1956-yilgi Qishki Olimpiya o?yinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mezbon shahar Kortina-d?ampetsso , Italiya
Millatlar 32
Atletlar 821 (687 nafar erkaklar, 134 nafar ayollar)
Musobaqalar 4 sport turi bo?yicha 24 ta yo?nalish (8 ta disiplina)
Ochilish 1956-yil 26-yanvar
Yopilish 1956-yil 5-fevral
Marosimini ochib beruvchi
Stadion Olimpiya stadioni
1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlari mash?alasi Olimpiya chempioni Zeno Colo ITA tomonidan ko?tarilgan.

1956-yilgi Qishki Olimpiya o?yinlari , rasmiy ravishda VII Qishki Olimpiya o?yinlari ( italyancha : VII Giochi Olimpici invernali ) yoki Cortina d’Ampezzo 1956 ( lotincha : Anpezo 1956 or Ampez 1956 ) ? 1956-yil 26-yanvardan 5-fevralga qadar Italiyaning Kortina-d?ampetsso shahrida o?tkazilgan Qishki Olimpiada o?yinlari .

1944-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlariga mezbonlik qilgan Kortina shahri navbatdagi 1956-yilgi o?yinlarni o?tkazish uchun Monreal , Colorado Springs va Lake Placid shaharlarini ortda qoldirdi va musobaqalarga mezbonlik qilish huquqini qo?lga kiritdi. Kortinadagi Olimpiya o?yinlarining o?ziga xosligi shundaki, musobaqalar bo?lib o?tadigan ko?plab sport inshootlari bir-biriga juda yaqin joylashgan edi va ularning biridan ikkinchisiga piyoda yurib borish mumkin edi. Olimpiada o?yinlarini o?tkazishga mas’ul tashkiliy qo?mita shahar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Italiya hukumatidan moliyaviy ko?mak so?ragan, biroq ushbu o?yinlar uchun qolgan barcha xarajatlar xususiy manbalar tomonidan moliyalashtirilishi kerak bo?lgan. Shunday qilib, tashkiliy qo?mita birinchi marotaba Olimpiada o?yinlarini moliyalashtirish uchun korporativ homiylikka tayangan [1] .

1956-yilgi o?yinlarda umumiy hisobda 32 ta davlat ishtirok etgan bo?lib, bu Qishki Olimpiya o?yinlari tarixidagi eng yuqori ko?rsatkich edi. Sportchilar jami 4 ta sport turidan 24 ta yo?nalish bo?yicha musobaqa medallari uchun kurash olib borishgan. Avstriyalik Toni Sailer tog? chang?i sporti bo?yicha bir Olimpiadada 3 ta yo?nalish bo?yicha musobaqalarda ishtirok etgan ilk sportchi edi. Aynan ushbu Olimpiya o?yinlarida figurali uchish bo?yicha bahslar oxirgi marotaba ochiq havoda o?tkazilgan, shundan keyin barcha o?yinlar yopiq hududda o?tkazila boshlangan. Qishki Olimpiada musobaqalari davomida logistik nuqtai nazardan yuzaga kelgan yagona muammo qorning yetishmasligi edi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida Italiya armiyasi katta miqdordagi qorni kerakli hududlarga tashigan.

Mamlakatlar o?rtasida yuzaga kelayotgan mavjud muammolar, shuningdek, ular amalga oshirayotgan siyosat, Vengriya inqilobi va Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasi Avstraliyaning Melburn va Viktoriya shaharlarida bo?lib o?tgan Yozgi Olimpiada o?yinlariga (o?sha yili ko?plab davlatlar tomonidan boykot e?lon qilingan edi) ko?rsatgan salbiy ta?siridan farqli o?laroq ushbu musobaqalarga jiddiy zarar yetkazmagan. Kortina Olimpiadasi ko?p millatli tomoshabinlarni o?zida jamlay olgan ilk Qishki Olimpiya o?yinlari edi [1] .

1956-yilgi o?yinlardan 70 yil o?tib, 2026-yilgi Qishki Olimpiya o?yinlariga Kortina shahri Milan ( Lombardia ) bilan birgalikda mezbonlik qilishi rejalashtirilgan [2] .

Musobaqa mezbon shahrini tanlash [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kortina-d?ampetsso Italiyaning shimoli-sharqiy burchagidagi Dolomite Alp tog?larida joylashgan tog?-chang?i kurort qishlog?i hisoblanadi [3] . 1956-yilda qishloq aholisi 6500 kishidan iborat edi [4] . Mohir tog? chang?isi sportchisi, figurali uchuvchi, 1925-yildan buyon Xalqaro olimpiada qo?mitasi (XOQ) a?zosi graf Alberto Bonacossa Olimpiya o?yinlarining aynan Kortina-d’ampetssoda o?tkazilishi uchun qattiq harakat qilgan [5] . U Kortina shahar kengashini 1944-yilgi o?yinlarni o?tkazish uchun ariza berishga ko?ndirgan edi. 1939-yilda Londonda bo?lib o?tgan XOQning 38-kongressida Kortina-d’ampetsso 1944-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlariga mezbonlik qilish huquqiga sazovor bo?lgan, ammo Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi sababli ushbu o?yinlar bekor qilingan edi [6] .

1946-yilda Italiya qishki sport turlari federatsiyasi Milanda o?tkazilgan yig?ilishda Kortinada Qishki o?yinlarni o?tkazish bo?yicha yangi tashabbusni qo?llab-quvvatlashga qaror qildi. Graf Bonacossa boshchiligidagi delegatsiya Shvetsiyaning Stokgolm shahrida bo?lib o?tgan XOQning 40-sessiyasida shaharning 1952-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlariga mezbonlik qilish taklifini taqdim etdi. Ushbu qaror shahar kengashi va Italiya Milliy Olimpiya qo?mitasi (CONI, Comitato Olimpico Nazionale Italiano ) tomonidan qo?llab-quvvatlandi. Biroq Norvegiyaning Oslo shahri tomonidan berilgan musobaqalarni o?tkazish taklifi Kortinani ishonchli tarzda mag?lub eta oldi [5] . Shundan keyin Graf Bonacossa va CONI navbatdagi 1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlariga mezbonlik qilish uchun qo?mitaga uchinchi marotaba taklif bilan murojaat qildilar. Musobaqaga mezbon shahar Italiyaning Rim shahrida o?tkazilgan XOQning 43-sessiyasida tanlab olindi. 1949-yilning 28-aprelida Kortina-d’ampetsso Monreal, Colorado Springs va Lake Placid ustidan 75% ovoz bilan g?alaba qozondi. Biroq, afsuski, Bonacossaning o?zi Kortinadagi o?yinlardan uch yil oldin 1953-yilning 30-yanvarida vafot etdi [7] .

