Yosir Arafot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yosir Arafot (2001)

Yosir Arafot ( arabcha : ???? ????? Y?sir ?Araf?t ) ? Muhammad Abdurrahmon Abdurrauf Arafot Qudva Husayniy 1929 -yilning 24-avgustida Misr poytaxti Qohira shahrida tug?ildi. Uning otasi tadbirkor-sarmoyador kishi edi, onasi esa farzandi to?rt yoshga yetganida vafot etgandi. Arafotning avji bolalik yillari Quddusda yashaydigan amakisi uyida o?tdi. Hali dunyo sir-sinoatlarini to?la anglab yetmagan bolakay arablar va yahudiylar o?rtasida kechayotgan shafqatsiz kurashlar, qirg?inlarga ilk bor shu yerda guvoh bo?ldi. Uning go?dak tafakkuri va ongi aynan ana shu kurashlar girdobida shakllandi. Oiladagi farovonlik va to?kinlik sabab, Arafot Qohira universitetida o?qish, o?z bilimlarini chuqurlashtirish imkoniga ega bo?ldi. Eng qizig?i, Arafot universitetda siyosat yoki iqtisod kabi nufuzli fakultetlarda emas, muhandislik yo?nalishida o?qidi (Aytishlaricha, u Yosir ism-laqabini ayni shu Qohiradagi tahsil yillarida olgan). 1948-yilgi voqealar Arafotning hayotiy maslak va maqsadlarini mutlaqo o?zgartirib yubordi. Ko?pchilikka ma?lumki, zikr etilgan yilda Falastinga qarashli hududlar qo?shni millat tomonidan egallandi va yangi davlat tarkibiga qo?shib olindi. Shu tariqa hozirgacha davom etib kelayotgan Falastin-Isroil ixtilofi yuzaga keldi. Arablar 1948-yil voqeasini ?Nakba“ (Fojia) deb atashdi. Shu yillarda Arafot va uning tarafdorlari tomonidan Falastinni ozod qilish bayrog?i ostida Fanlar AkademiyasiTX harakatiga asos solindi. Arafot esa bosib olingan hududlarni qaytarish yo?lida kurashgan birlashmaga rahbarlik qildi. Ayni shu davrda harbiy sarkardalik va siyosiy yetakchilik qobiliyatini namoyish etgan Yosir Arafot xalqaro miqyosda obro?-e?tibor qozona boshladi. Xalqaro maydondagi e?tirof ifodasi o?laroq, u Arab davlatlari Ligasi tomonidan 1965-yili tashkil qilingan Falastin Ozodlik tashkiloti rahbari etib saylandi. Arafot qo?mondonligidagi Fanlar AkademiyasiTX harakati o?tgan yillar davomida goh Livan, goh Iordaniya hududlarida harbiy operatsiyalar olib bordi. Xususan, 1968-yili Iordaniya hududiga Isroil qo?shinining kiritilishi va bu hujum Arafot boshqaruvidagi kuchlar tomonidan qaytarilishi Fanlar AkademiyasiTX hamda uning yetakchisiga bo?lgan ishonchni oshirib yubordi. Iordaniyada Fanlar AkademiyasiTX faoliyatining taqiqlanishi, Livanga qo?shni davlat qo?shini kiritilishi bilan mintaqadagi ahvol yanada og?irlashdi. Arafot ham murakkab vaziyatdan kelib chiqib, Tunisdan panoh topishga majbur bo?ldi. 1988-yili Falastin tarixida katta siyosiy voqea ro?y berdi va, aytish kerakki, bu hodisa sababchisi ham aynan Arafot bo?ldi. Ozodlik tashkiloti va harakati rahbari Iordan daryosining g?arbiy hududi hamda G?azo sektorida Falastin davlati tashkil topganini e?lon qildi. Yil oxiriga borib, yangi davlat dunyoning 70 mamlakati hukumatlari tomonidan tan olindi. 1993-yili Norvegiya poytaxti Oslo shahrida esa Isroil bosh vaziri Yitzhak Rabin va Yosir Arafot ishtirokida tarixiy tinchlik shartnomasi imzolandi [1] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]