Kamerun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamerun Respublikasi
Shior Paix, Travail, Patrie
(Fransuzcha: Peace, Work, Fatherland)
Madhiya :   Chant de Ralliement
(Rallying Song)
Location of Kamerun
Poytaxt Yaunde
Rasmiy til(lar) Fransuz tili
Ingliz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
Paul Biya
Philemon Yang
Mustaqillik ( BMT vasiylikdagi Fransiya ma'muriyatidan)
? Sana
1-yanvar 1960
Maydon
? Butun
475,440 km 2 ( 53-o?rin )
? Suv (%)
0.57
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
16,380,005 ( 59-o?rin )
Zichlik 34/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 31,770 mil. ( 93-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 1,940
Pul birligi CFA Franc ( XAF )
Qisqartma CM
Telefon prefiksi 237
Internet domeni .cm

Kamerun (ing. Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi ( ing . Republic of Cameroon, frans. Republique du Cameroun) ? Markaziy Afrikadagi davlat. BMT a?zosi G?arbda Atlantika okeanining Biafra qo?ltig?i bilan tutash. Maydon 475,4 ming km 2 , aholisi 28,2 mln. kishi (2023). Poytaxti Yaounde shahri. Ma?muriy jihatdan 10 viloyat (province)ra bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kamerun ? respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-yil 2 iyundan kuchga kirgan, unga 1995-yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig?i -prezident (1982-yildan Pol Biyya). U umumiy, to?g?ri va yashirin ovoz berish yo?li bilan 7 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ? bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kamerun ekvatorial va shimoliy subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Yer yuzasi shim.ga tomon pasayib boradigan yassitog?lik (1500?2000 m). Kamerun markazida Adamaua platosi bor (eng baland joyi 3008 m). Biafra qo?ltig?i sohilida Kamerun vulkanik massivi (4070 m) ajratib turadigan pasttekislikning kengligi 150 km cha. Qazilma boyliklari: temir rudasi, oltin, boksit, qalay, titan, neft, tabiiy gaz.

Iqlimi janubida ekvatorial, nam iqlim. O?rtacha temperatura fevral yoki martda 24? 28°, iyulyo avgustda 22°?24°. Yillikyog?in ichki hududlarda 1500?2000 mm, sohilda 3000 mm dan ortiq (Kamerun massivining g?arbiy va janubi-g?arbiy yon bag?irlarida ? 10000 mm gacha). Kamerunning boshqa qismida iqlim ? ekvatorial-mussonli, seryomg?ir, qishi quruq. O?rtacha temperaturaa 19°?24°, shimolida 26°?33°. Yillik yog?in 500 mm gacha. Daryolari ko?p va sersuv, ostonali, gidroenergiyaga boy. Ko?plarida kema qatnay olmaydi. Hududining ?/, qismiga yaqini o?rmon. Janubiydagi qizg?ish-sariq ferralit tuproqda doim yashil o?rmonlar, sohilda mangra chakalakzorlari bor. Qimmatbaho yog?och beradigan daraxtlar (qizil, temir daraxt va b.) ko?p. Shimolidagi qizil-qo?ng?ir va qora tropik tuproklarda savanna o?simliklari o?sadi. O?rmonlari daraxtlarda yashaydigan hayvonlar (maymunlar va b.), fil, suv ayg?iri, timsoh, ilon, qushlar va turli hasharotlarga boy. Qo?tos, karkidon, kiyik, jirafa, arslon, gepard va b. ko?p. Hay-vonlarni saqlab qolish uchun Benue, Bubanjida, Vaza milliy bog?lari va Bafia, Ja, Duala-Edea, Kampo qo?riqxonalari barpo etilgan.

Aholisining ko?pchiligi bantu (duala, balundu, basa va boshqa), sharqiy bantoid (bamileke, bamum, tikar va b.) til oilalariga mansub. Rasmiy tillar ? fransuz va ingliz tillari. Aholisining 45% qad. diniy e?tiqodni saqlagan, 35% qismidan ortig?i xristian (asosan, katolik), 20% sunniy musulmon. Aholining 41 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Duala, Yaunde, Bafusam, Morva, Garva va boshqa.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kamerun hududidan o?rta va yuqori paleolit davriga oid tosh qurollar topilgan. Kamerunda dastlab pigmeylar yashab, ovchilik, chorvachilik va ibtidoiy dehqonchilik bilan shug?ullangan. 16-asrning 2-yarmidan Kamerunga portugallar, gollandlar, 18-asr boshlaridan ingliz, fransuz, nemis, amerika din da?vatkorlari (missionerlar) va savdogarlari kela boshladi. Ular kamerunliklarga tuz, gazmol, idish-tovoq, mis quymasi, spirtli ichimliklar olib kelib sotishgan. Yevropaliklar Kamerundan fil suyagi, palma moyi, murch va boshqa olib ketgan. 17? 18-asrlarda Shimoliy Kamerunda Mandora sultonligi tashkil topdi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida fulbe ko?chmanchilari Shimoliy va Markaziy Kamerunda bir necha musulmon davlatlarini tuzdilar. 18-asrda Markaziy Kamerunda shakllangan Bamum davlati fulbelarga qarshi kurashdi. 18?19-asrlarda Markaziy va Janubiy Kamerunda yana bir qancha davlatlar paydo bo?ldi.

20-asr boshlarida Germaniya Kamerunning shimoliy va markaziy qismlariga hukmronlik qila boshladi. Birinchi jahon urushi davrida ingliz-fransuz qo?shinlari Kamerun hududini Germaniyadan tortib oldi (1916). Sharqiy Kamerun Fransiya, G?arbiy Kamerun Buyuk Britaniya nazoratiga o?tdi. Mahalliy aholining ommaviy tashkiloti ? Nigeriya va Kamerun Milliy kengashi (1944) hamda Kamerun xalklari ittifoqi partiyasi rahbarligida Kamerun xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi.

Nihoyat, 1960-yil 1 yanvarda Sharqiy Kamerun mustaqilligi e?lon qilinib, 13 no-yab.dan Kamerun Respublikasi deb yuritila boshladi. 1961-yil 1 oktabrda G?arbiy Kamerunning Kamerun Respublikasiga birlashuvi natijasida Kamerun Federativ Respublikasi (KFR) tuzildi. Mamlakat iqtisodiyotini ko?tarish choralari ko?rildi: yagona pul va o?lchov birligi qabul qilindi; barcha siyosiy partiyalar Kamerun milliy ittifoqiga birlashtirildi. Ittifoqning 1-s?yezdida KFRni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 1972-yil 20 maydagi referendum natijasida KFR Kamerun Birlashgan Respublikasi deb ataldi. 1984-yil 25 yanvardan boshlab Kamerun Respublikasi deb ataladigan bo?ldi. Kamerun ? 1960-yildan BMT a?zosi. Milliy bayrami ? 20 may ? respublika e?lon qilingan kun (1972).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Respublikani himoya qilish harakati, 1991-yilda tuzilgan; Kamerun xalqi demokratik birlashmasi, 1966-yilda asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy ittifoq, 1991-yilda tuzilgan; Ijtimoiy demokratik front, 1990-yilda asos solingan; Kamerun xalqlari ittifoqi, 1991-yildan oshkora ishlay boshlagan. Kamerun mehnatkashlari kasaba uyushmasi tashkiloti, 1972-yilda tuzilgan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kamerun ? agrar mamlakat. Markaziy Afrika mintaqasida iqtisodiy ko?rsatkichlari jihatidan o?rtacha daromadli mamlakatlar guruhiga kiradi. 1980?90-yillarda yalpi ichki mahsulotning o?rtacha yillik o?sish sur?atlari 7%ni tashkil etdi. Sanoat ildamroq rivojlanishi tufayli yalpi ichki mahsulot tarkibi o?zgardi: sanoatning solishtirma salmog?i 44%, qishloq xo?jaligi salmog?i 24% bo?ldi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kamerunda neft qazib oladigan va uni kayta ishlaydigan, alyuminiy, charmpoyabzal, to?qimachilik va yog?ochsozlik sanoati korxonalari bor. Qimmatli nav yog?och (temir yog?och, qizil yog?och) eksport qilishda Kamerun dunyoda 6-o?rinda turadi. Mustaqillik yillarida mamlakat o?zini oziq-ovqat bilan to?la ta?minlabgina qolmay, chetga ham sota boshladi. Elektr energiyaning yarmiga yaqini suv kuchi va yarmidan ko?prog?i yoqilg?i yordamida hosil qilinadi (yiliga o?rtacha 2,6 mlrd. kVtsoat ).

Qishloq xo?jaligining yetakchi tarmog?i ? dehqonchilik. Ekinzorlarning 50% dan ko?prog?i oziq-ovqat ekinlari, 30% eksportbop ekinlar bilan band. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq jo?xori, makkajo?xori, sholi, maniok, yams, makabo, taro, banan, yer yong?oq, sabzavot, shakarqamish, dukkaklilar. Kakao, kofe, kauchuk, tamaki, paxta, choy, moyli palma va b. ham yetishtiriladi. Kamerun shimoliy va g?arbida ko?chmanchi va yarim ko?chmanchi chorvachilik muhim rol o?ynaydi. Qoramol, qo?y, echki, cho?chqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va Biafra qo?ltig?ida turli baliqlar ovlanadi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning 70% temir yo?l transportiga to?g?ri keladi. Temir yo?lning uzunligi 1175 km, avtomobil yo?llarining uzunligi ? 65 ming km. Asosiy dengiz porti ? Duala, daryo porti ? Garva, xalqaro aeroportlar ? Yaunde, Duala, Garvada.

Kamerun chetga neft, yog?och, paxta tolasi, kauchuk, banan, yer yong?oq, moyli palma mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, keng iste?mol mollari, yoqilg?i hamda moylash materiallari va b. oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Niderlandiya, Fransiya, AQSH, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Ispaniya. Pul birligi ? Afrika franki.

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kamerunda shifokorlar Yaunde sh.dagi universitet tibbiyot-sanitariya markazida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?ri-fiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

6?12 yoshdagi bolalar uchun majburiy ta?lim joriy qilingan. Ta?lim Sharqiy Kamerunda fransuz, G?arbiy Kamerunda ingliz tilida olib boriladi. Bolalarning 85% o?qishga jalb etilgan. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. Hunar-texnika ta?limi boshlang?ich maktab negizida tashkil etilgan. Oliy o?quv yurtlari: Yaunde universiteti (1962), Oliy politexnika maktabi (1971), Oliy jurnalistika maktabi (1970), Milliy qishloq xo?jaligi kolleji, Milliy ma?muriy maktab, Milliy sport instituti, Oliy aloqa maktabi va b. Ilmiy muassasalari: Ilmiy va amaliy tadqiqotlar kengashi (1962), Fan-texnika tadqiqotlari milliy byurosi (1965), Fan rivojiga ko?maklashish uyushmasi (1972), Afrika tillarini o?rganish mintaqa ilmiy tadqiqot markazi, Qishloq xo?jaligi tadqiqot instituti, Demografiya tadqiqotlari instituti, Geogr. milliy instituti, Konchilik-geol. tadqiqotlari byurosi (1959), Paxta instituti va b. Kutubxonalari: Yaundeda milliy arxiv (1952), Yaunde universiteti kutubxonasi, Oliy normal maktab kutubxonasi, Yaundedagi milliy kutubxona, Demografiya tadqiqotlari institutining kutubxonasi va b. Ebolovda Markaziy Kamerun xalqlari san?ati muzeyi, Bafusamda bamilike san?ati muzeyi, Fumbanda bamum san?ati muzeyi bor .

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kamerunda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Kamerun tribyun" ("Kamerun minbari", ingliz va fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1974-yildan), "Kamerun autluk" ("Kamerun istiqboli", ingliz tilidagi xususiy gazeta, 1971-yildan), "Kamerun nuvo" ("Yangi Kamerun", fransuz tilidagi xususiy gazeta, 1984-yildan), "Kamerun tayms" ("Kamerun vaqti", ingliz tilidagi xususiy gazeta, 1960-yildan), "Ofjektif" ("Maqsad", fransuz tilidagi oylik jurnal, 1979-yildan). Kamnyus ? hukumat axborot agentligi 1978-yilda tashkil etilgan. Kamerun radio va teleko?rsa-tuvi ? hukumat mahkamasi, 1988-yilda tuzilgan, umuman radioeshittirishlar 1955-yildan olib boriladi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Xalq og?zaki ijodiyoti Kamerun xalqi hayotida muhim rol o?ynaydi. 20-asr boshlarida bamum yozuvi paydo bo?lib, bu yozuvda tarix, tibbiyot va dinga oid 3 asar yaratildi. 30-yillardan mahalliy (bulu, duala) tillarda badiiy asarlar (asosan, folklor harakterida) yaratila boshladi. Hoz. adabiyoti, asosan, fransuz, qisman, ingliz tillarida bo?lib, milliy ozodlik harakati bilan chambarchas bog?langan. Ko?pchilik yozuvchilar moziyga murojaat etsalar ham, ularning asarlarida 20-asr 50-yillaridagi ozodlik kurashining ta?siri sezilib turadi (E.E. Yondonning "Kamerun! Kamerun!" she?riy to?plami va boshqa). Romannavislar jamiyatning turli qatlamlari hayotini ko?rsatdilar, mustamlakachilikni tanqid qildilar (Mongo Betining "Shafqatsiz shahar", "Tugallangan missiya" romanlari va h.k.). Kamerun mustaqillikka erishgach, Kamerun madaniyati jamiyati, Kamerun shoirlari va adiblari uyushmasi tuzildi. 1963-yildan madaniyat masalalarini yoritadigan "Abbia" jurnal chiqa boshladi. Adabiy asarlarda eskilik sarqitlari (ko?p xotinlik, qalin olishberish)ni fosh etish, ozodlik kurashi tarixi, yangi turmush qiyinchiliklari va b. mavzular asosiy o?rin tutadi. Dramaturgiya durust muvaffaqiyatlarga erishdi. Shoirlardan R. Filombe, F. Senga-Kyuo, F. Bebey va b. xalq og?zaki ijodiyoti an?analarini davom ettirish bilan birga hozirgi zamon muammolarini ham qalamga oladilar. S. M. Eno-Belinganing lirik-falsafiy she?rlardan iborat "Negrcha niqoblar" to?plami keyingi yillardagi salmoqli asar bo?ldi.

