Senegal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Senegal Respublikasi
Republique du Senegal
Shior "Un Peuple, Un But, Une Foi"
(Fransuzcha: Bir xalq, bir maqsad, bir din)
Madhiya :   Pincez Tous vos Koras, Frappez les Balafons
Location of Senegal
Poytaxt Dakar
Rasmiy til(lar) Fransuzcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
Macky Sall
Mohammed Dionne
Mustaqillik ( Fransiya )
? Sana
4 Aprel 1960
Maydon
? Butun
196,712 km 2 ( 86-o?rin )
? Suv (%)
2.1
Aholi
? 2016-yilgi ro?yxat
15,411,614 ( 72-o?rin )
Zichlik 68.7/km 2
YIM   ( XQT ) 2017-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 15,431,000,000 ( 117-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 973
Pul birligi CFA Franc ( XOF )
Vaqt mintaqasi UTC +0
? Yoz ( DST )
UTC +0
Qisqartma SN
Telefon prefiksi 221
Internet domeni .sn

Senegal , Senegal Respublikasi (Republique du Senegal) ? G?arbiy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 196,2 ming km². Aholisi 15,6 mln. kishi (2016). Poytaxti ? Dakar shahri. Ma?muriy jihatdan 10 viloyat (region)ra bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Senegal ? respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2001-yil 7 yanvarda ma?qullangan. Davlat boshlig?i ? prezident (2000-yildan Abdulay Vad), u umumiy to?g?ri yashirin ovoz berish yo?li bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Millat majlisi (parlament) va ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Senegal hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekislikdan iborat. Shim.dagi sohil chizig?i tekis, janubida daryolarning estuariylari bilan biroz parchalangan. Senegal hududida temir ruda, fosforit, alyumofosfat, qalay, mis, ohaktosh, volfram, tantal, toshtuz, boksit, neft, niobiy, marmar konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, shimolida quruq va janubida nam iqlim. O?rtacha oylik temperatura yil davomida deyarli o?zgarmaydi (yanv.da 23°, iyulda 28°). Yillik yog?in shimolida 250?300 mm dan janubida 1500 mm gacha. Yirik daryolari ? Senegal, Gambiya va Kazamans. Qizilqo?ng?ir tuproklar ko?proq uchraydi. Shimolida chala cho?l o?simliklari usadi, krlgan joylarda savannalar va siyrak o?rmonlar bor. Hayvonot dunyosi: savannalarda kiyik, milliy bog?larda chiyabo?ri, sirtlon, qoplonlar yashaydi. Kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharot ko?p. Qirg?oq bo?yi suvlari baliqqa boy. Tabiatni saqlash maqsadida Juj, NiokoloKoba, DeltaSaluma va boshqa milliy bog?lar tashkil etilgan.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisining ko?pchilik qismini (87%) g?arbiy atlantika tillari oilasiga kiruvchi volof, fulbe, serer, diola va boshqa xalqlar tashkil etadi; arablar, yevropaliklar (asosan, fransuzlar) ham yashaydi. Rasmiy til ? fransuz tili. Shahar aholisi 42,3%. Aholining aksariyati musulmonlar. Katoliklar ham bor. Yirik shaharlari: Dakar, Kaolak, Tiyes.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Senegal hududida paleolit davrida manzilgoxlar paydo bo?lgan. O?rta asrlarda bu yerlar to?la yoki qisman Gana, Mali, Songay davlatlari tarkibiga kirgan. 9?18-asrlarda Senegal hududida bir necha davlat paydo bo?lgan. 15-asrda bu yerga portugallar bostirib kirib, fil suyagi, aqoqiyo, oltin qumni tashib keta boshlagan, 16-asrdan qul savdosini avj oldirgan. 17-asrdan fransuzlarning kirib kelishi boshlangan. 1895-yil S hududi Fransuz G?arbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. Birinchi jahon urushidan keyin S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 1939? 45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi vaqtida Senegal hududi "Ozod Fransiya"ning tayanch bazalaridan biri, ittifoqchilarning muhim harbiydengiz bazasi bo?ldi. Urushdan so?ng S.da milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1958-yil referendum natijalariga ko?ra, Senegal Fransiya hamjamiyati tarkibidagi o?zini o?zi boshqaruvchi respublikaga aylandi. 1959-yil yanvarda S va Fransiya Sudani Mali Federatsiyasiga birlashdi. 1960-yil 4 apreldagi bitimga muvofiq, Federatsiyaga mustaqillik berildi. 20 avgustda Senegal Federatsiyadan chikdi va mustaqil respublika deb e?lon qilindi. Senegal 1960-yildan BMTa?zosi. Milliy bayrami ? 4 aprel ? Mustaqillik kuni (1960).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sotsializm va birlik harakati partiyasi, 1981-yil asos solingan; Demokratik ittifoq ? Mehnat partiyasini tuzish harakati partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Milliy demokratik birlashma partiyasi, 1976-yil tashkil etilgan; Mustaqillik va mehnat partiyasi, 1957-yil asos solingan sobiq Senegal mustaqilligi afrikaliklar partiyasi yo?lining davomchisi, ta?sis qurultoyi 1981-yil o?tkazilgan; Senegal demokratik partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Senegal sotsialistik partiyasi, 1948-yil asos solingan; Demokratik yangilanish partiyasi, 1997-yil tashkil etilgan. Senegal meqnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1969-yil tuzilgan.

Iqtisodiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Senegal ? iqtisodiy zaif agrar mamlakat. Yalpi mahsulotda qishloq xo?jaligining ulushi 19%, sanoatning ulushi 17%, xizmat ko?rsatish sohasining ulushi 64%. Senegal eksporti qiymatining yarmiga yaqini qishloq xo?jaligiga to?g?ri keladi, mehnatga layoqatli aholining 3/4 qismi shu sohada band. Yer yong?oq yetishtirish va uni qayta ishlash muhim ahamiyatga ega (dunyoda yetakchi o?rinlardan biri). Tariq, maniok, sholi, batat, makkajo?xori, moyli palma, paxta ham yetishtiriladi. Mevachilik va sabzavotchilik bilan shug?ullaniladi. Qoramol, qo?y, echki, uy parrandasi boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoatida fosforit (asosan, eksportga), osh tuzi, marmar qazib olinadi. Yiliga o?rtacha 769 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Senegal sanoati, asosan, yer yong?oqni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bunday korxonalarning aksariyati Yashil Burun yarim orolda joylashgan. Yengil sanoat tarmoqlaridan to?qimachilik va poyabzal (Dakarda) ishlab chiqarish rivojlangan. Sement, mebel, taxta tilish, metallsozlik, kimyo sanoati (fosforit asosida o?g?it ishlab chiqarish) va neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik qad. soha hisoblanadi. Temir yo?llar uz. 0,9 ming km, avtomobil yo?llari uzunligi 14,6 ming km. Senegal daryosida kema qatnaydi. Dengiz porti va xalqaro aeroporti ? Dakar. Chetga yer yong?oq moyi, kunjara, fosforit chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va asbobuskuna, to?qimachilik mahsulotlari, poyabzal, neft keltiradi. Asosan, Fransiya, Kamerun, Italiya bilan savdo kiladi. Pul birligi ? afrika franki.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ta?lim tizimi fransuzcha uslubda tashkil topgan. Birinchi boshlang?ich maktab 1816-yil, birinchi kollej 1843-yil ochilgan. Mustaqillik e?lon qilingan paytda aholining 95% savodsiz edi. 1963-yil 6 yoshdan 12 yoshgacha majburiy boshlang?ich ta?lim to?g?risida qonun qabul qilindi. Boshlang?ich maktab 6 yillik. O?rta maktabda o?qish 7 yil: 4 yil to?liqsiz o?rta (kollej) va 3 yil to?liqo?rta (litsey). Hunartexnika ta?limi boshlang?ich maktab negizidagi hunar maktabida (3 yil), texnika kollejida (4 yil), texnika litseyida (7 yil) amalga oshiriladi. Oliy ta?lim tizimida Dakar universiteti (1949), Gor mutatsiya universiteti faoliyat ko?rsatadi. Ularda o?qish muddati 4 yildan 6 yilgacha. lllyningdek, oliy kollejlar: Dakarda veterinariya tibbiyot maktabi, milliy ma?muriy maktab, Tiyesda politexnika maktabi va boshqa bor. Kutubxonalari: Dakarda Senegal arxivi kutubxonasi bilan (1913), Qora Afrika fundamental institutining kutubxonasi (1938), universitet kutubxonasi (1952), Tiyesda Politexnika maktabining kutubxonasi. Muzeylari: Dakarda Afrika san?ati muzeyi (1936), Qora Afrika Fundamental instituti muzeyi, Gorda Tarix muzeyi, Dengiz muzeyi (1959) va boshqa

