?shiklarida realizm tamoyillari o?zining yuksak ifodasini topdi. 60?70-yillardagi ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870?71-yil Fransiya-Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E. Potye 1871-yil iyunda ?Internatsional“ she?ri va 1876-yil ?Parij Kommunasi“ dostonini yezdi. E. Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining o?ta tubanligi, mehnatkash insonning og?ir qismati o?z badiiy ifodasini topdi. 19-asr oxirida nazmda ko?proq simvolizm asosiy yo?nalish bo?lib qoldi. Birinchi jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida o?chmas iz qoldirdi. Barbyus 1919-yil ?Klarte“ Xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20?30-yillar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, F. Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmokli o?rin egalladi. 2jaqon urushi davrida antifashistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50?60-yillarda fransuz adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J. P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985-yil Nobel mukofoti laureata bo?lgan) va boshqa bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903? 87), Margerit Dyura (1914?1996) kabi yozuvchilar Fransiya adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel Turnye, Filipp Sollers, JanMari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur.

Fransiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. Sent Ekzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari o?zbek tiliga tarjima qilingan.

Me?morchiligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Notr-Dam de Reyms ? Rim-katolik sobori bo?lib, u yerda 1825-yilgacha Fransiya qirollari toj kiygan.
Bordodagi de la Bourse maydoni, fransuz barokko me?morchiligining namunasi
Dunyodagi eng yaxshi san?at muzeylaridan biri sifatida tan olingan Luvr muzeyi 2019-yilda ham eng katta, ham eng ko?p sayyoh tashrif buyurgan muzey bo?ldi.

Fransiya hududidagi eng qad. san?at yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim san?ati rivojlandi: toshdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topgandan so?ng o?rta asrlar san?ati shakllana boshladi. Karolinglar san?ati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos bo?ldi (10?12-asrlar), ibodatxona va monastirlar ko?proq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-asr, Perigyodagi SenFron, 1120-yildan keyin, Langedokdagi cherkovqo?rg?onlar).

12-asrda Shimoliy Fransiya shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi, shaharlarda soborlar ko?plab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi cherkov (1137?44), Sane (taxminan 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163?1257). 15-asrning 2yarmidan me?morlikda fransuz Uyg?onish davrining hashamdor va go?zal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492?98), Gayon (1501 ? 10) qirol va dvoryanlar qo?rg?onlari o?zining qulayligi hamda hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur me?morlardan (jumladan, Leonardoda Vinchi) tashqari, Fransiyaning o?zida ham N. Bashelye, F. Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi iste?dodli me?morlar yetishib chiqa boshladi. Fransuz Uyg?onish davri me?morligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Shenonso, Shambor kabi qo?rg?onqarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (me?mor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish mumkin.

17-asrda absolyutizm kuchayishi bilan san?atda monarx shaxsi va hokimiyatini ulug?lash kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda me?morlik (1671) akademiyalari tashkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi bilan kenglik kulamini uyg?unlashtirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassitsizmning ulug?vorligi, mantiqiy tuzilishini aks ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilishida namoyon bo?ldi. Parij geometrik jihatdan to?g?ri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, G?alaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629?36), Nogironlar uyi (1671 ? 76), Sorbonna binosi (cherkov bn, 1629?54), Versal saroyi (1661?89), zafar darvozalar va ko?priklar kurildi.

Saroy va binolar plastik naqshlari hamda ixchamligi bilan ajralib turadi. 18-asrning 1yarmida hashamatli reja uslubi qo?llanildi. Bordodagi maydon va ko?chalar tarmogi, Nansidagi maydonlar, Lyudovik XV maydoni shular jumlasidandir.

18-asr 2yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan ma?rifatparvarlik klassitsizmi yo?nalishi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida cherkovlar (SentJenevyev, hozirgi Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi Kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va boshqa jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-asr boshlarida yangi me?moriy uslub ? ampir uslubida ulug?vor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi). 19-asr o?rtalarida Parijda yirik kurilish ishlari amalga oshirildi, 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida Amyen, Nant, Orlean,Tuluza va boshqa shaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-asr 2yarmida kurilishlar eklektizm ruhida olib borildi (?GrandOpera“ teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va boshqalarlar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda kurildi. 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi ?Kastel Beranja“ mehmonxonasi). 1860-yildan qurilishda temirbeton ishlatila boshlandi. 1920?1930-yillarda zamonaviy me?morlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi. Me?mor Le Korbyuzye shakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va po?latning keng qo?llanilishini zamonaviy me?morlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960?1970-yillarda Parij va uning atroflarida kurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur me?morlari R. Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan me?morlikda ajoyib inshootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va Radio uyini ko?rsatish mumkin.

1980-yillardan Fransiya me?morligida keng ko?lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy me?morlarning g?oyalariga keng yo?l ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik me?mor Mario Pey tomonidan to?liq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi-yillarda yaratilgan me?moriy inshootlardan Parij shahridagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), Sen Jermen oroldagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), ?Ateney“ teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni ko?rsatish mumkin.

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Fransiya hududidagi eng qad. san?at asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, Tyukd’Odeber) saqlanib qolgan. Temir davri galiitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon buldi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topishi bilan o?rta asrlar san?ati (merovinglar san?ati) vujudga kelgan.

10?12-asrlarda karoling san?ati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos bo?ldi. Bu davrdan har xil taqinchoklar, Limoj emallari, mato va kashtalar, gilamlar saqlanib krlgan. Fransiyaning gotik haykaltaroshligida insonning jismoniy go?zalligi va hislariga, real tabiiy shakllarga qiziqish ortdi. Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amyen soborining haykal va obrazlarida namoyon bo?ldi. 14-asrda haykaltaroshlik majmualari kamroq yaratildi, interyerlarda ko?proq tasviriy san?at asarlari va bo?yalgan yog?och haykallar paydo bo?ldi. Gotika tasviriy san?atida interyerni rangli bezatishda vitraj eng asosiy unsur bo?lib qoldi (Parijdagi SentShapel ibodatxonasi va Shartr sobori vitrajlari). 13-asr 2yarmidan vitrajlarda ko?proq yorug? ranglar qo?llanila boshladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida ko?proq uchraydi. 14?15-asrlarda niderland va italyan san?ati ta?siri ostida dastgoxli kartina va portretlar paydo bo?la boshladi. Tevarak atrofii real tasvirlash akauka Limburglar ijodidan boshlandi. Ularning ?Berriy gersogining eng boy chasoslovi“ (taxminan 1411 ? 16) asari saqlanib qrlgan. 15-asr urtalarida qirol saroyi qoshida fransuz Uyg?onish davri kurtaklari bo?lgan maktablar tashkil topgan. Uning eng mashhur vakili J. Fuke bo?lgan. Uyg?onish davri haykaltaroshligini M. Kolomb boshlab bergan. 15-asr 2yarmida Uygonish davri uslubi yogochdan ishlanadigan gravyuralarga ham ta?sir qildi. 16-asr boshlarida qirol saroyi tasviriy san?at markaziga aylandi.

Inson shaxsiyatiga bo?lgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham o?z aksini topdi. Bu davr san?atiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qo?shdilar. 17-asrga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy san?atning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlashtirdi. 17-asr 2-choragida tasviriy san?atda klassitsizm yetakchi rol o?ynay boshladi. Bu davr san?at asarlari plastik shakllari aniq bo?lishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi bilan ajralib turadi. 17-asr o?rtalarida Fransiya san?at hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning ko?p asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy san?at, zargarlik rivojlandi. 18-asr tasviriy san?atida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos bo?ldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega bo?lgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-asr 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M. K. Latura, J. B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikko?rinadi. 18-aar o?rtalariga kelib tabiatga bo?lgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-asr boshida ba?zi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari o?rnini Napoleon I ni ulug?laydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon bo?ldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning ?Marselyeza“ asarida, P. J. David d’Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848-yilgi inqilob Fransiya san?atiga demokratlashtiruvchi ta?sir ko?rsatdi. 1851-yil to?ntarishdan so?ng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik san?at ko?p jihatdan o?zining ommaviyligini yo?qotdi. 1860-yillarda mamlakat tasviriy san?atida E. Manening realistik izlanishlari markaziy o?rinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yo?nalishi bilan yaqinlashdi. Bu yo?nalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850?60-yillar x, aykaltaroshlikda J. B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida o?rin tutadi. 19-asr so?nggi choragida fransuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.

19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida impressionizm bilan birgalikda ?modern“ uslubining paydo bo?lishiga ta?sir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-asr oxirida tasviriy san?atda ijtimoiy mavzulardan birmuncha chekinish seziladi. 20-asr boshidan Parijga ko?plab chet el rassomlari kela boshladi va ularning ijodi fransuz san?atining ajralmas qismiga aylandi. 1905-yilda A. Matiss boshchiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va boshqalar), 1907-yilda esa kubizm okimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. Birinchi jahon urushidan so?ng syurrealizm, Ikkinchi jahon urushidan keyin abstrakt san?atning turli yunalishlari vujudga keddi. 1970-yillarda san?atda abstraksionizmdan chekinish va san?atning turli xil figurativ turlari (gipperrealizm)ga o?tish kuzatiddi. Umuman olganda, Fransiya tasviriy san?atida gumanizm koyalari saqlanib qolgan. P. Pikasso va F. Leje asarlarida urush va fashizmga qarshi alangali g?alayon, xalqlarning tinchlik uchun kurashi mavzulari ko?p aks etgan. 1945-yildan so?ng neorealizm okimi paydo bo?ldi, karikatura san?ati rivojlandi, qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyati asketik rassomchilikda aks etdi. Gumanistik san?at an?analari haykaltaroshlikda ham yetakchi rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik haykallarida, J. Bernarning o?tkir psixologik portretlarida bu narsa o?z aksini topdi. Umuman, Fransiya 21-asrda ham jahon badiiy san?atining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Fransiya milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 ? 13-asrlarda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa san?ati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uyg?onish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. O?sha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi san?at) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bog?liq. 1672?87-yillar ?Grand opera“ teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-asrdan cholg?u musiqa ? lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholg?u syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi ? fransuz musiqiy klassitsizmi cho?qqisidir. 18-asrning eng yirik kompozitori J. R. Ramo K. V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-asr o?rtalarida milliy simfoniya paydo bo?ldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr ? komik opera ham paydo bo?la boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini (?Dezertir“, 1769), A. E. M. Gretri (?Lyusil“, 1769) kiradi. Komik operalar ?Opera komik“ teatri (1715-yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801-yildan yuqoridagi nom)da qo?yilgan. 1792-yil J. Ruje de Lil tomonidan ?Marselyeza“ yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793-yil Parijda Milliy musika instituti (1795-yildan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-asr 2yarmida esa lirik opera janri paydo bo?lgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida o?z aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining cho?qqisiga aylandi (?Karmen“, 1874). 19-asr 80-yillarida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri ? 20-asr boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. Fransiyada shanson (ommabop qo?shiq) janri gullab yashnadi. 20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). Birinchi jahon urushidan so?ng Fransiya musiqa san?atida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi (?Oltilik“ kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). Ikkinchi jahon urushidan so?ng Fransiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yo?nalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20-asr fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar ? P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar ? A. Korto, M. Long, R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar ? J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar ? M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar ? Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar ? D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar ? M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va boshqa Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg, Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari o?tkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa o?quv yurtlari ? konservatoriya, ?Sxola kantorum“ (1894-yil asos solingan), ?Ekol normal de myuzik“ (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, Fransiya Milliy musika qo?mitasi joylashgan. Bir qancha musika jurnallari chop etiladi.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Fransiya teatr san?ati o?rta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9?10-asrlardayoq o?rta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 a. o?rtalaridagi A. Grebanning ?Xudo ehtiroslari misteriyasi“dir. 1599-yildan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qo?yar edilar. 17-asrdan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qo?yila boshladi. 1634-yil ?Mars“ teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr san?ati rivojiga katta hissa qo?shdi. Molyer vafotidan so?ng tashkil etilgan ?Komedi Fransez“ teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz ma?rifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Ma?rifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik san?atini vujudga keltirdi. 1791-yil ?Teatrlar erkinligi haqida dekret“dan so?ng, Parijda 19 teatr tashkil topdi. ?Komedi Fransez“ teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari ko?rsatildi. Gyugoning ?Ernani“ dramasining qo?yilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea bo?ldi. 19-asr 1yarmida bulvar teatrlari paydo bo?ldi. 1848-yildan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi ?onangni ami“ nomli dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur o?zgarishlar A. Antuan nomi bilan bog?liq. ?Erkin teatr“ va ?Antuan teatri“ asoschisi, ?Odeon“ teatri boshqaruvchisi bo?lgan Antuan o?z davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910-yil J. Rushe tomonidan ?Teatr dez Ar“ tashkil etildi. 1926-yil to?rt buyuk rejissor: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi ? ?Kartel“ tuzildi. Ular ko?proq klassikaga ? Molyer, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol o?ynadi. Ikkinchi jahon urushi-yillari ? nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilg?or jamoatchilik Fransiyaning qadimiy teatrlaridan bo?lgan ?Komedi Fransez“ni qo?llabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rejissorlardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalarlar voyaga yetdilar. 40-yillar 2yarmi ? 50-yillar 1-yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va boshqa shaharlarda teatrlar paydo bo?ldi. Milliy xalq teatri teatr san?atining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk fransuz inkilobiga bag?ishlangan ?1789“ va ?1793“ teatrlarining tashkil topishi Fransiya teatri hayotida katta voqea bo?ddi.

Fransuz sahna san?atining rivojiga aktyor va rejissor J. L. Barro katta hissa ko?shdi. Turmush o?rtog?i M. Reno bilan birgalikda ?Kompani Reno?Barro“ truppasi yaratildi va u 20-asrda fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 ? 60-yillarda teatr hayotida ?absurd teatri“ katta o?rin egalladi. 20-asr 2yarmidan Fransiya teatr san?ati yanada rivojlandi. Bunga 1981 ?86 va 1988?93 ylarda Fransiya madaniyat vaziri bo?lib ishlagan J. Lang katta hissa qo?shdi. Parijning ko?p teatrlari, jumladan, ?Grandopera“, ?Komedi Fransez“, ?Odeon“ va ?Shayo“ milliy teatrlari hukumat tomonidan qo?llab quvvatlandi. J. L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rejissorlar mashhur. Fransiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. ?Komedi Fransez“ teatri milliy teatr an?analarini davom ettirmoqda. 1954-yil tashkil etilgan ?Xalqlar teatri“da xalqaro teatr festivallari o?tkaziladi.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qo?yilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli ?Poyezdning kelishi“, ?Bolani emizish“, ?Shalabbo bo?lgan suv sepuvchi“ filmlari) 1895-yil 28-dekabrda Parijda namoyish etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bog?liq. Uning ?Film d’ar“ firmasi kinoga mashhur dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919-yilda rejissor A. Gans urushga qarshi ruhdagi ?Men ayblayman“ pamfletini, rejissor A. Antuan esa bir qancha filmlar (?Yer“, 1921; ?Arlezianlik ayol“, 1922)ni yaratdi. Birinchi jahon urushidan keyingi-yillarda kinodan tijorat yo?lida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M. L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak ?Avangard“ harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rejissorlar qad. an?analarga tayangan holda ko?pgina asarlarni yaratdilar ["Krenkebil" (1922) va ?Yangi janoblar“ (1928, rejissor J. Feyder), ?Nana“ (1926) va ?Kichik gugurt sotuvchi“ (1927, rejissor J. Renuar), ?Somon shlyapa“ (1927, rejissor R. Kler)].

30-yillardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar o?rtalarida Fransiya kinematografiyasining ijtimoiy yo?nalishi Milliy front harakati bilan bog?liq; ?Oktabr“ va ?Erkin kino“ uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun ?Marselyeza“ (1938, rejissor R. Renuar), ?Buyuk sarob“ (1937, rejissor R. Renuar), ?Oxirgi milliarder“ siyosiy satirasi (1934, rejissor R. Kler), ?Ahil kompaniya“ (1936, rejissor J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. Ikkinchi jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi ?Kechki mehmonlar“, ?Osmon sizlarga tegishli“ kabi filmlarni yaratdilar. 1944-yil ?Parijni ozod etish“ filmi chiqarildi. ?Rayka bolalari“ filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik an?analarini o?zida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film bo?ldi. rejissor R. Klemanning ?Relslar ustidagi jang“ filmi ozod etilgan Fransiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashhur filmlar: ?Parma ibodatxonasi“ (1948, rejissor KristianJak), ?Qizil va kora“ (1954, rejissor K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), ?Tereza Raken“ (1953, rejissor M. Karne), ?Jerveza“ (1956, rejissor R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), ?O?limga mahkum qilingan qochdi“ (1956, rejissor R. Bresson). 1940 ?50-yillar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashhur. 50-yillarning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi ko?ngil ochar filmlar bo?ldi. Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. ?Kun va soat“ (1963), ?Parij yonyaptimi?“ (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968-yildan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining ?Bayram kuni“ (1949), ?Mening amakim“ (1958), Kristian Jakning ?FanfanTyulpan“ (1952), ?Qonun ? bu qonun“ (1958), P. Eteksning ?Ohtortuvchi“ (1963), ?Yoyo“ (1965) filmlari komediya janriga mansub. Fransiya kiska metrajli filmlari (rejissor A. Lamorisning ?Qizil shar“), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashhur. 70ylar o?rtalariga kelib, fransuz kinosida o?tkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda ko?ngil ochar kinolarni ishlab chiqarish keng rivojlandi. 60 ?70-yillardagi eng mashhur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J. L. Trentinyan, J. P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va boshqa kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga o?zlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qo?shgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqa 1943-yil tuzilgan Oliy kino ta?limi instituti rejissor, tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946-yildan Kannda har-yili Xalqaro kinofestival o?tkaziladi. 1936-yil ?Sinematika“, 1972-yil Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976-yilda Amerikaning ?Oscar“ mukofotiga o?xshash ?Sezar“ milliy kino mukofoti ta?sis etilgan. 1970 ?90-yillarda rejissorlar J.Sh. Takell (?Jiyanlar“, 1975), D. Vin (?Martin Gerrning qaytishi“, 1984), D. Kyuri (?Oramizda“, 1985), K. Berri (?Jan de Florett“, 1987), J. Rivett (?Maftunkor yong?oq daraxti“, 1991), R. Varnyer (?Hindixitoy“, 1992) hishayajonli hamda an?anaviy mavzularda filmlar yaratishdi. Fransiyada 4400 kinoteatr mavjud,-yiliga 130 ga yaqin to?liq metrajli film yaratiladi (2003).

Qo?shimcha ma?lumotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • ?Fransiya“ Yevropa da, muharirlar ? Ferdie McDonald, Claire Marsden va Dorling Kindersley (Gale, 2010), 144-217-betlar. online
  • ?France“ in Worldmark Encyclopedia of the Nations , muharirlar ? Timothy L. Gall and Derek M. Gleason, (13-nashr., 5-jild: Yevropa, Gale, 2012), pp. 215-243. online

Mavzular [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Religions in France | French Religion Data | GRF“ .
  2. ?Surface water and surface water change“ . Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD). Qaraldi: 11-oktabr 2020-yil.
  3. ?Demography ? Population at the beginning of the month ? France“ . Insee (2019). Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 ?World Economic Outlook Database, April 2021“ . imf.org . International Monetary Fund. Qaraldi: 6-aprel 2021-yil.
  5. ?France“ . UNGEGN World Geographical Names . New York, NY: United Nations Group of Experts on Geographical Names. Qaraldi: 27-noyabr 2020.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]