Qozoq tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozoq tili
Milliy nomi ?аза? т?л?, ????? ?????, Qazaq tili
Mamlakatlar Qozogʻiston bayrogʻi Qozog?iston , Xitoy bayrogʻi Xitoy , Rossiya bayrogʻi Rossiya , Oʻzbekiston bayrogʻi O?zbekiston , Mogʻuliston bayrogʻi Mongoliya , Qirgʻiziston bayrogʻi Qirg?iziston , Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston , Turkiya bayrogʻi Turkiya va boshqa
Rasmiylik holati

Qozogʻiston bayrogʻi Qozog?iston Rossiya bayrogʻi Rossiya  :

So?zlashuvchilarning umumiy soni 30 million
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
No?g?oy-qipchoq ostguruhi
Alifbosi kirill , arab , lotin
Til kodlari
ISO 639-1 kk
ISO 639-2 kaz
ISO 639-3 kaz

Qozoq tili  (Qozoqcha; qozoqcha : ?аза? т?л?, ?аза?ша )? turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qoraqalpoq va no?g?ay tillari bilan bir-galikda qipchoq tillarining qipchoq-no?g?ay guruhchasini tashkil etadi. Qozog?iston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qozog?iston, Xitoy , O?zbekiston , Rossiya Federatsiyasi , Mongoliyada , shuningdek, Turkmaniston , Qirg?iziston , Tojikiston , Afg?oniston , Turkiya , Ukraina va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Qozoq tilida so?zlashuvchilarning umumiy soni qariyb 30 million kishi.

Qozoq tilining dialektik bo?linishi haqida aniq bir fikr yo?q: ba?zi manbalarda 2 ta, ba?zilarida esa 3 ta (shimoli-sharqiy, janubiy va g?arbiy) lah-jaga bo?linishi haqida fikrlar mavjud. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyatlari jihatdan o?zaro farq qiladi.

Qozoq tilining fonetik xususiyatlari: 9 unli fonemaga ega, unlilar ohangdoshligi (lab singarmonizmi) va undoshlar assimilyatsiyasi mavjud, so?z urg?usi, asosan, dinamik xususiyatga ega. Bo?g?inlar 3 turga ajraladi: ochiq, yarim yopiq va yopiq. Morfologik xususiyatlari: otlar kelishiklar bilan turlanadi, ot yasalishida affiksatsiya va kompozitsiya usullari mavjud bo?lsa, sifatlar leksik-semantik, morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi; son va olmosh turkumlari farqli belgilarga ega emas. Fe?llar morfologik tuzilishiga ko?ra, tub va yasama fe?llarga bo?linadi, fe?l turkumida 4 mayl (aniqlik, buyruq, istak va shart), 3 zamon (o?tgan, hozirgi, kelasi) farqlanadi. ravishlar asliy va nisbiy turlarga bo?linsa, yordamchi so?z turkumlari umumturkiy xususiyatlarga ega. Sintaktik xususiyatlari: 4 xil sintaktik aloqa turi (moslashuv, munosabatlashuv, boshqaruv, bitishuv), 4 xil gap turi (darak, so?roq, buyruq va undov) farklanadi. Gap bo?laklari tasnifi va tavsifi, gapda so?zlar tartibi umumturkiy qonuniyatlarga asoslanadi. Qo?shma gaplar bog?lovchisiz va bog?lovchili turlarga bo?linadi. leksik xususiyatlari: Qozoq tili leksikasining o?z qatlamini qad. turkiy tillardan semantik va struktur-morfologik o?zgarishlarga uchrab o?tgan umumturkiy qatlam tashkil etadi, shuningdek, unda arab, fors, mo?g?ul, o?zbek, tatar, rus va xitoy tillaridan o?zlashgan so?zlar qatlami ham mavjud.

Arab grafikasiga asoslangan yozma adabiy Qozoq tili 19-asr 2-yarmida paydo bo?lib, taniqli qozoq ma?rifatparvarlari Abay Qo?nonboyev va Ibray Oltinsarinlar faoliyati tufayli 19-asr oxirida to?liq shakllandi. Yozuvi 1930-yilgacha arab grafikasi asosida, 1930?40 ylarda lotin grafikasi asosida bo?lgan. 1940-yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Zakon Ryespubliki Altay ?O yazikax“. Glava I, statya 4

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Musabayev G. G., Sovremennsh kazaxskiy yazmk, ch.1, Leksika, Alma-Ata, 1959; Musabayev G. G., Sovremenniy0 kazaxskiy yazik, ch.2, Fonetika i morfologiya, Alma-Ata, 1962;Tomanov M., Qazaqtan tarixi fammatikasi. Fonetika, Morfologiya, Almatn, 1981; Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2-izd., M., 1969.