Abdulmajid II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulmajid II
  Usmoniylar imperiyasi xalifasi
Mansab davri
1922-yil 18-noyabrdan  ?  1924-yil 3-martgacha
O?tmishdoshi Mehmed VI
Vorisi lavozim bekor qilingan
Usmoniylar xonadoni boshlig?i
Mansab davri
1926-yil 16-maydan  ?  1944-yil 23-avgustgacha
O?tmishdoshi Mehmed VI
Vorisi Ahmed Nihad Efendi
Shaxsiy ma?lumotlari
Tavalludi 30-may 1868-yil [1]
Istanbul , Usmoniylar imperiyasi
Vafoti 23-avgust 1944-yil ( 1944-08-23 )
(76 yoshda)
Parij , Fransiya
Turmush o?rtog?i ?ehsuvar Kadınefendi
Hayrunissa Kadın
Mihrimah Bihruz Kadın
Mehisti Kadınefendi
Bolalari Omer Faruk Efendi
Durru?ehvar Sultan
Onasi Hayranıdil Kadınefendi
Otasi Abdulaziz I
Dini Islom , sunniylik mazhabida
Dafn etilgan joyi Baqi’ , Madina , Saudiya Arabistoni

Abdulmajid II ( usmonli turkcha : ??? ?????? ???? turkcha : II. Abdulmecid ), shuningdek Abdulmajid afandi ( turkcha : Abdulmecid Efendi [2] ; 1868-yil 29-may , Istanbul  ? 1944-yil 23-avgust , Parij ) ? Usmoniylar sulolasining oxirgi xalifasi (1922?1924), Usmoniylar imperiyasi tarixida bir vaqtning o?zida sulton unvoniga ega bo?lmagan yagona xalifa.

Sulton Abdulazizning to?rtinchi o?g?li Abdulmajid Usmonli taxtini egallash uchun juda kam imkoniyatga ega edi. 1876-yilda Murod V ag?darilgandan so?ng, u vorislik qatorida sakkizinchi o?rinni egalladi. 1912-yilda mustaqil davlat tuzish umidida bo?lgan albanlarning taklifiga ko?ra, Abdulmajid yangi davlatning boshlig?i bo?lishi kerak edi. Barcha shahzodalar ichida uning tarbiyasi va ma?lumoti eng yevropalashganligi e?tirof qilingan. Italiya bu taklifga qarshi bo?ldi [?] .

1916-yilga kelib, Abdulmajid uchta amakivachchasining hukmronligini ko?rdi, Mehmed VI hukmronligida taxt vorisi bo?ldi [?] . 1922-yil 1-noyabrda Anqaradagi Turkiya Buyuk Millat Majlisi sultonlik va xalifalikni bo?lib, sultonlikni bekor qilish to?g?risida qaror qabul qildi. 19-noyabrda Millat Majlisi Abdulmajidni axloqiy nuqtai nazardan sulolaning eng munosib vakili deb e?lon qildi. 1923-yil 29-oktyabrda Usmoniylar davlati rasman tugatildi [ru] va Turkiya Respublikasi tuzilganligi e?lon qilindi. 1924-yil 3-martda 431-sonli qonun chiqarildi. Unga ko?ra Usmoniylar sulolasining barcha a?zolari mamlakatdan chiqarib yuborildi. O?sha kuni kechqurun Abdulmajid oilasi va xizmatkorlari bilan Shveytsariyaga jo?nab ketdi [?] .

Shveytsariyadagi hayot Abdulmajid uchun juda qimmatga tushdi va Londonga ko?chib o?tishga qaror qildi. Londonda yashashi uchun Mir Usmon Ali Xon [ru] tomonidan ijara puli to?langan edi. Sobiq xalifa siyosatga qiziqishini yo?qotib, o?zining sevimli mashg?ulotlariga: rasm chizish va musiqa yozishga sho?ng?ib ketgan. 1931-yilda qizining to?yidan keyin Abdulmajid Parijga jo?nadi va u yerda 76 yoshida vafot etdi [?] .