Ilmiy muassasalarning kupi Dakar universiteti tarkibiga kiradi, ularning eng yirigi Qora Afrika Fundamental instituti. Bundan tashqari, Milliy arxiv (1913), Milliy san?at instituti (1972), Fantexnika tadqiqotlari byurosi, Qishloq xo?jaligi instituti (1974, 10 ilmiy markaz va lab.lari bilan birga), Paster instituti (1896), Afrika mintaqaviy texnologiya markazi (1977), Afrika iqtisodiyotni rivojlantirish va rejalash muammolari instituti (1963), Tropik o?rmonni o?rganish markazi (1966), ilmiy jamiyatlar va boshqa bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telako?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Eng muhim gaz. va jur.lari: "Soley" ("Quyosh", kundalik umummilliy gaz., 1970-yildan), "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Senegal" ("Senegal Respublikasining rasmiy gazetasi", hukumatga qarashli haftalik rasmiy xabarnoma, 1856-yildan), "Sopi" (haftalik gazeta), "Daan doole" ("Mehnatkash", oylik gaz., 1982-yildan), "Karfur" ("Chorraha", 2?3 oyda bir marta chiqadigan gaz., 1984-yildan), "Politisyen" ("Siyosatchi", oylik hajviy gaz., 1977-yildan), "Yunite Afriken" ("Afrika birligi", oylik gaz., 1974-yildan), "Afrika" (oylik jur., 1962-yildan), "Gestu" ("Tadqiqot", 2 oyda bir marta chikadigan nazariy jur.), "Taksau" ("Qo?zg?ol", oylik jur., 1977-yildan), "Etiopik" (oylik ijtimoiy-siyosiy va adabiy jur., 1975-yildan). Senegal axborot agentligi ? SAA ? hukumat axborot agentligi; Senegal radioeshittirish va teleko?rsatuv boshqarmasi ? xukumat mahkamasi, 1972-yil tuzilgan.

Adabiyoti fransuz va mahalliy tillarda. S.da baxshigriotlar ijro etadigan qad. og?zaki she?riy an?ana mavjud. Mustaqillik e?lon qilingandan keyin mahalliy milliy tillarda yozuv paydo bo?la boshladi. Bakari Dialloning o?z hayoti asosida yozgan "KuchSahovat" qissasi (1926, birinchi adabiy asar hisoblanadi)dan so?ng Usmon Sose Diopning "Karim" (1935), "Parij saroblari" (1937) romanlari bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushidan so?ng adabiyotning rivoji jadallashdi. L. Sengorning chuqur milliy she?riyati xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. 50?60-yillarda Abdulay Saji, Shayx Hamidu Kan, U. Semben romanlari dunyo yuzini ko?rdi. U. Semben "Vatanim mening, o?ktam xalqim mening", "Harmattan ? issiq shamol" romanlarini milliy ozodlik kurashi mavzuiga bag?ishladi. Yosh avlodga mansub shoirlardan Malik Fall va Ibrohim Sourang, dramaturglardan Lamin Diakxate, Amadu Sisse Dia, Mamadu Traore Diop va Sheyk Ndaolar ijtimoiy muammolarga, xalqning qahramonona o?tmishiga ko?p e?tibor berdilar.

Me?morligi va tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?rta asrlar madaniyat yodgorliklaridan unchalik baland bo?lmagan doirasimon daxmalar, to?g?ri burchakli va doira kesimli megalitmengirlar (12?14-asrlar, Tambakunda yaqinida), zo?r mahorat bilan ishlangan zargarlik buyumlari: kumush va tilla marjonlar, turli zebziynatlar, sopol va mis idishlar saqlanib qolgan. Aholining turar joylari shoxshabbadan to?rtburchak shaklda ishlangan tomi to?rt nishabli chaylalar bo?lib, sirti va ichi loy bilan suvaladi (garbiy tumanlarda), aylanma shakldagi kulbalar tomi konus tarzida o?to?lan bilan yopiladi, to?g?ri burchakli bostirma kulbalar ham uchraydi (sharqiy tumanlarda). Peshayvon bilan o?ralgan cho?ziq doirasimon turar joylar jan. tumanlarga xosdir. Ularning old tomoni qizil va ko?k rangda jonivorlar va zamonaviy texnika ? samolyot hamda paroxod rasmlari bilan bezatiladi. S.ga islom dini kirib kelishi tufayli machitlar kurila boshladi. Ular orasida Tubadagi taqasimon ravokdi machit diqqatga sazavordir. U hovlisining atrofi peshayvonlar va to?rt tarafi 8 qirrali minoralardan iborat qilib, Shimoliy Afrikaning o?rta asrlar me?morligi uslubida qurilgan. 20-asrda shaharlarda (asosan, Dakarda) zamonaviy turar joylar, fabrika, meqmonxona, ma?muriy binolar qurishga kirishildi. Ko?p qavatli uylar oftob to?sqich qurilmalar bilan tropik iqlimga moslab fransuz funksionalizmi ruhida qurildi. 1960-yildan keyin 1 ? 2 qavatli beton uylardan iborat ishchi shaharchalari barpo etish avj oldi. Mamlakatda an?anaviy badiiy xunarmandchilik (yog?ochdan ro?zg?or anjomlari va mebel, sopoldan turli idish va bezak buyumlari, novdadan savat, sumka, belbog?lar, timsoh va ilon terisidan buyumlar yasash), badiiy to?quvchilik urf bo?lgan. Ular "Dakar rassomlik maktabi" uslubida ziynatlanadi.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Senegal musiqasi qadimdan Gvineya, Mali, SyerraLeone va boshqa mamlakat xalqlari musiqasi bilan birga rivojlanib kelgan. 12-asrdan arab, 15?16-asrlardan yevropaliklar musiqasi ta?siri sezila boshlagan. Senegal xalqining cholg?u asboblari: yumaloq qovoq pustidan yasalgan barabanlar, kum soat shaklidagi 2 membranali baraban, shaqildoq, tartarak, qo?ngiroq; turli ksilofon, balafon, fleytalar ham keng tarqalgan. Mehnat, sevgi qo?shiqlari, bolalarga atalgan ashulalar, ajdodlar ruhini ulug?lovchi tarixiy ertak qo?shiqlari, raqsga moslab aytiladigan marosim qo?shiklari mavjud. Aksariyat bir ovozlilik, faqat jan. xalqlarida ko?p ovozlilik Senegal musiqasiga xos xususiyatdir. An?anaviy musiqaning asosiy ijrochilari griotlardir. 20-asrning 60-yillaridan musiqa san?ati muammolari bilan shug?ullanuvchi o?quv va ilmiy muassasalar paydo bo?la boshladi. Radioeshittirish (1926-yildan) va teleko?rsatuv (1964-yildan) musiqiy eshittirishlarga katga e?tibor beradi. Dakarda turli san?at festivallari o?tkazib turiladi.

Teatrining rivojlanishida xalq baxshilari ? griotlar ko?p ijodiy mehnat qildilar. Dastlabki teatrlar maktablarda tashkil etildi. 1933-yil Dakardagi Uilyam Ponti nomidagi maktab teatrida Afrika hayotidan hikoya qiluvchi spektakllar fransuz tilida sahnalashtirildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, Senegal teatri rivojlanib, Afrika mamlakatlari orasida yetakchi bo?lib qoldi. 1961-yil Milliy balet ansambli tashkil etildi, uning dasturida raqs, pantomima, musiqali drama va vokal sahnalar bor. 1965-yil Dakarda milliy teatr binosi qurildi. Havaskorlik teatri rivoj topdi. 1969-yil Havaskorlik teatri federatsiyasiga aylantirildi.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

20-asrning 50 yillarida Fransiyada ta?lim olayotgan afrikalik talabalar hayotini tasvirlovchi "Senadagi Afrika" (1955, rejissyorlar P. Vyeyra, M.Sarr) filmi Senegal kinematografiyasi boshlanishiga turtki bo?ldi. Senegal mustaqilligi e?lon qilingach, "Millatning tug?ilishi" (1961) va "Lamb" (1963, rejissyor P. Vyeyra), "Tubadagi katta ibodatxona" (1961, rejissyor B. Sengor) va boshqa hujjatli filmlar yaratildi, ularda xalqning mustaqillik va milliy madaniy an?analar uchun kurashi aks ettirildi. Yozuvchi va rejissyor U. Sembenning "Aravachali kishi" (1963) filmi xalqaro jamoatchilikning e?tiborini qozondi. "...lik qoratanli" (1966), "Mandat" (1968), "Sedda" (1977) va boshqa filmlarida rejissyor eski va yangi mustamlakachilikka karshi kurash jarayonida milliy ongning o?sishi muammolarini ko?tarib chiqdi. Keyingi yillarda "Ayol" (rejissyor M. Traore), "Bezori" (rejissyor J. Mambeti), "Karim", "Baks" (rejissyor M. Tiam), "Sertifikat" (rejissyor T. Av), "Getitey" (rejissyor S.Nyay) badiiy filmlari yaratildi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil