Tinchlik bo?yicha Nobel mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tinchlik bo?yicha Nobel mukofoti  ? dunyoda tinchlik o?rnatishga ulkan hissa qo?shgan shaxslarga/tashkilotlarga beriladi [1] . Alfred Nobelning vasiyatiga binoan Nobel tinchlik mukofoti ?tinchlikparvarlik konferensiyalarini o?tkazish va targ?ib qilishda, xalqlarning birdamligi, doimiy armiyalar sonining kamayishiga katta hissa qo?shgan“larga beriladi. 1901-yilda mukofotning birinchi laureatlariga Xalqaro Qizil xoch qo?mitasining asoschisi Anri Dyunan va Parlamentlararo ittifoq asoschisi Frederik Passi aylandi.1901-2019-yillarda mukofot atigi 100 marta topshirilgan, 19 yil davomida ? 1914-1916, 1918, 1923, 1924, 1928, 1932, 1939-1943, 1948, 1955-1956, 1966-1967 va 1972-yillarda mukofotga munosib nomzod topilmagan.Shu vaqt ichida 107 kishiga, shu jumladan 17 nafar ayolga va uch marta Xalqaro Qizil xoch qo?mitasini o?z ichiga olgan 27ta tashkilotga Nobel tinchlik mukofoti berildi. O?ziga berilgan tinchlik bo?yicha Nobel mukofotidan bosh tortgan yagona shaxs bu 1973-yilda AQSh davlat kotibi Genri Kissinjer bilan birga ushbu mukofotga sazovor bo?lgan vetnamlik siyosatchi Le Dik Txodir. Tinchlik bo?yicha Nobel mukofotiga nomzodi qo?yilganlar orasida hozirda tinchlik uchun kurashdagi xizmatlari kamida bahsli sifatida baholanayotgan shaxslar ham bo?lgan ? Iosif Stalin (1945 va 1948-yillarda), Adolf Gitler (1939), Benito Mussolini (1935), shuningdek Xuan Peron, Nevill Chemberlen, Garri Trumen, Nikolay II. Bundan tashqari, Lev Tolstoy, Erix Mariya Remark, Nikolay Rerix, Per de Kuberten, Mariya Montessori, Robert Baden-Pauell va boshqalar Nobel mukofotiga nomzod bo?lishgan.

Tinchlik bo?yicha Nobel mukofoti sohiblari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Mukofot sohiblari , 2013-10-12da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2017-05-13
  2. https://m.kun.uz/news/2019/10/11/tinchlik-boyicha-nobel-mukofoti-efiopiya-bosh-vaziriga-beriladi
  3. https://m.kun.uz/news/2020/10/09/tinchlik-boyicha-nobel-mukofoti-bmt-insonparvarlik-tashkilotiga-berildi