Biografiya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

To?rt sulton davrida [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Abdulmajidning otasi Abdulaziz
Abdulmajid II qizi Durru?ehvar bilan

Abdulmajid 1868-yil 29-may kuni (boshqa ma?lumotlarga ko?ra-30-may kuni) Istanbuldagi Dolmabahce saroyida tug?ilgan [3] [4] [5] . Sulton Abdulazizning o?n uch farzandidan yettinchisi va to?rtinchi o?g?li bo?lgan. Onasi hukmdor Abdulazizning ikkinchi joriyasi, cherkes millatiga mansub Hayranıdil Kadınefendi [tr] hisoblanadi [6] [7] . O?zidan ikki yosh katta opasi Nazime Sulton ham bir onadan tug?ilgan [6] . Abdulmajid Yevropada ta?lim olgan [5] .

1876-yilga kelib, Abdulmajidning otasi hukmronligidan norozilik eng yuqori cho?qqiga chiqdi va unga qarshi fitna rejalandi. 1876-yil 10-mayda sobiq bosh vazir Mutercim Mehmed Ru?di Pa?a , harbiy vazir Huseyin Avni Pa?a [tr] , shayxulislom Hasan Hayrullah Efendi [tr] va portfelsiz vazir Midhat Pa?a boshchiligidagi fitnachilar harakatga kirishdi. 12-may kuni fitnachilar kengash chaqirib, Abdulaziz endi Sulton taxtini egallashga qodir emas, degan qarorga kelishdi [8] . 29-maydan 30-mayga o?tar kechasi Abdulaziz va uning oilasi Dolmabahce saroyiga qamab qo?yilgan [9] . Sobiq Sulton oilasining mulki talon-taroj qilindi. Keyinroq Topkapi saroyiga olib ketilgan. Murod V va uning maslahatchilarining ruxsat bergach, oilasi bilan o?zi tanlagan Feriye saroyiga ko?chib o?tgan [9] . 1876-yil 4-iyunda Abdulmecidning otasi Feriye saroyida o?lik holda topildi. Abdulazizning jasadi bir necha shifokorlar tomonidan tekshirildi va taxtdan ag?darilgan Sulton o?z joniga qasd qilgani rasman e?lon qilindi [8] . Keyinchalik, 1881-yilda uning fitnachilar tomonidan o?ldirilgani isbotlangan [10] . Otasining o?limi va amakivachchasi Murod V taxtdan ag?darilganidan keyin, Abdulmajid bir muncha vaqt oilasi bilan Feriyada qoldi [10] .

1912-yil o?rtalarida Usmoniylar hukumatining alban a?zosi Basribey Avstriya-Vengriyaning elchisi Johann von Pallaviciniga [en] albanlar Usmoniylar shahzodasi boshchiligidagi mustaqil davlat yaratish umidida ekanligini ma?lum qildi. Ular Abdulmajidni eng munosib nomzod deb hisoblashdi. Bunga sabab ? Abdulmajidning shahzodalar ichida eng ko?p yevropalashgani, uning yevropacha tarbiya va ta?lim olgani edi. Italiya bu taklifga qarshi chiqib, Abdulmajidni ham, boshqa Usmoniylar shahzodasini ham ma?qul ko?rmasligini e?lon qildi. Avstriya-Vengriya imperiyasi Italiya pozitsiyasini qo?llab-quvvatladi [5] .

Taxt vorisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

17-asr boshida joriy etilgan vorislik tamoyiliga ko?ra, Usmoniylar taxti sulolaning taxti erkak avloddagi eng katta erkakka meros bo?lib o?tgan. Abdulmajidning amakivachchasi Abdulhamid II sulton bo?ldi [11] . O?sha paytda Abdulmajidning o?zi ham taxtni egallashi deyarli imkonsiz edi. Besh amakivachcha va ikkita katta o?gay akasidan keyin taxt vorisligida sakkizinchi o?rinda edi. 1909-yilda Abdulhamid II taxtdan ag?darildi va Mehmed V hokimiyatga keldi [12] . Bu vaqtga kelib, Abdulmajid taxtga vorislik bo?yicha keyinchalik Sulton bo?lgan amakivachchasi Mehmed VI va rasmiy versiyaga ko?ra 1916-yilda o?z joniga qasd qilgan o?gay akasi Yusuf ?zzeddin Efendidan [tr] keyin uchinchi o?rinni egalladi. Shunday qilib, Abdulmajid Mehmed VI hukmronligida taxtdan bir qadam narida bo?lib, uch amakivachchalar hukmronligida omon qoldi [4] .