1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlari uchun topshirilgan arizalar natijasi [4]
Shahar Mamlakat 1-tur
Kortina-d’ampetsso   Italiya 31
Monreal   Kanada 7
Colorado Springs   AQSh 2
Lake Placid   AQSh 1

Ishtirokchi davlatlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kortinadagi o?yinlarda jami 32 davlatdan sportchilar tashrif buyurdi [1] . Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi bilan bir qatorda Boliviya va Eron ham birinchi marotaba Qishki Olimpiya o?yinlarida ishtirok etdi. Boliviyaning o?zi Qishki Olimpiya o?yinlarida qatnashgan ilk butunlay tropik davlatga aylandi. Koreya, Lixtenshteyn va Turkiya 1952-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarida ishtirok eta olmay qaytishgan bo?lishsa, Argentina , Daniya , Yangi Zelandiya va Portugaliya davlatlari bundan oldingi musobaqalarda qatnashib, 1956-yilgi o?yinlarda ishtirok etishmagan [8] . Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi sportchilari Germaniyaning birlashgan terma jamoasi sifatida musobaqalarda birgalikda kurash olib borishgan, shuningdek, ushbu kelishuv keyingi ikkita Olimpiada o?yinlarida ham davom etgan [9] .

Quyida 1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarida ishtirok etgan davlatlar ro?yxati va qavs ichida raqobatchilar soni keltirilgan [8] :

1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarida ishtirok etgan Milliy olimpiada qo?mitalari

Milliy olimpiada qo?mitalari tomonidan tashrif buyurgan sportchilar soni [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Medallar soni [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

 1956-yilgi Qishki Olimpiya o?yinlari medallarini qo?lga kiritgan eng yaxshi o?nta davlatlar [10] :

  *    Host nation ( Italiya )

Rank Nation Gold Silver Bronze Total
1   Sovet Ittifoqi [a] 7 3 6 16
2   Austria 4 3 4 11
3   Finland 3 3 1 7
4   Shveysariya 3 2 1 6
5   Shvetsiya 2 4 4 10
6   AQSh 2 3 2 7
7   Norvegiya 2 1 1 4
8   Italiya * 1 2 0 3
9   United Team of Germany 1 0 1 2
10   Canada 0 1 2 3
Totals (10 entries) 25 22 22 69
  • ^[a] 1500 metrga konkida uchish bo?yicha Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining ikki nafar sportchilari birinchi o?rinni egallagan va 2 ta oltin medalni qo?lga kiritishgan [10] .

Podiumga ko?tarilish [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sana Sport Tadbir MOQ Oltin Kumush Bronza
29-yanvar Tog? chang?isi Ulkan slalom (erkaklar o?rtasida)   Austria Toni Sailer Andreas Molterer Valter Schuster
1-fevral Figurali uchish Yakkalik bahslari (erkaklar o?rtasida)   AQSh Hayes Alan Jenkins Ronald Robertson David Jenkins

Tashkilot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1956-yilgi Qishki Olimpiya o?yinlari Italiya Milliy Olimpiya qo?mitasi va Italiya hukumati a?zolaridan iborat qo?mita tomonidan tashkil etilgan [5] . Qo?mita tomonidan bir guruh kuzatuvchilar 1952-yilda Oslodagi o?yinlarga mamlakat tomonidan tuzib chiqilgan sport dasturi, shuningdek, mamlakat infratuzilmasi va turar-joy talablari haqidagi ma?lumotlarni to?plash maqsadida yuborilgan [11] . U yerdan olingan razvedka ma?lumotlariga ko?ra, Kortina shahridagi sport obyektlari Olimpiya standartlariga mos emas edi. Masalan, shaharda muz stadioni yoki konkida uchish maydonchasi yo?q edi, shuningdek, tog? chang?isi uchun foydalaniladigan yo?laklar, chang?ida sakrash va bobsley yugurish maydonchalari ham yomon ahvolda edi. Kortina aslida kichik qishloq bo?lib, qishki o?yinlarni tomosha qilish uchun tashrif buyuruvchi tomoshabinlarni bir vaqtda sig?dirish uchun biroz qiynalar edi. Sport o?yinlarini kuzatish uchun oqib kelayotgan tomoshabinlarni qabul qilish maqsadida yangi yo?llar va temir yo?l liniyalari qurilishi, shuningdek, shaharning elektr va telefon tarmoqlarini kengaytirishga to?g?ri keldi. Bundan tashqari, kanalizatsiya va suv sig?imini ham yaxshilash kerak edi [12] . Italiya hukumati infratuzilmani yaxshilash maqsadida 460 million Italiya lirasini ajratdi. Italiya Olimpiya qo?mitasi o?yinlarni o?tkazish bilan bog?liq qolgan barcha xarajatlarni moliyalashtirishga mas’ul edi. Ular buni o?z byudjetlaridan, jumladan, chiptalar sotuvidan va hattoki mahalliy futbol o?yinlariga tikilgan pullarning bir qismini mablag? sifatida ajratish orqali amalga oshirdilar [13] [14] . Tashkiliy qo?mita ham korporativ homiylikni sotish bo?yicha misli ko?rilmagan qadam tashladi [1] . Misol uchun, Fiat 1956-yilgi Qishki Olimpiya o?yinlarining rasmiy avtomobili deb topilgan bo?lsa, Olivetti ishlab chiqarish sanoati ushbu o?yinlarga tashrif buyurgan 400 nafar jurnalistlarni yozuv mashinkalari bilan ta?minlagan [14] [15] .

Siyosat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ikkinchi Jahon urushidagi ittifoqchilarning g?alabasidan keyin Sovuq urush boshlandi. 1952-yilga qadar Sharqiy Yevropaning ko?plab kommunistik mamlakatlari ishchilar olimpiadasi yoki spartakiadalarida ishtirok etib kelishar edi. Sovet Ittifoqi spartakiadagi ishtirokini rad etgan holda 1952-yilgi Helsinki Yozgi Olimpiya o?yinlarida qatnashib, xalqaro izolyatsiyadan chiqishga erishdi va Kortinadagi Qishki Olimpiya o?yinlarida debyut qilishga muvaffaq bo?ldi. Sovet Bosh kotibi Nikita Xrushchyovning maqsadi Olimpiya o?yinlari kabi xalqaro sport musobaqalaridan kommunizmning ustunligini ko?rsatish, boshqa kommunistik mamlakatlar bilan siyosiy aloqalarni mustahkamlash va Sovet Ittifoqini dunyo bo?ylab tinchliksevar davlat sifatida ko?rsatishdan iborat edi [16] [17] [18] . Sovetlarning Olimpiya o?yinlaridagi ishtiroki raqobat darajasini yanada oshirdi, chunki ular boshqa mamlakatlarga qaraganda eng ko?p medallar shodasini, shuningdek, eng ko?p oltin medallarni qo?lga kiritdilar [19] . Sovet Olimpiya terma jamoasi, shuningdek, havaskorlar qoidalarini chetlab o?tish bilan ham mashhur edi. Ko?pgina ekspertlarning fikriga ko?ra, bu narsa Sovet Ittifoqiga Amerika Qo?shma Shtatlari va sportchi talabalar yoki haqiqiy havaskorlardan iborat bo?lgan boshqa G?arb mamlakatlariga nisbatan katta ustunlik bergan [20] [21] . Kortina o?yinlari Vengriya inqilobi va keyingi Sovet bosqini, shuningdek, 1956-yilning kuzida sodir bo?lgan Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasidan oldin o?tkazilgan [22] .

Televizion [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kortina o?yinlari ko?p millatli auditoriyaga translyatsiya qilingan ilk Qishki Olimpiya o?yinlari edi [23] . Televideniye sohasi 1950-yillarda tez suratlar bilan kengayib bordi. Sovuq urush davrlarida Yevropa tashviqot jangi maydoni edi, chunki davlatlar temir parda orqali televizion signallarni uzatdilar [24] . 1956-yilga kelib, sovet ta?siri doirasidagi mamlakatlar texnologik ustunlikka erishdilar va kommunistik teledasturlarni Finlyandiya, sharqiy chegara hududlari, G?arbiy Germaniya va Avstriyaning jug?rofiy hududlariga translyatsiya qilish imkoniyatiga ega bo?ldilar [25] [24] . Aksariyat G?arbiy Germaniya nemislari 1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarini G?arbiy Yevropa bo?ylab, shu jumladan, barcha yirik G?arbiy Germaniya stansiyalari orqali uzatilgan Yevrovideniye translyatsiyalari orqali tomosha qilishdi [26] [27] . Televizion orqali uzatilayotgan Olimpiada o?yinlari o?tkazgan yagona ta?sir faqatgina siyosiy oqibatlar emas edi. Kortina o?yinlarining televideniye orqali auditoriyaga uzatilishi orqali hech qanday daromad ko?rilmadi. 1960-yilga kelibgina Squaw vodiysida o?tkazilgan Qishki Olimpiya o?yinlari birinchi bo?lib televideniye orqali efirga uzatilgan musobaqalardan daromad ishlashga erisha oldi [28] [29] [30] . Ilk marotaba Olimpiya o?yinlarida musobaqa o?tkaziladigan hududlar televizionni hisobga olgan holda qurildi. Misol uchun, chang?i sporti maydonchasidagi keng o?yin maydoni ( Lo Stadio della neve ) janubga qaragan holda qurilgan bo?lib, telekameralar quyosh chiqishi yoki botishidan salbiy ta?sir ko?rmasligi uchun ham aynan shu tarzda joylashtirilgan edi [13] .

Musobaqalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Crowds surrounding a group of flags in an open-air arena. The flags and athletes surround a rostrum. Snow-covered mountains are in the background.
1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarining ochilish marosimi

1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarida jami 4 ta sport turi (8 ta yo?nalish) bo?yicha 24 ta musobaqa medallari o?ynaldi. O?yinlar dasturiga 2 ta yangi yo?nalish (1952-yilgi Olimpiada o?yinlarida 4 ta sport turi, 22 ta yo?nalish bo?yicha medallar o?ynalgan), ya?ni erkaklar o?rtasida 30 kilometr masofada chang?i poygasi va ayollar o?rtasida 3x5 kilometr masofadagi estafeta poygalari qo?shildi.

Ochilish marosimlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qishki Olimpiada o?yinlarining ochilish marosimi 1956-yilning 26-yanvarida, payshanba kuni Olimpiya muz stadionida bo?lib o?tdi. Stadionga tashrif buyuruvchilar sig?imini 14 000 ga oshirish maqsadida vaqtinchalik qo?shimcha o?rindiqlar qo?shildi. Marosimda 32 ta davlat vakillaridan iborat sportchilar ishtirok etishdi. Italiya Respublikasi Prezidenti janob Giovanni Gronchi 1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarini ochiq deb e?lon qildi. Bu vaqtda konkida uchish bo?yicha musobaqalarda ishtirok etayotgan Guido Caroli Olimpiya alangasi bilan stadionga kirib keldi. U muz stadionining aylanma qismiga yetib kelganida qoqilib ketdi va televizor kabeli ustiga yiqildi. Shunday bo?lsa-da, darhol oyoqqa turib, mash’alani yoqdi [31] . Olimpiya qasamyodi Giuliana Chenal-Minuzzo tomonidan o?qib eshittirildi. Bu esa Olimpiya o?yinlari tarixida ilk marotaba ayol sportchi tomonidan o?qilgan Olimpiya qasamyodi edi [1] . 1955-yilning 13-iyunida Parijda bo?lib o?tgan XOQ kongressida rasman tan olingan Michal Spisak tomonidan yaratilgan Olimpiya madhiyasi (ushbu madhiya keyinchalik 1958-yilda Spyridon Samaras tomonidan yaratilgan Olimpiya madhiyasiga almashtirilgan) birinchi marotaba aynan Kortina o?yinlarida yangradi [32] .

Bobsley [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarida bobsley sport turining ikki va to?rt kishilik yo?nalishlari bo?yicha musobaqalar bo?lib o?tdi. Ikki kishilik bahslarda italiyaliklar oltin va kumush medallarni qo?lga kiritishdi. Shveysariya sportchilari Ispaniyani ortda qoldirgan holda uchinchi o?rinni egallashdi [33] . Bir haftadan so?ng o?tkazilgan to?rt kishilik bahslarda esa Shveysariya vakillari oltin, Italiya kumush, AQSh bronza medallarini qo?lga kiritdi [34] . Italiyaliklar sportchilar bobsley bo?yicha barcha oltita Olimpiya musobaqalarida ishtirok etib kelishgan bo?lishsa-da, shu paytgacha shohsupaning eng yuqori pog?onasiga ko?tarilishmagan edi [35] [36] . Italiyalik Renzo Alvera va Eugenio Montilar har ikkala ikki va to?rt kishilik bahslarda ham kumush medalni qo?lga kiritishdi [37] . Montining 1956-yilgi o?yinlardagi kumush medallari uning butun bobsley karyerasida qo?lga kiritgan oltita Olimpiya medallarining birinchilari edi. Keyinchalik Kortina shahrida Monti sharafiga bobsley yugurishi Eugenio Monti treki nomiga o?zgartirilgan [38] . Ushbu sport turi bo?yicha qo?lga kiritilgan medallar mezbon mamlakatning 1956-yilgi Qishki o?yinlardagi yagona medali hisoblangan [10] . Shuningdek, bobsley sport turi bo?yicha trek yuzasining haddan tashqari ko?p foydalanilishi natijasida zarar ko?rishi Olimpiadada yuzaga kelgan mavjud muammolardan biri edi. Bu esa keyinchalik musobaqada kechroq qura tashlagan jamoalarning o?yiniga to?sqinlik qilgan [39] .

Muz ustida xokkey [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Muz ustida xokkey sporti bo?yicha o?tkazilgan sakkizinchi Olimpiada musobaqalari ham Yevropa , ham jahon chempionatlari sifatida xizmat qildi. Turnir oldidan 3 ta poygaga bo?lingan 10 ta ishtirokchi davlatlardan har bir jamoa o?z uyida davra tizimida o?yin olib bordi. Har bir mamlakat o?yinlarida eng yaxshi ikkita jamoa final bosqichiga yo?l oldi, qolgan jamoalar 7?10-o?rinlar uchun o?yin olib borishdi. Kanada , Chexoslovakiya va Sovet Ittifoqi o?zlarining dastlabki mezbon o?yinlarida biror marotaba mag?lubiyatga uchramagan holda rekord natijani qo?lga kiritishdi va birinchi o?rinni egallashdi. Germaniya, AQSh va Shvetsiya esa o?z uylarida ikkinchi o?ringa ega chiqishdi [40] .

So?nggi turning muhim uchrashuvi Kanada va AQSh o?rtasidagi o?yin bo?ldi. Kanadaliklar shu o?yinga qadar Olimpiada o?yinlarida AQShga hech qachon yutqazmagan edi. Aynan shu musobaqada Qo?shma Shtatlar Kanadani 4:1 hisobida mag?lub etishga erishdi. 1955-yilda xokkey bo?yicha jahon chempionatida to?rtinchi o?rinni egallagan amerikaliklar 1954-yilgi turnirda, shuningdek, 1955-yilgi o?yinlarda SSSR sportchilari bilan to?qnash kelib, oltin medalga ega chiqishgan edi. Sovetlar autsayderlarni mag?lub etishga muvaffaq bo?lishdi va o?yinda 4:0 hisobida g?alaba qozonishdi. Shundan keyin esa SSSR Kanadaga qarshi o?yinga tushdi, ushbu o?yinda ular sovetlarni mag?lubiyatga uchratgan taqdirda oltin medalni qo?lga kiritish imkoniyatiga ega edi. Birinchi va ikkinchi davralarda bo?lib o?tgan keskin bahsga qaramay, ular 2:0 hisobida g?alaba qozonishdi. Musobaqada SSSR oltin, Qo?shma Shtatlar kutilmagan tarzda kumush, Kanada esa ikkita mag?lubiyat bilan bronza medalini qo?lga kiritdi (bu natija jamoaning Olimpiya o?yinlari tarixidagi eng yomon natijasi hisoblanadi) [40] [41] .

Figurali uchish [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

A man and woman in figure skating attire skating on ice.
AQShning Ash va Kothmann juftligi 1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarida

Kortina o?yinlari figurali uchish bo?yicha ochiq havoda o?tkazilgan so?nggi Olimpiya o?yinlari edi [1] . Qo?shma Shtatlardan tashrif buyurgan sportchilar umumiy hisobda 5 ta medalni qo?lga kiritgan holda erkaklar o?rtasidagi bahslarda birinchi o?rinni, ayollar o?rtasidagi musobaqalarda esa birinchi va ikkinchi o?rinlarni egallashdi. Tenley Albright o?yinlar davomida og?ir jarohat olganiga qaramay, ayollar o?rtasida 1956-yilgi Qishki Olimpiya o?yinlari chempioniga aylandi. Musobaqalarga ikki haftadan kamroq vaqt qolganida u mashqlarni bajarish chog?ida muzga urilib, yiqilib tushadi. Uning oyoq kiyimi ust kiyimning bir necha qatlamini kesib, o?ng oyog?ini to?pig?idan kesib yuboradi [42] . Biroq shunga qaramay ushbu jarohat uning Olimpiada chempioniga aylanishiga to?sqinlik qila olmadi. Sportchining jamoadoshi Carol Heiss kumush, avstriyalik Ingrid Wendl esa bronza medalini qo?lga kiritdi. Amerikaliklar Hayes Jenkins , Ronald Robertson va Jenkinsning ukasi David Jenkinslar erkaklar o?rtasida oltin, kumush va bronza medallarini qo?lga kiritishga muvaffaq bo?lishdi. Juftlik bahslarida esa avstriyalik Sissy Schwartz va Kurt Oppelt juftligi oltin medalga ega chiqishdi [43] . Kanadalik sportchilar Frances Dafoe va Norris Bowden kumush medalni qo?lga kiritishgan bo?lsa, vengriyalik aka-uka Marianna Nagy va Laszlo Nagylar 1952-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlaridagi kabi bronza medalini qo?lga kiritdilar [44] [45] .

Konkida uchish [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi jamoasi konkida uchish bo?yicha jami 12 ta medaldan 7 tasini, shu jumladan, 4 ta oltin medalni qo?lga kiritgan holda jamoaviy hisobda ustunlikni qo?lga kiritishadi. Sovet Ittifoqi sportchilari 2 ta jahon rekordi va Olimpiya rekordini o?rnatdilar hamda 4 ta yo?nalishning har birida kamida 1 ta medal sohibiga aylanishdi. Yevgeniy Grishin 2 ta oltin medalni qo?lga kiritibgina qolmay, yakkalik bahslari bo?yicha 2 ta jahon rekordini o?rnatgan holda eng yuqori ko?rsatkichni qayd etdi [46] . Grishin va uning jamoadoshi Yuriy Mixaylov 1500 metrga o?tkazilgan poyga bahslarida ishtirok etishdi va yakunda bir xil natija ko?rsatganliklari sababli ularning har ikkalasiga ham oltin medalni topshirishga qaror qilindi [47] . Shvetsiyalik Sigvard Ericsson 2 ta yo?nalish bo?yicha oltin va kumush medallarni qo?lga kiritdi, shu bilan birga 10 000 metrli poyga bahslarida Olimpiada rekordini o?rnatdi [48] .

Tog? chang?i sporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarida tog? chang?isi sporti bo?yicha jami 6 ta ? 3 ta erkaklar va 3 ta ayollar o?rtasidagi bahslardan iborat edi. Ushbu sport yo?nalishlari esa tog?dan pastga sakrash, slalom va ulkan slalomlardan iborat bo?ldi. Avstriyalik Toni Sailer erkaklar o?rtasida oltin medalni qo?lga kiritgan holda tog? chang?isi bo?yicha bir Olimpiya o?yinlarida jami 3 ta oltin medalni qo?lga kiritgan birinchi sportchiga aylandi [1] . Avstriyaliklar tog? chang?isi sportchilari musobaqalarning erkaklar va ayollar o?rtasidagi bahslarida mutlaq ustunlikka ega chiqishdi va 18 ta medaldan 9 tasini qo?lga kiritishdi [49] . Ular ulkan slalom yo?nalishida, ayniqsa, muvaffaqiyat qozonishdi. Erkaklar har uchala oltin, kumush, bronza medallari, ayollar esa kumush va bronza medallari sohibiga aylanishdi. Chiharu Igaya slalom yo?nalishi bo?yicha 2-o?rinni egallashga muvaffaq bo?ldi, bu esa Yaponiya uchun Qishki Olimpiya o?yinlarining ilk medali edi [50] [51] . Shveysariyalik sportchilar Madeleine Berthod va Renee Colliardlar ayollar o?rtasida tog?dan pastga sakrash va slalomda g?oliblikni qo?lga kiritishdi. Germaniyalik sportchi Ossi Reichert esa ulkan slalomda 1-o?rinni egallagan holda o?zining Olimpiada o?yinlaridagi yagona oltin medalini qabul qilib oldi [52] .

Chang?i poygasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chang?ida uchish musobaqalari dasturiga ilk bor Olimpiada o?yinlarida ayollar o?rtasida 2 ta tadbir qo?shildi. Sovet Ittifoqi ayol sportchilari 10 kilometrlik individual poygalarda dastlabki ikkita o?rinni egallashdi, biroq 3x5 kilometrlik estafeta bahslarida finlarga imkoniyatni boy berishdi. Shuningdek, erkaklar ham ushbu poygalarda ishtirok etishdi. 30 kilometrlik poyga bahslarida finlyandiyalik Veikko Hakulinen g?alaba qozondi. Erkaklar o?rtasidagi qolgan 3 ta musobaqalarda 3 ta mamlakat sportchilari, jumladan, Norvegiya 15 kilometrlik poygada, Shvetsiya 50 kilometrlik poygada va Sovet Ittifoqi esa estafeta bahslarida g?olib chiqishdi [53] . Umumiy hisobda Sovet Ittifoqi sportchilari 18 ta medaldan 7 tasini, ulardan keyin shvetsiyaliklar 6 ta medalga ega chiqishdi [54] . Shvetsiyalik sportchi Sixten Jernbergning o?zi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali sohibiga aylandi. Bu natija uning Olimpiada o?yinlaridagi ilk medallari edi [55] .

Nordic uchish [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

A man in blue clothes with a number „33“ cross-country skiing in front of three other men.
Sverre Stenersen Nordic uchish bo?yicha bahslarda ishtirok etmoqda

1956-yilgi Qishki Olimpiadaning Nordic uchish musobaqalarida sezilarli o?zgarishlar yuz berdi. Oldingi o?yinlarda dastlab kross poygalari, keyin esa chang?idan sakrash bahslari o?tkazilar edi. Dastlab raqobatchilar ochiq maydonda 18 kilometrlik poygalarda ishtirok etish uchun bahsga kirishdilar, bu esa ularning chang?i poygasi o?yinlarida ishtirok etayotgan sportchilar bilan bir paytda o?yin olib borishlarini anglatardi. G?olibni aniqlash maqsadida sportchilarning ko?rsatkichlari tramplindan sakrash bahslaridan ko?rsatilgan ikkita sakrash natijalari bilan birlashtirildi [56] . Kortina o?yinlarida Nordic uchish bo?yicha sportchilar uchun maxsus 15 kilometrlik kross poygalari joriy etildi. Ikki kundan keyin sportchilar tramplindan sakrash bo?yicha uchta urinishni amalga oshirishdi. G?olibni aniqlash uchun ularning eng yaxshi ikki balli chang?ida kross uchish bo?yicha ko?rsatgan natijalari tramplindan sakrash natijalari bilan birlashtirildi. Bundan keyin o?tkazilingan har bir bahslarda sportchilarning natijasini aniqlash uchun aynan shu formatdan foydalaniladigan bo?ldi [56] . Norvegiyalik sportchi Sverre Stenersen Nordic uchish bo?yicha oltin medalni qo?lga kiritgan holda mamlakatning ushbu yo?nalishdagi ustunligini yana bir bor ko?rsatib berdi. 1924-yilgi Olimpiada o?yinlardan buyon mamlakat Nordic uchish musobaqalarida faqatgina bir marotaba oltin medalga ega chiqa olmagan edi [57] [58] . Stenersendan keyin shvetsiyalik Bengt Eriksson va polshalik Franciszek G?sienica Gro?lar esa kumush va bronza medallariga ega chiqishdi [56] .

Chang?ida sakrash [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Chang?ida sakrash musobaqalarida shveysariyalik sportchi Andreas Dascher sakrashning yangi uslubini taqdim etdi va ushbu uslubga Dascher texnikasi deb nom berildi. 1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlaridan oldin sportchilar qo?llarini boshlarining ustidan oldinga ko?tarib sakrar edilar [59] . Dascher esa agar sportchi qo?llarini yonida ushlab tursa, uzoqroqqa uchishi mumkin deb o?yladi va aynan shu usuldan foydalandi. Ushbu yangi texnika tarafdorlari bo?lgan sportchilar o?rtasidagi raqobat qizg?in tus oldi. Finlyandiyalik sportchilar Antti Hyvarinen va Aulis Kallakorpi dastlabki birinchi va ikkinchi o?rinlarni egallashgan bo?lsa [31] , germaniyalik Harry Glass bronza medalini qo?lga kiritdi [60] . Aynan shu musobaqa Norvegiyaning chang?ida sakrash musobaqalaridagi ustunligiga barham berdi va boshqa mamlakat sportchilari ulardan o?zib ketishdi. 1924-yilgi birinchi Qishki Olimpiada o?yinlaridan buyon norveglar 1956-yilgacha har bir Olimpiadada oltin medalni qo?lga kiritib kelayotgan edilar. Biroq 1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlariga kelib ular musobaqa oltin medalidan mahrum bo?lishdi, bu mag?lubiyat esa ularning Dascher taklif etgan yangi texnikani qo?llashdan bosh tortishi bilan bog?liq edi [61] .

Yopilish marosimlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Musobaqaning yopilish marosimi 1956-yilning 5-fevral, yakshanba kuni Olimpiada muz stadionida bo?lib o?tdi. Yopilish marosimidan avval figurali uchish bo?yicha erkaklar, ayollar va juftlik bahslarida chempion bo?lgan sportchilarning ijrosidagi ko?rgazma namoyish etildi. Shundan so?ng har bir davlatning bayroqdor sportchilari Gretsiya , Italiya va AQSh bayroqlaridan keyin navbat bilan stadionga kirib kelishdi. Ushbu 3 mamlakat bayroqlarining yopilish marosimida birinchilardan bo?lib stadionga kirib kelishi o?ziga xos ramziy ma?noga ega edi. Bu chiqish Olimpiya o?yinlariga asos solgan davlat (Gretsiya), hozirda Olimpiada musobaqalari o?tkazilayotgan mezbon davlat (Italiya) va qishki o?yinlarni o?tkazuvchi keyingi mamlakatni (AQSh) bildirar edi. Yopilish marosimi oxirida Xalqaro olimpiya qo?mitasi prezidenti Avery Brundage Olimpiada o?yinlari yakunlanganini e?lon qildi va yopilish mushakbozliklar bilan yakunlandi [62] .

Kalendar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

26-yanvar kuni xokkey turnirining dastlabki o?yinlari bilan bir qatorda ochilish marosimi ham bo?lib o?tdi. 27-yanvardan 5-fevralga qadar bo?lib o?tadigan yopilish marosimiga qadar har kuni kamida bitta sport turi bo?yicha final bahslari o?tkazilgan [63] .

  OC   Ochilish marosimi  ●  Musobaqalar   1   Final bahslari†   CC   Yopilish marosimi
1956-yil fevral 26

Payshanba
27

Juma
28

Shanba
29

Yakshanba
30

Dushanba
31

Seshanba
1

Chorshanba
2

Payshanba
3

Juma
4

Shanba
5

Yakshanba
Musobaqalar
Marosimlar OC CC
Bobsley ●  1 ●  1 2
Muz ustida xokkey ●  ●  ●  ●  ●  ●  ●  ●  ●  1 1
Figurali uchish ●  ●  ●  1 1 1 3
Konkida uchish 1 1 1 1 4
Tog? chang?i sporti 1 1 1 1 1 1 6
Chang?i poygasi 1 1 1 1 1 1 6
Nordic uchish ●  1 1
Chang?ida sakrash 1 1
Jami final bahslari 2 3 2 3 3 3 2 2 3 1 24
Jami 2 5 7 10 13 16 18 20 23 24 24

† O?sha kuni o?tkazilgan har bir sport turi bo?yicha finallar sonini bildiruvchi belgi.

Sport inshootlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarining o?ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, Kortina shahridagi musobaqalar o?tkaziladigan ko?p joylar bir-biriga juda yaqin masofada joylashgan edi. Konkida uchish musobaqalari bo?lib o?tgan Misurina ko?li Kortinadan taxminan 13 km (8.1 mi) uzoqlikda joylashgan. Sport o?yinlarini tomosha qilish uchun tashrif buyurgan tomoshabinlar uchun o?rindiqlarga maxsus isitgichli tribunalar o?rnatilgan edi [64] . Kortina Olimpiadasida yuzaga kelgan yagona muammo sport o?yinlari o?tkaziladigan ayrim inshootlarda qor yetishmasligi edi [12] .

1956-yilgi o?yinlar boshqa Olimpiadalarda bo?lgani kabi Olimpiya shaharchasiga ega emas edi. Kortina-d’ampetsso 1956-yilda 7000 dan kam aholiga ega edi. Mahalliy mehmonxonalar Olimpiya shaharchasining ushbu o?yinlardan keyin mehmonxonalarga tashrif buyuruvchilar sig?imini sezilarli darajada oshirib yuborishi va ularning ko?pchiligini ishdan chiqarib yuborishidan xavotirda edi. Shu sababli ushbu Qishki Olimpiada o?yinlarida ishtirok etuvchi sportchilar Kortina shahrida istiqomat qiluvchi mahalliy oilalarning uylariga joylashishgan yoki o?yinlar vaqtida mehmonxonalarda qolishgan [65] .

Olimpiya Muz stadioni ( Stadio Olimpico Del Ghiaccio ) [66] 1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarining asosiy markazi bo?lishi kerak edi. U Kortinaning shimoliy qismidagi Boite daryosi bo?yida qurilgan edi. Stadionga olib boruvchi yangi yo?llar va ko?prik qurilganidan so?ng, ushbu sport inshooti shahar markazidan piyoda 8 daqiqalik masofada joylashgan edi. Stadion umumiy hisobda 6000?7000 kishiga mo?ljallangan edi. O?yinlarni kuzatish uchun tashrif buyuruvchi tomoshabinlar uchun joylarning cheklanganligi sababli tribunalar vertikal ravishda qurilgan, o?rindiqlar qo?yilgan qavatlar esa bir-birining ustiga to?g?ridan-to?g?ri qurilgan edi. Maydoni 30x60 metr bo?lgan ikkita sun?iy muz maydonining umumiy muz yuzasi 4,320 m 2 (46,500 kv. ft)ga teng bo?lgan. Muz stadioni ostida ammiakni bug?latish natijasida muzni shu holida ushlab turuvchi sovutish moslamasi qurilgan. Jami qurilish qiymati 1,3 milliard Italiya lirasini (1956-yilda 2,1 million AQSh dollari) tashkil etgan. Olimpiya muz stadionidan ochilish va yopilish marosimlari, barcha figurali uchish musobaqalari va xokkey sport turi bo?yicha asosiy o?yinlarni o?tkazish uchun foydalanilgan. O?yinlardan so?ng tashkiliy qo?mita muz stadionini Kortina shahriga sovg?a qilgan va ushbu inshootdan doimiy ravishda foydalanishga ruxsat bergan. Ushbu sport inshootidan keyinchalik qish oylarida muzda konkida uchish o?yinlari, yozda esa dzyudo va gimnastika musobaqalari uchun ochiq gimnaziya maydoni sifatida foydalanilgan. 2026-yilgi Qishki Olimpiya o?yinlarida esa aynan shu stadionning kyorling musobaqalariga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan [67] .

?Apollonio“ stadionidan xokkey turnirining maxsus tanlab olingan o?yinlarini o?tkazish uchun foydalanilgan. O?sha paytda stadionni zamonaviy holatga keltirish uchun katta ishlar qilinishi kerak edi. Ikkita o?yinni bir vaqtning o?zida o?tkazish uchun ?Apollonio“ga qo?shimcha ikkinchi maydon qo?shilgan, shuningdek, stadion elektr chiroqlari bilan jihozlangan, o?rindiqlar sig?imi 2000 kishiga mo?ljallab kengaytirilgan [68] .

Bobsley musobaqalari uchun foydalanilgan sport inshooti ( Pista Olimpica di Bob ? Eugenio Monti ) [69] dastlab 1928-yilda qurilgan edi. 1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlari oldidan trek bir necha bor qayta qurilgan va kengaytirilgan [70] .

Kortina shahridan 2.5 km (2 mi) uzoqlikda, Zuel yaqinida joylashgan Trampolino Olimpico chang?idan sakrash tepaligi dastlab 1923-yilda ?Franchetti“ nomi bilan qurilgan. 1926-yilda tepalikka birinchi bor o?zgartirish kiritilgan. 1939-yilga kelib esa butunlay buzib tashlangan va 1940-yilda qayta qurilgan. 1956-yilgi Qishki Olimpiada o?yinlarining Kortinada o?tkazilishi sababli ushbu sport tepaligiga yangi o?zgartirishlar kiritilishi kerak edi. 1955-yil 15-aprelda butunlay buzib tashlangan va aynan o?sha yili deyarli 310 million Italiya lirasi (500 million AQSh dollari) evaziga yangi ?Italia Jump“ ya?ni Trampolino Olimpico chang?idan sakrash tepaligi qurib bitkazilgan [71] . Temir betonli platformaning balandligi 54 m (177 ft), uzunligi 87.5 m (287 ft), 35° tepalikda qurilgan. Tepalik nishabining har ikkala tomonida 3000 kishiga mo?ljallangan ikkita tribuna mavjud bo?lib, pastki qismdagi amfiteatr 40 000 tomoshabinni sig?dira olgan. Sportchilar, rasmiylar va hokimiyat vakillarining Kortinaga kelishi uchun maxsus yo?l qurilgan [72] .

Qor stadioni ( Stadio della neve ) Kortinadan 2 km (1.2 mi) uzoqlikda qurilgan va barcha tadbirlarga mezbonlik qilgan. 6000 kishiga mo?ljallangan ushbu stadionda ikkita tribuna qurilgan. Bundan tashqari uch turdagi chang?i yo?laklari 15 km (9 mi) uzunlikda 1 ta, 5 km (3 mi) uzunlikda 3 ta va 10 km (6 mi) uzunlikda 4 ta yo?lak qurilgan. Shuningdek, ushbu yo?llarning ba?zilaridan bobsley bahslarida ham foydalanilgan. Natijada, ikkita sport maydonida o?tkaziladigan sport musobaqalarining bir-biriga xalaqit bermasligi uchun ularning orasida ko?prik qurishga to?g?ri kelgan [73] .

Alp yo?laklari ( Le piste alpine ) shu yaqin atrofdagi Dolomite alp tog?larining Monte Tofana va Monte Faloria etaklarida qurilgan. Monte Tofanada erkaklar va ayollar o?rtasida pastga sakrash va slalom bo?yicha poygalar o?tkazilgan. Monte Faloria esa ikkita ulkan slalom musobaqalariga mezbonlik qilgan. Bundan oldingi yillarda o?tkazilgan musobaqalardagi sport maydonlarida qor yetishmasligi bilan bog?liq hech qanday muammolar kuzatilmagan edi, ammo 1956-yilning qishida Kortina shahrida aynan shunday kamchilik kuzatilgan. Natijada, Italiya armiyasi tog?larning boshqa qismlaridan kerakli sport maydonlariga ma?lum miqdordagi qorni tashishga majbur bo?lgan [74] .

Misurina maydonchasi ( La pista di Misurina ) konkida uchish musobaqalari o?tkaziladigan sport maydoni edi. Ushbu Olimpiya o?yinlarida konkida uchish bo?yicha musobaqalar tabiiy muz maydonlarida o?tkazilgan bo?lib, bu butun Qishki Olimpiya o?yinlari tarixidagi oxirgi tabiiy muz maydonlarida o?tkazilgan konkida uchish musobaqasi hisoblanadi. Misurina maydonchasi Kortinadan 13 km (8.1 mi) uzoqlikda joylashgan. Shuningdek, Misurina maydonchasida 8500 kishiga mo?ljallangan tribunalar qurilgan. Musobaqalar ochiq havoda muz bilan qoplangan ko?l ustida o?tkazilgan bo?lishiga qaramay, o?yinlar davomida 2 ta jahon va 2 ta Olimpiya rekordlari yangilangan [75] .

Olimpiada o?yinlarini o?tkazish maydonlaridan 3 tasi (bobsley, yopiq arena va chang?ida sakrash) 1981-yilda James Bond ishtirokidagi ? For Your Eyes Only “ filmini suratga olish maydonchasi sifatida xizmat qilgan [76] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 ?Cortina d'Ampezzo 1956“ . International Olympic Committee. 2010-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 3-mart.
  2. Longman, Jere. ?Italy Is Chosen to Host 2026 Winter Olympics“ . The New York Times  (2019-yil 24-iyun). Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.
  3. Robertson (1903), pp. 172?173.
  4. 4,0 4,1 Comitato Olimpico Nazionale Italiano 1956 .
  5. 5,0 5,1 5,2 Findling and Pelle (1996), p. 258.
  6. Findling and Pelle (1996), pp. 246?247.
  7. Findling & Pelle (1996), p. 259.
  8. 8,0 8,1 Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 50?69
  9. Mallon, Bill; Ove Karlsson (May 2004). "IOC and OCOG Abbreviations for NOCs" . Journal of Olympic History 12 (2): 25?28. Archived from the original on 8 August 2010 . https://web.archive.org/web/20100808013149/http://www.la84foundation.org/SportsLibrary/JOH/JOHv12n2/johv12n2l.pdf . Qaraldi: 2 March 2010 .   1956-yilgi Qishki Olimpiya o?yinlari]]
  10. 10,0 10,1 10,2 Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 689
  11. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 117?118
  12. 12,0 12,1 Findling and Pelle (1996), p. 259?260
  13. 13,0 13,1 Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 156.
  14. 14,0 14,1 ?1956 Cortina d'Ampezzo, Italy“ . CBC Sports . Canadian Broadcasting Corporation (2009-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 2-mart.
  15. Judd (2008), p. 27.
  16. Keys (2006), p. 295.
  17. ?The Role of Sports in The Soviet Union ? Guided History“ . blogs.bu.edu .
  18. ?Info“ . www.cia.gov . 2017-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan .
  19. Findling and Pelle (1996), p. 261
  20. Washburn, J. N.. ?Soviet Amateur Athlete: A Real Pro“ . The New York Times  (1974-yil 21-iyul). Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  21. ?Sports in Soviet Union Only for Elite : There Are Top Athletes, and then There Are Those Who Sunbathe and Watch Drawbridges Go up“ . Los Angeles Times (1986-yil 22-iyul).
  22. Findling and Pelle (1996), p. 260.
  23. Toohey and Veal (2007), p. 148.
  24. 24,0 24,1 Schwoch (2009), p. 39.
  25. Schwoch (2009), pp. 39?40
  26. ?Eurovision and the Olympic Games“ . eurovision.net. 2012-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
  27. ?Eurovision connectivity timeline (1956)“ . eurovision.net. 2013-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
  28. Spence. ?Are Olympic TV rights worth the price?“ . The New York Times (1988-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 29-iyul.
  29. ?Olympics and Television“ . Museum of Broadcast Communications. 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2011-yil 29-iyul.
  30. Guttman (1986), p. 135
  31. 31,0 31,1 ?1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“ . Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 13-mart.
  32. ?Cortina 1956 Olympic Winter Games Report“  (it, en). la84.org 570?571. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
  33. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 635.
  34. ?Bobsleigh at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“ . Sports Reference LLC. 2011-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 30-may.
  35. ?Italy Bobsleigh: Men's Two“ . Sports Reference LLC. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 18-iyun.
  36. ?Italy Bobsleigh: Men's Four“ . Sports Reference LLC. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 18-iyun.
  37. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 634?638
  38. ?Cortina d'Ampezzo:track profile“ . The Federation Internationale de Bobsleigh et de Tobogganing (FIBT). 2011-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  39. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 629?638
  40. 40,0 40,1 Noverr and Ziewacz (1983), p. 232.
  41. Riordan (1977), pp. 367?369
  42. Zillgitt, Jeff. ?Skating Great Albright steps back“ . USA Today  (2006-yil 24-fevral). 2011-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 3-mart.
  43. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 662?675
  44. ?Figure Skating at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“ . Sports Reference LLC. 2010-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 2-mart.
  45. ?Pairs Figure Skating at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“ . Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  46. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 641.
  47. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 650.
  48. ?Sigvard Erickson“ . Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 13-mart.
  49. ?Alpine Skiing at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“ . Sports Reference LLC. 2009-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 8-iyun.
  50. ?Chiharu Igaya“ . Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 23-avgust.
  51. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 594
  52. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 588?597
  53. ?Cross Country Skiing at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“ . Sports Reference LLC. 2009-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 8-iyun.
  54. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 602?615
  55. ?Sixten Jernberg“ . Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 10-mart.
  56. 56,0 56,1 56,2 ?Nordic Combined at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“ . Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 16-mart.
  57. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 719
  58. ?Nordic combined Equipment and History“ . The International Olympic Committee. Qaraldi: 2010-yil 16-mart.
  59. ?Ski Jumping Equipment and History“ . International Olympic Committee. 2010-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  60. ?Results:Cortina d'Ampezzo“ . International Ski Federation. 2010-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  61. ?Ski Jumping at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“ . Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  62. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 691?692
  63. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 71
  64. Price, George (December 1958). "Red:and lie detector, startling breakthroughs in space research, home heating, criminology" . Popular Science Monthly : 93?96, 216?217 . https://books.google.com/books?id=MSwDAAAAMBAJ&pg=PA216 .  
  65. Essex. ?The Changing Infrastructural implications of the Winter Olympics, 1924?2002“ . Bollettino della Societa Geografica Italiana (2002). 2009-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 10-fevral.
  66. ?Cortina ? Impianti sportivi“  (it). Cortina Turismo. 2013-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 28-noyabr.
  67. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 124?133
  68. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 134
  69. ?Cortina Impianti sportivi“  (it). cortina.dolomiti.org. 2013-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 1-dekabr.
  70. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 175?179.
  71. ?Cortina 1956 Olympic Winter Games Report“  (it, en) 137?138. la84.org. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 3-dekabr.
  72. ?Cortina 1956 Olympic Winter Games Report“  (it, en) 138?155. la84.org. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 3-dekabr.
  73. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 156?163
  74. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 164?174.
  75. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 180?188.
  76. ?Film locations for For Your Eyes Only.“ . The Worldwide Guide to Movie Locations (2009-yil 22-mart). 2010-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qishgi olimpiyalar
Oldingisi VII Qishki Olimpiada o?yinlari
Cortina d'Ampezzo

1956
Keyingisi