Ruminiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruminiya
Romania
Shior yo?q
Madhiya :   De?teapt?-te, Romane!
Location of Ruminiya
Poytaxt Buxarest
Eng katta shahar Buxarest, Yassi, Timishoara, Konstansa, Galats, Kluj-Napoka
Rasmiy til(lar) Rumincha
Hukumat Yarim-prezidentlik davlat
Traian B?sescu
? Bosh vazir
Emil Boc
Mustaqillik ( Usmonlilar imperiyasidan (1877-yil 9-mayda))
Maydon
? Butun
238 391 km 2 ( 83-o?rin )
? Suv (%)
3
Aholi
? 2014-yil-yilgi ro?yxat
19 942 642 ( 58-o?rin )
Zichlik 84,4/km 2
YIM   ( XQT ) 2013-yil ro?yxati
? Butun
$ 372 017 mln. ( 46-o?rin )
? Jon boshiga
$ 18 365
Pul birligi Ley ( RON )
Vaqt mintaqasi UTC +2
? Yoz ( DST )
UTC +3
Qisqartma RO
Telefon prefiksi 40
Internet domeni .ro

Ruminiya (Romania) ? Yevropaning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 238391 km². Aholisi 21,33 mln. kishi ( 2012 ). Poytaxti ? Buxarest shahri . Ma?muriy jihatdan 40 uyezd (iudet) ga tenglashtirilgan Buxarest munitsipiyasiga bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ruminiya ? respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 8-dekabrdagi umumxalq referendumida ma?qullangan. Davlat boshlig?i ? prezident. U aholi tomonidan umumiy to?g?ri, teng va yashirin ovoz berish yo?li bilan 4 yil muddatga saylanadi va 2 muddatdan ortiq lavozimda qolishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament, ijro hokimiyatini hukumat amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ruminiya hududining aksari qismini tog?lar va tepaliklar (o?rtacha balandligi 800 m) egallaydi. Asosiy tog? tizmasi ? Karpat mamlakat hududida katta yoy shaklini hosil qiladi (eng baland nuqtasi ? Moldavyanu tog?i, 2 544 m). Karpat tog?larida kuchli zilzilalar bo?lib turadi. Transilvaniya platosi va G?arbiy Ruminiya tog?lari ham Karpat tizmasiga mansub. Janubda Quyi Dunay pasttekisligi va G?arbda O?rta Dunay pasttekisligi joylashgan. Dunay etaklari bilan Qora dengiz oralig?ida Dobruja platosi cho?zilgan. Ruminiya hududida Qora dengiz sohilining uzunligi 245 km. Konstansadan shimolroqda qirg?oqlari aksari qismi past, ayrim joylari botqoq, qum tillari va liman (qo?ltiqcha)lar bilan parchalangan, qirg?oqqa yaqin joylarda orol ko?p. Foydali qazilmalardan neft va gaz, toshko?mir, temir, polimetall, mis va oltin rudalari, boksit, toshtuz konlari topilgan. Iqlimi ? mo?tadil kontinental iqlim.

Eng katta daryosi ? Dunay . Uning asosiy irmoqlari: Prut, Siret, Olt, Yalomitsa. Pasttekisliklarda, asosan, unumdor qora tuproq; balandliklarda qo?ng?ir va kulrang; o?rmon, tog?larda, asosan, tog?o?tloq tuproqlar tarqalgan. Daryo yaqinlarida o?tloq, qamishzor, o?rmonlar bor. Transilvaniya platosi, Moldaviya qiri, Dobrujaning eng baland joylari va Karpat tog? oldida (400?700 m balandlikkacha) qoraqayin aralash emanzorlar mavjud. Karpat tog?larida (800?1 200 m balandlikkacha) qoraqayinlar, balandroqda (1 500?1 800 m gacha) igna bargli daraxtlar o?sadi. Tog?larning eng baland joylari subalp va alp o?tloqlari bilan band.

Hayvonot dunyosi xilma-xil. O?rmonlarda bo?ri, tulki, qoplon, bo?rsiq, quyon, olmaxon, qushlardan boyo?g?li, qizilishton, kakku va boshqalar yashaydi. Tog? echkisi, to?ng?iz, ayiq, bug?u, dashtlarda sug?ur, yumronqoziq, dala sichqoni uchraydi. Ruminiya hududida Retezat milliy bog?i va bir necha qo?riqxona tashkil etilgan.

Aholisining 90% ga yaqini ruminlar. Venger, nemis, lo?li, ukrain, serb va ruslar ham yashaydi. Rasmiy til ? rumin tili. Shahar aholisi 55,4%. Dindorlarining aksariyati ? pravoslav xristianlar. Yirik shaharlari: Buxarest , KlujNapoka , Timishoara , Yassi , Brashov , Galats , Krayova , Konstansa , Ployeshti .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ruminiya hududida ilk paleolit davridan buyon odam yashaydi. Transilvaniya, Moldova va Valaxiyada dak qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi I asr o?rtalarida getdaklar qabila ittifoqi shakllanib, keyinchalik uning asosida davlat paydo bo?la boshlagan. I asr boshlarida daklar yashaydigan hududni Rim bosib olib, Dakiya nomi bilan o?z viloyatiga aylantirdi, daklar esa romanlashtirildi. 271-yil Rim imperiyasi inqirozga uchrashi natijasida rimliklar Dakiyadan chiqib ketishga majbur bo?ldi. Keyinroq bu yerlarga xunnlar, gepidlar, avarlar kirib kela boshladi. VI-VII asrlarda slavyanlar ko?chib kelib o?rnashdi. VIII?X asrlarda Ruminiya hududining talaygina qismi Birinchi Bulg?or podsholigi tarkibiga kirdi. X-XI asrlarda bijanaklar, qipchoqlar, XIII asrda mo?g?ullar bostirib keldi. XIV asrda ikki mustaqil davlat ? Valaxiya va Moldova knyazliklari tashkil topdi. XVI asrga kelib, ular Usmonli turk imperiyasi qo?l ostiga o?tdi. 1688-yil Transilvaniya Gabsburglar davlatiga qo?shib olindi. XVII?XIX asrdagi Rossiya?Turkiya urushlari natijasida Usmonli imperiyasi zaiflashdi, bu esa Valaxiya va Moldova xalqlarining milliy ozodlik kurashiga qulay sharoit yaratdi. Valaxiya va Moldova knyazliklari muxtoriyatga erishdi, ularning xalqlari yagona davlat (1861-yildan Ruminiya)ga birlashdilar. 1862-yil Buxarestda milliy majlis chaqirilib, yagona hukumat tuzildi. 1877-yilda Ruminiya to?la mustaqillikka erishdi va 1881-yil qirollik deb e?lon qilindi.

Birinchi jahon urushi boshlarida Ruminiya Antanta davlatlari bilan ittifoq tuzib, Avstriya-Vengriya hududining bir qismini qo?shib oldi va urushga kirishdi. Urush natijasida Ruminiya hududi va aholisi ikki baravar ko?paydi: 1918-yil unga Transilvaniya qo?shib berildi. Shu yili Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani bosib oldi.

1929?33-yillardagi jahon iqtisodiy bo?hroni Ruminiya sanoati (neftdan tashqari) va qishloq-xo?jaligiga salbiy ta?sir qildi. 1928?33-yillarda hukumat tepasiga vaqti-vaqti bilan millatchi tsaranistlar partiyasi kelib, mamlakat iqtisodiyotini g?arbga tobe qilib qo?ydi. Natijada Ruminiyaning g?arbga qaram bo?lishi kuchaydi. 1926-yil chet elga badarg?a qilingan taxt vorisi Karol 1930-yil mamlakatga qaytib keldi va Karol II nomi bilan taxtga chiqdi. 1931-yil "Temir gvardiya" degan fashistik tashkilot tuzildi. 1939-yil martda Ruminiya bilan Germaniya o?rtasida tuzilgan iqtisodiy bitim mamlakat iqtisodiyotini asoratga soldi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Ruminiya hukumati betaraflik siyosatini e?lon qildi, lekin 1940-yil yozida bundan voz kechdi. Mamlakat fashizm yo?liga o?tdi. O?sha yil 23-noyabrda Ruminiya Berlin paktiga qo?shildi va Ikkinchi jahon urushida qatnasha boshladi. 1944-yil 23-avgustda Ruminiya hukumati ag?darib tashlandi. Mamlakatning yangi hukumati 24-avgust kuni Germaniyaga urush e?lon qildi. 1944-yil 25-oktabrda Ruminiya hududi batamom ozod etildi. 1947-yil monarxiya tugatilib, Ruminiya Xalq Respublikasi e?lon qilindi (1965-yil 21-avgustdan 1989-yil 22-dekabrgacha Sotsialistik Respublika deb atalgan).

1948?89-yillarda Ruminiya Kompartiyasi (1921-yil tashkil etilgan, 1948?65-yillarda Ruminiya Ishchi partiyasi deb nomlangan) hukmronligi davrida mamlakat Sovet Ittifoqi ta?sirida bo?ldi. Ayniqsa, N.Chaushesku diktatorlik rejimi (1965?89-yillar) davlat rivojiga halokatli ta?sir qildi. 1989-yil qo?zg?oloni natijasida hukumat ag?darib tashlandi, Chaushesku qatl etildi, Ruminiya KP tugatildi, mamlakat nomi o?zgartirilib, "Ruminiya" deb atala boshladi. Hokimiyat tepasiga Milliy qutqarish fronti kengashi, 1990-yil fevraldan Muvaqqat milliy kelishuv kengashi keldi. 1990 va 1992-yillarda birinchi marta demokratik saylov o?tkazildi. Ruminiya ? 1955-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Ruminiya suverenitetini 1991-yil 20-dekabrda tan olgan va 1995-yil 6-oktabrda diplomatiya munosabatlari o?rnatgan.

Milliy bayrami ? 1-dekabr ? Ruminiya milliy kuni (1918).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Demokratik partiya, 1993-yil asos solingan; Milliy liberal partiya, 1990-yil ro?yxatga olingan; Ruminlar milliy birligi partiyasi, 1990-yil tuzilgan; Ruminiya Sotsial Demokratik partiyasi ( Partidul Social Democrat ), 2001-yil Ruminiya Sotsial Demokratiya partiyasi ( Partidul Democra?iei Sociale in Romania ) bilan Rumin Sotsial Demokratik partiyasi ( Partidul Social Democrat Roman ) qo?shilishi natijasida tashkil topgan; Ruminiya vengerlari demokratik ittifoqi, 1989-yil tuzilgan; Bukj Ruminiya partiyasi, millatchi partiya. Ruminiya erkin kasaba uyushmalari milliy konfederatsiyasi, 1993-yil tuzilgan; Milliy kasaba uyushma bloki; "Alfa" milliy kasaba uyushma karteli.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ruminiya ? industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 41%, qishloq va o?rmon xo?jaligining ulushi 19%, xizmat ko?rsatish tarmog?i ulushi 40%.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ustun (?!). Yoqilg?i-energetika bazasining negizini gaz, ko?mir va neft tashkil etadi. Elektr energiyaning ko?p qismi issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (1-yilda o?rtacha 55 mlrd. kVtsoat). Neft konlari, asosan, Janubiy va Sharqiy Karpat etaklarida joylashgan. Temir, boksit, polimetall rudalari, mis, oltin, toshtuz va hokazo qazib olinadi. Neftni qayta ishlashning asosiy markazlari ? Ployeshti, Brazi, Piteshti, Dermeneshti. Metallsozlik, qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Slatinada alyuminiy, Kopsha-Mikeda qo?rg?oshin va rux, Baya-Mareda mis eritiladi. Mashinasozlik, asosan, neft qazib olish va uni qayta ishlash, kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati, energetika uchun texnologiya mashina uskunalari va elektrtexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avtobuslar, temir yo?l transporti vositalari, qurilish mashinalari, kemalar va traktorlar ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari: soda, xlor, oltingugurt kislotasi, mineral o?g?it, sintetik kauchuk, plastmassa, smola, kimyoviy tola, dori-darmon, bo?yoq, lak va boshqalar. Binokorlik materiallari ishlab chiqarish, sellyulozaqog?oz, yog?ochsozlik (ayniqsa, mebel), to?qimachilik tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalari, yog?, vino, pishloq) sanoatining ham salmog?i katta. Asosiy sanoat markazlari: Buharest, Konstansa, Yassi va Timishoara..

Qishloq xo?jaligiga yaroqli barcha yerlar salkam 15 mln. gektar. Shundan salkam 2,5 mln. gektari sug?oriladi. Dehqonchilik ustun. Asosiy ekinlari: makkajo?xori, bug?doy, arpa, suli. Texnika ekinlaridan qand lavlagi va kungaboqar yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bog?dorchilik va uzumchilik (asosan, vinobop navlar) rivojlangan. Go?sht chorvachiligi yetakchi: qoramol, cho?chqa, qo?y, echki boqiladi. Baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik, o?rmon xo?jaligi rivojlangan. Qishloq xo?jaligi mamlakatning oziq-ovqatga bo?lgan ehtiyojini 60% qondiradi.

Tashqi iqtisodiy aloqalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ruminiya chetga traktor, avtomobil, transport vositalari, kimyoviy o?g?it va neft mahsulotlari, qora metallar prokati, quvur, mebel, sement, poyabzal, gazlama, tovush yozish apparatlari, mineral xom ashyo chiqaradi. Chetdan turli mashinamexanizmlar, kimyoviy mollar, yoqilg?i va xom ashyo, oziq-ovqat, keng iste?mol mollari keltiradi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Rossiya, Fransiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi ? ley.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ruminiyaning Markaziy Yevropa mamlakatlaridan Qora dengiz va Dunayga o?tiladigan tranzit yo?llaridagi ahamiyati katta. Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida temir yo?lning ulushi qariyb 39,5%, dengiz transportining ulushi 48,8%, avtomobil transportining ulushi 7,1%, truboprovod transportining ulushi 3,2%, daryo transportining ulushi 1,4%. Temir yo?llar uzunligi 11,4 ming km, avtomobil yo?llari 153 ming km. Asosiy dengiz porti ? Konstansa, daryo portlari ? Breila, Jurju va Galats. Buharest (Otopen) va Konstansada xalqaro aeroportlar bor.

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Davlatga qarashli poliklinika va kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar 5 ta tibbiyotfarmatsevtika institutida, o?rta tibbiyot xodimlari tibbiyot maktablari va litseylarda tayyorlanadi. R.da 100 dan ortiq balneologiya va 23 iqlimiy kurort bor. Eng mashhurlari: Eforiya, Mangaliya, Konstansa, Sinaya, PoyanaBrashov va boshqa

Maorifi, ilmiy va madaniyma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

R.da ta?lim tizimi kuyidagicha: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo?lgan bolalar uchun bolalar bog?chalari mavjud. 6 yoshdan 8 yillik maktabda ta?limtarbiya beriladi, so?ng 2 yillik litsey boskichi boshlanadi. 10 ylik maktab negizida hunartexnika tayyorgarligi amalga oshiriladi. Litseyni bitirganlar oliy o?quv yurtida o?qishni davom ettirishi mumkin. Yirik oliy o?quv yurtlari: Buharest universiteti (1864), KlujNapoka, Brashov, Krayova, Galats, Yassi, Timishoara shaharlarida untlar, politexnika institutlari va boshqa o?quv yurtlari bor. R.da Fanlar akademiyasi, Tibbiyot fanlari, Qishloq xo?jaligi fanlari va o?rmon akademiyasi, ijtimoiy-siyosiy Fanlar akademiyasi, ularning filiallari va ilmiy tadqiqot institutlari, idoraviy ilmiy tadqiqot institutlari bor. Fanlar akademiyasining kutubxonasi, Markaziy davlat kutubxonasi, Buharest universitetining markaziy kutubxonasi, politexnika institutining kutubxonasi va boshqa kutubxonalar, shuningdek, tasviriy san?at, tarix, etnografiya, arxeologiya, yodgorlik muzeylari mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

R.da ko?pgina gazeta, jurnal va byulletenlar nashr etiladi. Eng muximlari: "Adeverul" ("Haqiqat", mustaqil kundalik gazeta, 1989-yildan), "Az" ("Bugun", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Viktorul rominesk" ("Ruminiya kelajagi", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Vyasa kapitaley" ("Poytaxt hayoti", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Demokratsiya" ("Demokratiya", haftanoma, 1990-yildan), "Dreptatya" ("Adolat", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Lumya az" ("Bugungi dunyo", mustaqil tashqi siyosat haftanomasi, 1963-yildan), "Rominiya libere" ("Ozod Ruminiya", kundalik mustaqil gazeta, 1943-yildan), "Tribuna ekonomika" ("Iqgisodiy minbar", haftalik jurnal, 1990-yildan). A. M. Pres ? Mustaqil xususiy agentlik, 1991-yil asos solingan; Milliy axborot agentligi ? Rompres, 1990 -yil"Ajerpres" agentligi qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan. Radio va Erkin rumin televideniyesi, 1989-yil Rumin radio va televideniyesi asosida barpo etilgan.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Asrlar davomida marosim, doyna (ishqiy) va gayduk qo?shiqlari milliy adabiyot shakli, rumin tilining takomillashuv vositasi bo?lib kelgan. Boyar Nyakshuning xati (1521) dastlabki yozma yodgorlik hisoblanadi. 16-asrda dunyoviy mazmundagi didaktik asar yaratilishi, diniy kitoblar rumin tiliga tarjima qilinishi tarjimachilik va noshirlik rivojiga turtki bo?ldi. Rumin tili va adabiyotining qaror topishida G. Ureke (1590?1647), M. Kostin (163391), Y. Nekulche (1672?1745) va boshqa ijodining ahamiyati katta. Ularning qalamiga mansub yilnoma va xronikalar adabiy mavzu va uslub namunasi bo?ldi. 18-asr oxiri va 19-asr 1-yarmida D. Kantemirning allegorik nasri, Ye. A. va N. Vekereskularning lirik va epik she?riyati adabiyot rivojiga salmokli hissa qo?shdi. G. Asaki bilan Y. EliadeRedulesku xalq ijodiyotiga asoslanuvchi yangi rumin adabiyotini yaratdilar. 19-asr 1-yarmiadabiyotiga yorqin romantizm ruxi singa boshladi. V. Kirlovi, G. Aleksandresku, A. Pann, A. Russo kabi yozuvchilar milliy tarix va folklorga alohida e?tibor berdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida, ayniqsa, Birinchi jahon urushidan so?ng hayotni haqqoniy aks ettiruvchi adiblar (Y. Agirbichanu, L. Rebryanu, K. Petresku, J. Kelinesku) ijod qila boshladi. Xususan, M. Sadovyanu asarlarida qad. va yangi davr rumin turmushining turli qirralari o?z ifodasini topdi. Ikkinchi jahon urushidan so?ng, ayniqsa, mamlakat sotsialistik rivojlanish yo?liga o?tgach, adabiyotga sotsialistik realizm zo?rlab tiqishtirildi, natijada adabiy asarlar bir yoqlama, sayoz tus oldi.

Me?morchiligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ruminiya hududida frakiylar, skiflar, keltlarning madaniyat yodgorliklari, Qora dengiz bo?ylaridagi antik shaharlar (Kallatiya, hozirgi Mangaliya; Istriya; Tomi, hozirgi Konstansa) qoldiklari, Transilvaniya tog?larida daklar qal?alarining harobalari saqlangan. Transilvaniya o?rta asrlar madaniyati Markaziy Yevropa mamlakatlari, Valaxiya madaniyati esa VizantiyaSerbiya me?morligi bilan birga, moldovan me?morligi o?ziga xos tarzda rivojlangan. 14?17-asrlarda tosh va g?ishtdan uylar, mahobatli minora va darvozali istehkomlar qurilgan. Xalq turar joylari ochiq galereyalar bilan, o?ymakorlik, naqshinkorlik va koshinkorlik usulida qurildi. 16?18-asrlarda barpo etilgan mahobatli inshootlar (KurtyadeArjashdagi yepiskop cherkovi, 1512?17; Buharestdagi Stavropolis cherkovi, 1724?30; Buharest yaqinidagi Mogoshoaya saroyi, 1700?02 va boshqalar) ham shunday usullarda bezatildi, hashamdorlikka intilish kuchaydi, 18-asr oxiri me?morligida klassitsizm urf bo?ldi. 19-asr 2-yarmida sanoat va shaharlar rivojlanishi bilan qorishiq me?morlik ruhida jamoat binolari (Buharestdagi Ateneum, Adliya saroyi va boshqalar) va xalq me?morligi an?analari asosida binolar (Buharestdagi Bufetul) qurish avj oldi. 20-asr 30-yillarida neoklassitsizm belgilari ustunlik qilgan bo?lsa (Buharestdagi Respublika saroyi), asrning 2-yarmida industrial usullar joriy etildi, yangi shaharlar barpo qilindi.

Tasviriy san?ati Egey madaniyatiga yaqin. Neolit davriga mansub guldor sopol idishlar, haykalchalar, 4-asrga mansub zargarlik buyumlari topilgan. 12-asrdan boshlab Transilvaniya san?ati Markaziy Yevropa san?ati bilan hamohang rivojlangan (14?15-asr devoriy rasmlari, dastgoh rangtasviri, 17-asr qabr haykaltaroshligi). 18-asr devoriy rassomligi va haykaltaroshlikda barokko uslubi seziladi. 14? 18-asrlar amaliy bezak san?atida metallga badiiy ishlov berish urf bo?ldi. Valaxiya va Moldovaning o?rta asrlar san?ati Vizantiya, Serbiya, Bolgariya ta?sirida bo?ldi. 16-asr cherkovlari devoriy rasmlar bilan, 17?18-asrlarda esa o?ymakorlik bilan bezatildi. 14? 15-asrlarda miniatyura (usta Gavril Urik) va rangtasvir (Kurtyade Arjeshda avliyo Nikolay cherkovidagi rasmlar) paydo bo?ddi. 16-asr rangtasvirida dunyoviy rux yuzagakeddi. 17?18-asrlardagi Valaxiya rangtasvirida folklor ruxi (FilipeshtidePedurdagi cherkov rasmlari, 1692, rassom P. Mutu) ustunlik qiladi. 18-asr oxiri ? 19-asr boshlarida dunyoviy san?at yuksaldi. 20-asr boshlaridagi rassomlar ijodida fovizm, kubizm va ekspressionizm an?analari xalqchil milliy ideallar bilan qo?shiddi (Sh. Lukyan, T. Pakladi, K. Ressu va boshqalar). Siyosiy grafika yuqori darajaga ko?tarildi (N. Tonitsa, A. Jikidi va boshqalar). 20-asr 2-yarmida amaliy bezak san?atining har xil turlari ? kulolchilik, badiiy oynachilik, kashtachilik rivoj topdi. Bu sohada yangi shakllarni izlashga, qad. an?analardan, noyob ifoda vositalaridan foydalanishga qiziqish kuchaydi.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Marosim, mehnat (cho?pon), muhabbat qo?shikdari, allalar, ballada va doynalar, laparlar o?ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xalq cholg?u asboblari: skripka, kobza, simbala, fluyer, fleyta (nay) va boshqa Leutar deb atalgan mohir musiqachilar folklorni ommalashtirishda katta ish qiddilar. Ruminiya davlati yuzaga kelishi bilan (1862) professional rumin musiqasi rivoj topdi. A. Flextenmaxer, E. Kaudella, Ch. Porumbesku, J. Shtefenesku, K. Dimitresku, G. Dima, G. Muzichesku dastlabki milliy sahna, xor qo?shiklarini ijod qiddilar. 20-asr 1-yarmida bu maktab g?oyat ravnaq topdi. Kompozitorlik maktabi asoschisi J. Enesku, shuningdek, M. Jora, S. Dragoy, M. Andriku, P. Konstantinesku kabi iste?dodli kompozitorlar yetishib chikdi. 1920-yil rumin kompozitorlar jamiyati tuzildi, musiqashunoslik rivojlandi. 20-asr 2-yarmida oratoriya, kantata, operetta, ommaviy qo?shiq, estrada, teatr va kino musiqasi kabi janrlar yuzaga keldi. R.da 10 ta musiqa teatri, 20 ta simfonik orkestr, xalq musiqa ansambllari, xor jamoalari, 2 ta konservatoriya bor. M. Basarab, K. Silvestri, M. Bredichanu kabi dirijyorlar, 3. Palli, N. Xerlya, A. Floresku, T. L ukachu kabi xonandalar, Sh. Georgiu, Y. Voyku, Sh. Ruxa kabi sozandalar mashhur.

