한국   대만   중국   일본 
Gambiya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Gambiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gambiya Afrika janubida joylashgan katta bo?lmagan davlat. Senegal davlati bilan chegaradosh.

Gambia Respublikasi
The Republic of The Gambia
Shior O'sish, Tinchlik, Farovonlik
Madhiya :   For The Gambia Our Homeland
Location of Gambiya
Poytaxt Banjul
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
Adama Barrow
Mustaqillik ( Birlashgan Qirolligidan )
? Sana
18-fevral 1965
Maydon
? Butun
11,300 km 2 ( 165-o?rin )
? Suv (%)
11.5
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
1,593,256 ( 148-o?rin )
Zichlik 140/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 2,946 mil. ( 170-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 1,849
Pul birligi Dalasi ( GMD )
Vaqt mintaqasi UTC +0
? Yoz ( DST )
UTC +0
Qisqartma GA
Telefon prefiksi 220
Internet domeni .gm

Gambia (Gambia Respublikasi) poytaxti ? Banjul shahri. BMT a?zosi. Umumiy maydoni taxminan 11 000 kvadrat kilometr bo?lgan mamlakat Afrika qit?asidagi eng kichik davlatdir.

Etimologiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

"Gambiya" toponimi Gambiya daryosi degan ma?noni anglatuvchi Kambra/Kambaa so?zlaridan kelib chiqqan. E. M. Pospelovning yozishicha, Gambiya gidronimi birinchi marta Yevropa manbalarida 1455?1456-yillarda Galbiya imlosida tilga olingan bo?lib, bu mahalliy nomning yevropacha moslashuvi bo?lsa kerak [1] . Shuningdek, toponim sererlar orasida foydalaniladigan guruchning maxsus turi ? gamba nomidan kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin [2] [3] .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

IX-XVI asrlar: musulmon va portugallar ta?siri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Arab savdogarlari IX va X asrlarda Gambiya hududi haqida dastlabki yozma manbalarda ma?lumot berganlar. X asrda musulmon savdogarlari va olimlari G‘arbiy Afrikaning bir qancha savdo markazlarida jamoalar tashkil etishdi. Ikkala guruh ham trans-Saxara savdo yo?llarini egalladilar, bu esa mahalliy aholining oltin va fil suyagi bilan bir qatorda qul sifatida katta eksport savdosiga, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar importiga olib keldi.

Senegal va Gambiya o?rtasida joylashgan, YuNESKO tomonidan e?tirof etilgan Senegambiya tosh doiralari (megalitlar).

XI-XII asrlarga kelib Takrur (markazi shimolda Senegal daryosida joylashgan monarxiya), qadimgi Gana va Gao kabi qirollik hukmdorlari islomni qabul qilib, o?z saroylarida arab tilini yaxshi biladigan musulmonlarga lavozim berganlar [4] … XIV asrning boshlarida bugungi Gambiya deb ataladigan hududning aksariyati Mali imperiyasining bir qismi bo?lgan. Portugallar bu hududga XV asr o?rtalarida dengiz orqali yetib kelishgan va xorijliklar bilan savdoda hukmronlik qila boshladilar.

Ingliz va fransuz mustamlakachiligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1588-yilda Portugaliya taxtiga da?vogar, Krato a?zosi Antonio Gambiya daryosidagi eksklyuziv savdo huquqlarini ingliz savdogarlariga sotdi. 1618-yilda Angliya qiroli Jeyms I ingliz kompaniyasiga Gambiya va Oltin qirg?oq (hozirgi Gana) bilan savdo qilish uchun ruxsat berdi. 1651?1661-yillarda Gambiyaning ayrim qismlari ? Gambiya daryosidagi Avliyo Endryu oroli, shu jumladan Fort Yakob, Avliyo Meri oroli (hozirgi Banjul ) va Fort Jillifri ? Kurlandiya va Semigaliya gersogligi hukmronligi ostiga o?tdi [5] . Mustamlakalar rasman 1664-yilda Angliya ga berilgan.

XVII asr oxiri va XVIII asr davomida Britaniya va Fransiya imperiyalari Senegal daryosi va Gambiya daryosi mintaqalarida siyosiy va tijorat hukmronligi uchun doimiy kurash olib bordi. Avgust Keppel boshchiligidagi ekspeditsiya 1758-yilda Senegal qo?lga kiritilgandan so?ng u yerga kelganda Britaniya imperiyasi Gambiyani egallab oldi. 1783-yil gi Versal shartnomasi asosida Buyuk Britaniyaga Gambiya daryosiga egalik qildi, biroq fransuzlar daryo bo?yidagi Albreda anklavini saqlab qolishdi. Bu hudud ham nihoyat 1856-yilda Buyuk Britaniya ga berildi.


Qullik (XVII-XIX asrlar) [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Transatlantik qul savdosi amalga oshirilgan uch asr davomida bu umumiy mintaqadan uch millionga yaqin odam qul qilib olingan. Transatlantik qul savdosi boshlanishidan oldin qabilalararo urushlar natijasida qancha odam qul qilib olingani ma?lum emas. Qul qilinganlarning aksariyati boshqa afrikaliklar tomonidan yevropaliklarga sotilgan: ba?zilari qabilalararo urushlar asirlari edi; ba?zilari to?lanmagan qarzlari tufayli sotilgan qurbonlar, boshqalari esa oddiygina odam o?g?irlash qurboni bo?lgan [6] .

