한국   대만   중국   일본 
Vikipediya - Vikipediya

Vikipediya ? ko?p tilli, erkin, onlayn ensiklopediya . U ko?ngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamda vikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga mo?ljallangan Nupediaga to?ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng ko?p ko?zdan kechiriladigan ma?lumot manbasiga aylandi [1] . Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 59 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili bo?limi 6836688 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qog?oz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi bo?lmish Encyclopædia Britannica ( Britaniya Ensiklopediyasi )dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari, Vikipediyaning juda mashhur bo?lib ketishi ortidan unga yondosh Vikiombor , Vikilug?at , Vikikitob , Vikiversitet , Vikiiqtibos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo bo?lgan.

Favicon of Wikipedia Vikipediya
Vikipediya logosi
Web-manzil www.wikipedia.org
Interwiki XX:
Asosiy bo?lim jami 287 bo?lim
Asos solingan sana 15-yanvar, 2001
Asoschi Jimmy Wales va Larry Sanger
Maqolalar soni 20 milliondan dan ortiq
Egasi Wikimedia Foundation
Litsenziya erkin
Reklama yo?q

Tarixi

wikipedia.com va wikipedia.org domenlari mos ravishda 2001-yil 12-yanvarda [2] va 2001-yil 13-yanvarda [3] ro?yxatga olingan.

Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvarda Amerika Qo?shma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger ?Vikipediya“ so?zini inglizcha ?wiki“ va ?encyclopedia“ so?zlarini birlashtirib o?ylab topgan. ?Wiki“ so?zi aslida gavayiliklarning so?zi bo?lib, ?tez“ degan ma?noni bildiradi va ko?pchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati Britannica sifatiga yoki undan ham yuqori darajaga erishish va ensiklopediyani bosma holida tarqatish bo?lgan edi.

O?zbek tilidagi Vikipediya

O?zbek tilidagi Vikipediyada 264?099 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni?? 135?914, ulardan 577 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qo?shib hisoblaganda)?? 1?005?455.

O?zbekcha Vikipediyaning O?zbekiston hududida to?silishi

2011-yilning oxirida noma?lum sabablarga ko?ra O?zbekiston hududida o?zbek Vikipediyasi to?sib qo?yildi [4] . Bu o?zbekcha Vikipediyaning rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirdi. Bugungi kunda esa O?zbekistonda foydalanuvchilar o?zbekcha Vikipediya sahifalarini hech qanday muammolarsiz ocha oladilar.

Turli tillardagi nashrlari

Vikipediya juda ko?plab tillarda har kun, soat va soniyada to?ldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol bo?la oladi:

  1. Inglizcha Vikipediya ( 6836688 )
  2. Nemischa Vikipediya ( 2919048 )
  3. Fransuzcha Vikipediya ( 2618250 )

To?liq ro?yxat bu yerda .

Manbalar

  1. ?Wikipedia.org Sayt haqida ma'lumot (Inglizcha)“ . Alexa Internet. 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi:?18 fevral, 2012. ( Wayback Machine saytida 2018-12-25 sanasida arxivlangan )
  2. ?WHOIS domain registration information results for wikipedia.com from Network Solutions“ (27-sentyabr, 2007). 27-sentyabr, 2007da asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi:?31-avgust, 2018.
  3. ?WHOIS domain registration information results for wikipedia.org from Network Solutions“ (27-sentyabr, 2007). 27-sentyabr, 2007da asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi:?31-avgust, 2018.
  4. ??збекистонда ?збекча Wikipedia т?сиб ??йилди“ . Ozodlik Radiosi (16 fevral 2012). Qaraldi:?18 fevral, 2012.