Teatri qad. o?yin va marosimlardan boshlangan. Ular orasida "kelushariy" (nikoh marosimi) va "brezaya" (yangi yil marosimi) ayniqsa o?ziga xos. R.da dastavval maktab teatrlari paydo bo?ldi. 1841-yil Yassida teatr binosi qurildi. 1852-yil Buharestda Katta teatr (1877-yildan Milliy teatr) ish boshladi. So?ngra bir qancha shaharlarda turli yo?nalishdagi teatrlar ochildi. 19?20-asrlarda G. Manolesku, A. Romanesku, K. Nottara, A. Prutyanu, keyinchalik ularning izdoshlari A. Demetriade, T. Bulandra va boshqa realistik an?analarni davom ettirdilar. Ular jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlarini va mahalliy mualliflarning pyesalarini sahnalashtirdilar. Eng mashhur aktyorlari: Ruminiya Beligan, A. Buzesku, G. VasiliuBirlik, K. Antoniu, M. Bachu, D. Kocha, rejissyorlari: M. Gelerter, L. Jurjesku, S. Aleksandresku, Y. Pola, L. Chuley va boshqa

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Filmlar 1897-yildan suratga olina boshlagan. 1911-yil birinchi film ? "Peshonaga yozilgan muhabbat" ishlab chiqarildi. 1950 -yil"Vodiy jarangi", 1952 -yil"Mitrya Kokor" filmlari yaratildi. 20-asrning 2-yarmida "Tashnalik", (rejissyor M. Dregan), "Dunay to?lqinlari" (rejissyor L. Chuley), "Panjarasiz osmon" (rejissyor F. Muntyanu), "Hokimiyat va haqiqat", "Fitna" (rejissyor M. Markus), "Devor" (rejissyor K. Vayeni), "Lahza" (rejissyor Vitanidis) kabi falsafiy, axloqiy filmlar yaratildi. Y. PopeskuGoponing multfilmlari jahonga mashhur. Tanikli aktyorlari ? Ruminiya Beligan, M. Pogonat, M. Barbu, I. Petresku va boshqa 1963-yil kino xodimlari jamiyati tuzilgan. Kino mutaxassislari Y.L.Karajale nomidagi teatr va kino san?ati institutida tayyorlanadi.

O?zbekiston ? Ruminiya munosabatlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]