1918-yil 4-iyulda Mehmed VI taxtga o?tirdi. Mehmed deyarli hech qanday siyosiy kuchga ega bo?lmagan ? mamlakatni Anvar posho boshchiligidagi yosh turklar boshqargan. Taxt vorisi huquqiga ega bo?lgan sulolaning eng katta erkak a?zosi qirq yoshli Abdulmajid merosxo?r deb e?lon qilindi. 1918-yilning yoziga kelib imperiyadagi harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda og?ir edi. Oktyabr oyida hukumat mamlakatning Birinchi jahon urushidan chiqishi va imperiyaning amalda tugashini belgilab beruvchi Mudros sulhini [ru] imzoladi. 3-noyabrda yosh turklarning aksariyati mamlakatni tark etdi. 14-noyabrda imperiya poytaxti Antantaga a?zo davlatlar tomonidan bosib olindi. Sulton hukumati ittifoqchilar qo?lida qo?g?irchoqqa aylandi. Sultonning qilmishlari xalq tomonidan tanqid qilindi [2] .

Xalifa [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1922-yil 1-noyabrda Anqaradagi Turkiya Buyuk Millat Majlisi Istanbuldagi hukumatni tugatish uchun sultonlik va xalifalikni ajratib, sultonlikni bekor qilishga qaror qildi. Xalifalikka hukmron sulolaning a?zosi rahbarlik qilishi kerak, lekin sultonlik unvonini meros qilib olgan shaxs emas, balki axloqiy nuqtai nazardan eng munosib kishi boshqarsin, degan qarorga kelindi. Biroq 1-noyabr kuni Sulton Mehmed VI xalifalik unvonidan mahrum etilmadi. Nihoyat, 16-noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi Mehmed VI ni sulton va xalifa unvonlaridan mahrum qildi va ertasi kuni Mehmed VI mamlakatni tark etdi [2] .

Abdul-Mecid qizi va kuyovi bilan 1931 yilda

1922-yil 19-noyabrda (boshqa ma?lumotlarga ko?ra ? 18-noyabrda) Turkiya Buyuk Millat Majlisi Abdulmajid xalifa unvoniga eng munosib deb topdi. 24-noyabr kuni Topkapi yaqinidagi Hirkai Serif masjidida Abdulmajid xalifalikka qasamyod qildi [4] . Marosimda ko?plab davlat amaldorlari, jumladan Anqaradagi hukumat vakillari ? Refet posho va Xo?ja Mufid afandi ishtirok etdi. Birinchi marta arabcha o?rniga turkiy tilda duo o?qildi. Fotih masjidida ilk bor yangi xalifa nomidan Mufid afandi tomonidan turk tilida xutba o?qildi. Shundan so?ng Abdulmajid hukumatga o?ziga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi [2] .

Ko?p o?tmay Abdulmajid bir qancha qiyinchiliklarga duch keldi: u xalifa unvonini olmoqchi bo?ldi. Mustafa Kemal Ataturk Millat Majlisidan Abdulmajidga mo?minlar xalifasi unvonini berishni talab qildi, bu esa saltanat va xalifalikning bo?linishiga urg?u berardi. 1923-yil 21-dekabrdan 27-dekabrga qadar xalifalik yig?ilishi bo?lib o?tdi, unda Abdulmajidning vakolatlari tasdiqlandi. 1924-yil 3-yanvar kuni Mustafa Kemal xalifalik xaloskori unvoni bilan taqdirlandi. 15-yanvar kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi navbatdagi majlisida xalifalikni saqlab qolish maqsadga muvofiqligi masalasini muhokamaga qo?ydi [2] .

Abdulmajid va uning qizi Durru?ehvar sayr qilishmoqda

1923-yil 29-oktyabrda Usmoniylar davlati o?z faoliyatini to?xtatdi va uning o?rniga Turkiya Respublikasi tashkil etildi. Xalifalikka ehtiyoj yo?qoldi [4] . Gazetalar Abdulmajid xalifalik vakolatlaridan ixtiyoriy ravishda voz kechayotgani haqidagi sarlavhalarga to?la edi, lekin uning o?zi bu borada sukut saqladi. 1923-yil 5-dekabrda Buyuk Britaniya Islom Jamiyati gazetasi Abdulmajid va butun xalifalikni himoya qilishga bag?ishlangan maqolani chop etdi [2] . Xalifalik tarafdorlari Turkiyaning o?zida qoldi. Shunga qaramay, 1924-yil 3-mart kuni 431-sonli qonun chiqarildi [4] . Unga ko?ra, Usmoniylar sulolasining bevosita a?zolari mamlakatdan chiqarib yuborildi. O?sha kuni kechqurun Abdulmajidning o?g?li, qizi, xotinlari, muallim Salih Keramet Nigar (shoira Nigar Hanımning [tr] o?g?li), shaxsiy kotib Huseyn Nakip va shifokor Salahaddin Bey bilan birga mashinada Catalca tomonga jo?nab ketishdi. Sobiq xalifaning oilasi hukumat tomonidan 2000 funt sterling , Shveysariya vizalari va Alp mehmonxonalaridan birida joylashgan xonalar bilan ta?minlangandi [2] .

Surgun qilinishi va vafoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Abdulmajidning so?nggi surati

Yevropaga doimo iliq munosabatda bo?lgan xalifa Abdulmajid mehmonxonaga joylashgandan so?ng, u bilan suhbatlashishga ishtiyoqmand ko?plab jurnalistlar suhbatga kela boshladilar. Sobiq xalifaga musulmon dunyosidan ko?plab telegrammalar kelib, ularda unga hamdardlik bildirilar va Turkiyadagi so?nggi yangiliklar yetkazilardi. Abdulmajid barcha telegrammalarga javob berishga harakat qildi. Hatto 1924-yil 11-mart kuni qabul qilingan Turkiya Buyuk Millat Majlisining qarorini asossiz va buzuq deb hisoblagan holda rasmiy bayonot bilan chiqdi. Butun islom olami uni qo?llab-quvvatlashini va undan yordam kutishini aytdi. Bu bayonot Turkiya hukumati bayonotini mahalliy hukumat vakili tomonidan sobiq xalifaga yetkazganidan bir necha kun o?tib e?lon qilindi. Shveysariyaning Turkiyadagi elchisi Abdulmajiddan o?z bayonotlarida unga boshpana bergan mamlakatni tilga olmaslikni so?radi [2] .

Abdulmajid va oilasining Shveysariyadagi xarajatlari juda katta edi. Boshqa shaharga ko?chib o?tish bo?yicha muzokara olib borish uchun Salih Kerametni Parijga yubordi. Londonga ko?chib o?tish bo?yicha muzokaralar muvaffaqiyatli bo?ldi. Londonda Haydarobod hokimi [ru] Asaf Jah VII samarali ittifoq tuzish umidida o?zining advokati orqali Abdulmajidga oyiga 300 funt sterling miqdorida annuitet tayinladi. 1924-yil oktyabr oyida Abdulmajid va uning oilasi Fransiyaga ko?chdi va Nitsa shahridagi uyga joylashdi. Bu yerda Abdulmajidning nevarasi, Durru?ehvar Sultanning qizi Malika Niluferga [en] Haydarobod nizomining o?g?li bilan turmush qurish taklifi qilindi. 1931-yil 12-noyabrda tuzilgan nikoh Abdulmajidga o?z moliyaviy ahvolini yaxshilashga imkon berdi. Bu vaqtga kelib, sobiq xalifa siyosatga qiziqishini yo?qotib, o?zining sevimli mashg?ulotlariga: rasm chizish va musiqa yaratishga sho?ng?ib ketgan [2] .

Qizining to?yidan keyin Abdulmajid Parijga ko?chib o?tdi va u yerda umrining oxirigacha qoldi. 1944-yil 23-avgustda vafot etdi. Sobiq xalifaning vafot sanasi Ikkinchi jahon urushi davrida Parijning nemis istilosidan ozod etilishiga [ru] to?g?ri keldi. Abdulmajid qolgan qarindoshlari bilan birga Istanbulda dafn etilishini so?radi, biroq Salih Keramet Turkiya hukumati bilan kelishuvga erisha olmadi. Durru?ehvar Sultan Respublika Prezidenti ?smet ?nonu bilan shaxsan uchrashgan, ammo otasini o?z vataniga olib borish va dafn etish masalasida kelisha olmagan. Dastlab, Abdulmajidning jasadi Parij masjidi yaqinidagi qabristonga dafn etilgan. Keyinchalik, 1954-yil 30-mart kuni Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Baqi’ qabristoniga ko?chirilgan [2] .

Sevimli mashg?ulotlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Abdulmajid san?atning ishqibozi edi. Usmoniylar davlat rassomlar jamiyatining raisi bo?lgan va Usmoniylar san?ati so?nggi davrining eng mashhur rassomlaridan biri hisoblanadi. Abdulmajid tomonidan chizilgan rasmlarning aksariyati Istanbuldagi xususiy galereyalarda saqlanadi [2] . Uning Haremde Beethoven [tr] , Haremde Goethe [tr] asarlari 1918-yilda Venada bo?lib o?tgan Usmoniylar rassomlari ko?rgazmasida taqdim etilgan [13] . 1900-yilning boshida Abdulmajidning o?nlab boshqa portretlari Parijda namoyish etilgan edi [2] [5] .

Xalifaning so?nggi asarlaridan biri siyosiy tusdagi surat bo?lgan. Suratda tarix o?qituvchisi tasvirlangan: uning oldidagi stolda Rumeli (hozirgi Bolqon) xaritasi; o?qituvchi yuzini qo?llari bilan yopib olgan, bu hududlarni yo?qotganidan qayg?udaligini ifodalagan. Suratdagi qizil sochli qiz va kraxmallangan yoqali, galstuk taqqan va kostyum kiygan bola ko?rsatgan. Bola xuddi Rumelini qaytarishga chaqirayotgandek xaritaga qaraydi. Suratning quyi qismiga Abdulmajid yozib qo?ygan: ?sizga yomonlik qilganlarni unuting, lekin vataningizni haqorat qilganlarni kechirmang“ [14] .

Oilasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Abdulmajidning xotinlari va bolalari [6] :

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Uning tug?ilgan kuni sifatida 29-may sanasini ko?rsatadigan manbalar mavjud.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 Kucuk 1988 .
  3. Abdumecid II , 15th, Chicago, Illinois: Encyclopædia Britannica Inc., 2010 — 23 bet. ISBN  978-1-59339-837-8 .  
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Hoiberg 2010 .
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Elsie 2013 .
  6. 6,0 6,1 6,2 Alderson 1956 .
  7. Somel 2010 .
  8. 8,0 8,1 Brookes 2010 .
  9. 9,0 9,1 Kucuk 2006 .
  10. 10,0 10,1 Kucuk, Abdulaziz 1988 .
  11. Franz Babinger, Mehmed the Conqueror and His Time , (Princeton University Press, 1978), 14.
  12. Peter F. Sugar, A History of East Central Europe:Southeastern Europe under Ottoman Rule, 1354-1804 , Vol. 5, (University of Washington Press, 1996), 16.
  13. ??ehzade Abdulmecid Efendi“  (tr). Lebriz ?nternet Hizmetleri Limited ?irketi. 2013-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  14. The Ottoman caliphate. Straddling two worlds. Worldly, pluralist, hedonistic ? and Muslim, too (ingl.)  // The Economist. ? 2015. ? 16 December. Архивировано 8 avgust 2017 года.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 Acba 2007 .
  16. 16,0 16,1 Sakao?lu 2015 .
  17. ?Fenerbahce SK Ba?kanlar Listesi“ .
  18. Necdet Sakao?lu. Bu mulkun kadın sultanları: Valide sultanlar, hatunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. ? O?lak Yayıncılık, 2015. ? С. 713. ? ISBN 978-9-753-29623-6

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]