Polyak tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Polyak tili
Milliy nomi j?zyk polski
Mamlakatlar Polsha
So?zlashuvchilarning umumiy soni 40.000.000 (2007)
Turkumlanishi
Til oilasi

Hind-yevropa tillari

Slavyan tillari
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 pl
ISO 639-2 pol
ISO 639-3 pol

Polyak tili ( polyakcha : j?zyk polski, polszczyzna ) ? hind-yevropa tillari oilasining g?arbiy slavyan tillari guruhidagi til; Polsha Respublika -sining rasmiy tili. Polsha , AQSH , Braziliya , Fransiya , Kanada hamda ba?zi MDH mamlakatlarida tarqalgan. So?zlashuvchilarning umumiy soni 45 mln. kishidan ortiq. Polyak tili katta polyak, kichik polyak, mazovets, sileziya, kashuba lahjalariga bo?linadi. Fonetik belgilari: urg?u odatda so?zlarning oxiridan ikkinchi bo?g?inga tushadi; urg?usiz unlilarning reduksiyaga uchrashi; unlilarda cho?ziqlik-qisqalik oppozitsiyasining yo?kligi; undoshlarning qattik,likyumshoklik oppozitsiyasiga egaligi. Morfologik belgilari: sifat va sifatdoshlarning qisqargan predikativ shakllari yo?kligi; son so?z turkumining alohida turlanishga egaligi; uchta jins shaklining mavjudligi va boshqa

Adabiy til katta polyak, kichik polyak, mazovets shevalari asosida shakllanmoqda. Adabiy tilning eng maqbul davrlashtirilishi: qad. Polyak tili ? 1500-yilgacha; o?rta Polyak tili ? 16-asrdan 18-asrning 2yarmigacha; yangi Polyak tili ? 18-asrning 2yarmidan hozirgacha. Yozuvi lotin grafikasi asosida. Unda polyak tiligagina xos bo?lgan ba?zi tovushlar diakritik belgili harflar bilan ifodalanadi [1] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil