Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( SSSR dan yo?naltirildi)
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi
Союз Советских Социалистических Республик


Bayroq Gerb
Madhiya
≪Internationale≫ (1922?1944)

≪Sovet Ittifoqi Madhiyasi≫ (1944?1991)

Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi , SSSR , Sovet Ittifoqi  ? sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922?91-yillarda mavjud bo?lgan davlat. SSSRni tashkil etish to?g?risida deb atalgan Shartnoma (1922-yil)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohish irodasiga zid ravishda Rossiya ( RSFSR ), Ukraina ( USSR ), Belarus ( BSSR ), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936- yildan ittifoqdosh respublikalar ? Ozarbayjon ( Ozarbayjon SSR ), Armaniston ( Armaniston SSR ), Gurjiston ( Gurjiston SSR ), keyinchalik ? 1925-yil O?zbekiston ( O?zbekiston SSR ), Turkmaniston ( Turkmaniston SSR ), 1929-yil Tojikiston ( Tojikiston SSR ), 1936-yil Qozog?iston ( Qozog?iston SSR ), Qirg?iziston ( Qirg?iziston SSR ), 1940-yil Moldaviya ( Moldaviya SSR ), Latviya ( Latviya SSR ), Litva ( Litva SSR ) va Estoniya ( Estoniya SSR ) kiritilgan.

20-yillarning boshlaridan, ayniqsa, V.I.Leninning vafotidan keyin mamlakat rahbariyati orasida hokimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Rahbarlikning avtoritar usullari qaror topishi, I.V.Stalin shu usullardan foydalanib, yakkaboshchilik hokimiyati rejimini kuchaytirib bordi. 1921-yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20-yillarning o?rtalarida to?xtatilib, so?ng mamlakatni jadal industriyalash va qishloq xo?jaligini zo?rlab kollektivlashtirish (jamoalashtirish) siyosati boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasini to?la-to?kis o?ziga bo?ysundirib oldi. SSSR Respublikalari bayrog?i (qarang Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ). Mamlakatni tez modernizatsiyalash va boshqa mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qo?llab-quvvatlashni maqsad qilib qo?ygan qat?iy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijtimoiy tuzum vujudga keldi. Boshlangan ommaviy qatag?onlar 1934-yildan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, otildi, surgun qilindi (qarang Repressiya ). Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga solib qo?yildi, bepoyon mamlakatdagi barcha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan bo?ldi, o?ta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoyillar oyoq osti qilindi, sud tizimi bedodlik asosiga qurildi. 30-yillarning oxirida mustabid davlatning tashqi siyosati keskin o?zgartirildi, xalqaro jamoa xavfsizligi yo?lidan qaytildi. 1939-yil Sovet-Olmon bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida G?arbiy Ukraina va G?arbiy Belarus, Boltiqbo?yi mamlakatlari, Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR tarkibiga qo?shib olindi. SSSR tomonidan boshlangan sovet-fin urushi (1939.30.11 ? 1940.12.3) sovet imperiyasining xalqaro obro?siga putur yetkazdi (SSSR Millatlar ittifoqidan chiqarib yuborildi). 1941-yil Olmoniya shartnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qo?qqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5 mln. bo?lgan O?zbekistondan 1 mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butun-butun xalqlar ? bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, qrim tatarlari, qorachoylar, yunonlar, mesxeti turklari, Volga bo?yi olmonlari va boshqalar o?zga o?lkalarga majburlab ko?chirildi. SSSR, AQSH , Buyuk Britaniya , Fransiya kabi ittifoqchilar yordamida urushda g?olib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o.lari, Petsamo (Pechenga), Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpatye Ukrainasi va boshqa yerlar hisobiga mamlakat hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatag?onlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, ?vrachlar ishi“, ?Leningrad ishi“ va boshqalar) davom ettirildi, o?zbekistonlik ko?pgina yozuvchi, shoir, olim va boshqa ziyolilar ham shu siyosat azobini tortdilar. G?arb mamlakatlari bilan ittifoqchilik munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum o?rtasida ?sovuq urush“, qurollanish poygasi boshlandi. I. V. Stalin vafoti (1953-yil)dan keyin bo?lib o?tgan KPSS 20-syezdi (1956-yil) N.S.Xrushchyov tashabbusi bilan Stalin shaxsiga sig?inishni tanqid qildi. Qatag?on qurbonlari oqlana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirishga, qishloq xo?jaligini, uy-joy qurilishini, yengil sanoatni rivojlantirishga ko?proq e?tibor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni, moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufayli ayrim yutuklarga erishildi: dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirildi (1954-yil), Yerning birinchi sun?iy yo?ldoshi (1957-yil), ichida kosmonavt uchuvchi bo?lgan birinchi kosmik kema (1961-yil) uchirildi; SSSR ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xavfi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va ma?muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash yo?lidagi bu urinishlar izchillik bilan o?tkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Partiya va davlatga L.I.Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964?82-yil) davlat va jamiyat hayotida to?rachilik avj oldi, iqtisodiyotda turg?unlik hukm surdi. A.N.Kosiginning tashabbusi bilan o?tkazilgan islohotlar to?xtab qoldi, iqtisodiyot ekstensiv yo?ldan rivojlantirildi. Neft va gazni eksport qilishdan tushgan mablag?ning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya (1956-yil) va Chexoslovakiya (1968-yil) rahbariyatining islohot o?tkazish yo?lidagi harakatlari Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi bilan bostirilishi, Afg?onistonga qo?shin kiritilishi (1979-yil) xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985-yilda hokimiyat tepasiga kelgan M.S.Gorbachyov va uning tarafdorlari ?qayta qurish“ siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tashkilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan turib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan palapartish urinishlar mamlakatdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Milliy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol og?irlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar o?z imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida 1991-yil avgust oyida Favqulodda holat davlat qo?mitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat to?ntarishi qilishga urinib ko?rdi, ammo bu urinish barbod bo?ldi.

Sovet Ittifoqi ?dushmani“ Aleksandr Soljenitsin .

1991-yil 8-dekabrda Belarus, Rossiya va Ukrayina rahbarlari B. N. Yelsin , L. M. Kravchuk , S. S. Shushkevich Belarusdagi Belaya Veja o?rmonida bitim imzolab, SSSR tugatilishini qayd etdilar va Mustaqil Davlatlar Hamdo?stligi (MDH)ni tashkil etilganligini e?lon qildilar (1991-yil 8-dekabr, Minsk). Ozarbayjon, Armaniston, Qozog?iston, Qirg?iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O?zbekiston 1991-yil 21-dekabrda Olma-otada imzolangan Deklaratsiyada MDHni tuzish to?g?risidagi Bitimga qo?shildilar. 1993-yil Gurjiston ham MDHga qo?shildi. 1991-yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi. G?ayriinsoniy prinsiplarga asoslangan soxta davlat ? ?Qizil imperiya“ning taqdiri ana shunday yakun topdi. Bu tarixiy qonuniyat edi.

O?zbek xalqi O?zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida mustaqillikka erishish yo?lida olib borgan qat?iy kurash bu jarayonda katta ahamiyatga ega bo?ldi. SSSR mavjud bo?lgan yillar mobaynida O?zbekiston xalqi mamlakatni industriyalash, qishloq xo?jaligini jamoalashtirish, ommaviy qatag?onlar siyosati va kommunistik diktatura o?tkazgan barcha bedodliklar, jumladan, 80-yillar o?rtalaridagi ?paxta ishi“ning butun azobuqubatlarini boshdan kechirdi.

SSRI liderlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Davlat boshliqlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Markaziy Ijroiya Qo?mitasining raisi:

  • Mixail Ivanovich Kalinin (1922-1938) [Rossiya SFSR]
  • Grigoriy Ivanovich Petrovskiy (1922-1938) [Ukraina SSR]
  • Aleksandr Grigor?evich Chervyakov (1922-1937) [Belarus SSR]
  • Nariman Kerbalayi Najaf og?lu Narimanov (1922-1925) [Zakavkazskaya SFSR]
  • Qazanfar Mahmud og?lu Musabeyov (1925-1937) [Zakavkazskaya SFSR]
  • Nedirbay Aytakov (1925-1937) [Turkmaniston SSR]
  • Fayzulla Ubaydullayevich Xo?jayev (1925-1937) [O?zbekiston SSR]
  • Nusratullo Maksum Lutfulayev (1931-1934) [Tojikiston SSR]
  • Abdullo Raximbayevich Raximbayev (1934-1937) [Tojikiston SSR]

Oliy Sovet Prezidium raislari:

  • Mixail Ivanovich Kalinin (1938-1946)
  • Nikolay Mixaylovich Shvernik (1946-1953)
  • Kliment Efremovich Voroshilov (1953-1960)
  • Leonid Ilich Brejnev (1960-1964)
  • Anastas Ivanovich Mikoyan (1964-1965)
  • Nikolay Viktorovich Podgornıy (1965-1977)
  • Leonid Ilich Brejnev (1977-1982)
  • Yuriy Vladimirovich Andropov (1983-1984)
  • Konstantin Ustinovich Chernenko (1984-1985)
  • Andrey Andreyevich Gromıko (1985-1988)
  • Mixail Sergeevich Gorbachov (1988-1989)
  • ?

Oliy Sovet raisi:

  • Mixail Sergeevich Gorbachov (1989-1990)

Prezidenti:

  • Mixail Sergeevich Gorbachov (1990-1991)

Hukumat boshliqlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Xalq Komissarlar Kengashining raislari:

Vazirlar Kengashining raislari:

  • Iosif Vissarionovich Stalin (1946-1953)
  • Georgiy Maksimilianovich Malenkov (1953-1955)
  • Nikolay Aleksandrovich Bulganin (1955-1958)
  • Nikita Sergeevich Xrushchyov (1958-1964)
  • Aleksey Nikolayevich Kosigin (1964-1980)
  • Nikolay Aleksandrovich Tixonov (1980-1985)
  • Nikolay Ivanovich Rijkov (1985-1991)

Bosh Vazirlari:

  • Valentin Sergeevich Pavlov (1991)
  • Ivan Stepanovich Silaev (1991)

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]