Jeyms oroli va Fort Gambiya xaritasi

Savdogarlar XVIII asrda G?arbiy Hindiston va Shimoliy Amerika da mehnat bozori kengayguncha odamlarni Yevropaga xizmatkor sifatida ishlash uchun yuborganlar. 1807-yil da Birlashgan Qirollik butun imperiyasida qul savdosini bekor qildi. Shuningdek, u Gambiyadagi qul savdosini tugatishga urinib ko?rdi. Atlantikada Qirollik dengiz flotining G?arbiy Afrika eskadroni tomonidan to?xtatilgan qul kemalari ham Gambiyaga qaytarildi, qul bo?lgan odamlar Gambiya daryosi bo?yida joylashgan Makkarti orolida yangi hayot qurishlari rejalashtirildi [7] . Inglizlar 1816-yilda Baturst (hozirgi Banjul) harbiy postini o?rnatdilar.

Geografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gambiya Afrika qit?asining g?arbiy sohilida joylashgan bo?lib, 11295 km² maydonni egallagan. Gambiya daryosi bo?yida joylashgan. Sohildan tashqari, Gambiya yigirma baravar katta bo?lgan Senegal bilan o?ralgan, chegaraning umumiy uzunligi 740 km. Mamlakat ko?pincha anklav deb ataladi. G?arbdan uni Atlantika okeani yuvib turadi, qirg?oq chizig?i 80 km. Mamlakat maydoni 11000 km² bo?lib, shundan 10000 km² quruqlik, 1000 km² suv yuzasi [8] . Gambiya shuningdek, 4000 km² kontinental shelfga va 10,500 km² bo?lgan 200 milya qirg?oq eksklyuziv iqtisodiy zonasiga ega [9] .

Iqlimi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gambiya iqlimi G?arbiy Afrika da qishloq xo?jaligi uchun eng qulay iqlim hisoblanadi. Iqlimi subekvatorial, quruq (noyabrdan maygacha) va yomg?irli (iyundan oktyabrgacha). Quruq mavsumda Sahroi Kabir dan esadigan quruq shamol Harmattan deb ataladi. Gambiyadagi qishlar yog?ingarchiliksiz yumshoq, quyoshli kunlar ko?proq. Noyabrdan maygacha havo harorati +21 dan +27 ° C gacha, nisbiy namlik ? 30 dan 60% gacha. Yoz oylarida o?rtacha harorat +27 dan +32 ° C gacha. Yomg?irli mavsum iyun oyida boshlanadi va oktyabrda tugaydi. Umuman olganda, sohilda tungi harorat ichki hududlarga qaraganda yuqori. Mamlakatning aksariyat qismida yog?ingarchilik 1000 mm dan oshmaydi, hatto yomg?irli davrda ham quyoshli kunlar hukm suradi [10] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Поспелов 2002 .
  2. Allen Meagher, Andrew Samuel, Baba Ceesay, National Council for the Arts and Culture (Gambia), Historic Sites of The Gambia: Ada Dinkiralu (Mandinka), Bereb-I-Chosan (Wolof), Tarica Tawal (Fula), Nannin (Jola), Soninke Ada (Serehuli), I-Mofan Chosan (Serer) : an Official Guide to the Monuments and Sites of The Gambia , National Council for the Arts and Culture, 1998, pp. 1, 24.
  3. Godfrey Mwakikagile , The Gambia and Its People: Ethnic Identities and Cultural Integration in Africa , New Africa Press, 2010, ISBN  9789987160235 , p. 141 [1] ( at books.google.co.uk Error: unknown archive URL 20180214014629 sanasida arxivlangan )
  4. Easton P (1999) ?Education and Koranic Literacy in West Africa“ ( Wayback Machine saytida 20 December 2016 sanasida arxivlangan ). IK Notes on Indigenous Knowledge and Practices, n° 11, World Bank Group. pp. 1-4
  5. Yevstratyev, O (2018). "Chronological Dating of the Duchy of Courland's Colonial Policy" . Latvijas V?stures Instit?ta ?urn?ls 3 : 34?72. doi : 10.22364/lviz.108.02 . Archived from the original on 2019-02-23 . https://web.archive.org/web/20190223074148/https://www.lvi.lu.lv/lv/LVIZ_2018_files/3_numurs/O_Yevstratyev_Chronological_LVIZ_2018_3.pdf . Qaraldi: 22 February 2019 .   Gambiya]]
  6. Park, Mungo Travels in the Interior of Africa v. II, Chapter XXII ? War and Slavery ( Wayback Machine saytida 24 September 2009 sanasida arxivlangan ).
  7. Webb, Patrick (1994). "Guests of the Crown: Convicts and Liberated Slaves on Mc Carthy Island, the Gambia". The Geographical Journal 160 (2): 136?142. doi : 10.2307/3060072 .  
  8. ?The Gambia“  (en). The World Factbook (2008-yil 12-fevral). 2014-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2008-yil 23-fevral.
  9. Department of State for Finance and Economic Affairs of The Gambia. ?REPUBLIC OF THE GAMBIA. POVERTY REDUCTION STRATEGY: 2007-2011“  (en)  (deadlink) . 2013-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2008-yil 23-iyun.
  10. ?World Weather Information Service ? Banjul“ . World Meteorological Organization. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.