Me?morligi va tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Loy, tosh, yogoch va bambukdan qilingan aylana, to?g?ri burchakli, qamish tomli kulbalar, idishga o?xshatib loydan qurilgan 6?8 m li konussimon uylar ko?p. 19-asr oxirida yirik shaharlar (Yaunde, Duala) vujudga keldi, ularda arabcha va yevropacha uslub qorishib ketgan binolar qad ko?tardi. Keyingi yillarda zamonaviy me?moriy inshootlar mahalliy me?morlarning loyihalari asosida ham qurila boshladi (Dualadagi "Kokotye" mehmonxonasi, savdo palatasi; Yaundedagi prezident qarorgohi, fransuz madaniy markazi, vokzal binolari). Kamerun xalqlari o?rtasida yog?och o?ymakorligi (uy jihozlari, yog?ochdan yasalgan odam, hayvon haykalchalari va ularga naqsh solish) rivojlangan. Zamonaviy yog?och o?ymakorlaridan Mombe Massanga, uning ugli G. Muafo, shuningdek, Isam Kanko eng mashhurlaridir.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kamerun aholisining milliy tarkibi xilma-xilligi musiqa madaniyatining o?ziga xosligini belgilaydi. Cholg?u asboblari ham turlicha: urma cholg?ulardan katta-kichik barabanlar, ksilofon, balafon; torli-tirnama sozlardan ngombi, mvet, molori va b.; puflama sozlardan kakaki, sanri kabilar. Har bir xalqning qushiqlari, cholg?u dastalari tarkibi, ijro uslubi har xil. Ayrim tumanlarda mehnat jarayoniga jo?r buladigan musiqa: baliqchilar qo?shig?i, makkajo?xori uqalovchi ayollar qo?shig?i va b. mavjud. Ayrim qo?shiqlar yakkaxonlikda, boshqalari jo?r ovozlikda hamda ko?p ovozliqda ijro etiladi. Ko?pgina qo?shiqlarni raqsdan ajratib bo?lmaydi. Pigmeylarning qo?shiq-raqs an?anasi ham o?ziga xos. Ularning "mvet" musiqa tomoshalari g?oyat jozibador. Xalq musiqa ijodi bilan birga an?anaviy professional (saroy) musiqa janrlari ham rivoj topgan.

20-asrda Yevropa va Amerika musiqasining ta?siri kuchaydi. Zamonaviy kompozitorlar, dirijyorlar, sozandalar yetishib chikdi, ashula va rake ansambllari tashkil topdi. Kamerun musiachilar va kompozitorlar uyushmasi tuzildi (1972). Folklor namunalarini to?plash va o?rganish yo?lga qo?yildi.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kamerun xalqlari o?rtasida qadimdan raqs-musiqa o?yinlari ? pantomimalar odat bo?lgan. Ayrim raqslar ba?zan tomosha sahnasiga aylanib, xalq, teatriga o?xshab ketadi. 1955-yil Yaundeda yosh artistlar uyushmasi tashkil etildi. Truppa rahbari S. Avona o?zining "Ebutuning uylanishi", "Ishsiz" pyesalarini sahnalashtirdi. 1961-yilda Dualada Kamerun xalq, teatri ochildi. Keyinchalik tashkil etilgan "Afrika avangardi" dramatik truppasi mahalliy mualliflarning asarlarini saqnalashtirdi. Yaunde va Dualada havaskor jamoalarning ko?riklari, san?at festivallari o?tkazildi.

Filmi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kamerunda yaratilgan dastlabki filmlar etn. tusida edi: "Tam-tam Parijda" (1963, rejissyor T. Sita-Bella), "Bambilikening katta uyi" (1966, rejissyor J. P. Ngassa). 1966-yilda Axborot vazirligi huzurida kino bo?limi ochildi. 1973-yilda kino sanoati jamg?armasi ta?sis etilib, filmlar yaratish uchun shu jamg?armadan mablag? berila boshladi. Rejissyor J. P. Dikong-Pipaning "Shoxlar" (1964) va "Otamni qaytarib beringlar" (1965) qisqa metrajli filmlaridan keyin "Begona bola" (1975), "Ozodlik qadri" (1979) filmlari shuhrat qozondi. Rejissyor. D. Kamva "Belanchak" va "Bizning qizimiz" nomli hajviy filmlar yaratdi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil